cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

❣❤---» Hayotim «---❤❣

Har xil turdagi rasimlar🖼️ Har xil vediyolar🌌 Xit Qo'shiqlar ♫︎♫︎♫︎ Hayotiy har xil turdagi hikoyalar Hammasi bizni kanalda😍 https://t.me/H_A_Y_O_T_1_M Kanal ochilgan sana 18.02.2022 - yil Inshaalloh 1.k

Больше
Рекламные посты
398
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Xush kelibsiz, .⌐╦╦═─⎝⎝✧qノ尺oレノcんム✧⎠⎠╾━╤デ╦︻
Показать все...
Kanalga ulangan grupadan blokdan cqarilar koment oqiyolmayapman yozolmayapman
Показать все...
E blokdan cqarilar koment yozolmayapman grga kirolmayapman nma yomonlik qldm slaga https://t.me/H_A_Y_O_T_1_M
Показать все...
💗🥀Soddagina Sevgilim🥀💗 19-Qism Guli maktubni Shaxbozga berdi. Shaxboznjng yuragi negadir bexalovat bo'lyapgan edi. Guli unga "Nigora sizga shuni berishni iltimos qilgan edi. Uni kechiring" deb maktubni berdi. Shaxboz uyiga borib maktubni qo'llari qaltiragan holda ochdi. Maktubda shunday yozilgan edi...: "Shaxboz aka bilasizmi avval siz bilan o'tgan kunlarim mening bu dunyodagi eng baxtli kunlarim edi. Men adashdim soddalik qildim. Kechirib bo'lmas gunohga yani xiyonatga qo'l urdim. Lekin ishoning men Davronga qo'limni ham ushlatmaganman u ham menga unday yomon ko'zlar bilan aslo qaramagan. Kechirmaslikka haqqingiz bor. Mendek yomon qizni kechirmaslik kerak xatoyimni tushunaman. Agar yodingizda bo'lsa men sizga sizsiz yashay olmasligimni aytdim. Bu gapim haqiqat edi. Ayni damda Siz bu xatni o'qiyapganingizda men allaqachon bu dunyoni tark etib narigi dunyoga ketgan bo'laman. Sizni esa ikki dunyoda ham sevaman. Siz men uchun eng yahshi yigitsiz. Emg yahshi odamsiz. Hamma xislatlaringiz idela darajada. Bundan buyog'iga sizni baxtli bo'lishingizni hohlayman. Sevgan qizingizni albatta baxtli qiling. Sizdek yigitga tegadigan harqanday qiz baxtli bo'ladi. Men esa baxtingizni osmonlardan ko'rib turaman ☺️. Baxtli bo'ling mening sevgim. Men sizdan umuman hafa emasman chunki haqqingiz bor edi. Lekin shuni unutmangki keyingi xayotingizda albatta meniki bo'lasiz. Sizni hechkimga bermayman o'shanda. Alvido Shaxboz aka. Agar ko'rishish nasib qilsa Nargi dunyolarda ko'rishguncha...!" Shaxboz bu maktubni o'qir ekan oxirigi so'zlarga kelganida uning ko'zidan yosh to'xtamas edi. U "Nahotki mening bag'rim shunchalik toshga aylangan bo'lsa 😢😢😣" deb yig'lar edi. Meni kechir Nigoram meni kechir deb yig'lar edi. O'sha zahotiyoq Shaxboz o'rnidan turib Nigoraning uyi tarafga yo'l oldi. Nigoraning uyida 3 4 kishi tozalov ishlarini qilyapgan edi. Shaxboz ulardan Nigorani so'radi. Ular esa Shaxbozga "Nigora o'zini osib qo'yibdi. Bandachilik 😢" deyishdi. Shaxboz "yoooooo'q 😣😣😖 unday bolmagan unday bo'lmagan. Qani Nigora uni menga ko'rsatinglar ko'rsating" deb yig'lar edi. Nega kechirmadim uni deb boshini qattiq siqganicha afsuzlanar edi. Nigora hozir do'ktor xonada o'lishi deyarli 90% aniq ekanligini eshitgach Shaxboz do'ktorxona tarafga shoshdi. U yerda Nigoraning Ota onasi yig'lab o'tirar edi. Nigora o'zini osib xushini yo'qotgan vaqtida uning otasi kelib qolgan edi va uni doktorga olib borgan edi. Ammo u paytgacha Nigora deyarli o'lib bo'lgan edi. Nigoraning Ota onasi yig'lab o'tirishar ekan shu payt Shaxboz yetib kelganida doktor chiqib keldi va ularga qarab "qizingiz o'lyapti. Bandachilik endi" dedi. Shu payt Shaxboz yo'ooooq deb baqirib Nigora yotgan xonaga yugurib kirdi. Nigora bexush yotar edi. Shaxboz Nigorani bag'riga bosganicha "ko'zingni och Nigora ko'zingni och" deb baqirib yig'lar edi. Doktorlar foydasi yo'qligini aytsada Shaxboz davom etar edi. Ko'zingni och iltimos... 🥺😢😢 Davomi bor... Muallif #Bahodir Davomi uchun 130 ta ❤️
Показать все...
💗🥀Soddagina Sevgilim🥀💗 Yakuniy 20-Qism Shaxboz yig'lar edi. Chunki u sevgisidan ajralishiga soniyalar qolgan edi. Doktorlar Shaxbozni olib chiqib ketishyapgan vaqtida mo'jiza yuz berdi. Nigoraning yuragi ishlab ketdi. Nigora "men qayerdaman" deb qiynalibgina gapirardi. "Shaxboz aka" dedi u. Nigora xushiga kelganidan Shaxboz Juda ham hursand edi. Hov gulim dedi u. Shifoxonada hamma hursand edi. Shaxboz Nigoraga "Endi hechqachon qo'yib yubormayman sevgilim 😊" deb dunyolarga sig'mas darajada hursand bo'lar edi. Nigora 4 5 kunda shifoxonadan sog'ayib chiqdi. Lekin Nigora Shaxbozning o'sha vaqtida aytgan gapini yani men boshqa qizni sevaman degan gapini rost deb o'yladi. O'z joniga yana qasd qilishga botina olmadi. Chunki u o'zini sirtmoqqa osganida juda ham azob chekgan edi ammo tirik qolgan edi. Va o'zini o'ldirish katta gunoh ekanini ham angladi. Keyin esa Shaxbozni baxtli bo'lishi uchun tinch qo'yaman degan hayolda yurdi. Nigora ishiga qaytdi. Shaxboz uni ish joyida ishdan chiqishini kutib turar edi. Nigora chiqdi Shaxbozni ko'rdi ammo indamasdan o'tib ketdi. Shaxboz hayron bo'lib uni ortidan yurdi: 🙎‍♂ Nigor nima boldi yana. Tinchlikmi? 🙎‍♀ ha tinchlik 🙎‍♂ nega menga begonalardek qarab utib ketyapsan 🙎‍♀ chunki rostam ham begonamiz 🙎‍♂ mendan hafamisan jinnivoy 🙎‍♀ yo'q. Baxtli bo'lishga xaqqingiz bor. Sevganingiz bilan baxtli bo'ling 🙎‍♂ ufff nimalar deyapsan 🙎‍♀ qorqmang endi jonimga qasd qilmayman sizni tashvishga qoymayman 🙎‍♂ sen usha gapimga ishondingmi 🙎‍♀ meni aldamang hayir Nigora qadamini tezlashtirib ketdi. Shaxboz ham tezlashdi. Keyin esa "u gapim yolg'on! Men Seni sevaman SODDAGINA SEVGILIM!" deb baqirdi. Atrofda odamlar ularga kulib qarab qoyishar edi. Nigora to'xtadi va Shaxbozga jimmm tentak dedi. Shaxboz yana ovozini ko'tarar edi. Shu bilan ular yarashib olishdi. Shaxboz Nigoraga sovchi qo'ydi. Ular turmush qurib baxtli hayot kechirishdi. Nigora Shaxbozga endi butun vujudi bilan ishonadigan boldi... TAMOM... Qimmatli vaqtingizni sarflab o'qiganingiz uchun kattakon rahmat. Hikoya muallifi: @unuta_olaman_gulim . Agar hikoya yoqgan bolsa yana yozishga harakat qilaman. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ☺️!!! Muallif #Bahodir
Показать все...
💗🥀Soddagina Sevgilim🥀💗 17-Qism 🙎‍♀ Aaassalomu alaykum ... 🙎‍♂ nima kerak senga? 🙎‍♀ ozib ketibsizku 😔 🙎‍♂ seni nima ishing bor 🙎‍♀ xato qildim men 😢 🙎‍♂ endi bildingmi? 🙎‍♀ juda katta xato qildim. Sizni sevaman 😢😢😢 🙎‍♂ Sevgiling bor seni. Senga sovchi qo'ygan. Hademay to'ying bo'ladi 🙎‍♀ yo'q aslo. Davronning to'yi bo'ldi. U hozir baxtli. 🙎‍♂ nega senga uylanmadi 🙎‍♀ taqdir emas ekan 🙎‍♂ ha mandan nima kerak. Mem xiyonatkormanku 🙎‍♀ yo'q. Hamma haqiqatni bildim. Muhayyo aytub berdi. 🙎‍♂ yo'g'e qayerdan quyish chiqdi ekan unga 🙎‍♀ iltimos meni kechiring 😢🥺🥺 🙎‍♂ hechqachon 🙎‍♀ unday demang iltimos 😢😢 🙎‍♂ o'ylab ko'rchi o'zingni kimdirlarga ravo korib yana qaysi yuz bilan mendan kechirim so'rayapsan. Seni kechirim so'rashga haqqing yo'q 🙎‍♀ to'g'ri lekim sizsiz yashay olmayman 😢 🙎‍♂ ko'rdim yashay olmasligingni. Xiyonat kechirilganini qayerda ko'rgansan 🙎‍♀ iltimos meni tiriklayin o'ldirmang 😫😫 🙎‍♂ sen meni o'ldirding men seni emas. Baxtli bo'l hayir... Shaxboz tezlashib ketib qoldi. U Nigoradan 6 7 qadam uzoqlashganida Shaxbozning ko'zidan beixtiyor 2 ta marjondek ko'z yosh yerga tomib tushdi. Shaxboz yo'lida davom etdi uyiga bordi. "Nimalar qilin qo'ydinga Nigora. Qaysi yuz bilan kechirim so'raysam 😣" deb o'ziga o'zi gapirar edi. Nigora ham o'tgan ishlarini o'ylab adoyi tamom bo'lyapgan edi. Shaxboz uni kechirishidan umidvor edi ammo kechiradiganga o'xshamas edi. Shaxboz Nigorani sevsada Nigora unga xiyonat qilgani sababli ishonch yo'qolgan edi. Davronning Nigoraga qo'li tekgan degan yomon hayollarga borar edi. Aslida esa Davron hichqachon Nigoraga yomon ko'z bilan qaramagan va oxirgi uchrashuvni hissobga olinmasa unga qo'lini ham tekkazmagan edi. Chunki Davron ham uni sevgandi. Nigora Shaxbozni yoniga yana bordi: 🙎‍♀ iltimossss bir imkon bering 😢 🙎‍♂ yo'q dedimmi yo'q 🙎‍♀ hamma ham xato qiladiku axir 🙎‍♂ sen boshqa bola bilan 1 yildan ko'p yurding. Menga qanchalik og'ir bo'lganini bilasanmi 🙎‍♀ endi unday xato qilmayman. Sizga o'lgunimcha ishonishga vada beraman 🙎‍♂ xiyonat kechirilmaydi. To'g'ri men zo'r bola emasdirman yomondirman ammo g'ururim bor. Sen esa g'ururni xiyonatga temglashtirding. Boldi iltimos sendan yo'limni to'sma qoch... O'sha vaqtlar Nigora ham tirik murdadek edi. Shaxboz uni kechirgisi kelar edi ammo g'ururi yo'l qo'ymayapgan edi. Ikkisi birbirini telbalarcha sevsayu ammo g'urur sababli birga bo'lmasa bu qanchalik azob 😔. Shaxboz Nigorani kechirishni uylab ko'rdi ammo oxir oqibat uni kechirmaslikka va unutishga qaror qildi. Nigoraning ahvoli esa yomonlashib borar edi. Nigoraning vijdoni qiynalar edi qalbi azobda edi. U shaxbozni hattoki tushlarida ham ko'rib chiqar edi. Ikkalazining ham kuni mazmunsiz o'tayapgandi. Nigoraning ko'zida doyim yosh turar edi. Uni tushkunligini ko'rgan ota onasi ham havotir ola boshladi. Nigoradam nima bo'lyapganini so'radi ammo Nigoradan tayinli javob olishmadi. Nigora ularga yolg'iz qolishni hohlayapganini hichkim bilan ayni damda gaplashgisi kelmayapganini aytar edi. Uni ota onasi ham biroz yolgiz qolsa uziga kelar degan fikrda Nigorani yolg'iz qoldirishdi. Nigoraning Tunlari ham Shaxbozni o'ylab o'tar edi... Davomi bor... Muallif #Bahodir
Показать все...
💗🥀Soddagina Sevgilim🥀💗 18-Qism Nigora Shaxbozga qilgan xiyonati uchun qancha afsuzlansada Shaxboz kechirmasdek edi go'yo. Nigoraning dugonasi Guli ham Shaxbozdan kechirim so'radi. O'sha vaqtda Guli uni noto'g'ri tushunganini va Nigoraga noto'g'ri malumot berganini aytdi ammo baribir bu harakatlar besamar ketar edi. Nigoraning yashagisi kelmas edi. U qilgan ishlaridan rosa afsuzlanib qo'liga ruchka va qog'oz olib nimalarnidir yozdi. U yozgan narsasi Shaxbozga maktub edi. Maktubni yozib bo'lib dugonasining oldiga bordi. Dugonasi Nigoraning ahvolini ko'rib qo'rqib ketdi. "Nigora nahotki bu sen bo'lsang. Ancha ahvoling yomonku dugonajonim qo'y ozgina sabr qil albatta baxtli bo'lasizlar albatta kechiradi" deb Nigorani ovutdi. Ammo Nigora unga arangina "kechirmaslikka haqqi bor. Mayli kechirmasin" deya oldi holos. Nigoraning Dugonasi Guli unga: G: Nigor albatta yahshi bo'ladi hammasi. Ko'p o'ylama. Men aybdorman meni kechir. Oshanda men notori tushunmaganimda balki bunday bo'lmasmidi 😔 N: umuman o'zingni ayblama. Seni mutlaqo aybing yo'q. Men sendan hechqachon hafa emasman Guli jondam aziz dugonamsanu menga yomonlik tilarmiding uzingni ayblama G: unday bo'lsa siqilishni to'xtat. Kerak bolsa Shaxbozga yalinaman yolvoraman albatta yarashtiraman... Nigoraga ozgina umid uchquni kirdi. Va qo'lidagi qog'ozni dugonasiga bermasdan qaytib ketdi. Keyin esa u Shaxbozdan yana kechirim so'rashga qaror qildi. 🙎‍♀ Shaxboz aka bir imkon bering menga iktimos. Kozim kor ekan endi ochildi ishoning 😢 🙎‍♂ hichqachon 🙎‍♀ nega axur nega 😢 🙎‍♂ shunchalik bilging kelyaptimi 🙎‍♀ ha nega ayting nega 🙎‍♂ men boshqa qizni sevaman 🙎‍♀ ishonmayman 😢 🙎‍♂ ishontirishga majburmasman. Endi meni baxtimga to'siq bo'lma 🙎‍♀ ha to'g'ri. Bunga haqqingiz bor... Nigora joyida muzlab qoldi. Shaxboz esa oarvo qilmasdan u yerdan ketdi. Nigora uyiga qaytar ekan oichirlab nimalarnidir gapirardi. U uyiga borib qandaydir maktub yozdida Dugonasi Gulidan u maktubni Shaxbozha berib qo'yishini iltimos qilib uyiga qaytib keldi. Yashashdan Butkul umidi so'ngan Nigora uyiga kirar ekan uyida hechkim yo'q edi. Chunki uning uyidagilar qayergadir ketishgan edi. Nigora ko'zidagi yoshni hecham to'xtatib tura olmas edi. U o'ziga o'zi "men kechirilishga haqwim yo'q" der edi. Uyiga kirdi biroz televizor kordi. Ammo dardiga hichnarsa davo bolmasdek edi. U o'ziga o'zi tinmasdan "kechirilishimga haqqim yo'q 😢! Haqqim yo'q 😣! Haqqim yo'q 😪! Haqqim yo'q 😫😩😣😖!!!!" Deb baqirar edi. Keyin esa Nigora o'zi o'ylagan noto'g'ri ishni qilishga qaror qildi. U bo'yniga sirtmoqni to'g'irlar ekan ichida "baxtli bo'ling Shaxboz aka! Meni kechiring oyijonim! Kechiring otajonim!" Deb oichirlar edi. Nigora o'zini bo'ynini sirtmoqqa kirgazdi sirtmoqni mahkamladida tagidagi stolni tepib yubordi. Ex qanchalik ayanchli edi u voqea 🤯. Uning tomog'i bo'g'ilib nafas o'tmas edi. Qancha harakat qilmasin endi sirtmoqdan chiqishning iloji yo'q edi. "Hayir yahshi odamlar! Hayir yoriq olam! Alvido bu yoruq dunyo alvido Shaxboz aka 😢" deb arang pichirlashga ulgurdi nigora va sirtmoqqa osilganicha uning ahvoli yomonlashib xushini yo'qotdi. Alvido Shaxboz aka baxtli bo'ling 😪 alvidoo!!!... Davomi bor... Muallif #Bahodir Davomi uchun 120 ta ❤️
Показать все...
💗🥀Soddagina Sevgilim🥀💗 16-Qism Nigora Sohasi bilan biroz chalg'ish maqsadida ishga kirdi. Nigoraga qo'ng'iroq bo'ldi. Qo'ng'iroq Davrondan edi. Davron to'y kuni belgilanganini va Nigora to'yga albatta kelishini iltimos qildi. Nigora ham albatta boraman dedi. To'y kuni ham keldi. Nigora esa to'yga bormadi. Davron unga qo'ng'iroq qildi: D: Salom qaleysan? N: assalomu alaykum yahshi rahmat uzizchi. Charchab qolmadizmi D: bugun meni to'yim. Kelaman deganding nega kelmading gulim 😔 N: jinnivoy u yerga borib nima qilaman. Sizga kuyov jo'ra bo'lib beramanmi 😊. D: bilasanmi seni shunday beg'ubor tabassumlaringni juda qattiq sevaman N: shu sevgini endi umr yo'ldoshingizga bering. Yo'llarimiz ayro ekan nima ham derdim. Yangamni baxtli qiling ☺️ D: ho'p. Lekin kelishing kerak edi N: ishdan bo'shay olmadim uzur Shu payt Davronni chaqira boshlashdi. Nigoraga ham eshitilib turar edi. N: sizni chaqirishyapti boraqoling D: ho'p. Baxtli bo'llll Nigora 😢 N: sizga ham eng katta baxt tilayman... Ular hayirlashishdi. To'y juda chiroyli o'tdi. Davronning turmush o'rtog'i ham juda yahshi inson edi. Davron baxtli bo'lib ketdi. Davronning turmush o'rtog'i Davronning o'tmishi haqida bilar edi... Shaxboz esa hamon o'shanday edi. To'y bo'lganini ham bilmas edi u. Uning hayoti o'zgarishsiz manosiz davom etyapgan edi. Kerak bo'lsa o'lishga ham tayyor edi ammo ota ona qadrini hechqachon unutmas edi. Shaxboz ezilyapganini Muhayyo ko'rib vijdoni juda qiynalar edi. Ikki sevishganni ayirgani uchun endi endi afsuzlanishni boshladi. Muhayyo Shaxboz bilan bo'lgan taqdirda ham ikkalasi ham baxtli bo'la olmasligini tushunib yeta boshladi. Nima qilishga ikkilanib qoldi. Keyin esa Nigorani qidirishga tushdi. Uzoq qidirishlardan keyin 1 hafta deganda u Nigora bilan yuzma yuz keldi: M: Salom Nigora yahshimisiz N: yahshiman nima edi nega kelding M: siz bilan surishmoqchi emasman. Gapim bor N: qanday gap ekan M: Shaxboz haqidagi gapni bilishingiz kerak N: sizga uni bezovta qilmayman deganmanku yana nima kerak? M: bezovta qilmang demoqchi emasman. Gap shundaki o'sha vaqt yoningizga kelib aytgan gapim yolg'on edi. Men undan qasos olish uchun ikkingizni ayirdim. Uni sevib qolganim ham rost. Lekin u menga hichqachon sevgi manosida qaramagan afsuz. Undan umid qilib yashadim ammo hozir uning hayoti manosiz bo'lib qolgan. Juda azoblanyapgan vaqtida onasidan ajralishiga ozgina qoldi. Hayriyat onasi tuzaldi ammo mening vijdonim qiynalib ketdi. Ishoning chin dildan afsuzdaman. 😢😢😢. Qalbim azobda N: qaysi yuz bilan kelding yonimga. Demak... demak Shaxboz menga xiyonat qilmagan shundaymi M: ha shunday N: iflossan sen M: mayli xoxlaganingizcha soking chidaymam N: semi jazoyingni olloh beradi M: iltimos Shaxbozni yoniga boring uni baxtli qiling 😔🥺 N: aytmasangiz ham boraman... Muhayyo uzurni so'rab u yerdan ketdi. U faqatgina Nigoraning yonidan ketmadi. Shaxboz va Nigoraning hayotidan bedarak yo'qoldi. Nigoraning shuncha vaqt qilgan ishlari endi uning bir bir xayoliga kela boshladi. Va qilgan ishlaridam o'zi ham qo'rqib ketdi. Shaxbozni qanday ahvolga solganini tushunib ko'ziga yosh olar edi. Nigoraning Shaxbozga bo'lgan sevgisi avvalgidanda kuchliroq bo'lib qaytdi. Endi esa uni "Shaxboz akam meni kechirarmikinlar?" Degan savol qiynar edi. Uning uchun tun asrdek o'tdi. Ertasiga Shaxbozni qidirdi ammo topish nasib qilmadi. U o'ziga "Shaxboz akam meni kechirsinlar! Men ular uchun xoxlaganlaridek bo'laman. Emdi ularni hechqachon nohaq ayblamayman. Ular mening chin sevgim. Ex xudo meni kechirsinlar" degan gaplarni ayta boshladi. Qilgan xiyonatidan tavba qildi. Chinakkamiga afsuz qildi. Nigora Shaxbozni qidirishda davom etdi Keyin esa 3 kun deganda uni topdi... Davomi bor... Muallif #Bahodir
Показать все...
💗🥀Soddagina Sevgilim🥀💗 15-Qism Nigora uyidagilarga Davron maqul bo'lganini aytsa ham uyidagilar rozi bo'lmadi. U uyidagilarga hop boladi dedi. Davron otasiga tushuntirishga harakat qildi. U qizni yahshi ko'rishini u qiz yahshi qiz ekanligini aytdi ammo Davronning otasi yo'q dedi. Uning qarori qatiy edi. Yarim tunda Davronning ham Nigoraning ham kayfiyati buzilgan holda o'z uylarida osmonga qarab yotishar edi. Ertaga u ikki qalbning uchrashuvi bo'ladi. Balki oxirgisidir balki taqdirlari birga bo'lar. Bu Ollohdan boshqa hechkimga malum emas edi. Davron Nigoraga sovchi qoyganidan Shaxboz ham xabar topdi ammo ularning to'yi bo'lishi yoki bo'lmasligiga qiziqmadi ham. Qiziqmasa ham Nigorani unutmagan edi. Ichida afsuzlangancha xorsinib qoyar edi. Shaxboz o'ziga o'zi "Ex afsuz soddagina sevgilim! Qandaydir gaplarni deb kechib ketding. Unutib ketding hattoki hozir 1 yildan beri boshqasi bilansan. Lekin men seni unuta olmadim afsuz. Mayli nima bolsa ham baxtli bo'lsang bo'ldi Soddagina sevgilimmm ☺️☺️😊😣🥺😪☺️😊🤗" deb uning yuzi kulgani bilan yuragi qon yig'lar edi. Tong otdi Davron va Nigora ko'rishishi kerak. Ular ko'rishishdi: D: Gulim yahshimisan N: assalomu alaykum! Yomon 😔 D: bilaman 😣 N: endi nima qilamiz. Uyimizdagilar ko'nishmayapti D: ha meni otam ham rozi bo'lmayapdilar 😞 N: nega axir nega 😔 D: bilmasam. Seni juda qattiq sevaman axir. Xoxlaysanmi seni uzoqlarga olib qochib ketaman N: yo'q afsuz bo'lmaydi. Ota onamizni norozi qila olmaymiz D: ha to'g'ri aytasan lekin seni sevaman 😔 N: iloji qancha. Davron aka! Ota onangizga quloq soling. Otangizni do'stini qiziga uylaning. Albatta baxtli bo'lasiz. Men sizdan hechqachon hafa bo'lmayman tushunaman D: nimalar deyapsan seni sevamanku N: men ham ☺️. Lekin mayli Ota onamizni gaplariga kiraylik D: meni kechir. Mendan rozi bo'l. Seni juda qattiq sevaman. N: ex mayli hayot shunaqa ekan Davron aka. Sizdan roziman. Siz ham mendam rozi bo'ling. D: seni albatta to'yimga aytaman borasana N: aytmasangiz ham boraman ☺️ D: Keyingi hayotda faqat meniki bo'lasan 😢 N: yig'layapsizmi? Qo'ying yig'lamang. Men yig'lashga arziydigan qiz emasman. Inshoolloh baxtli bo'ling. D: seni sevaman sevaman sevaman axir N: halolingizni mendanda kuchli sevib qolasiz Ular shu tariqa oxirgi uchrashuvini o'tkazishyapgan edi. Biroz gaplashib turishdi va Xayrlashish vaqti ham keldi. Davronning ko'zlarida yosh. U Nigorani qattiq bag'riga bosdi. "Meni kechir armonim 😢" deb mahkam uni quchar edi. Nigora ham undan kechirim so'rar edi. Va nihoyat Davron Nigoraga "Sen bilan o'tgan damlarimni hechqachon unutmayman. Sen menga chinakkam baxt bera olding alvido gulim" deb xayrlashdi. Bir umrga hayirlashdi. Telefon qilaman albatta to'yga aytaman dedi. Va u yerdan ketdi... Davronning uyidagilar Bir qiznikiga sovchilikka borishdi. U yerdan rozilik olib qaytishdi. Tez orada to'y kuni ham belgilanadi. Nigoraning ham uyiga sovchilar kelyapgan edi ammo Nigora turmush qurgisi kelmay qoldi. Biroz ishlashni uyidagilardan iltimos qildi. Uyidagilar uni majburlab uzatgisi kelmadi. Shaxboz ham bamisoli tirik murdadek bo'lib qolgan edi. Undagi umid uchquni Davron Nigoraga sovchi qo'yganidan keyin batamom o'chgan edi. Shaxboz hechkimga ko'ngil bera olmadi. Juda qiynaldi azoblandi. Oradan biroz vaqtlar o'tdi... Davomi bor... Davomi 110 ta ❤️ dan keyin Muallif #Bahodir
Показать все...
💗🥀Soddagina Sevgilim🥀💗 13-Qism Davron Nigora bilan ancha urunishlardan keyin do'stlashib oldi. Unga sevgi izhor qildi. D: Nigora men sizni boshida ko'rganimdayoq yahshi ko'rib qolgan edim. Aytmoqchi emasdim lekin armon bo'lib qolmasligi uchun aytishga qaror qildim N: Davron bu gaplarni qo'ying. Men bollarga ishonmayman. Dostlikdan yuqorisini hohlamayman. D: nega axir. Bitta bola aldoqchi bo'lsa hammasi shunday degani emasku N: nimaa. Bu haqida sizga kim aytdi? Guli aytgan shundaymi? D: kim aytganini ahamiyati yo'q. Osha bolani deb endi butun umr g'am bilan o'tmaysizku to'g'rimi N: yahshi qoling Davron men ketishim kerak... Nigorani yana yarasi yangilandi. U yig'lab uyiga ketdi. Davron Nigorani chindan yahshi ko'rar edi. Oxir oqibat Nigora Davronga imkon berib ko'rishga qaror qildi. Bundan maqsad esa Davron yoqgani uchun emas Shaxbozning xiyonatiga javob qaytarish uchun imkon bergan edi. Davron bilam Nigora gaplashishni boshlashdi. Davron hamma havas qiladigan yigit edi. U Nigoraga juda ham mehribon edi. Nigoraning o'tmishini hechqachon yuziga solmas edi. Nigora 3-kursni ham tamomlay deb qoldi. Davron va Nigora sevishyapgani Shaxbozning qulog'iga yetib bordi. Shaxboz juda shok ahvolga tushdi. "Nega axir nega? Bir yolg'onni deb nega sevgimga yeta olmayman nega? 😣😣😖" deb uning g'azabi kelar edi. Shaxboz o'sha kuniyoq Davron va Nigorani aylanib yurishganida topdi: Sh: Nigora bu nima qilganing. Nega xiyonat qilding? Shuncha vaqtdagi sevgimiz qayerda qoldi N: men xiyonat qilmadim. Siz bilan oramiz uzulib bo'lgan edi Sh: shu iflos mendan ustun boldimi? D: og'zinga qarab gapir ey... (Davron Jismonan baquvatroq edi. Shaxbozdan ozgina kuchliroq edi. Lekin urushib ketmasdan o'zini bosdi. Shaxboz ham anoyi emas edi o'zi ham yahshi urushardi. Garchi Davronga kuchi yetmay qolsada Davrondan ham kuchliroq jismonan baquvat tanishlari ko'p edi) Sh: jim tur sen (Shaxboz davronga jiddiy ohangda gapirdi) Sh: Nigora men seni sevaman iltimos menga qayt. Meni tiriklayin o'ldirma N: hichqachon qaytmaymam bizni bezovta qilmang Sh: o'zgaribsan Nigor 😖. Senchi Davron senda g'urur degan narsa bormi. Birovni qiziga osilishingni qara erkak D: og'zinga erk berma. Agar Nigora meni emas seni sevishini aytsa men hozir ketaman Sh: Nigora uning gaplari rostmi? N: Davronning g'ururiga til tekkazmang. Sizning g'ururingiz bo'lsa keting. Bizni sevgimizga g'ov bo'lmang. Men sizni emas Davronni sevaman... Sh: nimmaa 🤯💔. Nahotki axir men seni sevamanku N: yolg'onlaringizga ishonadigan ahmoq yo'q endi... (keyin "Davron ketdik iltimos ketaylik..." deb Nigora Davrondan iltimos qildi) Davron va Nigora Shaxbozni yonidan o'tib ketishdi. Nigoraning ko'ngli aslida Shaxbozda edi ammo u o'z sevganini emas uni sevganni tanlashga qaror qilgan edi. Shaxboz esa ancha vaqt turgan joyida qotib qoldi. Huddi muzlab qolgandek edi. Uning qalbi qon yig'lar edi. Jahli chiqardi ammo Nigorani ham to'g'ri tushunar edi. Aybni o'zidan qidirar edi. Nigoraning "Men sizni emas Davronni sevaman" degan gapi Shaxbozni tirik murdaga aylantirib qo'ygan edi. Shaxboz tunu kun Nigorani o'ylardi. Uning ishlashida ham pasayish kuzatildi. Ammo u yetarli mablag'ni to'plab ishlab chiqarishni va biznesni yo'lga qo'ygan edi. Shaxboz agar shunday davom etaversa u ishlayapgan joy kasotga uchrashini Shaxbozning o'zi ham yahshi bilar edi. Shu Sababli Shaxboz u yerdan ishdan ketishga qaror qildi. U endi o'zining kichikroq biznesi bilan shug'ullanar edi. Oradan 7 oy o'tdi... bu orada esa Nigora oxirgi yani 4-kursni ham tamomlashiga atigi birnecha oy qolgan edi... Mana 7 oydirki Shaxboz Nigorani unuta olmadi. Davron va Nigora esa hali hamon juda ham baxtli sevishganlardek edi go'yo. Xar safar Shaxboz Davronni biryoqlik qilsammikan deb o'ylab qolar edi lekin aslida ayb Davronda ham emasligini bilgani uchun u fikridan qaytar edi. Shaxbozning qalbi umrbot azobga mahkum bo'lgandek edi. Hayriyatki uning biznesi birnecha marta kasot bo'lishiga oz qolganiga qaramasdan kasotlikka uchramadi. Davomi bor... Muallif #Bahodir Davomi uchun 100 ta 👍
Показать все...