cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

A'zam Mansurov

📚 "Speed reading" bo'yicha murabbiy 👨‍🎓 700+ o'quvchilar ✨ "Kitobnoma" kitobi muallifi Natijalar: @tez_oqish Admin: @speed_reader

Больше
Рекламные посты
903
Подписчики
-124 часа
-197 дней
-4830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#shunchaki Kitob o'qish doim ham stress darajasini pasaytirmaydi. Ayniqsa ijodkor odam biror nima sabab stressga tushsa va bu holatda kitob o'qisa shu jarayondan ham tragediya yasashni boshlaydi. Xohlasayam xohlamasayam jarayonni yomonlashtirgani qoladi va bu ijodkorlarda tabiiy jarayon. O'ta ijodkor odam stressni yo'qotish uchun kitobga chalg'iyman desa, battar stressi ziyoda bo'lgani qoladi. Ijodkorlar bo'lsa tasdiqlasin :)
Показать все...
🔥 2😢 1💯 1
Meni kuzatuvchilarga bu savollarga men tomondan berilgan javoblar qiziq bo'lishi mumkin deya o'ylab yoki bo'lmasa eng kamida o'zim uchun qayd bo'lib qoladi deb javoblarimni yozyapman. Savollarga javobni to'liq beraqolaman shunda bu qaysi savol javobi degan tushunmovchilik bo'lmaydi. 1. Eng ko'p manfaatparastlik xafa qiladi. 2. Shvetsariyada yashashni istardim. 3. Eng baxtli yashagan lahzam maktab kiraverishiga shiftga butun guruhimiz bilan naqsh chizganimiz. (RISMI maktab nomi va Uchtepa sudi to'g'risida joylashgan, asosiy binoga kirishda patalokda 3 ta turli naqsh solingan) 4. Hamma xatoni ikkilanmay kechiraman. (Xiyonat holatga qarab kechirish yo kechirilmasligi ma'lum bo'ladigan xato) 5. Men yaxshi ko'rgan ayol personaj Avatar serialidagi Suki. 6. Men yaxshi ko'rgan erkak personaj Supermen va Joker. 7. Tarixdagi men yaxshi ko'rgan qahramonlar hamma payg'ambarlar. Hamma hind ulamolari ham. 8. Real hayotda men hurmat qilgan ayol onam, boshqa hech kim, o'tmishda Maryam onamiz. 9. Men sevgan rassom Van Gog. 10. Men ijodini sevgan musiqachi Yulduz Usmonova. 11. Erkak mas'uliyatli bo'lishi kerak. 12. Ayol esa hayoli bo'lishi kerak. 13. Men sevgan hislat insoniylik. 14. Yozishga kirishganimda baxtli bo'laman. 15. Ayni damda hech kimni o'rnida bo'lishni istamayman. 16. Do'stlarimda eski davrlarni ko'p eslash hislati va chin dildan suhbat qurish fazilati bo'lishini istardim. 17. Eng katta nuqsonim ko'p nuqsonlarga egaligim. 18. Yaxshi ko'rgan ranglarim siyohrang, qora, va sariq. 19. Men sevgan gul Nilufar guli. 20. Men sevgan qush Burgut. 21. Nodir Dumbadze, Robindranat Tagor, Hans Kristian Andersen, Kafka, Kamyu, Kartasar, Markes, Chingiz Aytmatov, Xudoyberdi To'xtaboyev va yana ko'pgina yozuvchilar ijodini sevaman. 22. Shoirlardan Cho'lpon va Usmon Nosir. 23. O'zimda bo'lib qolishini istagan g'ayritabiiy iste'dod samoda ushish bo'lsa kerak. 24. Odam bo'lib o'lishni istardim. 25. Hayotimdagi shior: Fikrlar va munosabatlarda doim yaxshi bo'lish. 26. Ruhiy holatimni har ko'yga sola olaman, xudoga shukur emotsiyalarimni boshqarish oson. 27. Rejissiyorlardan eng sevimlilari Kristofer Nolen, Stenli Martin Liber, Jeyms Gan.
Показать все...
🔥 5👏 2😁 2🥰 1🤯 1🤓 1💘 1
"Prust anketasi" deb nom olgan Fransuz yozuvchisi Marsel Prust tuzgan xati. 1. Sizni eng ko'p nima xafa qiladi? 2. Qayerda yashashni istar edingiz? 3. Xayotingizdagi eng baxtli lahzani ayta olasizmi? 4. Qanday xatolarni ikkilanmay kechirasiz? 5. Siz yaxshi ko'rgan ayol personaj? 6. Siz yaxshi ko'rgan erkak personaj? 7. Tarixdagi siz yaxshi ko'rgan qahramonlarni ayta olasizmi? 8. Real xayotda siz hurmat qilgan ayol? 9. Siz ijodini sevgan rassom? 10. Siz ijodini sevgan musiqachi va bastakor kim? 11. Bir erkak sizningcha qanday bo'lishi kerak? 12. Bir ayol sizningcha qanday bo'lishi kerak? 13. Siz eng sevgan hislat? 14. Qaysi ishni bajarayotganingizda o'zingizni baxtli his qilasiz? 15. Ayni damda kimning o'rnida bo'lib qolishni istar edingiz? 16. Do'stalaringizda qanday hislat va fazilat bo'lishini istar edingiz? 17. Eng katta nuqsoningizni ayta olasizmi? 18. Yaxshi ko'rgan rangingizni ayta olasizmi? 19. Siz sevgan gul turi? 20. Siz sevgan qush turi? 21. Qaysi yozuvchining ijodini yaxshi ko'rib o'qiysiz? 22. Qaysi shoirni ijodini yaxshi ko'rib o'qiysiz? 23. O'zingizda bo'lib qolishni istagan g'ayritabiiy istedod turi bormi? 24. Qanday o'lishni istagan bo'lardingiz? 25. Xayotdagi shioringiz? 26. Ayni hozir ruhiy holatingiz qanday? 27. Qaysi rejissyorni ijodini yaxshi ko'rasiz? P.s: Ushbu savollarni Marsel Prust tuzib chiqqan. Bu savollarni har kim o'ziga berib ko'rishi foydadan holi bo'lmaydi. Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying, ularni ham yaxshiroq tanib olasiz.
Показать все...
🤩 3❤‍🔥 1🔥 1
#shunchaki Ba'zida odamlar orasida ham yolg'izlikni his qilish mumkin. Gap introvertlik haqida emas. Shunday vaziyatlar bo'ladi, oldingda biror zog' yo'q bo'lsa ham ko'pchilikdek ichingga sig'maysan, ba'zida odamlar liq joyda ham yolg'izlikni sezasan. Mana shu nuqtaga yetib kelganingda tamom bo'lganinga amin bo'lsang bo'ladi. Hech shunday bo'lganmi, odamlar orasida bo'lsangiz tezroq bulardan qutulib uzoqlashishni xohlab, uzoqlashib yakka qolgandan so'ng yana ko'pchilikni xohlab qolish va mana shu sikl aylanaveradi. Bu ham o'tadi.
Показать все...
2🔥 2
​​"Qon hidi" Abdurashid Nurmurodov Ushbu romanda muallif Afg'on urushi haqida hikoya qiladi. Hozirgacha urush haqidagi o'qigan asarlarimni eng jo'yali ma'nolarga egalaridan biri desam bo'ladi va bu aynan o'zbek tilidagi asarlarda demoqchiman. 🩸Afg'on urushi ham ko'pchilikka ayon, lekin ikkita jahon urushlari kabi bu urush haqida asarlar ko'p emas. Menimcha bitta shu bo'lsa kerak, yana bilmadim. "Qon hidi" romani Afg'on urushida qatnashgan Vohidjonning ikki yil tog'u dashtlarda jang qilganini va bundan keyingi hayotini ko'rsatib beradi. Ko'p odamlar yosh vaqtidayoq bu tog' va adirlarda qon to'kadi. Bu daxshatlar bilan o'sib ulg'aygan avlod odam emas, shafqatsiz odamga aylanadilar. Ba'zilari o'z joniga qasd qilsa, ba'zilari yovvoyitabiatli bo'lib qoladilar. Vohidjonning o'zi ham ko'rgan daxshatlari ta'sirida alamzada, jahldor va g'azabini hayvonlarini o'ldirib tinchlantirishdan ham tap tortmaydigan odamga aylanib qoladi. Mazlumni yonini oladigan, zulmkor shu zahotiyoq ta'zirini beradigan insonga aylanadi. Uning uchun ko'p narsa ahamiyatsiz va o'zi bilan o'zi bo'lishni xush tuyadigan inson bo'ladi. 🔥 Roman o'ta tushkun, sokin ruhda yozilgan va juda ko'p falsafiy fikrlarga boy. Albatta bu kitobni o'qing, hech afsus qilmaysiz.
Показать все...

🔥 3 1🥰 1🤩 1
#shunchaki Unitish ham juda katta ne'mat. Insonda shunday lahzalar bo'ladiki, bularni eslayverish, qaytalanmasligini bilish uni ezadi, kishi bilmas o'ldirayozadi. Yaxshiyam unitish bor, esdan chiqarish bor. Shukur.
Показать все...
❤‍🔥 4 2🔥 1😢 1💔 1
​​"Ortga yo'l" Erix Mariya Remark "Ehtimol, hech kim birovning azob-uqubatlarini oxirigacha his etmagani uchun ham noming o'chgur urush takror-takror qaytalanaverar" Remarkning asarini ilk bor o'qishim va bu "Ortga yo'l" romani bo'ldi. Shu asarigina meni unga muxlis kitobxon qila oldi. To'g'risi, Remarkning qolgan asarlariga ham judayam qiziqishim oshdi. Ushbu romanda Ernstning urush tugan o'z do'stlari bilan frontdan qaytishi tasvirlanadi. Asar nomiga muvofiq ortga qaytilgandan so'ng urush kechgan insonlar hayotida, ularning ruhiyatlarida qanday kechinmalar o'tishi mohirona tasvirlangan. Bu orqali muallif falsafiy fikrlarni, insonni o'yga toldiradigan, mulohazaga chorlaydigan fikrlarni taqdim etadi. Urushdan qaytgan askarlarning hammasida bir xil bo'shliq hosil bo'ladi. Bu urushning "ohanrobo"sidek tuyuladikuya, lekin ular hayot va o'lim orasidagi tushunarsiz kechinma bilan qoladilar. Ular uchun hamma narsa o'tkinchi va ahamiyatsiz tuyula boshlaydi, buni haqiqatini esa muallif ochiqlab berolgan. Roman faqat urushning yakuni va askarlarni keyingi hayoti, kechinmalari haqida emas, roman inson qadri, insoniylik fazilatlari haqida oliy tafakkur namunalaridan so'z ochadi. Qisqacha shu va asarni barchaga o'qishni tasviya qilolaman.
Показать все...

🔥 4 1🥰 1🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
"Frontda insonning o'zi qadrlanardi, uning kasbi emas" ©Erix Mariya Remark ''Ortga yo'l" Hayotda esa insonning kasbi qadrlanadi, o'zi emas. Bu fikrni Kafka ''Evrilish" asarida yoritib bergan, o'qiganlar nima demoqchi ekanimni tushunadi. Ikki holatda ham manfaat uchungina inson insonga kerak ekani aytilmoqda, qisqacha shu... P.s: Remarkni asarini ilk o'qishim va taassurotlarim kutganimdek, muallif ko'pchilik maqtaganidek.
Показать все...
2 1🔥 1🤩 1🆒 1
​​"Bonu" Iqbol Mirzo "Bonu" romani 2016-yili yozib yakunlangan bo'lib, yozilish uslubi jihatidan hamma voqealar Bonuning o'z hayot yo'lini telegram orqali bir yozuvchiga so'zlab berishi bilan kechadi. O'quvchi faqat bir yoqlama xabar o'qigani bois ham, bu telegram xabarlari unga yo'llangandek, Bonu o'quvchi bilan fikr almashayotgandek his, shunday bir ajoyib jarayon paydo bo'ladi. ❤️‍🔥 Bonu juda go'zal qiz bo'ladi. Boshlanishida voqealarni bunday tus olib ketishini hayolimda ham keltirmagan edim. Nima demoqchiman, Bonuning tanasida keyinchalik oq dog'lar paydo bo'la boshlaydi, keyinchalik pes bo'lgani ma'lum bo'ladi. Tasavvur qilyapsizmi? O'ta go'zal bir farishtanamo qiz suratidan, hamma jirkanadigan tana sohibi bo'lib qolish, bu ikki omil Bonuni hayotidagi baland pastliklarni, shu paytgacha bo'lgan mezonlarni to'nkarib yuboradi. Uning boshida bitta bu kasallikdan tashqari yana ko'pgina sinovlar bo'ladi. Yozuvchi quyidagi fikrni ham o'quvchiga yetkazishni o'ylaganmi yo'qmi, bilmadim, lekin men shunday mulohazaga bordim. "Odamlar nafs quli bo'lsa, go'zalmi, pesmi farqi yo'q, nafsini aytganini qiladi" 🔥 Bonu - ayollar matonati haqida hikoya qiluvchi roman. Asarni barchaga o'qishni tavsiya qilaman.
Показать все...

🔥 4 1🥰 1🤩 1
😔 O'zbek adabiyotidan ko'nglim qolib ketyapti. Hamma o'zbek yozuvchisi paxta davri yakunigacha chiqqanmi yo hammalari urush davrini ko'rganmi, bilmadim. Urushdan keyin chiqqanlari esa deyarli ijod qilmayapti. Ijodlarida ham o'xshashliklar juda ko'p, avvalgilaridayam va hozirgilaridayam. Qaysi asarlar ekanini aytmayman, lekin Yosh kitobxondagi asarlarni mavzulari bir biriga o'xshash va bir birini takrorlovchi o'rinlari juda ham ko'p. Qaysi asar bo'lmasin quyidagi voqealar kelib chiqaveryapti. Maktab davri. Paxta davri. O'ris tuzumi haqida. Otasi yo kimidir urushda halok bo'lishi. Mushtipar ona davri. Bosh qahramon hayotidagi qandaydir fojia. Muhabbat davri. Bosh qahramonlar yakuniy qismati. Tamom. Ko'p asarlarda shu davrlar bor faqat. Sal pal boshqacharoq nimadirlar chiqib qolishi mumkin, lekin ko'pida, juda ko'p asarlarda yuqoridagi davrlar hammasini qamrab olishga harakatlar bo'ladi. Juda global mavzular qamrab olib nima naf, hamma shunday qilishida nima ma'no. Ba'zi kam sonli yozuvchilar bor va ularni uslubiyati va yetkazayotgan ma'nolari ham o'ta teran va boshqacha, yuqoridagidek emas. Qisman kalavani uchi bo'lsa ham, asosiy planda emas. Bunday asarlar kam. Eng yomoni ba'zilarida o'qib o'qib asosiy mavzu nima ekanini bilolmayapman. Bilmadim, yoki menga shunday tuyulyaptimikan, yoki faqat shunday asarlarni ketma-ket ko'p o'qidimmi, bilmadim. Lekin baribir bu darajada bo'lishi kerak emas menimcha. Keyin bizni juda ko'p asarlarda siyosat aralashgan, nima siyosatsiz asar, asar emasmi? Yo siyosat yoz degan sharti bormi? Faqat olam falokatini yozish kerakmi? Butun xalq mavzusini ko'tarish shartmi? Mayda bo'lsa ham, ahamiyati uncha jahonni buzuvchi bo'lmasa ham lekin oddiy bir maishiy hayotimizdagi mavzularni yozsa bo'lmaydimi?
Показать все...
👍 7 1🔥 1🤩 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.