✍️Javohir_she'rlar
📌Xorazm Urganchdan ✍️Javohir Jumaboyev mualliflik she'rlari 📱Bog'lanish uchun. 🖋️ @Javohir_Jumaboyev05 📞Tel 904300829. 🎤🎸Qo'shiq uchun sherlar ham bor. 🙋Foydalanishdan oldin ruxsat so'ralsin. 📙Ko'plab she'rlarim kitobimdan olingan
Больше727
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-3030 дней
- Подписчики
- Просмотры постов
- ER - коэффициент вовлеченности
Загрузка данных...
Прирост подписчиков
Загрузка данных...
Bayram muborak
Elimizga endi, yarashar faqat,
Shodiyona, bayram, to'y va tantana.
Barchasiga ko'ngan va qilgan, toqat,
Odamlarga bayram muborak yana.
Bu kunlarga yetgan, yetmaganlar bor,
Deganda bobomlar tushunmasdim har gal.
Keyin bildim, tarixim o'qib -la birbor,
Qora kun kelgan va zamonlar chigal.
Ammo zulmatda ham uchqun ko'rinar,
Bu uchqun Behbudiy, Qodiriy, Oybek,
Hamid Olimjon-u, Said Ahmadlar,
Qora tunlarida miltillar oydek.
Boriga shukur qil, yo'g'ida sabr,
Bu maqolni bugun chaqdim mag'zini.
O'zbegim ovozing yetgancha hayqir,
Endi qo'rqma hech kim yopmas og'zingni.
Elimizga endi yarashar faqat,
Shodiyona, bayram, to'y va tantana.
Barchasiga ko'ngan va qilgan toqat,
Odamlarga bayram muborak yana.
Muallif Javohir Jumaboyev
🔥 4
Kuz..
Kuz. Sevgi davri boshlanishi
Nam ko'zlarni yoshlanishi
Yuraklarni toshlanishi kuz.
Kuz. Ilk sevgidan asoratlar
Sevdim degan jasoratlar
Bir biriga iliq haroratlar.
Kuz. Tutshtirar ikki qalbni
Sevgi derlar to abadmi
Balki bosa berar lablar kuz.
Kuz. Uchrashtirar maktabdoshglar
Institutda kursdoshlar.
Tanishlar va oshnalar.
Kuz. Kimga faqat oddiy fasli
Kim bilib chiroyini asli
Kim sevgiga bolgan taslim
faqat shu kuz faslida....
Kimlar shu kuz fasli qasdida
Muallif Javohir Jumaboyev
Qo'shiq uchun yozildi.
00:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
Sherga baxo beramiz
http://tiktok.com/@javohir_jumaboy
1.44 MB
tiktok.com/@javohir_jumaboy
https://instagram.com/Javohir_Jumaboyev_shoirev
Tiktok va instgaramda ham endi borman padpis tashab qoyamiz akala ukala
Til. Suyaksiz til.
Shapatdek kuchi bor gohida gapni,
O'zing bilan o'zing chunib qolasan.
Asaldek totli goh qiyomdek shirin,
So'zni ortidan goh pushmon qilasan.
Sevaman deysan-u eritib hurni,
Jonini olasan shirin so'z bilan.
Xayr degan so'z bilan ishqalab burnin.
Orqaga qaramay achchiq yuz bilan.
Voh voh karomati bundanam ko'pdir,
Kasalga shifodir, darmoni dori.
Gohida misoli kamonda o'qdir
Betob ham qilgandir gohida sog'ni.
Manfaat ulashsa inson roxati,
Koni foyda gapni bo'lsa ma'nili
Kimdir gapirgandan gung yursa yaxshi,
Chunki har bir gapni qilsa ta'nali.
Shunday ekan dildan o'ylaning so'zni,
Chunki tilimizchi bilmaydi to'xtov.
Suyagi bo'lmaydi, ammo bilgin do'st,
Chag'ingni sindirsang, o'zingga sinov.
Uch
Maktabdagi baxoni, yomonidir uch,
Qo'ymang, desang ustozga der: naryoqqa uch.
Qotib, yurmay qolsa gar, ruchkadagi uch,
Sendan baxtli odam yo'q, osmonlarga uch.
Javohir Jumaboyev. Tuyuq yo shunchki omonimlar uyg'unligi
Yosh shoirlarga fikr
Yarashdimi bizga deyish "bevafo"
Nomahram qol ushlab sevishma endi
She'riyat shularni ko'ryabmi? ravo
G'arbdan ko'chirilgan yarashmas endi
Ne bo'lyabdi xarom aralash sevgi
Bir biriga begona ayol va erkak
Bo'salar beryabdi yaxshimi endi
Millat O'zbekmidi ? Adashdim kerak
To'y kuni yig'laydi bir ahmoq yigit
Yorimni yor qildi o'zga biri deb
Qayerdan chiqqan bu urfmi yo illat
Nomahram bir birin mening yorim deb
"Bevafo", "yor bo'ldi" "tegib ketgan qiz"
She'riyat shumidi yo shu yergacha
"Sevgandim" "Aldadi" " Sevgi yo'q ekan"
Yo pastlashib ketdi kirib yergacha
Kimgadir yoqmasa yozdim men shunday
Jaydari O'zbekning O'zbek o'g'liman
She'riyat so'nadi ravshandir kunday
Boshqani bilmayman o'zim to'g'riman
✍Sher muallif Javohir Jumaboyev
📌Kanal:
@Javohir_Jumaboyev_ijodi
@Javohir_sherlar
Выберите другой тариф
Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.