cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Zarvaraq

📚 Tarixning oltin sahifalaridan so'zlaymiz.)

Больше
Страна не указанаЯзык не указанРелигия и духовность10 898
Рекламные посты
5 110
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi ✅ Sulton Avrangzeb Olamgir Hindistonga podshoh boʻlgan davrida Islom dini uchun gʻoyatda jonkuyarlik qilgan. Avrangzeb Olamgir qozilarga yengillik yaratish maqsadida fiqhiy masalalarni tartibga solish va ularni yangicha uslubda yozib chiqishga amr qildi. U bu ishni amalga oshirish uchun oʻsha vaqtning koʻzga koʻringan ulamolaridan bir guruh tuzdi. Mazkur ulamolar fiqhiy masalalarni oson va ravshan iboralar bilan yozib, yangicha tartibga solishlari kerak edi. Mashaqqatli urinishlardan keyin olti jildlik ajoyib ilmiy asar dunyoga keladi. Sulton Muhyiddin Avrangzeb Olamgir bu ish uchun ikki yuz ming rupiya saflaydi. Bu o‘sha vaqtda juda katta mablag' edi. 🔹 Rasmda Avrangzeb Olamgir boshchiligida yozilgan "Al-fataviy al-Hindiya" kitobi. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
Показать все...
Hajjatul vado‘da Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga nechta sahoba qatnashgan?Anonymous voting
  • 100 ming
  • 100 mingdan kam
  • 100 mingdan ko‘p
  • endi bilib olaman
0 votes
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi ✅ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Masjidi nabaviy va uning yonidagi hujralari qurib bitkazilgunicha Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhuning uyida taxminan yetti-sakkiz oy istiqomat qilganlar. Masjidlari va uning yonidagi hujralari bitganidan keyin oʻsha yoqqa koʻchib oʻtganlar. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi #Bagdod 📚 Ibn Asir Bag‘dodning talon-taroj qilinishini quyidagicha tasvirlaydi: "Bag'dodda o‘lim va vayrongarchilik qirk kun hukm surdi. Shundan so‘ng dunyoning eng go‘zal maskani bo‘lgan bu shahar shu qadar vayron bo‘lib, yer bilan yakson qilindiki unda bir hovuch odamgina tirik qoldi. Ko‘chalardagi o‘liklar uyumi uylarning tomigacha ko‘tarildi. Yomg‘ir yog‘ar, murdalar irib-chirib yotar, ularning badbo'y hidi tevarak-atrofni tutib ketgan edi. Shom ulkasigacha yetib borgan dahshatli epidemiya yo‘lida uchragan odamlarni qirib tashlardi. Mamlakatni qahatchilik, vabo va o‘lim qamrab oldi” 🔹Ibn Asirning yozganlari mo‘g‘ullarning faqat Bag'dodda qilgan vahshiyliklari xolos. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi #Sodiqul_Amin 🔹Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nubuvvatdan oldin ham odamlarning eng rostgo'yi, ishonchlisi edilar. Shuning uchun ham qavmlari u zotni "Amin" – ishonchli, rostgo'y, omonatdor deb atashgan. ✅ Rum podshohi Hiraql Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqarida Abu Sufyondan: “ Payg'ambarlik haqidagi gaplarini aytishidan oldin uni yolg'onchilikda ayblarmidingiz?” deb so'raganida, "Yo'q", deb javob beradi. Shunda Hiraql: “Odamlarga yolg'on gapirmaydigan kishi Alloh nomidan ham aslo yolg'on gapirmaydi”, deydi. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Banu Hoshim nohiyasidagi Abu Tolibning uyida tavallud topganlar. 📚 Hozir bu uyning o‘rnida “Makkai mukarrama” kutubxonasi mavjud. Bu joy Kaʼbaning shimoli-sharqiy tarafida piyoda salkam 1 km masofada joylashgan. Uning uchun Marvadan chiqib, sharqiy tomonga yuriladi. 📒 “Nurul yaqiyn ” kitobi asosida tayyorlandi. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilsizmi 🌙 Qurtubada yetishib chiqqan mashhur tabiblardan biri Xalaf Zahroviydir. Zahroviy jarrohlik va asboblar haqidagi “At-Tasrif” nomli ilmiy asari bilan tanilgan. Mazkur kitob jarrohlik sohasining rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan va ko'pgina tillarga tarjima qilingan. 🔹 Zahroviy ko'plab murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirgan. U qalqonsimon bezning bir qismini olib tashlash jarayonini hali bu kabi amaliyotlar Yevropada amalga oshirish boshlanmasidan to'qqiz asr oldin tavsiflab bergan. Zahroviy og'iz bo'shlig'ida turli jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirgan, maxsus asboblar yordamida tishdagi toshlarni olib tashlagan, singanlarini davolagan va pastki jag' chiqishini muolaja qilgan. Uning ilmiy asarida tish sug'urish asbobi – omburlarning har xil turlari tavsif qlingan. Zahroviy o'zining kitoblari va muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlari bilan tibbiyot olami rivojlanishiga sezilarli hissa qo'shgan. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi 🌙Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oshkora daʼvatni boshlaganlaridan soʻng iymon keltirganlar soni yanada oshib bordi. Bu holatdan g‘azablangan Quraysh mushriklari esa musulmonlarga kuchli tazyiq oʻtkazishar, zaifhol, himoyachisi yoʻq musulmonlarni qiynab, azoblab, hatto oʻldirishgacha borishardi. Ana shunday qattiq qiynoqqa solinganlardan biri Bilol ibn Raboh roziyallohu anhudir. 🔹 Bilol roziyallohu anhu Umayya ibn Xalafning quli edi. Umayya uni kunning qoq o‘rtasida qaynoq – agar ustiga bir bo‘lak go‘sht qo‘yilsa, pishib qoladigan darajada qattiq issiq qumga olib chiqar, so‘ng yerga chalqancha yotqizib, ko‘kragini katta bir qoyatosh bilan bostirishlarini buyurar va shunday qilinar edi. Keyin unga: “Sen to o‘lmaguningcha yoki Muhammadga kufr keltirib, Lot va Uzzoga sig‘inmaguningcha shu ahvolingda qolasan”, derdi. Bilol roziyallohu anhu esa: “Ahad, Ahad”, deb qaytarar edi. Biror marta ham kufr kalimasini aytmas edi. Alloh u kishidan rozi bo'lsin. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
Показать все...
Sayfuddin Qutuz boshchiligidagi "Aynu Jolut" jangi nechanchi milodiy sanada bo‘lib o‘tgan?Anonymous voting
  • 1270-yil
  • 1260-yil
  • 1280-yil
  • endi bilib olaman
0 votes
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi #Maldiv_orollari Maldivga musulmon fotihlarning qadami yetmagan. Islom bu yerga tijoratchi savdogarlar va daʼvatchilar orqali hijriy 189, milodiy 804-yilda yetib kelgan. Bu daʼvatchilarning eng ulug‘tlaridan biri shayx Hofiz ibn Barakot Mag‘ribiy bo‘lgan. Maldivning Budda diniga sig‘inuvchi podshohi Ahmad Shunuzroza shu zotning qo‘lida hijriy 548, milodiy 1153-yilda Islomni qabul qilgan. U bilan birga barcha aholi ham musulmon bo‘lgan. "Islom tarixi" kitobi asosida tayyorlandi. 📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.