"PROGRESS" o'quv markazi
Открыть в Telegram
📮"PROGRESS" o'quv markazining rasmiy kanaliga xush kelibsiz 👇Bizda: 📘MATEMATIKA 📙INGLIZ TILI 📗ARAB TILI 📔RUS TILI 📘ONA TILI 📙KIMYO 📗BIOLOGIYA 📕TARIX 📔FIZIKA fanlari bo‘yicha sifatli ta'lim olishingiz mumkin ☎️90-050-80-96 📝 @PROGRESS_admin_1
Больше200
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней
Архив постов
📣 DIQQAT VAKANSIYA
"PROGRESS" o'quv markazi yangi o'quv yili uchun tajribali o'qituvchilarni o'z safiga qo'shib olish maqsadida #VAKANSIYA e'lon qiladi.
📝 Fanlar:
1. MATEMATIKA;
2. ONA TILI VA ADABIYOT
3. INGLIZ TILI; IELTS 6.5+ / CEFR B2/C1
4. RUS TILI;
5. KIMYO / BIOLOGIYA.
✅ Talablar:
👨🏫👩🏫 18 - 35 yoshgacha:
♻️ O'ziga ishongan bo'lishi;
♻️ Kirishuvchan, talabchan va o'z ustida ishlovchi bo'lishi.
✅ Kafolatlaymiz:
👨💻 Qulay sharoit;
💸 Yuqori daromad;
🤝 Ahil jamoa bilan taminlaymiz.
Ro'yxatdan o'tish uchun 👉@PROGRESS_U👈
💵 Maosh: Suhbatdan so'ng
✍️ Murojaat uchun:👇👇
👩💻 Adminstrator bilan bog'lanish:
📩 @PROGRESS_admin_1
☎️+998912803020
☎️+998993654352
📍 Manzil: Kosonsoy tuman "O'rta ko'cha" MFY, (Qizilbayroq)
🛤 Mo'njal: 43-maktab oldida.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
✅ PROGRESS - Farzandingiz kelajagini biz bilan quring!
📞 90-050-80-96
🎓 @PROGRESS_AU
O'quvchilarimiz prezident maktablariga kirish imtihoninig 2-bosqichida qatnashib chiqishdi.
In sha Alloh yorug' yuz bilan yangiliklarni ulashamiz, quvonchimizga sherik qilamiz.☺️
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 10:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✅Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
❌Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.
🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonga yetib kelishdi
✅ Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga kelgan Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari imtihon o'tkaziladigan joy va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
❗️Ta'kidlash lozim, xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan barcha hududlarga borib, imtihonlarga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.
⏰ Ma'lumot uchun, barcha imtihon savollari har yilgidek Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.
✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔰 Президент мактабига ҳужжат топширганлар яна иккита мактабга ҳужжат топшириши мумкин
▫️Президент мактабларига ҳужжат топширган талабгорларга ўзлари танлаган мактабдан ташқари яна иккита мактабга ҳужжат топширишлари учун имконият яратилди.
Яъни талабгор Президент мактабларига ҳужжат топшириш билан бирга, таянч ихтисослаштирилган мактабларга ва ўз ҳудудидаги ихтисослаштирилган мактаб ва мактаб интернатларининг кириш имтиҳонларига қатнашишлари мумкин.
Шунингдек, Президент мактабларининг кириш имтиҳонлари 2-босқичида иштирок этиб, ўқишга кира олмаган талабгорлар ҳужжат топшириш жараёнида ўз ҳудудидаги ўзлари танлаган ихтисослаштирилган мактаблардан бирида ўқиш истагини билдирган тақдирда квотанинг 50 фоизи доирасида баллар кетма-кетлиги асосида имтиҳонсиз мазкур ихтисослаштирилган мактабларга қабул қилиниши мумкин.
#Тезкор
⚡️ Абитуриентларга рухсатномаларни бериш бошланди
✅ 2023 2024-ўқув йилида олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга «Абитуриент рухсатномаси»ни бериш бошланди.
👨🏻💻 Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун «Абитуриент рухсатномаси»ни my.uzbmb.uz сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин.
✅ Абитуриентлар тест синовига паспорт (ID-карта) ва абитуриент рухсатномаси билан белгиланган вақтдан кечикмаган ҳолда келишлари лозим.
❗️ Паспорт нусхаси ёки бошқа ҳужжатлар билан келган, шунингдек, кечикиб келган абитуриентлар тест синовларига киритилмайди!
Рухсатномани Билимни баҳолаш агентлигининг қуйидаги махсус телеграм ботлари орқали ҳам юклаб олиш мумкин:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023
📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.
📝 Imtihon bosqichlari quyidagicha:
➖Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
➖Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun (7-sinflar):
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
⏳Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
📌 Kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
🗣Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
⚡️PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHILARI VA ULARNING YUTUQLARI TO‘G‘RISIDA
➖2021 yilda (Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi) Prezident maktablarini ilk bor jami 96 nafar o‘quvchi bitirib, ularning 86 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun taklif olgan. Ular xorijiy oliygohlarning jami 18 mln. dollar miqdorida taʼlim grantini yutishgan.
➖2022 yilda (Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi) Prezident maktablarini jami 92 nafar o‘quvchi bitirib, ularning 88 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun taklif olgan. Ular xorijiy oliygohlarning jami 28 mln. dollar miqdorida taʼlim grantini yutishgan.
📆Bugungi kunda 2021 yilda bitirganlarning 33 nafari, 2022 yilda bitirganlarning 36 nafari xorijdagi oliygohlarda tahsil olishmoqda.
➖2023 yilda 14 ta Prezident maktabining 11-sinflarini tamomlayotgan 326 nafar o‘quvchilarning barchasi (100%) xalqaro til bilish (IELTS) sertifikatini qo‘lga kiritishdi.
🗣Shuningdek, ularning 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.
📈 Ularning 84 foizi (275 nafari) muddatidan oldin nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🧮 Bitiruvchilar xorijiy oliygohlarning jami 104,4 mln. dollar miqdorida taʼlim grantini yutib olishga muyassar bo‘lishdi.
❗️Shundan 5,5 foizi (18 nafari) to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Жума
🌙 Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.
🕌 Яқинларимизни табриклашни унутманг!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
✅ PROGRESS - Фарзандингиз келажагини биз билан қуринг!
📞 90-050-80-96
🎓 @PROGRESS_AU
#imtihon_manzillari
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
❗️MUHIM ESLATMA
📆 28-,29-,30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi!
🌐 Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati hududlar kesimida Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.
📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:
📍MANZILLAR RO‘YXATI
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023
📣DIQQAT, E’LON 📣
📆 Yangi ochiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.
🏢 Yangi ochiladigan 13 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihon bosqichlari quyidagicha:
➖Aniq fanlar yo‘nalishi uchun
⏺5-,6-sinflar:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
⏺8-,9-,10-,11-sinflar:
– algebra fanidan 12 ta topshiriq (test shaklida);
– geometriya fanidan 8 ta topshiriq (test shaklida);
– fizika fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
➖Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun
⏺7-sinflar:
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
⏺8-,9-,10-,11-sinflar:
– kimyo fanidan 20 ta topshiriq (test shaklida);
– biologiya fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
⏳Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident maktablarida joriy yilda bitta to‘g‘ri javobga necha ball berildi?
Cambridge Assessment kompaniyasi Prezident maktablari uchun imtihonlarni olishidan xabaringiz bor. Kecha 1-bosqich test savollari javobi eʼlon qilindi.
Eng avvalo bir narsani tushunish kerakki, test javoblarini Cambridge Assessment o‘zi hisoblaydi, o‘zi tekshiradi, bu jarayonga O‘zbekistondan hech kim aralasha olmaydi. Bunda siz-u biz o‘rganib qolgan DTM testidagi kabi 3,1 yoki 2,1 ball bilan osongina javoblar chiqmaydi.
Bu yerda eng avvalo har bir savolning qiyinlik darajasi aniqlab olinadi. Yaʼni bitta savol 10 mingta o‘quvchiga berilsa, shundan nechta o‘quvchi to‘g‘ri va nechta o‘quvchi noto‘g‘ri javob berganiga qarab savolning qiyinlik darajasi aniqlanadi. Foiz chiqarilayotganda ham shunga qarab ball beriladi.
Jadvalga eʼtiborga bersangiz, ochiq maʼlumotlar asosida 2023-yilgi Prezident maktablari 1-bosqich testida nechta to‘g‘ri javobga necha ball berilganini hisoblab chiqdim.
Bunda muhim joyi smenalarda ballar bir-biridan biroz farq qiladi, chunki har bir smenada bir-birini takrorlamaydigan (!) savollar tushgan. Shuning uchun ham bitta smenadagi o‘quvchi boshqa smenadagi o‘quvchining natijasini aynan takrorlay olmaydi.
Masalan, 1-smenadagi 1-savolga 7 ming o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan, 2-smena 1-savolga esa 6 ming 500 o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan va h.k.
Xullas, yuqoridagi jadvalga qarab farzandingiz qaysi blokdagi savollarning nechtasiga to‘g‘ri javob berganini bilib olishingiz mumkin.
Шавкат Мирзиёевнинг ёшлик йилларидан фотолавҳалар илк марта намойиш этилди.
Манба
