cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Hakim Shoshiy

O'qi, olim bo'l! Tolibi ilm sahifasi Admin: @hakim_shoshiy

Больше
Рекламные посты
4 355
Подписчики
+724 часа
+447 дней
+31730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

“Ayol kishiga gapidan qaytishi yarashadi”
Bu xato tushuncha. Erkak bo’lsin ayol bo’lsin inson zoti gapirgan gapiga vafo qilishi lozim. Atrofidagi insonlar uning o’sha gapiga ko’ra kelajakdagi ishlarini rejalashtiradi. Alloh taolo Qur’onda: “Ey iymon keltirganlar o’zaro kelishilgan bitimlarga rioya qiling!”[5:1] degan. Ey iymon keltirganlarni ichiga ayollar ham kiradi. Boshqa oyatda mo’minlarni maqtab ahdlarida turuvchi va aytgan nazrlariga vafo qiluvchi ekanliklari bilan maqtagan.[13:20, 23:8, 70:32] [76:7]
- Shariatda ayol kishi kundoshli bo’lsa-yu, o’sha kundoshi bilan taqsimlanadigan kunidan voz kechsa, keyin o’sha voz kechgan gapidan qaytsa bo’lar ekan-ku! Bunga nima deysiz?!
- Bu gapidan qaytish emasda. Kundoshli ayolning har safar o’z navbati kelganda u ayol uchun yangi haq hosil bo’ladi. Go’yoki u ayol avvalgi kunlarimga kechgan bo’lsam, bundan buyog’iga kechmayman degani bo’ladi. Masalan biror kishiga ishlatib turishga biror narsa berdingiz. Istagan paytingiz undan qaytib ola olasizmi? [Al-Inoya sharhul hidoya, 3/437] Bu haqda avval ham gapirgandik, yuqoridagi xato fikrga ko’z tushib yana yozildi. Telegram | YouTube
Показать все...
👍 29
Biz chiqargan “Oson arab tili”(durusul lug’a madina book) darslarini tugatganlar bormi?Anonymous voting
  • 1-kitobni tugatganman
  • 2-kitobni tugatganman
  • 3-kitobni tugatganman
  • 4-kitobni tugatganman
0 votes
👍 65
#Qotrun_nado | 25-dars |Ismi ishoralar Telegram | YouTube
Показать все...
👍 12
Shoxdan shoxga sakrama! Tolibi ilm bir daraxt kabi. Muqim yerda ko’karib hosil beradi. Har yerga “ko’chaversa” faqat soyali daraxt bo’lish bilan cheklanadi, meva yo’q. - Dastlab, navqiron nihol bo’lgan boshlang’ich talaba arab tilini zamonaviy yo’nalishda o’qishni boshlaydi. Hali qarasang, darslarini oxiriga yetkazmay turib klassik yo’nalishdagi nahv-sarflarni o’qib yurgan bo’ladi. Ikkala yo’nalishni qotirib o’qiy olmagach “Qiyinakanu!” deydi. - Ustoz tanlashda ham huddi shunaqa. O’zi ishongan bitta taqvoli ustozni tutdimi, shunda ma’lum muddat sobit turish kerak. Boshidanoq hammani eshitaman degan odam kasha qiladi. Miyya to’la gap, lekin qaysi gapni kim aytganini bilmaydi. - Mus’haf tanlashda ham shu gap. Qori bitta mus’hafdan Qur’onni yodlashi kerak. Chunki ko’p takror qilaverish natijasida ko’z orqali sahifalar surati zehnda qolib ketadi. Qori Qur’onni yoddan o’qir ekan, go’yo ko’z oldida mus’haf turgandek bo’ladi. Har xil mus’hafdan o’qigan talaba ko’z o’ngida bunday surat shakllanmaydi. Qori ustozim “Hozirgi Madinada bosiladigan usti yashil Mus’hafda o’qolmayman. Chunki qatorlari o’zgarib ketgan” deydilar. Keyin bilsam, ko’zlari bilan o’sha eski mus’haflarini screenshot qilib olgan ekanlar)) Telegram | YouTube
Показать все...
Hakim Shoshiy

O'qi, olim bo'l! Tolibi ilm sahifasi Admin: @hakim_shoshiy

👍 135
Bu nuqtani MEN qo’ydim! Mualliflik huquqini buzmang)) Hozirgi kunda ba’zilar mana shunday mashhurlik va e’tibortalablik kasalligiga chalingan. Hatto qo’ygan nuqtasi ostiga ham ismi sharifi bilan muhr qo’yib qo’yadi. Bunday qiliq fan tilida myunhauzen sindromi deyiladi. Telegram | YouTube
Показать все...
👍 99
Qasd = Amal Biror ishni niyat qilib - o’ylab yurish boshqa, o’sha ishga qat’iy azmu qaror qilish boshqa. Azmu qaror - amal boshlanishidan ozgina oldin qalbda sodir bo’ladigan ish. Mana shu azmu qaror huddi o’sha amalni qilishga teng sanaladi. Masalan qori bo’lishni azmu qaror qildingiz, har kuni o’qiyabsiz. Lekin kallaga kirmayabdimi? InshaAlloh, qorilar safidasiz. Chunonchi*, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk jangiga chiqishga azmu qaror qilib, biroq uzr sababli ortda qolib ketganlarni huddi jangda qatnashganlar bilan ajrda teng sherik deganlar. [Buxoriy, 4423] Huddi shuni aksi o’laroq, bir harom ishga azmu qaror qilish ham o’sha haromni qilganni gunohini hosil qiladi. Bir kishi shaytonni siydigi*ni ichaman deb uyidan chiqib do’konga bordi. Qarasa, do’kon yopiq ekan. O’sha zormandani ichganni gunohini oldi. Bunga dalil, Qalam surasidagi “Bog’ egalari” qissasi. Ular ertalab faqirlarga har doimgidek beradigan ehsonlarini bermaslik uchun hosillarini tong otmay turib yig’ishtirib olmoqchi bo’ladilar va yo’lga chiqadilar. Hali bu ishlarini qilmay turib Alloh ularni bog’ini yo’q qiladi. Chunki ular mana shu ishga qasd qilishgandi. Agar imkon bo’lganda aniq shu ishni qilar edilar. Chunonchi - jumladan, masalan. Telegram | YouTube
Показать все...
👍 48
#Qotrun_nado | 24-dars | Atoqli otlar Telegram | YouTube
Показать все...
👍 18
Qur’onda kelgan Yahudlarning 20 ta sifatini sanab o’tdik. Ularni Payg’ambarilariga osiylik qilishda [5:70] mashhurliklarini ham bildik. Biroq, qur’ondagi bitta o’rinda ular payg’ambarlari buyrug’iga dargol ergashganlari zikr qilingan. Savol: U qaysi o’rin va qaysi oyat? 👇👇👇
Показать все...
👍 16
- Sirpanchiq baliqni qo’lda qattiq tutib turib bo’lmaydi. Lipillab qo’ldan chiqib ketadi. - Shaxmat doskasida qoidaga amal qilmay istagancha yuradigan insonni esa hech kim yuta olmaydi. U inson bilan hech kim shaxmat o’ynamaydi. Aytgan gapida turmaydigan inson yuqoridagi sirpanchiq baliqqa va shaxmat o’yinchisiga o’xshaydi. Va’daga vafo barchaga yarashadi. [23:8] [70:32] Telegram | YouTube
Показать все...
👍 65
#Aslida ❌Hazillashdim ✅Aldadim ❌ Shustriylik ✅ Haromilik ❌ Garov o’ynaysanmi? ✅ Qimor o’ynaysanmi ❌ Ummat bo’lgan kuniz bilan ✅ Tug’ilgan kuniz bilan ❌ Ertadan boshlayman ✅ Hozir istamayman Telegram | YouTube
Показать все...
👍 158👎 6