cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

Sizga cheksiz mehr va hurmat bilan barmoqlari klaviaturada toblangan, bilagi baquvvat jaydari kopirayter – Doniyorbek Erkin oʻgʻli. Treninglar: @Professionallardan Izohlar: @jaydari_fikrlar Hamkorlik: tap.link/Doniyorbek_Erkin | @jaydari_reklama

Больше
Рекламные посты
12 635
Подписчики
-4224 часа
-3047 дней
-1 64330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Kopirayter bilan tirik marketing #kopirayter_kerak
Показать все...
🥴 32😁 17🤣 5👏 2👍 1🤯 1💯 1
O‘tgan kuni shu bolani ko‘rib, o‘zimni ko‘rgandek bo‘ldim Kechqurun hayotdan xafa holatda, majburligidan tuxum qovuryapti. Ishi o‘xshamayapti, ovqat yegisi kelmayapti-yu, lekin ertalabdan buyon tayinli narsa yemaganiga majburan nimadir yeyishga harakat qilyapti. Undan keyin esa ertalabgacha yana uxlay olmay chiqadi. Ertalab uxlaydi-da, shu bilan tushlikdan keyin uyg‘onadi. Kun tartibining maksimal buzilish nuqtasiga chiqib bo‘lgan. Endi bunga yechim qila oladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. Kamina ham xuddi shu holatda yashagan. Tana vazni ham o‘lganning ustiga tepgan qilib kundan kunga oshib boraverardi. Borib-borib bu vazn 125 kg gacha chiqib bordi. Ayni vaqtda oxirgi 3 oylik o‘zgarishga ko‘ra, 116.1 kg vaznga tushibman. Endi tabiiy savol tug‘iladi. Nega atigi 3 dona tuxum yegan bechora Doniyor semirib ketavergan, hozir moldek ovqatlanadigan (o‘ng tarafdagi mening kechagi kechki ovqatim) Doniyor esa borgan sari vazn tashlab bormoqda? Keling, Siz bilan o‘zim o‘rgangan ilm bilan bo‘lishaman. Nafas olsa ham semiradigan yoki moldek ovqatlansa ham semirmaydigan sog‘lom inson yo‘q. Buning hammasi kaloriyaga bog‘liq. Oldin yegan 1 mahallik ovqatlarimni hisoblaymiz. 3 ta qovurilgan tuxum yoki 3 ta sosiska va yarimda bo‘lka non yoki 1 ta yopgan non 1 ta qovurilgan tuxum 50 gr, 3 tasi 150 gr, 100 gr qovurilgan tuxum 200 kkal, umumiy hisobda, 300 kkal / 1 ta qovurilgan sosiska 50 gr, 3 tasi 150 gr, 100 gr qovurilgan sosiskada 300 kkal bor, umumiy hisobda, 450 kkal. Yarimta bo‘lka non 250 gr, 100 gr da 250 kkal, jami 625 kkal / 1 ta yopgan non 270 gr, 100 gr da 340 kkal, jami 940 kkal. Shunda 1 ta ko‘nglim to‘lmay, ichim chiqmay ovqatlanishim 800-1400 kkal bo‘lgan. 1 ta lavash yeb, 2 soatdan keyin och qoldim degan holatimda 810 kkal (270*3) tiqib yuborganman yoki keks bilan desert qilaylik deganimda, 650 kkal (325 kkal 200 gr). Endi hozir bo‘kib yegan ovqatimni hisoblaymiz. Asu suvi, mangoli — 100 ml da 25 kkal, men 500 ml ichdim, ya’ni — 125 kkal Choy, curtis — 100 ml da 2 kkal, men 500 ml ichdim, ya’ni 10 kkal Okroshka, 100 gr da 50 kkal, men 150 gr yedim, ya’ni 75 kkal Achuchu, 100 gr da 60 kkal, men 150 gr yedim, ya’ni 90 kkal Mikroto‘lqinli pechda pishirilgan tovuq va qaynatib, qovurilgan kartoshka, 100 gr da 170 kkal, men 300 gr yedim, ya’ni 510 kkal. Sabzavotli tovuq sho‘rva, 100 gr da 56 kkal, 300 gr yedim, ya’ni 168 kkal. Hammasi 1000 kkal atrofida bo‘lyapti, mening kunlik me’yorim esa 2200 kkal. Yana 1 mahal 1000 kkal yesam, shu holatda ham 200 kkal yetmay qolyapti. 200 kkal ni esa organizm yog‘dan oladi, 1 gr yog' 9 kkal ekanini hisobga olsak, men 22 gr yog‘dan ayrilgan bo‘laman. Har kuni shu kabi yog‘lar yo‘qolishi natijasida 2 oy oldin 2 kg, o‘tgan oy 4 kg, bu oy esa 3 kg vazn yo‘qotdim. Ya’ni hech nima bordan yo‘q bo‘lmaydi, yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Hammasi hisob-kitob asosida amalga oshiriladi. Muhimi, Siz shuni o‘lchay olsangiz bo‘lgani. Nega deganda o‘lchab bo‘lmaydigan holatlarni boshqarib ham bo‘lmaydi. Sizga foydali ma’lumot ulashish kerak ekan-da, baloni ham tushunmaganga o‘xshaysiz, essiz, shuncha kuyib-pishib tushuntirganim. Ha, mayli. shunchaki aytdim qo‘ydim-da. Bu mavzu haqida tushunmoqchi bo‘lsangiz, Subyektiv ko‘rsatuvining “Semizlik” sonini ko‘ring. Nafaqat tushunishni, balki anglashni xohlasangiz, Doktor Feruzning kursida qatnashing. Mendan nimadir so‘ramoqchi bo‘lsangiz, 100 ming)
Показать все...
👍 34🔥 13😁 9 5🤣 4👏 1
Nonushtalik — bu so‘z @jaydari_kopirayter tomonidan IT mutaxassislari uchun o‘ylab topilgan bo‘lib, nonushta bilan tushlik o‘rtasida nonushta + tushlik qiladigan insonlarga bag‘ishlanadi. Ayyomimgiz muborak bo‘lsin
Показать все...
😁 42👍 7 3🤔 1💯 1
Kopirayter kim o‘zi, sal e’tibor bilan yondashsin, nima to‘g‘ri yozishni bilmaydimi? — deb aytishdan oldin @xatoliklar kanaliga kiring-da, miloddan avval chiqarilgan ayrim qoidalarga o‘zgartirish kiritilgani haqida bilib oling #mijozga
Показать все...
👏 23👍 14😁 5💩 3 2
Chivinning qanoti qanchalik ahamiyatli? Aqlli gaplar bilan boshimni qotirmang, vaqtida nechtasini urib o‘ldirgansiz-ku, to‘g‘rimi?) Tirjayishingizga o‘laymi, qotil) Bizga bu hayotda berilishi mumkin bo‘lgan barcha boyliklar aynan shu darajada arzimas. Ya’ni biz bu moddiyatlarni [paq (barmog‘imni paqillatdim)] bir deganda olishimiz mumkin. Buning bir nechta sinalgan usullari bor. Shulardan biri — Tahajjud namozi. Lekin bilishim bo‘yicha bu namoz nimadir uchun emas, xolis Alloh rizoligi uchun o‘qiladi. Yana ham bilmadim, batafsil ma’lumotni ilmli insonlar orqali olishga harakat qilib ko‘ring. Men bilgan yana bir usul haqida inshaalloh, 1-2 hafta ichida isboti bilan ko‘rsatib, eshittirib, to‘liq tushuntirib beraman, nasib qilsa.
Показать все...
👍 45🔥 6😁 6👏 5🕊 2
Yaxshi hamki, kursingizda oʻqiganman. Yaxshi hamki siz bilan amaliyot qilganman. Hammasi uchun rahmat sizga ustoz.
Показать все...
👍 23🎉 8🏆 5🔥 3🤩 3❤‍🔥 2 1
Odamlar shu darajada o‘zgarishdiki, har ishga tayyor holatda kelib qolishdi, hatto bir necha oy davomi 09:00 dan 18:00 gacha ishga borishdan ham tab tortmaydi. Kecha kursdoshlarim bilan Qashqadaryoda mehmon bo‘ldik. Shunda Artur degan kursdoshim bilan bo‘lgan suhbatni 7 soatlik yo‘l davomida qayta-qayta o‘ylashga majbur bo‘ldim. Arturni talaba sifatida fan fidoyisi deyish mumkin, meni esa umuman aksincha. Ya‘ni u universitet, undagi qoidalar, darslar va ustozlarga juda qattiq hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Lekin oradan o‘tgan vaqt u bilan mening fikrlashimni bir xil qilib qo‘ydi. Men o‘qishni bitira olmadim, Artur esa sal kam qizil diplomga o‘qishni tugatibdi. Arturning ham, mening ham diplomim universitetda yotibdi. Mening ishim ancha chalkash va ishkal joylari ko‘p, ammo Artur xohlasa, bugun borib, diplomini olib kelishi mumkin. Biroq u hech qachon diplomni borib olmoqchi emas. Chunki u shuncha harakatining evaziga kirgan ishi, uning o‘ziga yoqmaydi. Hozir kichik biznes boshlab, shuni harakatida yuribdi. Biznesi foydaga chiqqan kuni, bir kun ham kutmay ishdan ketmoqchi. Nima qilibdi deysizmi? Buni o‘zim ham bilmayman. Nega deganda birinchidan, 100% bo‘lmasa ham qaysidir ma’noda o‘zim shu holatdaman, ikkinchidan, har bir insonga individual yondashuv kerak. Aynan shu sababli hozircha xulosa qilmay turaman, Siz esa menga qo‘shilib o‘ylab turing)
Показать все...
👍 33🔥 9👏 4 2😁 2 1❤‍🔥 1 1
Toshkentga kelib, “с собой” ning ham tarjimasini ko‘rib qoldim Ovol)
Показать все...
😁 58🤣 7👍 2❤‍🔥 1🙏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Baquvvat kopirayter kerak bo‘lsa, biz xizmatda)
Показать все...
🔥 51😁 34👏 9👍 2🤝 2❤‍🔥 1
Qashqadaryoga ketayotganimizda, Jizzaxda “Сам мойка” ning o‘zbekcha variantini yozib qo‘yishibdi. O‘zing yuv)
Показать все...
🔥 59😁 23👍 12❤‍🔥 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.