Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
Закрытый канал
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
Больше170
Подписчики
+124 часа
+27 дней
+630 дней
Архив постов
#my_challange / #days_2
+---------------------------------+ | 02.01.2024 | +----+---+---+---+----------------+ | 1. | 1 | 1 | 3 | leetcode.com | | 2. | 1 | 1 | 1 | kep.uz | | 3. | 0 | 1 | 4 | codeforces.com | | 4. | 0 | 0 | 0 | robocontest.uz | +----+---+---+---+----------------+1. https://kep.uz/practice/problems/problem/921 2. https://leetcode.com/problems/decode-the-message 3. https://leetcode.com/problems/convert-an-array-into-a-2d-array-with-conditions/ 4. https://leetcode.com/problems/add-two-numbers/ 🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#my_challange / #day_1
Endilikda har kun davomida kep.uz, leetcode.com, codeforces.com va orada robocontest.uz da ham aktivlikni saqlagan holatda kamida 1 ta urinish va 1 ta masala ishlash, daily task ni bajarish va streak saqlab ketmoqchiman va bu haqida kanalda ma'lumot berib boriladi.
Sizni ham shunga chorlab qolaman. Yil oxirida qanday natija bo'lishini ko'ramiz birgalikda. Qo'shilasizmi safimizga reaksiya qoldiring. Agarda imkonim yetganicha o'zim ham yordam beraman.
Berilishi:
| daily task (0 yoki 1 orqali ifodalab) | aktivlik (1 ta urinish bo'lsa yetarli 0 yoki 1) | ishlangan masalalar soni | Platforma nomiBu platformalardagi ekologiyani asraymizmi? Yam-yashillikka burkagan holatda. Unda men boshladim 1-kunni yana 365 kun qolmoqda. Qiymatlar o'zgarishi mumkin. Yana qo'shimcha masala ishlagan vaqtimda.
+---------------------------------+ | 01.01.2024 | +----+---+---+---+----------------+ | 1. | 1 | 1 | 1 | leetcode.com | | 2. | 1 | 1 | 1 | kep.uz | | 3. | 0 | 1 | 2 | codeforces.com | | 4. | 0 | 1 | 1 | robocontest.uz | +----+---+---+---+----------------+O'zingiznikini bemalol shu tarzda berib ketavering izohda. Yana qaysi platformani qo'shaylik? 🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#my_blog
Boshqalar Instagram, Facebook, Snapchat va yana boshqa ijtimoiy tarmoqlarni ishlatayotgan vaqtida.
Men esa ularning o'rniga:
GitHub.com, Kep.uz, robocontest.uz, leetcode.com, codeforces.com, pub.dev, mail.google.com dan foydalanar ekanman (asosiylari).
Safiga yaqin orada Twitter, LinkedIn ham qo'shiladi. Bularni oddiy inson kundalik hayotida kam ishlatadi yoki umuman ishlatmaydi.
Sizda qanday❓
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#news / #channel
Endi kanalda yangi formatda va rebrending faqatgina username dan tashqari. Imkon bo'lsa 2 ta username qilib qo'yaman kanalga. O'zim o'rgangan, qiziqarli, foydali turli dasturlash tillari va texnologiyalariga oid kontentlar joylanadi. Chunki endi ko'p ham C++ yoki Python bilan shug'ullanmayotganim sabab va bular bilan cheklanib qolishni istamayman.
Faqat dasturlash tilini emas balki yangi texnologiyalarni ham o'rganaylik.
Kanalda qolish yoki uni tark etishni o'zingiz hal qilasiz. Biz bilan shu vaqtga qadar birga bo'lgan va bundan keyin bo'luvchi insonlarni qadrlaymiz.
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#portfolio_blog | #yil_sarhisobi | #codeforces
Qolib ketibdi bu. U qadar katta yutuqlar deb ayta olmayman. Umuman kam qatnashish va mendagi tushunmovchiliklar mayli shu yilda barchasi o'zgaradi. O'zingiz tanishib chiqarsiz.
Link: https://codeforces.com/profile/Khusanboy_Sobirjonov
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#google | Hi 2023 🎉
Ana endi google da ham o'zgarishlar. Doim shuni kuzatib boraman. O'zimga yoqadi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#portfolio_blog | #statistika
📊 Mening 2023-yildagi barcha natijalarim bilan 2022-yildagisini bir solishtirib, necha foiz yoki barobar o'sish bo'lganini bir baholab bering.
20221. https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/1337
20231. https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/3140 2. https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/3146 https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/3150 3. https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/3153 https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/3158 4. https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/3160 Sizning fikringiz men uchun qiziq. Fikringizni izohda qoldiring. Anonim bo'lishini istasangiz ushbu botga yozing: @uzbek_coder_2022_bot Men uchun ham bir foydali ma'lumot berishingizni kutib qolaman. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
🌲 #happy_new_year | Welcome 2024 🥳
Kirib kelgan yangi yil barchaga muborak bo'lsin. Yangi yilda sizdagi o'zgarishlar optimal va Levenshteyn masofasiga qo'yganda doimo 1 dan yuqori bo'lsin. Sizdagi yutuqqa erishish imkoniyati hashlashdek O(1) murojaatni tashkil etsin. Sog'lik-salomatlik aslo tark etmasin, turli bug, error chiqmagan acceptedli holatda yangi yilda O(N) tezlikda intizomli bir tekisda keting.
Hurmat bilan
Khusanboy Sobirjonov tabriklaydi.
❗️2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot🧨#google | Goodbye 2023 😢
2023-yil tugamoqda 1 daqiqa sukut saqlaymiz 😁.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#portfolio_blog | #yil_sarhisobi | #other
Qo'shimcha boshqa yutuqlar:
1. GitHubga loyihalarimni yuklab ketmoqdaman katta-kichik ularning soni ortdi. Asosiy e'tibor shunga qaratilmoqda (github.com/uzbek-coder-2022)
2. YouTube kanalim asta-sekin rivojlanishda davom etmoqda. Videodarsliklar tayyorlab joyladim. O'rganilgan bilimlar orqali. Hali yana davom etadi.
3. Birinchi bor ICPC da qatnashdim. 1-kursdan beri orzuim va maqsadimga aylangan edi. Endigisi yutish bo'ladi.
4. Kurs o'tishni boshladim talabalarga.
5. To'garak va kursda o'rgatish, boshqalar bemalol bepul o'rganishi uchun Dart dasturlash tili uchun qo'llanmamni yozib chiqdim. Videodarslik ham qilib qo'ysam yanada foydali bo'ladi. Uning uchun alohida hali veb saytni tayyorlab chiqaman.
6. Qo'shimcha C, JS, Dart dasturlash tillarini va SQL, MySQL, Tkinter, Telegram bot, Flet, CustomTkinter, Server bilan ishlashni o'rganib chiqdim. Php, Django, HTTP, Flutter, API kabi lar bilan ishlashni o'rgandim (to'liq emas hozircha).
7. Dasturlashga doir 10 dan ortiq kitob o'qidim. Badiiy kitoblar nisbatan kamroq o'qidim bu yil 5 ta atrofida (asosan bestseller kitoblar).
8. O'yin ham o'ynashni qayta boshlab davom etmoqdaman. World of Tanks Blitz va shashka.
9. Har bir o'rgangan bilimim manbasini telegramda shaxsiy kanal ochib saqlashni boshladim. Yana kerakli vaqtda topish uchun ham. Juda foydali bo'ldi. Albatta guruhlarga bo'lgan holatda. 25 tadan oshibdi bu kabi kanallar. Yaqin orada ayrimlari public bo'ladi.
10. Windows OT dan Linux ga o'tdim
Yana boshqa juda ko'plab harakatlar.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#portfolio_blog | #yil_sarhisobi | #robocontest
4. Masala ishlashda 1 yilda shunaqa yam-yashillik bo'libdi. Ekologiyani yaxshi asrab-avaylab turibman ekan har holda. Aktivligim tushmaganda balki yanada yaxshiroq bo'lishi mumkin edi. Mayli biz atrof-muhit ifloslanishiga qarshimiz. 😅
5. Judgelardan biri bo'lganim uchun ham 100 dan ortiq masala tuzibman. 15 ta atrofida contestda admin va judge ma'sulligida ishtirok etibman. Hamda 3 ta masalam arxivga qo'shilbdi.
6. Qo'shimcha ma'lumotlar bu yerda: robocontest.uz/profile/uzbek_coder_2022
Bundan 1 yil avval qanday edi: https://t.me/uzbek_coder_c_plus_plus/1337
Tarixga bir nazar tashlang sizga qiziq bo'lsa.
O'tgan yili shunaqa vaqtda robocontestda masala ishlab o'tirgan edim.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#portfolio_blog | #yil_sarhisobi | #robocontest
Robocontest yil statistikasi:
1. Robocontest da endi yangi bo'lim orqali yillik statistikani ko'rish qo'shildi va uning hisoboti.
2. Contestlarda kam qatnashganim va yaxshi ishtirok etmaganim uchun ham reytingda pastlash bo'lgan. Lekin o'tgan yili mana shu vaqtga qadar 455 ta masala ishlagan bo'lsam bu hozirda 784 tani tashkil etmoqda. 329 ta masala ishlanibdi mana shu yil davomida.
3. Yozgi ta'tilda contestlarda masala tuzib berganim uchun olingan kuponlar. Kitoblar sotib olganman bariga, lekin o'qib chiqay olmadim elektron bo'lgani uchun ham. Imkon bo'lsa, barchasini yangi yilda o'qib tugataman. Yangi yilga qorbobo sovg'amni jo'natishini kutyabman shunga. 😁 Kechikib kelmasa bo'ldi kutaman. Buyog'i elflarga bog'liq.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali | #news
2024-yil uchun siz uchun bitta maqsadEndilikda kod yozmasdan ilova yaratuvchi platformalar rivojlanishi aytib o'tilmoqda. Siz ham eshitgan bo'lsangiz kerak. Bo'lmasa bularni o'qib chiqing. https://t.me/mohirdev/2095 https://t.me/mohirdev/2096 https://t.me/mohirdev/2099 https://t.me/mohirdev/2112 Ya'ni "no-code" platformalari. Sekin-asta shunga asosiy qismi o'tib ketilishi aytilmoqda va rivojlantirib borilmoqda. Agarda siz kod yozishga qiziqmaysiz yoki qiynalasiz va dasturlar yaratishni xohlaysizmi?. Javobingiz ha bo'lsa, shu kabi platformalarni ko'rib chiqib keraklisini o'rganing maslahatim. Lekin ularda ham mantiqiy tomondan o'ylaysiz, ammo haqiqiy dasturchidek hamma tarafini emas. Chunki ko'p narsa oldindan tayyor holatda yaratib qo'yilgan bo'ladi. Yoki ayrimlarini sotib olasiz. Nima bo'lsa ham qiyinchilik nisbatan kamroq bo'ladi. Yana bir tomoni siz xohlagandek imkoniyatlar qo'shish mavjud bo'lmasligi mumkin. Shunda ham 500-2000$ atrofida mablag' ishlab topishingiz mumkin va nisbatan kam vaqt sarflagan holatda. Bizda hali u qadar rivojlangani yo'q no-code platformalar. Google Appsheet ni ham shu kabi platformalar qatoriga qo'shish mumkin. (appsheet.com) Bir o'ylab ko'ring. Fikringiz bo'lsa izohda yozarsiz. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#portfolio_blog | #yil_sarhisobi | #kepuz
4.
156 kundan buyon daily streakni saqlab kelmoqdaman. Boshida 13 kunlik streakim bir kunni deb yo'q bo'lib ketganiga xafa bo'lgandim. Shu tufayli ham endi qoldirmayman umuman. Bunday yirik streaklar bilan faqatgina reytingda 2 ta inson bor xolos. Saidakbar akadan o'tib ketishni iloji bo'lmayabdi bor-u.
5. Platformadagi eng boy foydalanuvchilardan biriman. Kepcoinni yaxshigina yig'ib kelmoqdaman. Bunda ham ustunlik Saidakbar aka tomonda. Shuncha pul bo'la turib ishlatgimiz kelmaydi baribir. Bo'lmasa masala yechimlarini sotib olish bor. Shunda ham o'zimiz ishlaymiz-a. 😅
6. Boshqa to'liq ma'lumotlar: https://kep.uz/users/user/uzbek_coder_MMXXII
7. Kamchiliklar baribir kontestlarda u qadar qatnashish yuqori darajada bo'lmayabdi. Tezkor fikrlash yuqori darajada emas oldingidek. Oradagi umuman kontestlarda qatnashmay qo'yish natijasida.
Kep.uz ning masalalari o'ziga xosligi (gohida yangicha ko'rinishda), dizayni yoqadi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#portfolio_blog | #yil_sarhisobi | #kepuz
Endigi navbat kep.uz (avval cpython.uz edi). 2023-yil 18-yanvarda ro'yxatda o'tilgan va shu kundan hozirga qadar statistika:
1. Rasmda hozirgacha ishlangan masalalar va ular qiyinchiligiga qarab taqsimlanishini ko'rasiz. Soni bo'yicha 8-o'ringa chiqibman (https://kep.uz/practice/problems/rating?ordering=-solved). Lekin son emas doimo sifat muhim. Bu tomonlama ham o'sish bo'ladi.
2. Erishilgan yutuqlar xuddi Leetcode dagi badge (nishon) ga o'xshash.
3. Bahor mavsumida
Fundamental Python kursi men uchun Pythonni yanada yaxshiroq o'rganishim uchu sababchi bo'ldi. Hamda bu kursni 99% yakunlangan holatda qoldi. Nega to'liq emas?ayrim masalalardagi checkerlar ishlamay qolgani tufayli va bu bilan 2-o'rinda qoldim. Sizga ham maslahat beraman o'rganishni.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#my_website | #portfolio_blog
Real hayotda ko'chada qor yog'dira olmasak ham virtualda bu qo'limizdan keladi. Albatta, bari JS ning kuchi. JS bo'yicha bilimlarimni oshirishga to'g'ri keldi. Portfolio va qiziqishlarim jamlanmasi uchun bu ham. Kep.uz ga havas qilib qor animatsiyasini qo'shdim.
Yaqin orada o'zim uchun yaratayotgan saytning hozirchalik dizayni. Google Drive dan bepul hosting sifatida foydalanmoqdaman hozir. Buni bilmasangiz ham kerak.
Havola o'zingiz ham ko'rishingiz uchun: https://uzbekcodercplusplus2024.on.drv.tw/uzbek_coder_2022/
Dizayn sizga qanchalik yoqdi? Baho berarsiz reaksiya orqali.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#portfolio_blog | #yil_sarhisobi | #leetcode
Demak, 2023-yil sarhisobini qani boshladik unda postlarga bo'lgan holatda. Hamma 2023-yildagi erishilgan natijalar va 2024-yildagi maqsadlar.
Birinchi Leetcode platformasi bo'yicha:
1. 2023-yil davomida 80 kun atrofida aktiv bo'libman va rasmdagi statistika bo'yicha masala ishlabman.
2. Eng zo'r
daily streak ka boy oy bo'ldi. 25 kun davomida streakni saqlab qolibman.
3. Umumiy 978 leetcoin to'plashga muvaffaq bo'libman.
4. Birinchi nishonimga erishdim. E'tibor qilmabman kamida 3 ta olishim mumkin edi ekan.
5. Boshqa statistika bilan tanishish uchun: www.leetcode.com/uzbek_coder_2022/
2023-yilda faollikni yanada oshirgan holatda Leetcode futbolkasiga harakat qilaveramiz va ko'proq practise bo'ladi.
Orada ustozlar bilan birgalikda masala ishlab fikr almashish juda zo'r bo'ladi. Qani edi shu holat talabalar o'rtasida birgalikda bo'lganda edi. Nima ham deymiz hamma o'z yo'lida davom etadi (majburlash yo'q).
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#my_blog
Albatta o'qingAgar siz kanalimizning faol foydalanuvchisi bo'lsangiz yuqoridagi ikki postni to'liq o'qib chiqing: 1-Post 2-Post Va yana bir bor aytib qolaman fikrlaringizni izohda yozib qoldiring. Bu siz-u, biz uchun juda foydali bo'ladi. Shu bilan kanaldagi postlar 31-dekabrga qadar to'xtatiladi. Sog'-salomat bo'ling. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali | #hayotiy | #motivatsiya
Tanqid va yechimBoshqalar bir yoki undan ortiq dasturlash tilini o'rganib olib yoki endi o'rganayotgan, dars o'tib o'rgatayotgan, loyihalar qilib va katta-kichik yutuqlarga erishib yurgan bir vaqtda siz hali hanuz bitta dasturlash tili asoslarini boshlab qo'yib, to'liq yakunlay olmadingiz. Oradan qancha vaqt o'tib ketdi o'ylab ko'ring. Mana 2023-yil ham yakunlanib qolyabdi ekan. Qolganini aytmasa ham bo'ladi. Yon atrofimdagi insonlar orqali buning barchasiga guvoh bo'ldim. Hayot biz uchun katta ustozdir. Ming bor eshitgandan ko'ra, bir bor ko'rgan afzal. (Qaysi kinofilmdagi so'zlar ekanini eslagandirsiz). "Meni aytyabdi", - deguvchilar ham topiladi oramizda. Xo'sh, dasturlashni o'rganish shunchalik qiyinmi? Yo'q, aslo unday emas (hozirdagi fikrim). Lekin shu 9-sinfda Paskal ni qiyin deb tuyulganidan umuman dasturlashni yomon ko'rib qolgan edim. 11-sinfligimda ham umuman qiyin tuyilgan, ammo qiziqishim bor edi va mening holatimda hozir sizdirsiz, lekin siz 11-sinf emasdirsiz. Kuchli matematik bo'lib turib ham o'rgana olmaslik mumkin. Hammasi boshida qiyin, tushunarsiz bo'ladi. Dasturlash men uchun tushunarsiz, kuchim yetmayabdi, o'rgana olmasam kerak deb o'zimizni shunday fikrlarimiz orqali miyamizga singdiramiz va buni rostan ham shundayligiga ishontiramiz. Shu orqali biz o'zimizni cheklab qo'yamiz (barchasi inson psixologiyasi bilan bog'liq). Balki o'z qobig'ingizdan tashqariga ham chiqarsiz. Yaxshi bir ustoz toping o'rgatishi uchun imkon bo'lsa, aks holda dasturlashni bilguvchi yaqin do'stlaringizdan o'rgatishini so'rang va o'zingiz ham shu uchun kuniga 1-2 soat vaqtingizni ajrating imkon qadar (bir tekisda o'rganib keting). O'zingiz buni istasangiz va ularning oldiga borsangiz sizga aslo yo'q deyishmaydi, ammo ularning aynan o'sha vaqtdagi vaziyatidan kelib chiqib inkor qilishlari yoki keyinroq vaqti bo'lganda kelishingizni aytishlari mumkin. Samarali va tezroq o'rganish uchun ham bu kerak.
Maqol"Ustoz ko'rmagan shogird - har maqomga yo'rg'alar" 🔥 Siz barchasiga qodirsiz. Avvalo o'zingizga ishoning va boshqalar ishonchiga erishing. Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring. ©️Khusanboy Sobirjonov ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
