cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

YaSTF yangiliklari (Rasmiy kanali)

Больше
Рекламные посты
265
Подписчики
Нет данных24 часа
-47 дней
-1430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

01:36
Видео недоступноПоказать в Telegram
#yil_sarhisobi ⚡️Joriy yilning 13-dekabr kuni Yakkakurash sport turlari fakulteti tomonidan o‘tkazilgan “Yil sarhisobi” nomli bayram tadbiridan videolavha 👇Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Показать все...
video_telegram.mp425.52 MB
👍 1
#yil_sarhisobi Yakkakurash sport turlari fakulteti tomonidan “Yil sarhisobi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi Kecha, 13-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yakkakurash sport turlari fakultetining joriy yil yakunlariga bag‘ishlangan “Yil sarhisobi” nomli ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbiri o‘tkazildi. Tadbir fakultet dekani Valixon Anashovning kirish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z nutqida 2023-yilda fakultet tomonidan barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Badiiy qismdan o‘rin olgan iqtidorli talabalarning ko‘rgazmali chiqishlari va ular tomonidan ijro etilgan taronalarni tadbir qatnashchilari maroq bilan tinglashdi. Yakunda esa yil davomida ilmiy salohiyat va sportda yutuqlarga erishgan, jamoat ishlarida faol bo‘lgan talabalar hamda fidoiy professor-o‘qituvchilar taqdirlandi. https://t.me/uzdjtsu_rasmiy
Показать все...
01:54
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Meningkonstitutsiyam 📖Konstitutsiyam – oliy Qomusim! 🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yakkakurash sport turlari fakulteti jamoasi hamyurtlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan tabriklaydi! Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Показать все...
konsyakkurash.mp492.99 MB
01:34
Видео недоступноПоказать в Telegram
#QVZ Yakkakurash sport turlari fakultetining quvnoq talabalari universitet “QVZ” ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi! O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iste’dodli, quvnoq va zukko talaba-yoshlarini bir joyga jamlagan oliygoh “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi yarim final bahslarining 2-turi ham qiziqarli va qizg‘in jarayonlarga boy tarzda o‘tdi. Ikki tur yakuniga ko‘ra, eng yuqori ball bilan Yakkakurash sport turlari fakultetining “Noyob bolalar” jamoasi 1-o‘rinni, Kurash fakultetining “Olimpiya” jamoasi 2-o‘rinni va Tibbiyot fakultetining “Avitsenna” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi! Telegram | Instagram | You tube | Facebook
Показать все...
video_telegram.mp417.81 MB
👍 3
#zakovat 🏆Universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqti mazmunli va samarali o‘tmoqda… ⏩Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yakkakurash sport turlari fakulteti tomonidan fakultet talabalari o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. 👨‍👩‍👧‍👧Unda talaba-yoshlar 5 ta jamoaga bo‘lingan holda, o‘z intelektual bilimlarini namoyon etishdi. Shuningdek o‘yinga mehmon jamoa sifatida oliygohning “Qizlarjon" klubi a’zolari ham taklif etildi. 👇Murosasiz kechgan bahslar yakunida: 🥇1-o‘rinni “Debyutant” jamoasi; 🥈2-o‘rinni “Renessans” jamoasi; 🥉3-o‘rinni mehmon “Zakovat malikalari” jamoasi qo‘lga kiritdi. Telegram | Instagram | You tube | Facebook
Показать все...
IMG_4586..MOV31.29 MB
👍 2
01:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
#bayroq Mangu hilpirayver millat bayrog‘i! Sportchilar oilasida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 32 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiridagi jarayonlar bilan quyidagi videolavhamiz orqali tanishishingiz mumkin. https://t.me/uzdjtsu_rasmiy
Показать все...
video_2023-11-18_15-31-43..mp418.51 MB
#bayroq Mangu hilpirayver millat bayrog‘i! Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri shunday nomlandi. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Показать все...
MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I! 2023-yil 14-noyabr kuni Chirchiq shahrida joylashgan 531-sonli harbiy qismda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Unda universitetning Yakkakurash sport turlari va Sportni boshqarish fakulteti talaba-yoshlari, shuningdek, maktab o‘quvchilari ishtirokida bayramga atalgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga harbiy qism komandirining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. https://t.me/uzdjtsu_rasmiy
Показать все...
#talaba_yutuqlari O‘zDJTSU talabalari Osiyo chempionati sovrindorlari bo‘lishdi! Joriy yilning 6-8 noyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasining Almati shahrida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada qitʼamizning eng kuchli yosh karate ustalari oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Dzyudo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham qatnashib, faxrli oʻrinlarni egalladilar. Unga ko‘ra: Sevinch Otabayeva -61 kg vazn toifasida kuchli raqiblarni yengib finalga yoʻl oldi va musobaqaning 🥈kumush medalini, Shodiya Ziyodullayeva esa -50 kg vazn toifasida 3-oʻrin uchun kechgan bahsda Eronlik raqibini yirik 8-0 hisobda mag‘lub etib, 🥉bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Sportchilarimizga bundan-da yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz! Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Показать все...
👍 1
#tanlov #Aksilkorrupsiya_oyligi “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” mavzusida rassomchilik tanlovi tashkil etildi Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yakkakurash sport turlari hamda Sport o'yinlari fakulteti tomonidan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida "Korrupsiyani birgalikda yengamiz" mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida rassomchilik tanlovining fakultet bosqichi o'tkazildi. Tanlov davomida talabalar tomonidan chizilgan rasmlar universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi, Xotin-qizlar kengashi va fakultet mas’ullari tomonidan kuzatib borildi. Yakunda eng sara rasm mualliflari tanlovning Universitet bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. https://t.me/uzdjtsu_rasmiy
Показать все...
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.