cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

NAMANGAN TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI AXBOROT XIZMATI

Namangan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot kanali 🏛 Manzil: Namangan tuman Kichik Toshbuloq, Mustaqillik 5 yilligi ko'chasi ☎️ Murojat uchun telefon: 69-47-21-675 Ish vaqti 8:00 - 17:00 Tushlik 12:00 - 13:00

Больше
Рекламные посты
472
Подписчики
Нет данных24 часа
+17 дней
-2330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🏆 1
2023-2024 ўқув йилида юқори натижаларга эришган педагог ходимлар ҳамда 2024 йилда нафақа ёшига етган устозларни тақдирлаш. Юртимизда меҳр-оқибат ва ҳамжиҳатлик, инсонийлик, бағрикенглик ва бунёдкорлик, хайр-саховат муҳитини янада мустаҳкамлаш ҳамда баркамол авлодни тарбиялашга қўшган муносиб хиссалари, самарали мехнатлари, касаба уюшмаси хаётидаги фаол иштироки, қутлуғ ёшга тўлиши муносабати билан касаба уюшма аъзоларини тақдирлаш мақсадида, таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Наманган туман бўлинмаси кенгаши тамонидан 23 май куни туман маданият марказида тармоқда ишлаб келаётган 300 нафар педагог ва ходимларга концерт ташкил этилди. Тадбирда Ўзбекистон таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Республика кенгашининг вилоят бўйича масъул ташкилотчиси Л.Ғаниев, туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими мактаблар фаолиятини ташкил этиш шўъбаси раҳбари А.Ғаниев ҳамда таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Наманган туман кенгаши раиси У.мамадалиевлар иштирок этиб тадбир қатнашчиларини табриклашди. Тадбир сўнгида 94 нафар 2024 йилда нафақа ёшига етган тармоқдаги педагог ходимлар ҳамда 2023-2024 ўқув йилида юқори натижаларга эришган 41 нафар педагог ходимларга фахрий ёрлиқ ва эсдалик совғалари топширилди.
Показать все...
“Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi Namangan tumanidagi 30–umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xayrullo Abdurahmonov, Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi direktori Zulxumor Turaxodjayeva, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining ma’naviy-ma’rfiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassislari, tumandagi barcha ta’lim muassasalarining direktor o‘rinbosarlari hamda maktab kutubxona mudiralari ishtirok etdi. Unda ishtirokchilarga viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Kitob mutolaasining yoshga doir me’yorlari” qo‘llanmasi yuzasidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar va bolalar uchun belgilangan matnlar hajmi borasida keng qamrovli ma’lumotlar berib o‘tildi. Yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish, ular orasida milliy o‘zbek adabiyoti hamda jahonning mashhur durdona asarlarini targ‘ib qilishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi Tashkil etilgan “Yoshlik” teatr studiyasi bilan tanishilib, ilm maskanidagi she’riy to‘plamlarii nashrdan chiqqan, “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota – onalari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi. Seminar yakunida qiziqtirilgan savollarga javoblar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Показать все...
02:20
Видео недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun 📣📣📣📣📣 🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI! 🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi. 🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. #Prezident_maktablari #Ijod_maktablari #Ixtisoslashtirlgan_maktablar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Эълон #School_champions 📣 Umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o’qituvchilari diqqatiga! ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniyadagi Norvich til taʼlimi instituti hamkorligida maktablarda uzluksiz kasbiy rivojlanish yetakchilarini (School Champions) saralash tanlovi e'lon qilinadi. Agar Siz: ➖ umumta’lim maktabida ingliz tilidan dars berayotgan bo'lsangiz, ➖uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yangi modelini o’z maktabingizga tatbiq etmoqchi bo’lsangiz — unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun! Loyihada qatnashish istagida bo’lgan ingliz tili o'qituvchilari joriy yilning 20-iyuniga qadar ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirish ➖ Tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi. Batafsil Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Namangan tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 24-maktabning 1-"B"sinfida Ingliz tili fanidan"Respect animals"mavzusida o'tkazilgan ochiq darsdan fotolavhalar
Показать все...
👍 2
Перейти в архив постов