Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
Закрытый канал
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
Больше170
Подписчики
+124 часа
+27 дней
+630 дней
Архив постов
#Portfolio_blog
Joylashuvini ham yaxshilab qo'ydim dizaynga nechchi baho bergan bo'lardingiz. Ranglar bilan hali to'liq ishlaganim yo'q.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
OsonAslida hamma narsa, hamma muammolar oson. Yo shu turishda hal bo'ladi, yo boshqa yo'l bilan hal bo'ladi. Ana shu hamma osonlar ichida ham eng osoni nima, bilasizmi? Kimgadir bu to'g'ri, bu noto'g'ri deyish. Nega bunday qildi ekan, bu ishing xato, mana bunday qilishing kerak edi... kabi ta'kidlarni aytish eng osoni. Tushunish kerak — doimo mos kelmaydigan narsalar bor: Vaziyat, istak, natija. Bularni hamisha bir me'yorda boshqarib bo'lmaydi, ammo ularga tayyor tursa bo'ladi. Ana shu osongina "nega"lardan asl muddao muhokama qilish. Muhokamaning nasihat yoki maslahatdan farqini esa aniq bilamiz va qay biri mumkin emas-u, mumkinligini ham... ©️birilm ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
Xabarni OTM kanaliga tashla va juda ko'pchilik xabardor qil hamda jamoa yig'ib, qatnash. 😁
Post : https://t.me/adu_uz/27551
Adminlariga aytib kanalga joyladim.
©️admin
#my_blog
Men kutgan onlar deydi-yu. Jamoani shakllantirib olsam bo'lgani bu yil qatnashamiz. Andijon Davlat Unversiteti o'tgan yili qatnashmagan edi. Bu yil esa bunday bo'lmasligiga harakat qilamiz. 1 emas, balki 2 yoki 3 ta jamoa bo'lib ishtirok etarmiz. Algoritm bo'yicha kuchli ustozimiz yaqin orada kelib qolsa. Train qilib olsak ungacha. Asosan 1-kurslardan olamiz talabalarni. Qolgan talabalar holatini bilaman ham. Muddat oz ham qolibdi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
Repost from IT Park Uzbekistan
#olympiad
🇺🇿 26-oktyabr kuni Toshkentda ICPC dasturlash boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasining respublika bosqichi boʻlib oʻtadi
🤔 Saralash bosqichi 14-oktyabr kuni IT Park'ning mintaqaviy filiallarida boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish allaqachon ochiq va ushbu havola orqali mavjud. Olimpiadada uch nafar universitet talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
Veb-saytimizda olimpiada qoidalari bilan tanishishingiz va ishtirok etish uchun ariza topshirishingiz mumkin.
❔ Savollar boʻyicha 👉 IT Park Cup 2023
___________
🇺🇿 26 октября в Ташкенте состоится республиканский этап международной студенческой олимпиады по программированию ICPC
🤔 Отборочный тур пройдет 14 октября в региональных филиалах IT Park. Участвовать в олимпиаде смогут команды, состоящие из трех студентов вузов.
Ознакомиться с регламентом олимпиады и подать заявку на участие можно на нашем сайте.
❔ По всем вопросам 👉 IT Park Cup 2023
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Portfolio_blog
Hozir ustozlarim bilan bir loyihani qilyotgan edik. Men esa bunda
UI qismini ishlab chiqyabman. Barchasi CustomTkinter modulida tayyorlab chiqilmoqda. Oldin hech qidiruv qismini tayyorlamagan edim. CustomTkinter modulida ham umuman ishlamagan edim. Endi hammasi juda tezlikda ketmoqda va qidiruv tizimini ishlab chiqdim va baza bilan bog'lab qo'yilsa bo'ldi.
Bu modulni endi o'rganayotganim uchun komponentalar joylashuvi ozgina muammo bo'lmoqda, ammo tajriba bo'lmoqda. Codemy.com saytining you tube kanalida juda yaxshi videodarslar bor ekan. Juda katta yordam beryabti.
Endi urinib ko'radiganim qidiruvni button bosilmasdan o'zi avtomatik ishlovchi holatga o'tkazish.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#foydali | #python | #regular_expression
Vaqt formati to'g'ri berilganini tekshirish.
re moduli orqali regular expression ni ishlatib. Oddiy va ingliz vaqt formati uchun. Berilgan regular expressionni olib boshqa dasturlash tillari uchun ham ishlatish mumkin.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#hikmat
Inson o‘zini kashf qilishi oson ish emas. Balki fazoni zabt etishdan ham og‘irroq kashfiyotdir. Nafsning tubiga mashaqqatli safarni uyushtira olgan kishilar juda ham ozdir.
©️Mustafo Mahmud
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
Bugungi rejalar yana 40 dan ortiq kompyuterni sozlab chiqish. 9:00 da start bersam qancha vaqtda ulgurar ekanman. Hisoblab ko'raman. O'rgating yoki yordam beraman deb kelmaganliklarini ko'rib o'zlari biladi deb qo'yaverar ekanmanda. Shunday katta amaliyot va ilm olish yo'li. Imkoniyatdan vaqtida to'g'ri foydalana olish va qaytib kelmasligini bilishimiz doimo yodimizda turishi kerak.
©️admin
#Qiziqarli_savol : a = {'a' : 1, 'b' : 2};
b = {'b' : 3, 'c' : 5};
c = {**a, **b}; print(list(c.values())); natijani toping
#hikmat
Sometimes, we gotta stop and check where we are now and going…
It’s what helps us get back to the right path if we are on the wrong one.
- - - - - - - - -
Ba’zan, to’xtashimiz va qayerdaligimizni va qayerga qarab ketayotganimizni tekshirib turishimiz kerak.
Bu(usul) xato yo’lda ketayotgan bo’lsak, to’g’risiga qaytishga yordam beradi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#my_blog
Imkon bo'lsa o'rganib qo'ygan ma'qul
1-kursligimda Alimqulov ustozimdan kompyuterga sistema bosishni o'rgating deb xonalariga kirganimda yo'q demay, ustoz juda yaxshi tushuntirib, ko'rsatib o'rgatgan edilar. Undan keyin o'zim ham amaliy bir necha bor bajarib, men uchun juda yaxshi tajriba bo'lgan edi. Bugun esa fakultetimizdagi bitta kompyuter xonasidagi hamma kompyuterlarni qaytadan sistema bosib, driverini o'rnatib chiqdim. Hozircha 50 % ishi yakunlandi. 3.5 soat ketibdi 15 ta kompyuter uchun. Har bir kompyuterga o'rtacha 14 daqiqa vaqt sarflabman. Hali yana 30 ta kompyuter kutmoqda.
Imkoniyat bo'lganda o'rganib qo'ygan ekanman. Zaruriyat tug'ilganda kimgadir murojaat qilishimni keragi yo'q. Hamma narsada shunday imkoningiz bormi ? O'rganib, bilib qo'yavering keyin kerak bo'lib qoladi.
Havola berilgan havoladagi postni o'qib ko'ring. To'g'ri gaplar menda ham shunday masalan.
Ilmni fursat bo‘lganda o‘rganish kerak, chunki ilm zarur bo‘lgan paytda fursat topilmaydi.
©️Abdulloh ibn Mas’ud
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#hikmat
Tokay pastlar xizmatin etasan bajo,
Har yemishga pashshadek qilma jon fido.
Bir nonni ikki kun ye — tortma hech minnat,
O'zga nonidan o'z dil qoning ko'p avlo.
©️Umar Hayyom
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#cpython | #python| #operator_overloading
Qiyinchiligi : Ilg'or
Link : https://cpython.uz/practice/problems/problem/235
Bu masalada taqqoslash (comparison) operatorlari qayta yuklandi Person sinfi uchun.
Operatorlarni qayta yuklashdan ko'p foydalanmas edim, lekin mustahkamlash uchun yaxshi bo'ldi. Siz ham yaxshi tanishib chiqmagan yoki hali umuman bilmasangiz o'rganib chiqish uchun manzil :
https://www.geeksforgeeks.org/operator-overloading-in-python/
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#hikmat
Sadaqa berib, rizqingizni ko'paytiring, zakot berib, mol - mulkingizni asrang.
©️Ja'fari Sodiq
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
