cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

✺͜͡ ͜͡┄͜͡অ͜͡ঠ͜͡ই ͜͡ ͜͡Z ͜͡ ͜͡a ͜͡ ɦ͜͡ ͜͜͡a ͜͡ ͜͡ʀ ͜͡ ċ͜͡ ɦ͜͡ ͜͡a͜͡ঠ͜͡অ͜͡┄͜͡ ͜͡✺

Muhabbat aslida bu bor🥰🌸 buni faqat qalban his qilmoq zarur☺️. Qalbingiz taskin topadigan manzil bizda🌸😍. Muzik💿🎸 Status🌚🌝 Aforizm🖊❤️🔏 Biolar°•°°° Niklar°°°•° Eng soʻnggilari bizda😍😘♥️ Shoshiling dòstlar 📌: 🛎17.02.2022 ⏰ 16:16

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
188
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Ramazon muborak bo‘lsin begim 28-qism Muallif:Nafisa Malikova Yo‘lda ketarkanmiz so‘ramasdan turolmadim: -endi men repititorga bormaymanmi? -borasan faqat ayol kishiga-dedi yo‘ldan ko‘zini uzmay. -ishqilib Asalgamasmi?-dedim jaxlimni tiyolmay.Bu Tohirdan har narsani kutsa bo‘ladi. -nega buncha zaharsana-asabiy kuldi. -nima qilay birovlarga o‘xshab jonim deyolmaymanda-dedim Shirinni eslab.Tohirga nafratim kuchayib ketayotgandi..o‘zimni bosishga urindim. -ular bilan ishing bo‘lmasin..Boburni ishdan bo‘shattirib yubordim-deb g‘olibona kularkan.Bechora Boburga rahmim kelib ketdi..meni deb ishidan ayrilibdida. -uydagilarga seni otasini sog‘inibdi shunga tashlab keldim deb aytdim. Albatta qilgan ishini aytolmaydi..Sal qolsa bir birini o‘ldirib qo‘yishardi.Uyga kelib uydagilar bilan salomlashdim meni darrov sog‘inib qolishibdi.Dadam bergan olmalarni mazza qilib yedik.Tohir meni qandaydir o‘quv markaziga olib bordi.Boburdek yaxshi o‘rgatishmas ekan lekin o‘zim ko‘proq harakat qilishimga to‘g‘ri keladi.1hafta ichida bilimim anchagina yaxshi bo‘lib qoldi.Testlarni ham qo‘ldan kelgancha yecha boshladim.Bobur ham menga boshqa yozmay qo‘ydi.Shu bilan uni esdan chiqardim.Bir kuni darsda o‘tirsak o‘quv markazi direktori kirib bizga bundan buyon yangi o‘qituvchi dars o‘tishini aytdi.Mayli kim bo‘lsa ham yaxshi o‘tsa bo‘ldi. -tanishing Bobur Qosimovich-degancha uni xonaga taklif qildi.Ne ko‘z bilan ko‘rayki xonaga kirib menga qarab jilmaygancha qarshimda Bobur turardi...
Показать все...
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 25-qism Ko‘zimni ochsam kasalxonada yotgan ekanman..Qo‘limga ukol ulashibdi.Yonimda Tohir uxlab qolibdi.Sekin qo‘limni qimirlatdim..Tohir uyg‘onib ketdi va meni uyg‘onganimni ko‘rib jilmaydi: -o‘zingga keldingmi? -ha menga nima bo‘ldi?-dedim boshim sal og‘riyotgandi haliyam. -shunchaki seni o‘ynashing bilan tutib olganimda qo‘rqqaningdan hushingdan ketib qolding jonginam..-degancha sovuq jilmaydi.Demak tushunarli u avval meni tuzatib keyin o‘ldiradi.. -uyga ketmoqchiman-dedim undan ko‘zlarimni olib qochib uyga borib tushuntiraman hammasini unga. -bajonidil farishtam-shunday deb peshonamdan o‘pib qo‘ygancha chiqib ketdi.Shu orada hamshira kelib ukolni uzdi. -judayam baxtli qiz ekansiz..tepangizdan bir zum ham jilmadi sevganingiz..yana bir yigit ham tinmay sizni so‘radi oshig‘ingiz ham ko‘pmi deyman..Men indamay jilmayib qo‘ydim.Biri Tohir bo‘lsa biri kim bo‘ldi..Bobur desam uni mendek oilali juvon bilan nima ishi bor..Qiziq Tohir ham juda iltifotli bo‘lib qolibdimi..yana nimanidir o‘ylab qo‘ygani aniq..Bizga javob berishdi.Sochimni orasida bilinmas chok qoldi.U men haqimda uydagilarga aytmagan shekilli hech kim telefon qilmadi.Yo‘lda indamay ketardi.Tohir qandaydir sirli.. -yetib keldik-dedi menga g‘alati jilmayib.O‘girilib qarasam qizlik uyimga olib kelibdi.Nima kutgandim o‘zi..bir tarafdan u haq bir ko‘rganda bizni boshqacha tushunish aniq..menga ishonishini esa orzu ham qilmayman.. -bu yerda qancha qolaman-dedim ichimdagilarni bildirmaslikka harakat qilib. -istaganingcha go‘zalim-deya eshikni ochib tushishimni kutdi.Tushganimdan so‘ng eshikni yopib ketvordi.Dadamga nima deyman..Bir tarafdan yaxshi bo‘ldi baribir menda ko‘ngli yo‘q inson bilan yashab nima qildim..Sekin darvozamizni taqillatdim.
Показать все...
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 24-qism Ertaga Ramazon oyi boshlanadi.Nazokat opam ham men bilan qo‘shilib ro‘za tutadigan bo‘ldi.Birgalashib kitoblarni o‘qib chiqdik.Nazokat opa uxlab qoldi.Men ham uyquga yotgandim telefonimga xabar keldi.Bobur Ramazon bilan tabriklabdi..qanday e‘tiborli yigit Tohirdan farqli o‘laroq..Negadir u haqida o‘ylay boshladim..Bu gunoh axir erli ayolman lekin baribir u boshqacha..shunday o‘ylar bilan uxlab qolibman.Saxarlikka Nazokat opam bilan turdik.Har yili tutganim uchun opamga ham o‘rgatdim. Kelinlik uyimga kirsam Tohir menga pul tashlab ketibdi.Qanday soz u mendan hafa endi biroz bo‘lsa ham tinch qo‘yadi..Nazokat opam bilan universitetga ketdik.Tohir tanlagan kiyimlar opamga ham yoqdi.Bobur judayam po‘rim kiyinib olibdi..balki uchrashuvi bordir..Har doimgidek berilib mavzuni tushuntirdi.Bu safar biroz qiynaldim endi mavzular murakkablashib borardi. -doskaga chiqib yozing yillarni-dedi ustozim. Ochig‘i biroz yillarni eslashim qiyin bo‘ldi.Amallab ketma ketlikda yoza boshladim. -to‘xtang bu yerida xato qildingiz..-u shunday deya menga juda yaqin kelib qo‘limni ushlagancha yillarni to‘g‘irladi.Begona taftdan biroz hayajon bosdi..Shu payt xona eshigi ochilib xushkayfiyatda turgan Tohirning ko‘zi bizga tushib rangi o‘zgardi.Vajohat bilan kirib Boburning yoqasiga yopishdi.Ularni ajrata olmay qoldim.. -Tohir aka qo‘ying-baqirib Tohirni ajratishga harakat qildim ammo u meni itarib yubordi.Muvozanatni yo‘qotib boshim bilan parta uchiga urildim shekilli qattiq og‘riq sezdim keyin atrofimda narsalar aylana boshlandi..Ikki kishining birdan -Nastarinnn..-deb baqirganini elas elas eshitdim xolos...
Показать все...
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 26-qism Eshikni dadam ochdi.Dadamni rosa ham sog‘ingan edim.Dadam ham meni juda so‘ginibdilar.Ukam ham maktabdan keldi.Ularga chillaqochdi qilib keldim deb qo‘yaqoldim.Bo‘lmasa dadamning yuragi yorilishi aniq.Negadir hayotim mazmunsizdek bo‘lib qolgandi..Shu kunning o‘zidayoq Tohirdan rasm keldi..Unda Tohir va Asal qip yalang‘och holatda har xil qiliqlar qilib tushishgan edi shubhasiz bu rasmni Tohir ataylab menga jo‘natish uchun olgan..meni sevmagandan keyin hafa bo‘lishdan nima foyda ammo g‘ururimni toptashni uddasidan chiqdi..Telefonimni otib yubordim..xonamga qamalgancha yig‘lab oldim.Hech narsa yegim kelmasdi..Dadam majburlab ye deganlaridan keyin yeyishga majbur bo‘ldim.Bechora dadam meni deb boshi ham bo‘ladi endi..Kech tushdi.O‘zimni qizlik xonamga kirib ko‘rpaga o‘ranib oldim.Tohirni uyi oldida o‘zimniki ko‘rimsizginadek ko‘rindi.Nachora taqdirim shu ekan..Shu payt deraza ochilgandek bo‘ldi.Derazam eski bo‘lgani uchun xatto shamolga ham ochilib ketardi.Endi ortimga o‘girilmoqchidim baquvvat qo‘llar belimdan quchdi.Qo‘rqib ketdim..kim bu..Endi baqirmoqchidim tanish ovozni eshitdim.. -menman..jimm-dedi Tohir.Uning nafasini qulog‘im yonida his qildim.Ortimga bir amallab o‘girilib uni quchib oldim. -men sizga xiyonat qilganim yo‘q-dedim ko‘zimni ochmay. -bilaman..faqat meni aytganimni qilmaganingga jaxlim chiqdi-dedi meni mahkamroq quchib. -lekin siz rostdan xiyonat qildiz-dedim uni jo‘natgan rasmlari ko‘z oldimga kelib. -bu senga jazo boshqa men bilan o‘ynashma-degancha sochlarimni siladi-nega shu paytgacha sezmadim..sen boshqalarga o‘xshamaysan..qilma degan ishni qilasan-degancha lablarini labimga bosdi.Men uni sevib qolishdan qo‘rqayapman..ammo u yuragimni butunlay ado qiladi bu ketishda..
Показать все...
00:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Долзарб_мавзу Ота-онанинг жанжалига фарзандлар аралашса бўладими? © Сардор домла👇🏻👇🏻 ㅤㅤㅤㅤ 🌙@Islomiy_mahsulotuz — Диний махсулотлар Сардор Домла Телеграм каналига обуна бўлинг 👇 https://telegram.me/joinchat/ose1hc9EMfgwMjNi
Показать все...
2.91 MB
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 21-qism Ichkariga kirib telefonimni yoqib soatga qarasam Tohir ekranga o‘zini rasmini qo‘yib qo‘yibdi.Kulgum keldi xuddi men uni ko‘rmasam turolmaydigandek... Bobur aka allaqachon kelib bo‘lgan ekan..qiziq negadir u atirni har kungidan ko‘p sepgan shekilli hidi butun xonani tutib ketibdi..Salom berib joyimga o‘tirdim. -yaxshi keldingizmi?-deb birdan bog‘langan qo‘limga qaradi-nima bo‘ldi?-dedi qo‘limdan ko‘zini uzmay. -uyda ovqat qilayotib kesib oldim-dedim yolg‘ondan. -ishqilib men yozgan xabarni deb emasmi-uning ko‘zlari xavotirli edi.Menimcha u ham Tohirni fe‘lini yaxshigina tushunib olibdi. -hechqisi yo‘q u to‘g‘ri tushundi-dedim men ham yaxshi xotin ro‘lini o‘ylab.Boburni ko‘ngli baribir tinchimadi shekilli yara chuqurmasligiga ishonch hosil qilgach darsni boshladi.Dars tugashiga oz qolganda telefonimga Tohirdan xabar keldi."Seni olib ketgani boryapman".Bu yigitni nima qilsa bo‘ladiya..Axir Asal bilan ko‘rishishi kerak ediku..shu yetmay turuvdi nima qilishni bilmay xayolimga kelgan ishni qildim.Karidorga chiqib Asalga qildim.Hadeb Tohirni telefonida ko‘raverib raqami yod bo‘lib ketgandi o‘ziyam.Yoshlarni uchrashtirib qo‘yib bir amallab qochib qolmasam shu bilan bu yerga kelishni orzu qilmasam ham bo‘ladi. -aloo-degan nozli tovush eshitildi. -alo kundoshginam-kuldim-tez universitetga yetib kel -nima Nastarin nima baloni boshlading yana..Tohirga aytsam aqlingni kiritib qo‘yadi-kuldi u. -shunchunam kel deyabmanda senga ajoyib syurprizim bor-degancha telefonni qo‘ydim.Uni qiziqishdan yuragi yorilgani aniq.Domlaga meni kuzatmasligini aytib narsalarimni yig‘ib ko‘chaga chiqdim.Qaysi oshiq birinchi yetib kelarkin..negadir ich ichimdan kulgum kelardi..Shu payt Tohirning yaltiroq inomarkasi uzoqqa kelib to‘xtadi.Unga qaragan paytdim yonimdan kimdir chaqirdi: -salom bechoraginam-kulgancha yonimda Asal turardi.Tan olish kerak Tohirning didiga mos qiz ekan.Faqat qandaydir istarasi sovuq.Ikkalasi bir biriga mos kuldim ichimda. -salom kundoshginam..senga atab uchrashuv tashkillashtirdim qara-degancha Tohirni ko‘rsatdim.Tohir qo‘lida gul va shokolad bilan bizga qaragancha qotib turardi.
Показать все...
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 20-qism -siz ishga ketmadingizmi? -yo‘q seni universitetga tashlab keyin ketaman-degancha menga yaqinlashdi.Shu yetmay turgandi..U Boburni ko‘rib qolsa meni sog‘ qo‘ymasligi aniq.. -yo‘q shartmas o‘zim ketaman siz ishingizga ketavering-dedim uni qanday jo‘natvorish haqida o‘ylay boshladim... -yangi repetitoringni bir ko‘rib keyin ketaman-degancha meni dast ko‘tarib dush tomon olib ketdi.Uning baquvvat qo‘llaridan tipirchilab chiqolmadim.. Birinchi marta meni kiyinishimni kuzatdi.Mening shkafimda hammasi kelinlik liboslari tanlashga qiynaldim. -senga kiyim oberishim kerak shekilli-dedi shkafdagi kiyimlarimni ko‘zdan kechirarkan..Buncha yaxshi o‘zim aytishga iymanayotgandim imkoniyatdan foydalanib qolgim keldi. -yaxshi bo‘lardi faqat Nazokat opamni liboslarini kiyayabman-dedim o‘zimni bechora ko‘rsatib.Rostdan ham faqat opamni kiyimini kiyib borayotgandim. -unda birinchi sen bilan kiyim do‘koniga boramiz-dedi u.Tohir yaxshi er vazifasini ajoyib uddalayapti.Menga bu juda yoqdi..aslida undan ko‘p narsa kutmaslikka o‘rganib qolgandim oxirgi paytlar.. Birgalikda kiyim oldik.Mashinasiga o‘tirgach telefoni jiringladi..yana o‘sha Asal.. -ha jonimm-dedi Tohir uyalmay men e‘tibor bermaslikka tirishdim-boraman bugun ishdan chiqib..ikkalasini suhbatini eshitmaslikka qaror qilib darsim haqida o‘ylay boshladim..U telefonni o‘chirgach: -Tohir aka siz mendan xavotir olmang bemalol Asalni yoniga boring-dedim ko‘zlarimni pirpiratib-u bechorayam sizni sog‘ingan bo‘lsa kerak..buyog‘iga o‘zim ketolaman dedim..U baqraygancha menga qarab qoldi.Aftidan mendan buni kutmagan shekilli. -senga farqi yo‘qmi?-dedi mendan ko‘zini uzmay. -men uchun siz xursand bo‘lsangiz bo‘lgani begim-dedim tezroq undan qutulish uchun nozlanib.."bolmasa o‘qishga kirish orzuyim tushga aylanadi." -mashinadan tush-dedi jaxl bilan.Ich ichimdan xursand bo‘lib ketdim ammo buni sezdirmaslikka harakat qilib sekin tushdim. -Asalga salom ayting-degancha eshikni qarsillatib yopib sharta ketvordim.Eng muhimi u orqamdan kelmadi.Oz qoldi..o‘qishga kirib olsam bas..meni ham o‘z kasbim bo‘ladi..Shirin orzular bilan ichkariga kirib ketdim.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.