cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Tarix_Attestatsiya_hujjatlar

Bu kanalda Tarix òqituvchilari uchun hujjatlar va Attestatsiyada 90%tushish ehtimoli bo'lgan "Burchak osti" savollar berib boriladi.

Больше
Рекламные посты
272
Подписчики
-124 часа
-17 дней
-430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Bu yilgi qabul yakunlandi: 894 mingdan ortiq abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi 2024–2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu oldingi yillardagidan sezilarli kam.
Показать все...
65 — 70 балл тўпласа — 10 фоиз; 71 — 75-балл тўпласа — 15 фоиз; 76 — 80 балл тўпласа — 20 фоиз; 81 — 85 балл тўпласа — 25 фоиз; 86 — 90 балл тўпласа — 30 фоиз; 91 — 95 балл тўпласа — 35 фоиз; 96 — 100 балл тўпласа — 40 фоиз.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston fuqarolari issiq havoda haq to‘lanadigan ta’til olish huquqiga ega O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 361-moddasiga ko‘ra, ish joylari joylashgan xonadagi harorat va ventilyatsiya 22-25 darajadan, namlik esa 75 foizdan oshmasligi kerak. Agar me'yor oshib ketgan bo'lsa, xodimlar ish haqini saqlab, ishga bormaslikka to'liq huquqqa ega
Показать все...
👍 1
Repost from MAKTAB️
⚡️MAKTABDA KIMGA USTAMA, KIMGA MUKOFOT, KIMGA MODDIY YORDAM BERILAYOTGANLIGI BO’YICHA MA’LUMOTLAR, MAKTABNING BARCHA XODIMLARIGA YETIB BORISHI SHART. Bizga kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra ko‘p maktabning o‘qituvchi va xodimlari o‘zlari ishlayotgan  maktablarida kimlar ustama olishi, kimlarga moddiy rag‘bat berilganligi, kimlarga moddiy yordam berilganligi haqida umuman bilishmas ekan.  Xo‘sh, aslidachi? Aslida ularga bu haqida kimdir aytishi kerakmi? Yoki, bu ma’lumotlar sir tutiladimi? Bizga ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga asosan ishchi guruh chiqargan qarorlar haqida maktabning har bir xodimi bilishi kerak. Bu haqida nizomning 18-bandida aynan quyidagicha yozilgan: “Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.” Soddaroq qilib aytganda, ishchi guruh qarori bilan hamma tanishishi kerakdir. Bundan tashqari, nizomda kimga ustama, kimga mukofot, kimga moddiy yordam berish haqidagi qaror pedagogik kengashda ham ko‘rilishi kerak. Yangi o‘quv yili boshlanishdan oldin ishchi guruh tomonidan 1-sonli pedkengashda kimlarga ustama tayinlanganligi haqida axborot berilishi kerak. Agar maktablarda ishchi guruh qarorlari haqida hech kimni xabardor qilinmayotganligi holati bo‘lsa nizomning tegishli bandlari buzilgan hisoblanadi. 💰Oylik bot 🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_e
Показать все...
MAKTAB️

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Repost from Pedkadr.tdi.uz
Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги маълумотларига кўра, бугунги кунда 96 та нодавлат ОТМ олий таълим хизматларини кўрсатиш ваколатига эга. Manbaa: nodavlattalim
Показать все...
Nodavlat OTMlar (nodavlattalim) (3).pdf3.70 KB
O‘QITUVCHI Bir kuni yaponiyalik hamkasbim, muallim Yamamotadan so'radim: -Yaponiyada o'qituvchilar kuni qachon nishonlanadi, uni qay tarzda nishonlaysizlar? Yamamota savolimdan ajablanib shunday javob bеrdi: - Bizda umuman o'qituvchilar kuni yo'q. Uning javobini eshitib, unga ishonish-ishonmaslikni bilmay qoldim. Miyamga bir fikr kеldi: "Iqtisodiyot, fan va tеxnika rivojlangan mamlakat nеga o'qituvchiga, uning mеhnatiga bu qadar hurmatsizlik bilan munosabatda ekan-a?" Ishdan kеyin Yamamota mеni mеhmondorchilikka uyga taklif qildi. U maktabdan uzoqda yashaganligi sababli biz mеtroda kеtdik. Kеchki tig'iz vaqt bo'lgani uchun, mеtro poеzdlari odamlarga to'la edi. Tiqilinchdan biroz siqilgancha, tutqichdan mahkam ushlab turdim. To'satdan yonimda o'tirgan otaxon mеnga joy bеrdi. Qari insonning bu qadar hurmati munosabatini tushuna olmay mеn uning taklifini qabul qila olmas edim, lеkin u niyatida qat'iy turgani uchun mеn o'tirishga majbur bo'lgan edim. Mеtrodan chiqqandan so'ng mеn Yamamotadan oqsoqolning ushbu hatti-harakatini tushuntirib bеrishini so'radim. Yamamota tabassum qildi va mеning muallimlik ko'krak nishonimga ishora qilib, shunday dеdi: - Bu qariya sizning muallimlik nishoningizni ko'rdi va maqomingizga hurmat bеlgisi sifatida o'z o'rnini sizga bo'shatdi. Muallim Yamamotaning xonadoniga ilk bor tashrif buyuryotganim sababli quruq qo'l bilan borish biroz noqulay edi va mеn biror sovg'a sotib olishga qaror qildim. Mеn Yamamotaga ushbu qarorimni bayon qilganimda, u mеni qo'llab-quvvatlab, oldinda o'qituvchilar uchun do'kon borligini, u еrda mеn arzon narxlarda mahsulot sotib olishim mumkinligini aytdi. Mеn yana hissiyotlarimni yashira olmay: - Imtiyozlar faqat o'qituvchilarga bеriladimi? - dеb so'radim. Yamamota mеning so'zlarimni tasdiqlab, shunday dеdi:8 - Yaponiyada o'qituvchi - eng hurmatli kasb, eng hurmatli inson. Yaponiyalik tadbirkorlar do'konlariga o'qituvchilar kirsa juda xursand bo'lishadi va buni o'zlari uchun katta sharaf dеb bilishadi. Yaponiyada bo'lgan vaqtlarimda, mеn bir nеcha bor yaponlarning o'qituvchilarga qay darajada hurmat ko'rsatishlariga guvoh bo'ldim. Mеtroda ular uchun alohida joylar mavjud, ular uchun alohida do'konlar ochilgan, o'qituvchilar har qanday transport turiga chipta olish uchun navbatda turishmaydi. Hayotining har bir kuni bayramdеk bo'lganidan kеyin, nеga endi yapon o'qituvchilariga alohida bayram kеrak? Ushbu voqеani so'zlar ekanman, mеn butun qalbim bilan bizning jamiyatimiz ham ustozlarga yuksak darajada munosabatda bo'ladigan va o'qituvchilar ham bunday yuqori martabaga munosib bo'ladigan darajaga erishishini istar edim. ©️Oddiy o'qituvchi
Показать все...
👏 2
⚡️2025-йил сентябрдан олий ва биринчи малака тоифасига эга ўқитувчиларнинг ойлик маошини ошириш таклифи билдирилди
Показать все...
UzA | Tezkor xabarlar

Фото недоступноПоказать в Telegram
❗Endi korruptsiya haqida xabar bergan fuqaro 8 500 000 so'm mukofot oladi. Bosh prokuratura, ichki ishlar vazirligi, bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga korrupsiya holatlari haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashda boshqa yo'l bilan yordam bergan shaxslar BRV ning 25 baravarigacha 8,5 mln so ' m miqdorida rag'batlantiriladi❗️
Показать все...
Abituriyentlar hozir fanlar majmuasini tanlaganda kelgusida qaysi yo’nalishlarga kirishi mumkin? #abituriyent UzBMB abituriyentlarga osonroq tushunsa bo’ladigan jadvalni taqdim etdi. Bunda fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan. (c) Xushnudbek 👉 @tarix_tilsimi
Показать все...
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf2.59 KB
Fanlar majmuasi ro’yxati bilan tanishing #abituriyent 5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda. Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing. Mazkur ro’yxatga tez orada ayrim o’zgarishlar kiritilishi mumkin, lekin bu katta o’zgarish bo’lmaydi. Tahlil uchun yuqoridagi faylni asos qilib olsangiz bo’ladi. @tarix_tilsimi
Показать все...
Fanlar majmuasi.pdf5.41 KB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.