Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
Закрытый канал
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
Больше170
Подписчики
+124 часа
+27 дней
+630 дней
Архив постов
XizmatdamizOshpaz qorin to’ydirib xizmat qiladi, O’qituvchi dars berib. Menejer hamkasblarini o’stirish, ishlarni osonlashtirib xizmat qiladi. Direktor jamoani o’stiradi, maqsad beradi, o’rgatadi - u ham xizmat qiladi. Tadbirkor mijozlariga xizmat qiladi, amaldorlar saylovchilariga. Ota-onaning xizmati - tarbiya, erniki - ta’minlash, do’stniki - qo’llov. Hammamiz xizmat qilamiz, boshqalar hayotini yaxshilash orqali hayotimiz yaxshilashadi. “Men hech kimga xizmat qilmayman, o’zim uchun yashayman” deydigan kibrlilar ham uchrab turadi. Ular ham aslida o’z nafsiga xizmat qilayotgan bo’ladi. Xizmatdan qocha olmaysiz. Kimga xizmat qilishni tanlaysiz xolos. ©️azizrakhimov_blog ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#hikmat
Kulishni bilmaydigan odam-baxtsiz odam. Yig‘lashni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz!
©️O‘tkir Hoshimov
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali | #motivatsiya
📹 Aql "G'oyam" kitobidan iqtibos
©️Muhammadali Eshonqulov
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Portfolio_blog
O'zimizning fakultetdagi Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi 2022-2023 o‘quv yilida bitiruvchi talabalari uchun tashkil etilayotgan Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlari Dasturlash fani bo'yicha savollaridagi 50 ta masalasini ishlab chiqdim bugun. Savollar qiyin emas ekan. Bizga ham 4-kursda shunday savollar tushsa hozirdan tayyor ekanman. Savollarni bir ko'ringda murakkab ham emas.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#sening_yakuniydagi_kursdoshing : berilgan argumentlar asosida yangi qiymat hosil qilib beruvchi ifodaga nima deyiladi ?
continueO'tgan yilgi fikrlashim bilan bu yilgisida anchagina katta farq bor. Bunga sabab masala ishlash jarayonida mantiqiy fikrlashning o'sishidir. Harakat qilsa hammasiga erishsa bo'lar ekan, shu 1 yilni ham behuda o'tkazib yuborgan insonlar qancha. O'z hayot yo'lingizni o'zingiz barpo etasiz, hammasi o'z qo'lingizda. O'zim uchun tuzib olgan va ustozim bergan roadmap (yo'l xaritasi) ga qarab davom etaman. Yana bir ichida nimalar sodir bo'lar ekan. OTM da ham 2-kursni bitirdik. Yozgi ta'tilda juda katta rejalar bor va chala oxiriga yetmagan ishlarni yakunlayman. • Sen ko'tarilib borganing sari do'stlaring seni kim ekanligingni bilishadi. Qachonki sen qulasang, do'stlaring kim ekanligini bilasan. (Mayk Tayson) • Mehnatsiz oltin ham, kumush ham, mis ham tuproq tarkibidagi foydasiz oddiy bir jinsligicha qolar edi. (Maxatma Gandi) ©️admin
🥳 #holiday_for_me
⏹ Finished
📆
Date : 16.06.2023
⏳ Timedelta : 0️⃣ days left
📈 Percentage : ◻️◻️◻️ 100 %
robocontest.uz platformasida masala ishlashni boshlaganimga 1 yil bo'libdi. 1 yil vaqtda nimalarga erishganim qisqacha rasmlarda 710 ta masala, 33-o'rin. Bu mening ikkinchi akkauntim hisoblanadi va o'zim uchun nisbiy bahodir albatta. Birinchi akkauntim ham turibdi, ammo unda o'tgan yili mart oyida ochib xattoki A + B masalasini ishlashni ham tushunmagan edim. Keyin esa Qudrat Abdurahimov kitobidagi masalalarni ko'rib chiqqan edim. Shundan so'ng yana bu platformaga masala ishlash uchun qaytganman. Masala ishlashni o'rgatib shu darajaga chiqishimga yordam bergan eng katta ustozim Shoyim Obloqulov hisoblanadi, ikkinchi ustozim esa A'zamjon Alijonov. Bu insonlardan minnatdorman o'z vaqtlari va bilimlarini men bilan ulashgani uchun. Hozirgi kunda esa Muhamadxon Mahmudov ustozlik qilmoqda.
©️admin#hikmat
Xalq nazari o‘rni bo‘lgan yuziga oro berib, Xoliq nazari o‘rni bo‘lmish qalbiga beparvo bo‘lganning ishiga hayron qolaman.
©️Imom Gʻazzoliy
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali
Evklid algoritmi. Ikki son EKUB ini topishni o'rganamiz. EKUB ni topish matematikada 6-sinfda o'tilar edi.
Ishidan faxrlanishYevropada yuz yildan beri bulochka yopadigan kafechalar bor. Oddiy xamirdan sanʼat asarlari chiqarishadi. Yaponiyada 56 yildan sushi pishiradigan Jiro restorani bor. Har bir sushini egasi shaxsan o‘zi tayyorlaydi. Kirish uchun 3 oy navbat kutiladi. Yevropalik va Yaponiyalik ishchilar mehnati bilan faxrlanishni xohlashadi. Yomon yashayotganidan uyalmasligi mumkin, ishini yaxshi qilmasligidan uyaladi. Bizkinilar mehnati bilan emas, yashashi bilan faxrlanishni xohlashadi. Mashina, uyga eʼtibor, katta to‘y va uzoqlarga sayohatni xohlash shundan. Mehnat bilan faxrlanish? “Qo‘ysangchi. To‘lashyaptimi? Bo‘laveradi. Pulni topish jarayonida emas, ishlatish jarayonida faxrlanaman!” Natijada bizni mahsulot darajasi past bo‘lib qolaveradi. Mehnat idealga olib chiqguncha emas, pul keltirishni boshlaguncha qilinadi. Yashash bilan faxlarnishni, mehnat bilan faxrlanishga o'zgartirishimiz mumkin. Oramizdan mehnati bilan faxrlanadiganlar chiqishni boshlasa bo'ldi. Siz ham misol bo'la olasiz, men ham. “Biz ham qachon rivojlanamiz?” - savoliga javob topmoqchi bo‘lsangiz, “men ham qachon rivojlanaman?” savoliga javob toping. O'zimizni o'zgartirmaguncha atrofni o'zgartira olmaymiz. ©️azizrakhimov_blog ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#sening_yakuniydagi_kursdoshing : rost yoki ... mantiqiy ifoda qiymati nima chiqadi ?
🔔 #holiday_for_me
📆
Date : 15.06.2023
⏳ Timedelta : 1️⃣ days left
📈 Percentage : ◻️◻️▫️ 99.99 %
©️admin#hikmat
Hamisha qahramon bo‘lish mumkin emasdir, lekin hamisha inson bo‘lib qolish mumkin.
©️Gyote
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#my_blog
Googleni endi birinchi bor ko'rishim tug'ilgan kunda shunaqa tabriklashini. Siz bilar edingizmi ?
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#sening_yakuniydagi_kursdoshing: Berilgan argumentlar asosida biror bir jarayonni amalga oshirib beruvchi ifoda nima deyiladi ?
🔔 #holiday_for_me
📆
Date : 14.06.2023
⏳ Timedelta : 2️⃣ days left
📈 Percentage : ◻️◻️◾️ 66.66 %
©️admin#hikmat
Ko‘rlarning bozorida oyna sotma! Karlarning orasida g‘azal aytma!
©️Jaloliddin Rumiy
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#happy_birthday
robocontest.uz saytida shu natijaga erishgan vaqtimda skrinshot qilib olgandim. Tizimdagi o'rni va yechgan masalalarida turgan sonlar raqamlar yig'indisi mening tug'ilgan oyim va kunimni beradi.
3 + 3 = 6
7 + 0 + 7 = 14
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
🔔 #happy_birthday 🥳
📆
Date : 14.06.2023
⏳ Timedelta : Finish 🎉
📈 Percentage : ◻️◻️◻️100 %
Shunday qilib, hayotda ozmi, ko'pmi 20 yil yashab o'tibman. Vaqt ham o'tib bormoqda. Men ham o'z orzu-maqsadlarim sari intilmoqdaman. Shunday ekan, har bir kunimni mazmunli va foydali o'tkazishga harakat qilaman. Sabab menda butun umrga yetadigan motivatsiya bor. Buni hayotni o'zidan olaman, yon-atrofimdan. 1 yil oldingi va hozirgi men anchagina farq qilamiz. Bilim, tajriba, ko'rinish va boshqalarda o'zgarishlar ko'p bo'ldi.
Dasturlashni maktab davrida boshlab o'rganmaganim biroz achinarli, ammo unversitetga kelib juda ko'p bilim va ustozlarga ega bo'lib o'rganmoqdaman. Nimaniki o'rgatib menga bilim bergan bo'lsa, mening ustozimdir. O'tgan yili havas qilib yurgan insonlarim kabi dasturlashni bilib olmoqchi edim.(Shoyim Obloqulov, Obid Sindarov, A'zamjon Alijonov, Iqboljon Qoxxorov, Asadbek Kazakov va boshqalar) Qisman shunday ham bo'ldi. Hammasining ortida mashaqqatli o'ziga yarasha mehnat yotibdi. Buning ortida hali farovon hayot turibdi. Ularga havas qilib o'tirmadim, shu kundan boshlayman deb o'rganishni. Ya'ni Dushanbachilar deyishadi-ku. Biror ishni dushanbadan boshlayman deb aytuvchi insonlarni yoki biror kundan. Sizda bugun bor, erta esa borligini bilmaysiz ham.
Maslahatim o'z ustingizda ishlang, o'rganing to'xtamang. Butun umrga yetadigan motivatsiyangiz bo'lsin. Kecha va ilgari kuni Iqboljon Qoxxorov bilan masalani ishlashda less code ga o'ynab yangi bilimlarga ega bo'ldik. Do'stona raqobat bo'ldi so'nggida bilmaganlarimizga bir-birimizga o'rgatdik. Raqobat bo'lgani ham yaxshi o'sish shunda yuqoriroq bo'ladi.
1. Mavjudlikning eng muhim qonuni: sekin zavqlaning, kechiktirmasdan harakat qiling.
2. Inson kuniga 1% dan yaxshilanar ekan. Bir yilda 37.78 barobar yuksalar ekansiz. ("Atom odatlar")
3. Hechkim sendan aqlli, kuchli emas!
Shunchaki ular oldin boshlashgan! (Stiv Jobs)
2- va 3-gaplar umaman yodimdan chiqmaydi. Chunki bunga o'z hayotimda guvohi bo'lganligim sababli.
©️admin