"UNIVERSAL" o'quv markazi
Открыть в Telegram
293
Подписчики
Нет данных24 часа
+217 дней
+2530 день
Архив постов
Ta’lim haqida hech eshitmagan faktlar!
🔖 Siz tug‘ilgan payt miyangizda taxminan 86 MILLIARD neyron bo‘ladi! Bu son katta tuyulishi mumkin, lekin agar ulardan foydalanmasangiz, ularning bir qismi vaqt o‘tib yo‘qoladi. O‘rganish – bu miyani mashq qildirishning eng zo‘r usuli!
📌 Siz hech qachon “to‘liq” o‘rganib bo‘lmaysiz! Olimlarning fikricha, inson miyasi hatto 100 yoshda ham yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Ya’ni, “O‘qishning yoshi yo‘q” degan gap mutlaqo to‘g‘ri!
📚 Ko‘proq bilim – ko‘proq baxt! Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘qish va yangi narsalarni o‘rganish insonda dopamin (baxt gormoni) ishlab chiqarilishini oshiradi. Demak, har safar yangi narsa o‘rganganingizda, miyangiz sizni mukofotlaydi! 🎉
📖Daho bo‘lish siri – tinimsiz o‘rganish! Leonardo da Vinchi, Isaak Nyuton va boshqa buyuk shaxslar kuniga kamida 4-5 soat ilmga vaqt ajratishgan. Balki sizning ham ichingizda bir daho yashayotgandir?
📙 Xato qilish – eng yaxshi ustoz! Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatolarimiz orqali o‘rgangan bilimlar miyamizda uzoqroq saqlanadi. Shuning uchun adashishdan qo‘rqmang – bu sizni kuchli qiladi!
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#imtihon_natijalari_2025
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-presidential-schools-results/
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
#imtihon_natijalari_2025
"Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturiga KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilindi!
📆Joriy yilning 10-avgust kuni Agentlik tizimidagi "Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturi uchun bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari natijalari e‘lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini quyidagi havola orqali bilishingiz mumkin:
https://portal.piima.uz/page/milliy-dastur-natijalari
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturiga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan:
➡️Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qabul qilinadi.
➡️Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi:
➡️С toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;
➡️B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;
➡️A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich.
❗️Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng boʻlganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga Qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Ўзбекистонлик шифокор АҚШдаги касалхоналарда иш топа олмади, шунинг учун кичик хусусий клиника очишга қарор қилди.
Кириш эшиги олдига у қуйидаги эълонни ёзиб қўйди:
«Даволаниш – 20 доллар, агар касаллик кетмаса сизга 100 доллар қайтарамиз».
Бир америкалик юрист буни яхши имконият деб ҳисоблаб, 100 доллар топиш учун клиникага кирди.
Юрист: «Менинг таъм ҳис қилиш қобилиятим йўқолиб қолди».
Шифокор: «Ҳамшира, 22-рақамли қутидан дори олиб келинг ва беморнинг оғзига 3 томчи томизинг».
Юрист: «Тфу! Бу керосин-ку!»
Шифокор: «Табриклайман, таъм ҳисингиз қайтди. Сиздан 20 доллар».
Юрист аччиқланиб пулни берди, лекин икки кундан кейин қайтиб келди.
Юрист: «Менинг хотирам йўқолди. Ҳеч нарсани эслай олмайман».
Шифокор: «Ҳамшира, 22-рақамли қутидан дори олиб келинг ва беморнинг оғзига 3 томчи томизинг».
Юрист (норози бўлиб): «Бу керосинку. Сиз аввалги келганимда ҳам шуни бергандингиз».
Шифокор: «Табриклайман, хотирангиз қайтди. Сиздан 20 доллар».
Юрист жаҳли чиқиб пулни тўлади, лекин яна бир ҳафтадан кейин яна қайтди.
Юрист: «Менинг кўриш қобилиятим жуда ёмонлашди. Деярли ҳеч нарса кўрмаяпман».
Шифокор: «Афсуски, бу касалликка даво йўқ. Мана, 100 долларингизни олинг».
Юрист (пулга қараб): «Бу 100 эмас, 20 доллар-ку!»
Шифокор: «Табриклайман, кўриш қобилиятингиз қайтди. Сиздан 20 доллар».
Бир пиёла чой
Хаёл қилинг: олдингизда бир пиёла чой турибди. Унга бир қошиқ шакар қўшинг. Лекин аралаштирманг. Ичиб кўринг-чи, шакарнинг мазаси чиқдимикан? Алабатта, йўқ. Пиёлага бир оз боқиб туринг-да, сўнгра чойдан хўпланг. Қалай? Маза кирибдими? Менимча, йўқ.
Вақт ўтиб, чой совиб боряпти, бироқ сиз ҳали бирор хўплам ширин чой ичолганингиз йўқ. Бу туришда чой совуб, охири ҳеч ким ичгиси келмай ҳам қолади...
Ҳаёт ҳам шундай. У худди бир пиёла чой кабидир. Аллоҳнинг сизга берган ақл-заковати эса шакар. Агар уни ишлатмас экансиз, шакарнинг мазасини билмайсиз.
©️ Жалолиддин Румий
БИЗГА ҚЎШИЛИНГ
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Repost from Kosonsoyliklar - Rasmiy Kanal
🎓 "NIS" хусусий мактабида янги имконият!
Чуқурлаштирилган "Математика" ва "Инглиз тили" синфларига қабул бошланди!
📚 5-синф ўқувчилари учун махсус синфлар ташкил этилмоқда.
📝 Имтиҳон санаси:
📅 20-август | 🕘 Соат 09:00
📌 Фанлар: Математика ва Инглиз тили
📝 Қабул қилиш ёзма ва тест шаклидаги имтиҳон орқали амалга оширилади.
🎯 Қабул квоталари:
Математика синфи – 24 ўрин
Инглиз тили синфи – 24 ўрин
📍 Манзил: Косонсой педагогика коллежи, 3-қават
📞 Рўйхатдан ўтиш: +998941760555
👉 @maktab_nis
OTA ONALAR BU JIDDIY MASALA....
Ta'limga pul tikmagan odam, qamoqxonalarga pul sarflaydi😱..
🔸Ko’pchilik qiladigan 7 ta xato:
❌ He go to school every day.
✅ He goes to school every day.
❌ I am agree.
✅ I agree.
❌ She can to drive.
✅ She can drive.
❌ He is married with her.
✅ He is married to her.
❌ I didn’t went.
✅ I didn’t go.
❌ He said me…
✅ He said to me / He told me
❌ Much people
✅ Many people
- Bu xatolarni qila ko’rmang ballni juda pasaytirib yuboradi
🔸
🗺 Дунёда ўқитувчи бўлишнинг қиймати
🇮🇹 Италияда:
Учта касб эгалари тирбанд йўлда қолмаслиги керак: тез ёрдам, ўт ўчирувчилар ҳамда ўқитувчилар.
🇫🇷 Францияда:
Бойлар ўз яшаш жойлари билан мақтаниш учун ўқитувчилар билан бир ҳудудда яшашга интиладилар.
🇸🇪 Швецияда:
— Биринчи фарзандим шифокор, аммо иккинчи фарзандим ундан яхшироқ касб эгаллашни истайди, яъни ўқитувчи бўлмоқчи.
🇩🇪 Германияда:
Меркел норозилик билдираётган шифокорларга мурожаат қилди:
— Сизнинг маошингиз сизни ўқитган ўқитувчиларнинг иш ҳақидан юқори бўлишини кутмаслигингиз керак.
🇬🇧 Aнглияда:
— Бу бола даҳо, у ўқитувчидек фикрлайди...
🇯🇵 Японияда:
— Соясини топтамаслик учун ўқитувчидан етти қадам ортда юр!
Muvaffaqiyatlar ortidan yana bir muvaffaqiyat😊
Bizning kursimizda o'qib Agentlik maktabiga muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchimiz Bahriddinov Sardorbek endilikda Al-Beruniy maktabining 2-bosqichidan ham muvaffaqiyatli o'tdilar👏👏👏.To'grisi ota-onalariga havasim keldi.Qoyil a'lochi o'quvchim Sardorbek bu yutuqlaringiz ham hali boshlanishi,sizga ishonaman yana davom eting....
Shohistatahon ustozam sogʻliqlaringiz yahshimi. Muhammad Abdullohda oʻzgarish bormi shu kunlarda matematikaga judda qattiq qiziqtirib qoʻyibsiz men bn dadalarini savolga yaratishlari va fikrlash zoʻr oʻzgargan. Oʻzlari un har kun hotirani kuchaytirish uchun nimalarnidir qilyaptilar. Biz sizdan minnatdormiz. Oʻzgarganini koʻrib ingliz tili EDUBOOK buyurtirdila.
Bu szlar ustozlar mehnati va Abubakrni qiziqiwi tiriwqoqligi bundanda baland choʻqqilarga eriwsinla omad tilaymiz
Assalomu alaykum Abubakr o'g'lim sizni va ustozlaringizni yana bir bor muvaffaqiyatingiz bilan tabriklaymiz kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishingizga tilakdoshmiz ,sizga bilim bergan barcha ustozlarga tashakkur aytamiz .Sizga moddiy va manaviy yordam va shuningdek tarbiya bergan ota-onangizga rahmat, ishonchlarini doimo oqlaydigan farzand bo'ling. Kelgusida yurtimizga, yetuk kadrlar bo'lib, yetishishingizga tilakdoshmiz
Assalomu aleykum tabriklayman Abubakr va yana bir bor Universal oquv markazini dovrug'ini kotarganingiz uchun katta raxmat.Sizga tarbiya bergan ota onangiz ilm bergan oqutuvchilaringizni baxtiga doimo sog boling
Assalomu alaykum tabriklayman Abubakr va ota-onalari bilim bergan ustozlari. Juda ham xursand boʻldim oʻqishlarizga omad tilayman ilm olishda hecham charchamang mening oʻgʻlim ham sizga oʻxshab nufuzli maktablarga kirib olsin🥹🥹🥹🤲🤲🤲
Ассалому алайкум устозлар Универсал жамоаси бу муваффаккият бутун жамоаники , устозларнинг машаккатли мехнати махсули деб биламан . Шохистахон ,Мухаммадали устоз сизларга уз миннаддорчилигимни билдираман , Аллохим мартабаларингизни бундан хам баланд килсин билим бериш йулида хеч хам чарчаманг
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
