cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Shaharses.uz | Rasmiy kanal

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy telegram kanali - @toshsanepid Rasmiy sayt: www.shaharses.uz Instagram: https://instagram.com/shaharses.uz?igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg== Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=1000891182

Больше
Рекламные посты
3 196
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
-6530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

01:29
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚡️Noqonuniy tarzda tashkil etilgan savdo nuqtalarining faoliyati to'xtatilmoqda ‼️Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda tuman bo'limlari xodimlari tomonidan noqonuniy tarzda tashkil etilgan savdoni nuqtalari faoliyatini cheklash, noma'lum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan va ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqarish xavfi yuqori bo'lgan mahsulotlar savdosi aniqlanib, yo'q qilish choralari ko'rilmoqda. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Показать все...
Shaharses.mp425.69 MB
👍 4🔥 1
Sotuvchilarning noqonuniy faoliyatiga chek qo'yilmoqda Hozirda fuqarolar tomonidan oshxona oldiga o'z boshimchalik bilan tegishli hujjatlari bo'lmagan holda turli xil taomlar pishiruvchi qurilmalar chiqarib olinmoqda. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida qo'lbola tayyorlangan sharbatlar, muzqaymoqlar soni ortmoqda. Sanitariya talablari asosida ishlab chiqarilmagan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lmagan mahsulotlar tez buziluvchi mahsulotlardir. Bunday mahsulotlarni iste'mol qilish aholi orasida o'tkir yuqumli ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. ‼️Aholi orasida ommaviy ovqatdan zaxarlanish holatlarini oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tunu-kun reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda. 🔹Reydlar natijasida tegishli tartibda tibbiy ko'rikdan o'tmagan fuqarolar tomonidan qo'lbola tayyorlanagan 60 litr o'rik sharbati, 40 litr limon sharbati, 30 kg muzqaymoq, 15 litr ayron mahsulotlari brakeraj qilindi. 🔹Tuman hududidagi Zargarlik ko'chasida joylashgan "Asilbek Asadbek biznes" MCHJ ga qarashli oshxona tashqi hududidagi noqonuniy chiqarib olingan qozon va tandirlar oldirildi. Do'konlar tashqarisiga chiqarib qo'yilgan mahsulotlar, do'kon ichkarisiga kirgazilidi. Tadbirkorlar, fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. 🔹10 nafar fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayyonoma rasmiylashtirildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Показать все...
👏 2🔥 1
02:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
Sayyor qabul: fuqarolarning murojaatlari yechim topmoqda ‼️Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Malika Qudratxodjayeva tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik masalalarga oid murojaatlarini o'rganish hamda yechim topish yuzasidan Yangihayot tumanida sayyor qabul tashkil qilindi. 🔹Aytish joizki, har oyda ikki marta o‘tkazilayotgan sayyor qabullar va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. 🔹Sayyor qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ba'zi murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi. Ma’lum vaqt hamda atroflicha o‘rganishni talab etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar, murojaat qiluvchilarga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi, ijrosi nazoratga olindi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Показать все...
Yangihayot sayyor 1.mp438.67 MB
👍 3🔥 1
⚡️Shayxontohur tumanida 45 ta noqonuniy savdo faoliyati to'xtatildi Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayhontohur tuman bo‘limi xodimlari Toshkent shahar boshqarmasi hamda IIBB xodimlari bilan birgalikda tumanning barcha hududlarida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, noqonuniy tarzda tashkil etilgan savdo nuqtalari faoliyatiga chek qo'yilib, iste'molga yaroqsiz mahsulotlar savdosi to'xtatilmoqda. ‼️Noqonuniy oziq-ovqat mahsulotlarini sotayotgan obyektlar faoliyati to‘xtatilib, sotuvchilar bilan "Ovqatdan zaharlanish holatlari va uni oldini olish" mavzusida suhbatlar o‘tkazilmoqda. 🔹Shuningdek, yo‘lning qatnov qismiga reklama bannerlarini olib chiqib qo‘yib savdo qilayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbar va xodimlari ogohlantirilib, ushbu reklamalar shahrimiz ko‘rkini buzayotganligi va reklamalarni qonunosti hujjatlariga asosan ko‘cha yuziga joylash mumkin emasligi tushuntirildi hamda ko‘cha yuzidan oldirib tashlandi. 🔹To‘planib qolgan chiqindilar, shox-shabbalar aniqlangan hududlarda Hokimimlik vakillari va tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda olib chiqib ketilishi tashkillashtirilmoqda. 🔹Eski Juva dehqon bozori va atrofidagi noqoniy savdo holatlari bartaraf etilib, tozalash va zararsizlantirish ishlari tashkil etilmoqda. ‼️O‘rganishlar natijasida tadbir boshlangan kundan (14 iyundan) bugunga qadar 45 ta noqonuniy savdo holati aniqlanib bartaraf etildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan : ✅ 240 kg muzqaymoq; ✅ 419 litr sharbat ichimligi; ✅ 74 litr ayron va go‘ja; ✅ 1 052 litr mors, kvas yaxna ichimligi o‘rnatilgan tartibda savdodan olinib, brakeraj qilindi. 🔹Shuningdek, 75 ta sanitariya holati talabga javob bermagan obyektlar aniqlanib, bartaraf etildi hamda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Показать все...
Gijja kasalligiga qarshi chora-tadbirlar olib borildi Gijja kasalligi  bilan kasallanish asosan  maktab va bog'cha yoshdagi o'quvchilar o'rtasida  ko'p hollarda uchratishimiz mumkun. Bunga sabab esa ularni sanitariya gigiyena qoida va meyorlariga amal qila olmasliklari.Gijja tez yuqadi va organizmdan ketqazish qiyin bo'lgan kasallik hisoblanadi. 📌Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 121-sonli buyrug‘iga asosan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi parazitologiya laboratoriyasi bo'linmasi mutaxassislari hamda maktabgacha talim tashkiloti hamshirasi bilan birgalikda tumandagi 108-sonli DMTTning 283 nafar tarbiyalanuvchilaridan 235 tasidan  gelmintlarni aniqlash maqsadida laboratoriya tahlillari o‘tkazish uchun namunalar, guruh tashqi muhit anjomlaridan 30 ta surtmalar olindi. 🔬Namunalar (perianal soskob) ya'ni qirindi usulida olindi va tuman parazitologiya laboratoriyasiga tekshirish uchun olib kelindi. Tekshiruvlar davomida 2 nafar tarbiyalanuvchining soskob namunasida ostritsa tuxumi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan ma'sullarga tegishli tavsiyalar berildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Показать все...
👍 1
03:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
#oav_biz_haqimizda ⚡️Yo'l yuzida sotilayotgan salqin ichimliklar iste'mol uchun xavfli ‼️Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda "Uzreport Tv" telekanali hamkorligida Mirobod tumanida noqonuniy ravishda sotilayotgan iste'mol uchun xavfli bo'lgan mahsulotlar savdosi bo'yicha reyd o'tkazildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Показать все...
SES_Sanitariya.mp433.25 MB
3👏 3🔥 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.