ru
Feedback
Khusanboy Sobirjonov | IT Blog

Khusanboy Sobirjonov | IT Blog

Закрытый канал

💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp

Больше
Buy Ad
170
Подписчики
+124 часа
+27 дней
+630 дней
Архив постов
#Portfolio_blog Shu postning boshida aytib o'tgan gaplarim natijasi hozircha yana ozgina ishi qolmoqda. MacOS ga o'xshatishga harakat qildim, ammo destkopda hali ishlar bor yakunlanmagan. Internet tezligini ko'rsatib turuvchi va ekran yozish uchun yaxshi dasturlar topdim. Customization bo'lishi zo'rda o'zing istalgan holatga olib kela olasiz. Linux da yaxshi tomoni oldin bilmaganiim python kompilyatori mavjudligi ham ekan. Videokarta endi uxladi hisob, sabab uning foydasi kam tegadi endi. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#python Microsoft Python-ni Excel-ga integratsiya qilganini e’lon qildi. ©naxalov Endi VBA ga nima bo'lar ekan-a. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#hikmat     Dardli odamning beqarorliklari va tumanlarga to'la bir uyi bor. Dardini eshitsang, uyiga bir deraza ochgan bo'lasan. ©️Jaloliddin Rumiy ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#my_blog Balki bu yaxshilikkadir Linuxdan yozayotgan birinchi postim. Hali hanuz o'zim uchun kerakli dasturlarni o'rnatib sozlab chiqmoqdaman. Yaqin orada customizationni mac nikiga o'zgartirib qo'yaman. Rasmini tashlarman keyin. Endi crack versiya deya xavfsirab yurish ham bo'lmaydi (windows, office va boshqa dasturlarni). Xayrli tun barchaga 💤 Ertaga qiladigan bir qancha ishlar bor. Ha aytgancha, 2 ta singlim bu yil talabalik baxtiga sazovar bo'ldi. Shuni nishonlaymiz ertaga 🎉. Mandat chiqishi bilan ko'rishga ulgurdim. Bilasizki, bo'lmasa bizdagi serverlar uxlaydi keyin. Buncha odamni ko'rib qo'rqib ketganidan. Talabalik baxtiga muyassar bo'lganlar bormi bu yil ? - - - - - - - - - - - - - - -Balki ularga oliy ta'lim haqida aytarmiz -Yaq, kayfiyatini buzmay shunchaki tabriklaymiz. Keyin faklutetimizda nisbatan o'tish ballari nisbatan tushib bormoqda yildan-yilga negadir. Yoshlarda bilim saviyasi shunchalik tushib ketyabdimi ? Ularni ham to'g'ri yo'lga boshlashga harakat qilamiz jamoa tuzib, bu ustida reja asosida ishlamoqchimiz. Ko'pi adashib o'zi xohlamagan yo'nalishiga kirib qolganlar. Nima qilishini ham bilmay 1 semestr o'qib, o'qish qiyinchiligini ko'rib sirtqi ta'limga o'tkazib ham ketmoqda. O'qishni ham o'ziga yarasha qiyinchiligi bor, ammo kelajak yorqin o'z ustida ishlab, ilm olishdan to'xtamasa. Qiyinchiliklarni yenga olgan kuchlilargina g'alaba qozonadi. - - - - - - - - - - - - - - Ilm unga haqli bo’lmaganlar yetishishidan qattiq himoyalangandir. (Shayx Axmad Zarruq) ©️Khusanboy Sobirjonov ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#qiziqarli Shuning uchun tezroq mac olish kerakda Karl soqqani qilib. Shunday holatda ham tiklash mavjud. Brend qimmat lekin xavfsizlik ishonchni oqlaydi. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#my_blog Goodbye Windows, Hello Linux Endilikda windows ishlatishdan voz kechmoqdaman va linux mening eng asosiy, yoqtirgan OT im bo'lib turadi. Albatta bari MacOS ga o'tgunga qadar. Windowsdan nega voz kechmoqdaman ? 1. Bugun mening 5-6 yillardan buyon to'plab, saqlab kelgan 200 GB dan ortiq ma'lumotim o'chib ketdi. Juda ko'plab foydali va media (hayotimdagi) ma'lumotlar . Hammasi bitlockerdan kelib chiqdi. 2. Tizim nisbatan og'irligi, customization qilishga juda katta cheklovlar, virusning tushishi 3. Tizim updatelarida bug lar chiqishi, stable updatelarni tarqatmasligi kompaniyani. 4. UI ga ko'proq e'tibor berilgani dasturchi uchun bular muhim emas. Hozirda linux mint cinnamon turini ishlatishni o'rganmoqdaman. Hozirgi qadar kichik kamchiliklarni e'tiborsiz qoldirib yaxshi ishlab kelayotgan edim. Balki hammasi yaxshilikkadir. Tiklash uchun urinib ko'raman, lekin baribir SSD dan ma'lumot tiklash juda qiyin ish. Igna bilan quduq qazishdek go'yo. Endi bunday kamchiliklarga yo'l qo'ymay ma'lumotlarni zaxiralab yuraman. Bu men oldinroq o'ylab yurgan yomon holatlardan biri edi va mana bugun esa o'sha kun keldi. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#hikmat     Odamlar nimanidir bilganliklari uchun emas, balki o'zlarini bilimdon va dono hisoblaganliklari sababli yanglishadilar, xato qiladilar. ©️Tohir Malik ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#Qiziqarli_savol : import re; text = 'peter piper picked a peck of pickled peppers'; result = re.findall(regex, text); print(result); regex o'rniga qaysi ibora qo'ysak 'peter piper picked a peck of pickled pepper' degan quyidagi natija chiqadi ?
Anonymous voting

API hozircha ochiq emas ekan. Yaqin orada shunga ishlar ketmoqda deyishdi. Demak, parsing buyog'iga contestlar haqida ham ogohlantirib turuvchi bo'ladi CF niki kabi menga shunisi yoqqan edi. ©️admin

#news | #telegram_bot | #python Endilikda robocontestdan masala va u haqidagi ma'lumotlarni olib beruvchi kichik bot tayyorlab ko'raman. Bir parsingni sinaylik kichik loyihada. Keyin boshqa masala ishlanuvchi platformalarni qo'shib ko'raman. Oldin bunday bot bor edi esingizdami ? Robochilar. Buni bilmasangiz siz tizimda yangisiz yoki bu tizim foydalanuvchisi emassiz va hozirda u bot ishlamaydi. Bo'lmasa apisini olib ko'ramiz berishsa. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#foydali | #motivatsiya Ortga 1 Qadam, Oldinga 2 Qadam Ortga qaytishga ko'pchilik or qiladi. O'zimdan kichiklar bilan o'qimiyman, bu narsalarni "bilaman" deyishadi. Bilasizmi nega ko'plar matematikani yaxshi bilmaydi? Chunki bilmagan narsasi ortda qolib ketgan. 8-sinf bola 5-sinf kitobini olib o'qiganini ko'rganmisiz? Universitetdan ketgach, 3 yil o'tib yana qaytdim. Boshida 8-sinf bolaga 5-sinf kitobini berib qo'ygandek tuyuldi. Ko'p narsani anglab o'qidim. Boshqacha bo'larkan. Dasturlash ham matematikadek. Bilimlar bilimlar ustiga quriladi. Fundament yaxshi bo'lmasa, baland bino qurib bo'lmaydi. Bizda hamma narsaning "yoshi" belgilangan. Universitet yoshi, uylanish yoshi, ishlash yoshi. Shuning uchun bu fikrlash bilan "ortga qaytish" deb atayapman. Hech narsaning erta kechi yo'q. Bog'chada yaxshi o'qimaganman demasangiz bo'ldi. ©️fikrlog ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#hikmat     Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi minglab tadbirsiz loqayd kishilardan yaxshidir. ©️Amir Temur ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#foydali 👨‍💻 Kod yozish usullari. Men Kernighan & Ritchie usulida yozaman. Sizchi ? ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali 👨‍💻 Kod yozish usullari. Men Kernighan & Ritchie usulida yozaman. Sizchi ? ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#foydali | #parsing | #python Parsing Web-saytdagi malumotlarni yuklab olish uchun, hamda bu ma'lumotlar asnosida biz turli v
#foydali | #parsing | #python Parsing Web-saytdagi malumotlarni yuklab olish uchun, hamda bu ma'lumotlar asnosida biz turli vazifalarni bajara olamiz. robocontest.uz saytini parsing qilamiz. Masala uchun unga tegishli ma'lumotlarni olamiz. re (regular expression), requests (so'rovlar bilan ishlashga), bs4 (BeautifulSoup olingan matnni parser qilish uchun) modullarini ishlatamiz. Parsingni telegrom bot uchun o'rganmoqdaman. Kodini izohga tashlab qo'yaman. Nazar akani o'rgangani bergan qo'llanmalariga raxmat amaliy ko'rib, o'rganib ketyabman. cpython.uz saytida parsingga doir masalalar ham bor. API topilmasa yoki pulli bo'lsa, parsing zo'rda yordamga keladi. Tekinga bilimlaring asosida qilinaveriladi. OpenBudjet botlar shunaqa tayyorlanadi. Hozirda captchalarni ham buzishgan bir qancha turini. Wikipedia : https://ru.wikipedia.org/wiki/Parser ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#Qiziqarli_savol : print(~~~~~~5) natijani toping
Anonymous voting

#hikmat     Barcha masalalarda har qanday odamning va’dasiga ishonsa bo‘ladi, ammo pul masalasi bundan mus­tasno. ©️Moxandas Karamchand Gandi ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#foydali | #python | #cpp Agarda funksiya bir nechta argument qabul qilishi kerak bo'lsa-yu, ammo biz argumentlar sonini bilm
+1
#foydali | #python | #cpp Agarda funksiya bir nechta argument qabul qilishi kerak bo'lsa-yu, ammo biz argumentlar sonini bilmasak. Bunday holda biz nima qila olamiz ?
Variadic templates (C++)

Variadic shablonlar - bu o'zgaruvchan sonli argumentlarni oladigan funksiya va sinf shablonlarini aniqlash imkonini beruvchi mexanizm. Bu sizga turli xil parametrlar bilan ishlay oladigan yanada moslashuvchan va ko'p qirrali kod yozish imkonini beradi. Variadic shablonlar yordamida siz ma'lum turdagi argumentlarning istalgan sonini oladigan funksiyalar yoki sinflarni belgilashingiz mumkin. Bu, ayniqsa, qatorni formatlash funksiyalarini, umumiy konteynerlarni va argumentlar soni har xil bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa vaziyatlarni yozishda foydalidir. *args usuli (Python) Agar funksiya qabul qiladigan parametrlar soni noaniq bo'lsa, va parametrlar yagona qiymatlar ko'rinishida uzatilsa, funksiya yaratishda argumentdan avval yulduzcha qo'yiladi (*arguments). ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#Qiziqarli_savol : Quyidagi kod qanday natija chiqaradi ? s= ["pune", "mumbai", "delhi"]; print([(w.upper(), len(w)) for w in s]);
Anonymous voting

#hikmat     Inson goh-goh duch keladigan har bir muvaffaqiyatsizlikni baxtsizlik deb hisoblamasligi lozim. Kim biladi deysiz, balki haqiqiy baxt kichik muvaffaqiyatsizlikdan boshlanar. ©️Chingiz Aytmatov ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#telegram_bot Bot qo'llanmasini ham yozib chiqdim bo'lmasa ham bo'lmas edi. Nimalar qila olishini o'qib chiqing : 1. /set_photo - buyrug'i guruhda biror rasmga reply qilib shu buyruq berilgan vaqtda guruh rasmini shunga o'zgartiradi. 2. /set_title - buyrug'i guruhda biror matnga reply qilib shu buyruq berilgan vaqtda guruh nomini shunga o'zgartiradi. 3. /set_description - buyrug'i guruhda biror matnga reply qilib shu buyruq berilgan vaqtda guruh tavsifini shunga o'zgartiradi. 4. /ro - buyrug'i guruhda biror odamga reply qilib shu buyruq berilgan vaqtda unga vaqtinchalik yoza olmaydigan qilib qo'yadi. /ro time comment- usulida ishlatiladi. time - qancha muddat guruhga yoza olmasligini (vaqt minutda ko'rsatiladi) comment- nima sababdan bunday bo'lgani uchun izoh ko'rsatiladi (berilmasligi ham mumkin) Buyruqni /ro holatida ishlatish default natijalar orqali sizga ishlashni ta'minlaydi. time = 5, comment = None holatida. 5. /unro - buyrug'i guruhda /ro buyrug'i berilgan odamdan cheklovni olib tashlaydi. 6. /ban - buyrug'i guruhda biror odamga reply qilib shu buyruq berilgan vaqtda shu inson guruhdan haydaladi va qo'shila olmaydi. 7. /unban - buyrug'i guruhda /ban buyrug'i berilgan odamdan uni olib tashlaydi. 8. /p - buyrug'i guruhda reply qilingan xabarni qadab qo'yadi. 9. /up - buyrug'i guruhda qadalgan xabarga ushbu buyruqni reply qilish orqali uni olib tashlaydi. 10. /del - buyrug'i guruhda reply qilingan xabarni o'chirib yuboradi. 11. /link - buyrug'i guruhga qo'shilish uchun link yaratib beradi. /link time member_limit - usulida ishlatish kerak. time - qancha muddat davomida link yaroqli bo'lshini (vaqt minutda ko'rsatiladi) member_limit - bu link orqali qancha odam guruhga qo'shila olishini belgilab qo'ya oladi. Limit 1-99999 gacha. (berilmasligi ham mumkin) Buyruqni /link holatida ishlatish default natijalar orqali sizga link yaratib berishini ta'minlaydi. time = 60, member_limit = 1 holatida. ‼️ Eslatma ‼️ Bu buyruqlar botni guruhga admin qilish orqali faqat guruh adminlari ishlatishi mumkin. Buyruqlarda '/' belgisi o'rniga '!' belgisini ham ishlatish mumkin. Yana bot guruhga odam qo'shilgan va tark etgan vaqtdagi xabarlarni ham o'chirib yuboradi. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot