cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍

• Fikrlar • Tahlillar • Iqtiboslar • Ommabop badiiy asarlar • Qiziqarli viktorina savollari Bog'lanish uchun @ulugbek_jamolidinov Reklama va hamkorlik https://t.me/fikrat_reklama

Больше
Рекламные посты
10 253
Подписчики
+19624 часа
+8667 дней
+3 11230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Angela xolamlar ichardi pivo, Cho‘chqaning go‘shtini yer edi, hatto. Va lekin hech bitta nemis haqqiga, Xiyonat qilmadi, yemadi aslo... Biznikilar esa ichishmas aroq, Harom go‘shtga, hatto, nazar solishmas. Qolgan barchasini yeyishar biroq, Birovning haqqidan xazar qilishmas... ✍️ Vafo Mo‘min Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
👍 80🔥 19😭 7 4💯 3😢 2😁 1🤔 1
Javobni e’lon qilamiz! Javob: Oybek Izoh: Gap fonarchilar haqida ketayotgan edi. Oybek “Fanorchi ota” hikoyasini yozgan. To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz! Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
👍 14 2🍾 2🌭 1
#viktorina_savol XIX asrda shaharlarni yoritishda moydan foydalanilgan. Shu tufayli shaharliklar UShBU KASB VAKILLARIGA vazifalarni bajarish uchun topshirilgan moyni ovqati uchun ishlatib yuboryapti, degan gumon bilan qarashgan. Savol: UShBU KASB VAKILI haqida asar yozgan adibimizni toping. Javoblarni komentariyada qoldirishingiz mumkin! Javob 11:00 da e’lon qilinadi. Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
👍 14🍌 1
Ikki ogʻiz hol soʻrash uchun, 32 ta tish, til, tanglay, jagʻ, tomoq, kekirdak, yana bir qancha muskullar harakatga kelish kerak ekan. Naqadar qiyin jarayon. Shunday ekan oʻzingni bunchalik koʻp qiynab ahvolimni soʻramay qoʻyaqol. Men yaxshiman, Allohga shukr...😊 Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
😁 91👍 20🔥 10 3🥰 2
#kechki_mutolaa Pokizalik ham husn Bir kuni hazrati Umar (r.a.)ning huzurlariga bir ayol eri bilan boshlashib keldi-da, erini ko‘rsatib: – Ey amiral mo‘minin! Bu kishi mening erim bo‘ladi. Turmushimizga uch oy bo‘ldi. Shu muddat davomida totuv yashash uchun ko‘p harakatlar qildim. Ammo erimda rag‘bat ko‘rmadim. O‘tgan vaqt mobaynida bildimki, biz bir-birimizni tushuna olmas ekanmiz, shuning uchun ajrashamiz. Hazrati Umar (r.a.) ayolning indamay turgan eridan so‘radilar: – Sen nima deysan? – Ey amiral mo‘minin! Mening hech qanday shikoyatim yo‘q, ajrashishni istamayman, – dedi u. Hazrati Umar (r.a.) erning rang-ro‘yi, kiyim-boshiga qarab ahvolni anglab yetdilar va ayolga dedilar: – Sen hozir uyingga ketgin-da, bir ozdan keyin kel. Ungacha biz ering bilan suhbatlashib olamiz. Xotin ketgach, hazrati Umar (r.a.) u odamni hammomga olib borib, yuvintirishni, toza kiyimlar kiygizishni buyurdilar. Erkak pokiza holatga keltirildi. Bir oz vaqt o‘tgach, ayol keldi-yu bashang kiyim kiygan, ozoda erini ko‘rib mamnun bo‘ldi. Ajrashish haqidagi ahdini ham unutib, erini boshlab uyiga ketdi. Mo‘minlarning xalifasi hazrati Umar (r.a.) hozir bo‘lganlarga qarab dedilar: – Sizlar oilalaringizning (ayollaringizning) yaxshi va pokiza kiyinib, sizni kutib olishlarini sevganingiz kabi, ular ham siz va kiyimlaringizning ozoda bo‘lishidan zavq oladilar, sizlarni yasangan holda ko‘rishni istaydilar. “Irfon” taqvimining 2009 yil, 1-sonidan olindi. Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
👍 56😍 9🔥 6 4
#mutolaa_uchun O‘tkir Hoshimov - “Bahor qaytmaydi” (qissa) Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
O'tkir Hoshimov. Bahor qaytmaydi (qissa).pdf2.74 MB
14👍 3
''Mehr haqida'' "Mehr nima?" sörashdi qizchadan. "Oddiy,- dedi qizcha,- har tunda hech nima yopinmasdan uxlayman, uyg'onganimda esa har doim ustimga yopinchiq tashlangan böladi. Ana shu mehr!" Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
👍 64 30🔥 17🥰 6😢 4😭 1
Qo‘ng‘iroq ovozi jiringladi. Ayolimning telefonidan chiqayotgan ovoz edi. Shubha aralash qo‘limga olsam, uyg‘otgich ekan. "Tahajjudda eringni duo qil" degan yozuvlarni ekranida ko‘rdim. Ovozini o‘chirdim. Ayolim sezmadi. Charchoqdan telefon ovozini ham eshitmadi bechora. Miriqib uxlayabdi. Unga biroz tikildim. Negadir rahmim keldi. U: Ota uyida bekami-ko‘st ulg‘aygan, o‘ynab-kulib o‘sgan bir muslima qiz edi. Bechora qiz aslo tanimagan, bilmagan insoni bilan bir umr yashash maqsadida ota uyidan chiqib kelgan. Umri davomida degani degan, aytgani aytgan holda o‘sgan qiz endi bir erning uyida, erning degani degan, aytgani aytgan holda yashaydi. Hamma ko‘ngliga qarab katta bo‘lgan qiz endi erining ko‘ngliga qarab yashardi. Erining barcha achchiq-chuchuk gaplari, kinoyayu-ovozalariga sukut ila sabr qilar, aslo gap qaytarishga botinmasdi. Tun-u kun qaynona-qaynotaning xizmatida yelib-yuguradigan ayol. Kamiga erining qarindosh-urug‘lariga hurmat-ehtirom ko‘rsatib, ularning kesatiq gaplariga parvo qilmaslikka intiladigan bir muslima ayol. Kun davomida tinimsiz mehnat qilib, yana tun yarmida o‘sha jahldor va qo‘pol eri uchun shirin uyqusidan kechib, uning uchun Allohga duo qiladigan ayol. Shuncha qiyinchiligu-mashaqqatlarga sabr qiladigan ayol. Ust-boshidan nolimaydigan, och qolsa sabr qiladigan, eri olib kelgan bir luqmaga sevinib, Allohga shukurlar aytadigan ayol. Eridan barvaqt turib, obdastaga suv ilitib, erini namozga uyg‘otadigan ayol. Barcha ishlarini yakunlab, Qur’on o‘qibgina yostiqqa bosh qo‘yadigan ayol... Unga tikilganim sari o‘zimdan nafratlanib ketardim. U esa biron marta nolimagandi. Bu esa meni vijdonimni yanchardi. Naqadar johil va beparvo bo‘lgan ekanmana? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayollarga qanday muomalada bo‘lish merosiga amal qilmay, kunduzi esa yaqinlarimni sunnatga amal qilishga chorlagan mendayin notavon bormikin? Yana o‘zimni ummat deya kerilib ham yurardima?! Ayolim shirin uyquda uxlardi. Uni bezovta qilmadim. Tahorat oldim va Tahajjud o‘qishni boshladim. Biroz vaqt o‘tmay xonada qadam tovushlari eshitilardi. Shoshilib bosilgan qadamlar tahoratxona tomon bordi. Birozdan so‘ng esa ayolim orqamda turgan holda namozda menga iqtido qildi. Xo‘ngrab yig‘lagan holda namozni arang yakunladim... - Begim, nega meni uyg‘otmadingiz?dedi u hijolat ovozda. Bu esa meni battar qiyin ahvolga soldi. Uni bag‘rimga bosgancha, yetkazgan jabr-zulmlarim uchun kechirim so‘rardim. Bechora ayolim mening jabrimga o‘rganib ham qolibdi, menga hayratomuz boqardi. U nima bo‘lganini tushunmasdi. Men esa namlangan ko‘zda yoshim bilan: - Menga qanday chidayabsan, bilmadim?! Alloh sendan rozi bo‘lsin, dedim... Shu tundan boshlab hayotim o‘zgardi. Yo‘q, hayotim emas, men o‘zgardim. Ayolim ham avvalgidanda quvnoq va baxtiyor bo‘ldi. "Xizmatingizni qilib to‘ymayman" derdi tabassum bilan. Ishonasizmi, u qizlik uyidagidanda baxtiyor edi... Uni ko‘rib esa mening ko‘zlarim quvnardi... Hurmatli erkaklar! AYOLINGIZNI SЕVING! Ibrat Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
🔥 66👍 38 22😢 10😭 2🫡 2 1
Javobni e’loq qilamiz. Javob: U o‘rnidagi so‘z veterinar so‘zi edi. To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz! Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
👍 13👏 5 3
#viktorina_savol Hazil savol -Doktor, men ot kabi ishlayman, cho‘chqa kabi yeyman, it kabi charchayman. Bundan xalos bo‘lish uchun nima qilishim kerak? -Bilmayman, men U emasman. Savol: U o‘rnidagi so‘zni yozing. Javoblarni komentariyada qoldirishingiz mumkin. Javob 11:00 da e’lon qilinadi. Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Показать все...
😁 20👍 7🔥 2👏 1🤔 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.