cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
685
Подписчики
Нет данных24 часа
-77 дней
-1230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#Диққат #Тарқатинг ❗️ Электрон сигарет чекадиган ўсмирларнинг танасида заҳарли металлар, жумладан, қўрғошин ва уран тўпланади. Олимлар электрон сигарет чекмайдиган тенгдошларига қараганда, 13 ёшдан 17 ёшгача бўлган сигарет чекадиган ёшларнинг танасида қўрғошин ва 50 фоизга кўпроқ уран борлигини аниқлади. 👉🏻 @Sara_Xabarlar ⚡️-ТВда кўрсатилмайдиган, газеталар айтмайдиган энг тезкор махфий сара хабарлар каналига аъзо бўлинг!
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Ўқувчини меҳнат қилишга ўргат, уни нафақат меҳнатни севишга, у билан шундай уйғунлашишга кўниктиргинки, токи меҳнат вужудига сингиб кетсин. Уни шунга ўргатки, унинг учун ўз кучи билан бирон-бир нарсани билиб ололмаслик ақлга сиғмайдиган ҳолат ҳисоблансин; у мустақил ўйламоғи, изламоғи, ўзини кўрсатмоғи, ўзининг уйғонмаган қобилиятларини ривожлантирмоғи, ўзини собит инсон қилиб етиштирмоғи лозим”. © Фридрих Адольф Дистервег, германиялик педагог, сиёсатчи.
Показать все...
👍 1
Repost from Pedkadr.tdi.uz
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan). ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @ xushnudbek
Показать все...
Repost from 🌱Uncha-Muncha
Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️Абитуриентлар диққатига! Эртага, 11 июль куни соат 11:00 дан 13:00 га қадар ёки 14:00 дан 15:00 га қадар барча абитуриентлар рухсатномаларида кўрсатилган манзилдаги ўзлари тест синовида иштирок этадиган бинога келиб, тест синови ўтказиладиган жойлар билан танишиб кетишлари мумкин. 👉 @UnchaMuncha
Показать все...
Repost from 🌱Uncha-Muncha
Фото недоступноПоказать в Telegram
#тезкор #расман ❗️Абитуриентларга рухсатномаларни бериш бошланди 2024-2025-ўқув йилида олий ва профессионал таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга “Абитуриент рухсатномаси”ни бериш бошланди. Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун “Абитуриент рухсатномаси”ни my.uzbmb.uz сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин. 👉 @UnchaMuncha
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
➡️ Bu yilgi kirish imtihonlari sxemasi 📢 O‘quvchilaringizga yuborib qo‘ying 2024-yilgi oliygohga kirish imtihon jarayonlari qanday bo'lib o'tishi mumkinligi haqida infografika bilan tanishing 👉 https://t.me/MilliySertifikat
Показать все...
Repost from Pedkadr.tdi.uz
TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 🗓 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏰ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. 📌 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📥 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. ✅ @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.
Показать все...
👍 1
Repost from Pedkadr.tdi.uz
❗️MUHIM ESLATMA 🗓 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi! Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati saytga joylashtirildi. 📌 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI ✅ @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Rasman: 14-iyuldan test sinovlari boshlanadi, 7-iyul diagnostik sinov test! Barcha qatnashishi SHART! 🏆 YUTUQ: 1.000.000 so'm!
📆 Ertaga 7-iyul, Profi University homiyligida Mandat.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 2-onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!
📆Test vaqti: 7-iyul (09:00 dan 23:59 gacha) 💳Ishtirok etish narxi: BEPUL 👉 Ro'yxatdan o'tish shart! Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun! 🎓 Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Biologiya + Kimyo 👉 Biologiya + Ona tili va adabiyoti 👉 Chet tili + Ona tili va adabiyoti 👉 Fizika + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili va adabiyoti 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Kimyo + Matematika 👉 Matematika + Ona tili va adabiyoti 👉 Ona tili va adabiyoti + Matematika 👉 Tarix + Chet tili 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Matematika 👉 Tarix + Ona tili va adabiyoti
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;
0️⃣Profi University - Bitiruvchilari Yaponiya va Fransiyada tahsil olib, xalqaro diplomga ega bo‘lishadi.
👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish: 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Ro'yxatdan o'tish 🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!
Показать все...
🤩 1
❗️ O'qituvchilarni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganlik uchun javobgarlik bor Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 46-2-moddasida shaxsga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish, 👉 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha; 👉 mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilangan. Agar ushbu harakatlar ma'muriy javobgarlik qo'llanilgandan so'ng 1 yil ichida takrorlansa, unda jinoiy javobgarlik chorasi qo'llaniladi (Jinoyat kodeksi 141-2-moddasi). ☝️Biroq bu hammasi emas. Agar o'qituvchi fuqarolik sudiga o'ziga yetkazilgan ma'naviy zararni undirishni so'rab da'vo qilsa bormi? Fuqarolik kodeksi 1021-moddasi ikkinchi qismida zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro'-e'tiborini haqoratlovchi ma'lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo'lsa ma'naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat'i nazar, qoplanishi belgilangan. Ushbu qoida, aynan o'qituvchinining videosini ijtimoiy tarmoqqa joylab, uning qard qimmatini, ishchanlik obro'sini to'kayotgan shaxslarga zararni qoplash majburiyatini yuklaydi. Bunda ma'naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma'naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to'lashga asos bo'lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Manba ®uzteachers Nuriddin Uktamov
Показать все...
👍 2❤‍🔥 1🔥 1👏 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.