cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Kitob Share

🎯 Buyurtma uchun: +998500082440 🎯Telegram orqali bog'lanish uchun: @Kitob_share_1

Больше
Рекламные посты
1 469
Подписчики
Нет данных24 часа
+67 дней
+1 02430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
✨"Lider shaxsiyati". Xalqaro trener Brayan Treysining asari. ✨Qadrli kitobxon! Siz bu kitobni varaqlar ekansiz, muallifning chindan ham yetakchilikning siru sinoatlarini kashf qilib, ularni amalda qo‘llay olgan inson ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lib boradi. ✨Shu komil ishonch va o‘qilgan tavsiyalarga imkon qadar amal qilishga odatlanish sizni va sizga xayrixoh insonlarni ham ertami-kechmi yetakchilik cho‘qqilariga ko‘taradi. ✨Ushbu kitobni bir necha marotabagina o‘qib, tashlab qo‘yish emas, aksincha, unga hafta va oylar o‘tgani sari tez-tez qaytish, o‘zgarib borayotgan zamon va makon nuqtai nazaridan tafakkur va tahlil qilib turish (ayniqsa yosh kitobxonlarimiz uchun) ayni muddao bo‘ladi✨ 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
00:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining uch jildlik “RUHIY TARBIYA” toʻplami. ✨ “Ruhiy tarbiya” asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo'lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag’ishlangandir. ✨ Ushbu majmua “Poklanish”, “Tiklanish” va “Xulqlanish” deb nomlangan uch  jilddan iborat bôlib, ularga nafsni poklash, axloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan. ✨ Nafs va qalbdagi turli xastaliklardan poklanish yoʻllari, ruhiy kamolotning bosqichlariga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
👍 1
00:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
Sharafimizni anglatuvchi, kimligimizni eslatuvchi, bizni ezgu va buyuk maqsadlar sari undovchi “Eng sharafli ummat” kitobini albatta har birimiz oʻqishimiz kerak! Kitobning har bir bob va mavzularini diqqat bilan oʻqir ekansiz, Alloh taoloning hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga hamda u zotning ummatlari boʻlmish sizu bizga ato etgan koʻplab imtiyozlardan, xayr-barakotlardan voqif boʻlasiz. Umid qilamizki, bu kitob sizning Muhammadiy ummat haqidagi tushunchalaringizni yanada kengaytirib yuboradi. "Eng sharafli ummat" - 79000 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
✨Doktor Rog’ib Sirjoniy qalamlariga mansub ushbu kitob “Olamlarga rahmat Payg‘ambar” — Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallam hayotlaridagi rahmat mavzusiga bag‘ishlangan. ✨Bu kitobda Nabiy Sollallohu Alayhi Vasallamning muborak siyratlaridan rahm-shavqat o‘rinlari haqida so‘z yuritiladi. Kitobni o‘qib chiqqandan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingiz yana-da ortadi, u zotga ummat ekanimiz naqadar ulkan neʼmat ekanini yana bir bor his qilasiz, u zotga munosib ummat bo‘lishga intilasiz, inshaa Alloh. ✨Ushbu kitob Òzbekiston musulmonlar idorasi tomonidan „Olamlarga rahmat payĝambar 2023-1445“ nomli siyrat tanlovining oliy òrniga munosib deb topilgan. "OLAMLARGA RAHMAT PAYG’AMBAR" - 105000 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l 📚
Показать все...
3
00:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
✨Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollari bilan munosabatlari ham Haq rizoligini  istaganlar uchun eng ulug' ibrat maktabidir. ✨Ushbu kitob ikki olam Sarvari, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ahli ayollari hayotiga bag'ishlangan bo'lib, ilmingizni oshirish bilan bir qatorda mukammal axloq sohib va sohibalari bo'lishingizga vasila bo'ladi. ✨Ummat onalarining yashash tarzlari, taqvo, ilm, amallari haqida o'qib, ulardan go'zal o'rnak oling! "RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING AHLI AYOLLARI" - 55000 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
1
00:34
Видео недоступноПоказать в Telegram
✨IJTIMOIY ODOBLAR✨ ✨Fazilatli Shayx Muvammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub "IJTIMOIY ODOBLAR" kitobi hamma uchun birdek manfa'atli bo'ladigan kitobdir. ✨Borliqni yaratgan Qodiru Zuljalol shu borliqning xalifasi etib insonni ham yaratgan. U O'zi yaratgan borliqda O'zi yaratgan odam qanday dasturga amal qilib yashasa, ikki dunyo saodatiga erishishini ham O'zi yaxshi biladi. ✨Azaliy va chegarasiz ilmi ila bandalari uchun rioya qilinishi lozim bo'lgan odoblarni ham joriy qilgan. ✨Ushbu kitobda mazkur odoblarning bir yo'nalishi bo'lmish ijtimoiy odoblar haqida so'z yuritilgan. 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
3
00:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
✨Bomdod namozi kunning ilk soniyalaridan ummatni Olamlar Robbisi bilan bog’laydi.   ✨Rog’ib Sirjoniy qalamiga mansub "Bugun bomdod o'qidingizmi?" kitobi yozilishi, tushunilishi jihatdan yengillligi va namozga oid Qur’onda aytilgan oyatlar, sahih hadislarni o’z o’rnida keltirilgani va muallifni qo’shimcha fikrlari bilan o’z ta'sirini bildirmasdan qo’ymaydigan noyob dasturul amal kitobdir. ✨ Ushbu kitobda bomdod namozini boshqa namozlar bilan bog’liqlik va ta’sirli jihatlari, fazilatlari 10 ta sarlavha ostida jamlangan. "Bugun bomdod o'qidingizmi?"- 30000 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
👍 4 1
00:43
Видео недоступноПоказать в Telegram
✨Doktor Oiz Qarniydan qalb eshigini ochib, unga orom bag'ishlaydigan asar! Ushbu kitob g’am - tashvish chekayotganlar, musibatzadalar, iztirob sababli uyqusizlik azobiga yo'liqqanlar uchun yozilgan. Aslida bunday vaziyatlar deyarli hammaning boshida bor. ✨Kitobda namunalar, baytlar, qahramonlar, ibratli hikoyalar va qissalar keltirilgan. ✨ Hayotga o'z holicha boqishni, mamnun, quvnoq va shod yashashni o'rganmoqchi bôlganlarga ushbu kitobni o'qishni tavsiya qilamiz. "O'kinma" - 110000 so'm 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitob_share - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
3
Фото недоступноПоказать в Telegram
✨O'zbek yozuvchisi Sa'dullo Quronovning mazkur asari voqealari koinotda kechuvchi o'tkir syujetlar asosida qurilgan. Qissa qahramoni 12 yoshli Ahmad yaratgan juda noyob fazo kemasi yerlik olimlar qolib, oʻzga sayyoraliklarning e'tiborini tortadi. Endi u oʻzi bilmagan holda galaktikamizdagi yovuz kuchlar va yaxshilarning kurashiga aralashib qoladi... Asarni oʻqirkansiz, qiziqarli voqea va hodisalar ichida qahramonlar bilan birga yashaysiz. Shu bilan birga, koinot, galaktikalar, turli osmon jismlari va hodisalari haqida ilmiy ma'lumotlar bilan ham tanishasiz. «Galaktikada bir kun» - 45000 so'm 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare - cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
👍 1 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Islom olamining navqiron ulamolaridan doktor Oiz al-Qarniyning «Mahzun bo‘lma» («La tahzan») kitobi nihoyat foydali bir mavzudan bahs etgani sababli o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olindi va qayta-qayta, bir necha million nusxada nashr qilindi. Kitobda musannif Qurʼoni karim oyatlari, hadisi sharifdan iqtiboslar va sahobayu tobeinlar hayotlaridan ibratli lavhalar keltirish bilan hamda o‘ta taʼsirli hikmatlarni misol qilib, o‘quvchini mahzun bo‘lmaslikka – insonligi uchun, mo‘min-musulmonligi uchun, benihoya Mehribon Ollohning bandasi, eng Buyuk Inson, sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati bo‘lishdek ulug‘ saodatga ega bo‘lgani uchun sevinib, shukronalar aytib, baxtiyor hayot kechirishga daʼvat qiladi. 🚚Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud. @kitobshare cheksiz imkoniyatlar sari yo'l.
Показать все...
1🔥 1