cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Book Talks

Kitoblar haqida kichik formatdagi konferensiya ▪️ instagram.com/booktalks.uz

Больше
Рекламные посты
483
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Bookerberg
Roppa-rosa bir yil oldin ilk "Book Talks" tadbirini o'tkazgan edik... O'tgan yili 18-dekabr kuni biz necha (book)blogerlar jamoasi (Mahin, Jasurbek, Ma'rufjon, Ifeekkhan va men) o'zimiz anchadan beri o'ylab yurgan ilk Book Talks tadbirini tashkil qilgan edik. Hozir sanaga qarab, birdan o'sha kun haqida eslab qoldim. Ilk tadbirimizda chiroq o'chib qolib, hech qanday texnikalarsiz, prezentatsiyalarsiz tadbir o'tkazgan edik. Qiziq bo'lgan edi, bunday vaziyat tadbirga kelgan mehmonlarni biz bilan yanada yaqinlashtirdi. Jonli muloqot bo'lgandi. Keyingi tadbirimiz may oyida bo'ldi. Bu tadbirda spiker sifatida Ilhom Salimov (The Stranger) va Asalxon Otaxonovani (Miracle Books) taklif qilgan edik. Menimcha yaxshi o'tgan edi, ko'pchilik rahmat aytishdi. Uchinchi tadbirimiz esa oktyabr oyida bo'ldi. Bu tadbirda ham jamoamizga yangi spikerlar qo'shilishdi — yozuvchi Javlon Jovliyev va dizayner Asila Umarova. Umuman sifat tadbirdan-tadbirga yaxshilanib, yangi spikerlar taklif qilinib, tadbirlarimizni kutadigan kitobxon yoshlarimiz ko'payib bormoqda. Bu bizni juda ilhomlantiradi. Hozircha navbatdagi tadbirimiz qachon bo'lishi haqida biror ma'lumot berishimiz qiyin. Ammo navbatdagisining ko'lami har qachongidan ham kengroq bo'lishi aniq. Har holda biz shunga intilmoqdamiz. Shu o'rinda boshqa faol yoshlarni ham (ha, aynan yoshlarni, katta yoshdagi avlodni emas) shu kabi tadbirlar, loyihalar tashkillashtirish borasida tashabbuskorlikka chorlab qolamiz. Bunday tadbirlar faqat Toshkentda emas, boshqa viloyatlarda ham o'tkazilsin. "Book Talks" bunday formatdagi yagona tadbir bo'lib qolishini xohlamaymiz. Faol bo'laylik. Bu hammamizning qo'limizdan keladi. Joiz bo'lsa, bu borada maslahat berishga ham tayyormiz. Nega bunday tadbir va loyihalar aynan yoshlar tomonidan amalga oshirilishi kerak? Chunki, katta yoshdagilar yoki oldingi avlod tomonidan tashkillashtirilayotgan kitobxonlik tadbirlari asosan shukronalik yig'ilishlari, mavjud tizimni ko'kka ko'tarish vositasi yoki qarsakbozlikka aylanib qolmoqda. Ehtimol, navbatdagi avlod tomonidan tashkil qilinadigan bu kabi loyihalar aynan o'z maqsadiga xizmat qilar. Aziz tengdoshlar, hammasi siz va bizdan boshlanadi. Faol bo'laylik. @Bookerberg
Показать все...
Book Talks

Book Talks qanday o'tdi?

https://youtu.be/8Yr6zR0EyrA

Book Talks qanday o'tgani haqida Akademnashr tomonidan tayyorlangan videolavha.

Repost from Javlon Jovliyev
Kecha bir guruh faol bookblogerlar asos solgan Book Talks dasturida qatnashdim. Birinchi marta borishim, ajoyib, ilg'or kitobxonlarni jamlagan ezgu loyiha ekan. Men ham yig‘ilganlarga nimalardir dedim. Book Talks jamoasi xorij uslubida [bir vaqtlar orzu edi], erkin va zamonaviy muhit yaratganlar! Yoshlar sig'may ketdi, tik turib tomosha qilishdi, tinglashdi, savollar berishdi. Kitobxonlikka yangi nafas olib kirayotgan, kitoblarni o‘zgacha targ'ib qilayotgan Book Talks chilarni qo'llash kerak, Yoshlar agentligi binolari aynan ulardek ijodkor targ‘ibotchilar bo'lishi kerak bo'lgan joy, o‘zgacha bo‘lishi mumkin ham emas. Kitob o'qiyotgan ilmli yoshlarga ishonish vaqti keldi, menimcha! @javlonjovliyev
Показать все...
13:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
🎬 «Akademnashr» grafik dizayneri Asila Umarovaning bugungi Book Talksdagi nutqi 📋 Taqdimot .ppt fayli Mavzu: "Kitob dizayni ham san'at(mi?)" 📚 @akademnashr | #BookTalks Instagram | Facebook | Twitter
Показать все...
94.68 MB
booktalks Pechorina.pptx14.93 MB
Book Talks haqida o'z fikr-mulohazalaringizni ijtimoiy tarmoqlarga yozing va albatta bizni belgilashni unutmang! Kelganingiz uchun, kuzatayotganingiz uchun barchangizga rahmat!
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kimniki qolib ketdi?
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Book Talks #3 da boshlovchilik qiladi? ✍🏼 Bu galgi tadbirimizni boshlovchi sifatida Mahin Nursaidova olib boradi. Manzil: Yoshlar ishlari agentligi press-klubi. Mahin Nursaidova Telegram'da va YouTube'da. Tadbir homiysi: "Akademnashr" nashriyoti Book Talks
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📚 «Book Talks» kitobsevarlar konferensiyasi 22-oktyabr kuni soat 11:00 da Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar press klubida «Book Talks» tadbiri bo’lib o’tadi.  «Book Talks» qanday loyiha? Bu kitobsevarlar uchun mo’ljallangan yangi platforma. Ushbu formatdagi tadbirda bookblogerlar, yozuvchilar, tarjimonlar yoki kitob sohasida mehnat qiluvchi boshqa ijodkorlar o’z prezentatsiyalari bilan chiqishlar qilishadi. Tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlik muhitini shakllantirish, kitobsevar yoshlarning vaqtini unumli o’tkazish va kitob mutolaa qilishni sevuvchi yoshlarni birlashtirish hisoblanadi.  Shuningdek ushbu tadbirga tashrif buyurib, siz kitoblar yutib olishingiz mumkin. Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul. Lokatsiya 📍 Tadbir haqida batafsil ma’lumot: Book Talks Kanalga obuna bo’ling 👉 @afishauzb
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Book Talks #3 da kimlar chiqadi? ✍🏼 Bu galgi tadbirimizning maxsus mehmoni yosh ijodkor Jontemir Jondor kitobxonlarga o'z ijodi namunalaridan o'qib beradi. Book Talks'ga tashrif buyurgan har bir mehmon zamonaviy sheriyat mulkidan bahramand bo'ladi. Manzil: Yoshlar ishlari agentligi press-klubi. Jontemir Jondor Telegram'da. Tadbir homiysi: "Akademnashr" nashriyoti Book Talks
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Book Talks #3 da kimlar chiqadi? ✍🏼 Bookbloger Jasurbek Bozorboyev (Panda Books) 22-oktabr kuni "Bookblog, kitoblar va jamiyatdagi narrativlar haqida" mavzusida taqdimot qiladi. Jasurbek Bozorboyev o'z chiqishi davomida bookbloging, kitoblar va jamiyat o'rtasidagi bog'liklar haqida so'zlaydi hamda bookblog yuritish borasida o'z tavsiyalari bilan ulashadi. Manzil: Yoshlar ishlari agentligi press-klubi. Ma'rufjon Ochilov Telegram'da va Instagram'da. Tadbir homiysi: "Akademnashr" nashriyoti Book Talks
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.