ru
Feedback
SHAKH DARMAN

SHAKH DARMAN

Открыть в Telegram

Marketing & Menejment | Soft skills & Shaxsiy rivojlanish → 75+ amaliy chellenjlar → 170+ ishtirokchi bilan o‘sish tajribasi → Ortiqcha hech narsa, shunchaki manfaatli bilimlar → Birga o‘sish uchun obuna bo‘ling!

Больше
2 028
Подписчики
-624 часа
-247 дней
+8630 день
Архив постов
365 sahifaning 192-sahifasi Yasha va g‘alaba qozon! 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa

365 sahifaning 191-sahifasi Kecha omma oldiga chiqib gapirish va o'ziga ishonchni oshirish haqida juda zo'r film ko'rdim. Kino davomida o'zimning ilk marta jamoa oldida yig'ilish o'tkazganim yoki loyiha taqdimotini qilgan paytlarim esimga tushib ketdi. Ovoz qaltirashi, fikrlarning chalkashib ketishi, odamlar nima deb o'ylaydi degan qo'rquv... Biz ko'pincha sahnada erkin gapirayotganlarni ko'rib, "bu ularda qondan o'tgan" yoki "tug'ma notiq" deb o'ylaymiz. Kinodan va o'z tajribamdan olgan eng katta insaydim shu bo'ldiki: o'ziga bo'lgan ishonch, bu harakatning sababi emas, balki natijasi ekan. Biz har doim mukammal holatni kutamiz. "Avval o'zimga bo'lgan ishonchim ortsin, nutqim zo'r bo'lsin, keyin odamlar oldiga chiqib gapiraman" deymiz. Lekin ishoning, qoida mutlaqo teskari ishlaydi. Qo'rqib bo'lsa ham qadam tashlayverganing sari, o'z ustingda ishlab, xato qilib, yana qayta urinib ko'raverganing sarigina ishonch paydo bo'lishni boshlaydi. Odamni faqat kechagi o'zi bilan taqqoslash kerak. Kechagi nutqingiz bugungisidan yomonroq bo'lgandir, lekin asosiysi, siz gapirdingiz. Harakat qildingiz. Kutib o'tirishdan ko'ra, xato qilish va jarayonda o'rganish ming marta yaxshiroq. Intizom bilan qilingan har qanday mashq oxir-oqibat o'ziga ishonch degan poydevorni qurib beradi. Ko'proq harakat, kamroq ortiqcha o'ylash kerak. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa

Brayan Treysi va Den Stratselning bu kitobida juda ko'p omma e'tiboridan chetda qoladigan, biroz "sovuqqon" lekin hayotiy haq
Brayan Treysi va Den Stratselning bu kitobida juda ko'p omma e'tiboridan chetda qoladigan, biroz "sovuqqon" lekin hayotiy haqiqatlar bor. Yalang'och motivatsiyadan yiroq bo'lgan, ammo 95% odam bilib turib ham amal qilmaydigan 3 ta asosiy insaydlar quyidagilar: 1. Pulga nisbatan Parkinson qonuni (va uni ataylab buzish) Ko'pchilik "agar daromadim oshsa, boyib ketaman" deb o'ylaydi. Lekin Parkinson qonuni moliya sohasida shunday ishlaydi: Xarajatlar har doim daromadga yetib olish uchun o'sib boradi. 95% odam maoshi oshishi bilan darhol o'z yashash tarzini "yangilaydi" (yaxshiroq kiyim, qimmatroq xizmatlar, yangi gadjetlar). Asosiy insayd shundaki: Moliyaviy muvaffaqiyatga erishadigan insonlar bu qonunni sun'iy ravishda buzishadi. Ya'ni, daromad 2-3 barobar oshganda ham, o'z intizomini saqlab, eski xarajatlar darajasida yashashda davom etishadi va o'rtadagi farqni sarmoya qilishadi. Buni eshitish oson, lekin amalda nafsni jilovlashni talab qilgani uchun ko'pchilik e'tiborsiz qoldiradi. 2. Bozor sizning "qancha ter to'kkaningizga" mutlaqo befarq Odamlar orasida shunday keng tarqalgan xato tushuncha bor: "Men tinmay 10-12 soat ishlayapman, demak men ko'proq pul topishga munosibman". Kitobdagi menga teggan juda qattiq haqiqat shu ekan, bozor emotsiyalarga berilmaydi va sizning qanchalik charchaganingiz unga qiziq emas. Asosiy insayd: Bozor faqat va faqat natijaga hamda siz hal qilib berayotgan muammoning qiymatiga pul to'laydi. Jarayonga qanchalik ko'p kuch sarflashingiz sizni avtomatik ravishda qimmatli mutaxassisga aylantirib qolmaydi. Muhimi, to'g'ri joyda, to'g'ri muammoni hal qilishdir. 3. "Pul topish qobiliyati" (Earning Ability), bu doimiy eskiruvchi aktivdir Aksariyat odamlar o'zlarining eng katta moliyaviy aktivi deb bankdagi pullarini, uyi yoki mashinasini hisoblashadi. Aslida esa insonning eng katta aktivi, uning pul topish qobiliyatidir. Asosiy insayd: 95% odam e'tibor bermaydigan tomoni shundaki, bu qobiliyat xuddi texnologiya kabi eskiruvchi xususiyatga ega. Agar siz har kuni o'z ustingizda ishlab, sohangiz bo'yicha kechagidan ko'ra bir qadam oldinga yurmasangiz (hatto u kichik foizlarda bo'lsa ham), sizning bozordagi qiymatingiz avtomatik ravishda pasayib boradi. Kechagi tajriba va bilimingiz bugun arzonlashadi. Keyingi foydali xulosalarda davom etamiz.

365 sahifaning 190-sahifasi Chellenjni qiladigan bo’ldim. Shu bilan birga pullik bo’ladigan bo’ldi. Bu qarorga kelishimga yaqinlarim bo’ldi, ular bilan maslahatlashib shunaqa qiladigan bo’ldim. Tez kunda… 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa

photo content
+7

365 sahifaning 189-sahifasi Hozirgacha hammamiz “deyarli” maqsadlarni noto’g’ri qo’yganmiz. Maqsadlarni X narsaga bog’laganmiz, lekin harakatgamas. Masalan, 3 oydan keyin 20 mln oylik topishim kerak. Bu noto’g’ri maqsad qo’yish bo’ladi. 3 oyda 100 ta mijozga sovuq qong’iroq qilish. Bu natija beradigan maqsad. Yaqinda “bugun” g’oya kelib qo’ldi. O’zimga 90 kunlik HARD CHELLENGE e’lon qilmoqchiman, aynan harakatga doir maqsadlar qo’yib ularga erishish jarayonini yoritib borish. Hali smeta tuzmadim, lekin 10000% natijaga chiqishim aniq. Hozircha oylayapman, bitta o’zim qilaymi yokida pullik qilib bitta kanalga xohlovchilarini yig’ib, barcha organayotgan va bilgan bilimlarim bilan ulashib borish. Realiytiyga oxshagan format bo’ladi. Hali aniq emas, jarayonda. Nima demoqchiman, maqsadizni X narsaga emas, harakatga bog’lang. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa

O’zim uchun daxshatli chellenj boshlamoqchiman… Butun hayotimni o’zgartiradigan.

365 sahifaning 188-sahifasi Biz ko'pincha o'zimiz o'rganib qolgan narsalarning qadrini bilmay qolamiz. Kecha navbatdagi loyihalar jadvalini ko'zdan kechirib, kunlik ishlarni yakunlayotganimda bir narsani o'ylab qoldim. Biz doim tinimsiz oldinga intilar ekanmiz. Samaradorlik, fokus, intizom, kechagi o'zimizdan 1.01% yaxshiroq bo'lish haqida qayg'uramiz. Lekin shu tinimsiz poygada bir muhim jihatni ko'pincha e'tiborsiz qoldirarkanmiz, bizni shunchaki borligi bilan qo'llab-quvvatlab turadigan odamlarni. Hayotimizda shunday insonlar borki, ular bizga har kuni qandaydir katta yordam bermasligi yoki muammolarimizni hal qilib tashlamasligi mumkin. Lekin ularning borligi, qachondir yozsang albatta javob berishi, xato qilsang ham seni borligingcha qabul qilishi qandaydir katta xotirjamlik beradi. Biz esa buni ko'pincha "fon" sifatida qabul qila boshlaymiz. Ularning borligiga shunchalik o'rganib qolamizki, bu oddiy holat, shunday bo'lishi kerak-ku, deb o'ylaymiz. Rahmat aytishni qandaydir katta bayramlarga, tug'ilgan kunlarga yoki faqat ulkan yordam ko'rsatilgan holatlarga asrab qo'yamiz. Aslida esa shunday odamlarning sening hayotingda shunchaki mavjudligi, qadriyatlaringni baham ko'rishi, bu juda katta ne'mat. Buni tan olish va vaqtida minnatdor bo'lish ham o'ziga xos intizomdir. Bugungi mashq: Hozir telefoningizni oling va hayotingizni shunchaki o'zining mavjudligi bilan yaxshiroq qilayotgan bitta insonni tanlang. Unga hech qanday sababsiz qisqa xabar yozing: "Hayotimda borliging uchun rahmat". Boshqa hech narsa qo'shish shart emas. Kutmang. Hozir yozing. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa

Assalomu aleykum Shohruh aka. 66 kunlik chellenjni hali ortasiga ham kelganim yoq. Lekin shu qisqa vaqt orqali ozimni umuman
+1
Assalomu aleykum Shohruh aka. 66 kunlik chellenjni hali ortasiga ham kelganim yoq. Lekin shu qisqa vaqt orqali ozimni umuman boshqa darajaga olib chiqshga ulgirdim ishonavering. Umuman birinchi hafta ozimni aldab yurish va Ai bilan otdi ochigni aytaman. Real vaziyatmni bilardim qanchalik yomon ekanligni, faqat tan ololmasdim. Hozir istalgan muammoyim bolsin, fece to face turib ringga chaqiryabman😅. Shunchaki ozimni aldashni toxtatdim. Ingliz va turk tilidan suxbatdan ideal otdim, ozim hohlagan jismoniy holatga chellenj oxirgacha albatta erishaman. Uyga qaytsam hammasi yaxshi boladi, u ishni bitraman bu ishni bitraman deb yurardim. Hammasidan shunchaki voz kechdim may oyida. Ana ushandan keyin boshlandida Hayot men uchun Shohrux aka. -Vaqtim yoq, Ishim bor, oqishim bor zarurmi menga kechasigacha dars qilsh yoki kochaga chiqb yugurish? Lekin,Soatimdan tortib, daqiqamgacha xisob-kitob qilshni boshladim. Ishga ketguncha 3 soat bazan 2 soat. Kechki payt uhlashgacha bolsa 4 soat qoshimcha vaqt topdim ozim uchun. Bu degani har kuni menda kundalik ish oqishmdan tashqari kamida 6 soat bor. Bu post emas shuning uchun bemalol yozyabman ashuuncha qilib🫡 Joniz sog bolsin nima bolgandayam Raxmat….🫡

Bir ukamiz bilan bir muddat oldin 66 kunlik chellenj boshlagan edik. Bugun ertalab menga mana bunday xabar yozib yuboribdilar, shunga ulashay deb qo'ydim. 👇

Assalomu aleykum Shohruh aka. 66 kunlik chellenjni hali ortasiga ham kelganim yoq. Lekin shu qisqa vaqt orqali ozimni umuman
+1
Assalomu aleykum Shohruh aka. 66 kunlik chellenjni hali ortasiga ham kelganim yoq. Lekin shu qisqa vaqt orqali ozimni umuman boshqa darajaga olib chiqshga ulgirdim ishonavering. Umuman birinchi hafta ozimni aldab yurish va Ai bilan otdi ochigni aytaman. Real vaziyatmni bilardim qanchalik yomon ekanligni, faqat tan ololmasdim. Hozir istalgan muammoyim bolsin, fece to face turib ringga chaqiryabman😅. Shunchaki ozimni aldashni toxtatdim. Ingliz va turk tilidan suxbatdan ideal otdim, ozim hohlagan jismoniy holatga chellenj oxirgacha albatta erishaman. Uyga qaytsam hammasi yaxshi boladi, u ishni bitraman bu ishni bitraman deb yurardim. Hammasidan shunchaki voz kechdim may oyida. Ana ushandan keyin boshlandida Hayot men uchun Shohrux aka. -Vaqtim yoq, Ishim bor, oqishim bor zarurmi menga kechasigacha dars qilsh yoki kochaga chiqb yugurish? Lekin,Soatimdan tortib, daqiqamgacha xisob-kitob qilshni boshladim. Ishga ketguncha 3 soat bazan 2 soat. Kechki payt uhlashgacha bolsa 4 soat qoshimcha vaqt topdim ozim uchun. Bu degani har kuni menda kundalik ish oqishmdan tashqari kamida 6 soat bor. Bu post emas shuning uchun bemalol yozyabman ashuuncha qilib🫡 Joniz sog bolsin nima bolgandayam Raxmat….🫡

365 sahifaning 187-sahifasi Odam qachon o'zini qadrsiz his qiladi, bilasizmi? Qachonki, o'z qadrini boshqalarning reaksiyasi bilan o'lchashni boshlasa. So'nggi payt o'zimda bitta narsani kuzatdim. Biror ish qilsam, xoh u mijoz uchun tayyorlagan qandaydir loyiha bo'lsin, xoh zalda odatdagidan kattaroq vazn bilan ishlaganim bo'lsin, doim ongsiz ravishda kimningdir bahosini kutarkanman. "Yaxshi chiqibdi", "qoyil" yoki shunchaki tasdiqlovchi bir ishora. Agar o'sha kichkina e'tirof kelmasa, shuncha qilingan mehnatning qadri tushib ketgandek, hamma qilingan ish zoye ketgandek tuyula boshlaydi. Lekin kecha bitta narsani anglab yetdim. Nega mening intizomim, sarflagan vaqtim va energiyam faqat kimdir qarsak chalsagina qimmatli bo'lishi kerak? Biz ko'pincha energiyamizning 100 foizini qandaydir ishga tikamiz-da, keyin chetdan baho kutamiz. Agar u odamning kayfiyati bo'lmasa yoki oddiygina e'tiborsizroq bo'lsa, tamom. Ruhiyat tushadi. Aslida esa, qadrlanish tashqaridan kelmaydi. Qadrlanish — bu o'zingning mehnatikka, intizomingga va yutug'ingga bo'lgan shaxsiy hurmating. Agar sen har kuni o'z ustingda ishlayotgan bo'lsang, vazifalarni mas'uliyat bilan bajarayotgan bo'lsang, buni birov ko'rib e'tirof etishi shart emas. Boshqalarning e'tibori - bu shunchaki bonus. Sizning haqiqiy foydangiz - bu kechagi o'zingizdan 1.01% ga yaxshiroq bo'lganingizdir. O'z qadringizni va mehnatlaringiz bahosini birovlarning qo'liga topshirib qo'ymang. Bugungi mashq: O'tgan hafta ichida bajargan, lekin hech kim e'tibor bermagan (yoki o'zingiz ham yetarli baholamagan) 1 ta kichik yutug'ingizni yoki harakatingizni eslang. Shu mehnat uchun shunchaki o'zingizga o'zingiz "rahmat" ayting. Tashqaridan keladigan qarsaklarni kutmang. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa

OVOZ14 chellenjiga start beramiz! Bu safar 14 kun davomida gapirish, fikrni aniq bildirish va ovoz orqali o‘zimizni erkinroq ifoda qilish ustida ishlaymiz. Ko‘pchilikda yaxshi fikrlar bor, lekin uni aytishga kelganda hayajon, uyalish yoki “noto‘g‘ri gapirib qo‘ysam-chi?” degan qo‘rquv to‘sqinlik qiladi. Ovoz14 aynan shu uchun. Har kuni o'zingiz ko'rgan bitta podkast haqida audio ko'rinish qilib yuborasiz. Ideal gapirish shart emas. Muhimi, har kuni mashq qilish. Eng aktiv ishtirokchilar orasidan g‘olib tanlanadi va sovg‘a beriladi. Kim qatnashmoqchi bo‘lsa: https://t.me/+B1ZdghgzzZxlMGZi

Keyingi 14 kunlik chellenjni birga tanlaymiz 🤝
Anonymous voting

UYDA MASHQ QILIB BO'LMAYDI DEGANLAR UCHUN Kerakli odamlarga yuborib qo'ying. Saqlab qo‘ying va kundalik kontent uchun Telegram @shakhdarman sahifasiga obuna bo‘ling (Link Bio'da).

365 sahifaning 186-sahifasi Bir kuni bitta bola bilan bahslashib qoldim. Mavzu oddiy edi: daromad va xarajatlarni hisoblab borish. U menga: — Bu menga stress beradi, — dedi. Indamadim. Keyin o’ylab qarasam, rostdan ham ko’pchilik hisob-kitob qilishdan qo’rqadi. Sababi pulni yo’qotish emas. Haqiqatni ko’rish ekan. Undan so’radim: — Hech bo’lmasa bir hafta yoki bir oy xarajatlaringni yozib ko’rganmisan? — Yo’q. Shunda sinab ko’rishni maslahat berdim. Oradan 1–2 oy o’tib yana uchrashdik. “So’nggi paytlar hali ham yozib yuribsanmi?” deb so’radim. “Ha. Rahmat. Juda ko’p narsani tushunib oldim”, dedi. Shu yerda bitta narsani angladim. Odamlar ko’p pul ishlatganidan emas, qancha keraksiz va o’ylamasdan qilingan xarajatlari borligini ko’rganida stressga tushadi. Lekin bu yomon emas. Chunki o’lchamagan narsani boshqarib bo’lmaydi. Yana bitta xato bor. Ba’zilar xarajatlarini yozadiyu, lekin hech qachon tahlil qilmaydi. Hisob-kitobning maqsadi raqam yig’ishdamas. Qayerda pul yo’qotayotganingizni ko’rish va keyingi oy yaxshiroq qaror qabul qilish. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa

Har haftalik pul tejash bo'yicha qo'llanma (bosqichma-bosqich) 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman
Har haftalik pul tejash bo'yicha qo'llanma (bosqichma-bosqich) 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman

Har kuni erta uyg’onish sirlari (bosqichma-bosqich)
Har kuni erta uyg’onish sirlari (bosqichma-bosqich)

365 sahifaning 185-sahifasi Tinmasdan ishlash hissini bu hafta his qildim. Uyga faqat uxlash uchun qaytish hissini ham. Oldin bunday hayotni tasavvur qilolmasdim. Lekin bitta narsani tushundim. Agar nima uchun ishlayotganingizni aniq bilsangiz, charchoq ham boshqacha qabul qilinadi. Har kuni o’zingizni majburlab emas, maqsadingiz tortib uyg’otadi. To’g’ri, bu rejimni uzoq vaqt ushlab bo’lmaydi. Dam olish ham mehnatning bir qismi. Lekin ba’zi davrlar bo’ladi. Aynan shu davrlar kelajagingizni quradi. Ko’pchilik natijani ko’radi. Lekin natijaning ortidagi kech uxlashlar, erta uyg’onishlar va uyga faqat uxlash uchun qaytilgan kunlarni hech kim ko’rmaydi. Ba’zan muvaffaqiyat aynan shunday sokin kunlarda quriladi. 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa

365 sahifaning 184-sahifasi Bugun avtobusda kelayotganimda oynadan bir odamni ko‘rib qoldim. Bitta oyog‘i yo‘q ekan. Shu zahoti ichimdan shukur qildim: hamma joyim sog‘ ekan. Ishga keldim. Kayfiyatim unchalik yaxshi emas edi. “Kitob o‘qiy”, deb qo‘limga kitob oldim. Bob mavzusi shunday edi: “Bor narsangizni 1 million dollarga berib yuborgan bo‘larmidingiz?” Qiziq tuyuldi va o‘qishda davom etdim. Keyin bitta voqea keldi. Bir serjantning tomog‘iga jangda snaryad tekkan ekan. Unga 7 marta qon quyishgan. Operatsiya oldidan vrachdan so‘ragan: “Men tirik qolamanmi?” Vrach: “Ha”, degan. “Gapira olamanmi?” Vrach yana: “Ha”, degan. Shunda serjant aytgan ekan: “Unda nega men buncha xavotir olyapman?” Shu joyda o‘ylanib qoldim. Bizning hayotimizda 90% yaxshi narsalar bor. Sog‘liq, yaqinlar, imkoniyatlar, vaqt, harakat qilishga kuch. Lekin biz ko‘pincha qolgan 10% muammo haqida o‘ylab, o‘zimizni qiynaymiz. Agar baxtli bo‘lishni tanlasak, o‘sha 90%ni ko‘ra olishimiz kerak. Yoki 10% muammoni tanlab, siqilib yashashda davom etamiz. Tanlov har doim o‘zimizda. Bugungi mashq: Bugun hayotingizdagi 10 ta bor narsani yozing. Mayda bo‘lsa ham. Sog‘ligingiz. Yaqinlaringiz. Ishingiz. Ko‘zingiz. Oyoqlaringiz. Bugungi imkoniyatingiz. Keyin o‘zingizdan so‘rang: “Men bugun 90%ni ko‘ryapmanmi yoki 10%ga yopishib qoldimmi?” 👉 Obuna bo‘ling: @shakhDarman | #365kunliksahifa