cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

B🅞🅡🅛🅘ğ🅘🅜 ❤️‍🔥❤️‍🔥🦋🦋

1-Qiziqarli hikoyalar 2-Musiqalar 3-Inşaaloh 500 Ta bolamiz 4-Kunlik oyinlar 😇😇😇 Maqsadimiz Mashxurlik emas. Konglingizni olish😘 🥰 Kanal ochilgan kun. 06.17.2022. 20:36

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
189
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🥀 Malagim 🥀 No 17. Muallif: Gulinur. Malak erta tongda uyg‘onib bomdod namozini o‘qidi. Barcha amallarni bajarib bo‘lib, uy ishlarini qilib nonushta tayyorladi. Farida xola ham bomdodga turgan edi u o‘z xonasida turib Malakni kuzatarkan. """ men adashmadim, to‘g‘ri qaror qabul qildim. Hali o‘g‘lim Layloga bo‘lgan tuyg‘ulari shunchaki havas ekanini tushunib yetadi. Albatta Malak bn baxtli oila bo‘lib ketadi""""...deya o‘ylab qo‘ydi. Hamma nonushta paytida jimgima taomlanishdi. Bu oilada shunday ovqat mahali ko‘p gaplashilmaydi. Nima gap bo‘lsa dasturxon yig‘ishtirilgandan so‘ng gaplashiladi. Hamma dou qilib nonushtadan turdida. Imronni dadasi ishga ketdi. Ular davlat ishida ishlardilar. Imron kiyingani kirib ketdi. Imronni ishlab chiqaruvchi korxonasi bor edi. Dadasiga ishlamang desa ham ishimni yaxshi ko‘raman deya ko‘nmasdi. .....Malak qizim. ...labbay oyijon. Chaqirdingizmi? ....ha chaqirdim qizim. Imronjon kiyingani kirib ketdi. Borib narsalarini tayyorlab berib, ishga kuzatib qo‘ying. ...xo‘p bo‘ladi oyijon...deya xonasi tomon chiqib ketdi. Malaklarni xonasi uyni ikkinchi qavatida edi. Malak xonalariga kirganda Imron kiyinib tayyor bo‘lgan ekan. Indamay eshik oldida nima deyishini bilmay turardi. ...ha mittivoy nega kirmayapsan? ...oyijon aytgandi sizni kuzatib qo‘yar ekanman. ...yaxshi yur kuzatib qo‘yasan deya kulib xonadan chiqdi. Men kelguncha oyimga yaxshi qaragin xo‘pmi? Senga ishonaman oyimni biroz qon bosimlari bor. Shunga doim ularni ko‘ngliga qarayman. Sen ham shunaqa qilgin ho‘p...dedi Imron Malakga qarab. ...xo‘p bo‘ladi onangizni shu qadar ko‘nglilariga qarar ekansiz, Alloh sizni yaxshiliklar bn siylasin...dedi Malak. ....rahmat aytganing kelsin. Men ketdim yaxshi o‘tiringlar...deya mashinasiga o‘tirib ketdi. Malak uyga kirib uyog‘ buyog‘ni yig‘ishtirdida, qaynonasini oldiga kirib anchagacha maroqli suhbat qurib o‘tirishdi. Ishxonasiga kelgan Imronni do‘sti Ali kutib oldi. ....yaxshimisan kuyov bola...deya kuldi Ali. ....yaxshiman do‘st namincha og‘zing qulog‘ingda...dedi Imron kulib turgan do‘stiga qarab. ..shunchaki senga hazil qildimda. Haya haligi qarindoshingni so‘radingmi? xolamdan...dedi Ali. ....halagi Ali bilasanmi? Kecha sen bn ko‘rgan qizimiz men uylangan qiz ekan...dedi Imron hijolat bo‘lib. Hijolat bo‘ladida kelinni yuzini ko‘rmay, o‘sha kelinni boshqasiga surishtirib berishni va‘da qilgandi. Ali biroz Imronga anqayib qarab turdida keyin bor ovozda kulib yubordi #adminka_dilsoz
Показать все...
🥀 Malagim 🥀 No 16. Muallif: Gulinur Malak Imronni gapidan zumda qizarib ketdi. Imron unga kulib qarab. ...uyalma, mendek akang bo‘lishiga qarshi emasmisan? Seni aka bo‘lib o‘zim himoya qilaman doim xo‘pmi? ...rahmat sizga, sizdek akam bo‘lsa hursand bo‘laman. Meni shu paytgacha faqat Dilso‘z himoyalardi qo‘lidan kelgancha. Siz judayam ochiq ko‘ngil inson ekansiz rahmat sizga. ..arzimaydi, ko‘p maqtama taltayib ketaman. Endi esa damingni ol. Men ham uxlayman ertaga ishga borishim kerak. ..siz bemalol uxlayvering men hufton namozini o‘qib keyin uxlayman...dedi Malak. Imron unga biroz qarab turdida keyin xayrli tun tilab uxlashga yotdi. Lekin uxlolmadi. Malakni ibodat qilishini kuzatib yotdi. Malak bo‘lgach o‘zini uxlaganga solib oldi. Malak nomozdan keyingi amallarniyam bajarib. Joynamozini yig‘ib qo‘ydida. Qo‘liga Qur‘on kitobini oldi. Kitobni o‘pib yuziga surdi. Keyin ochib, go‘zal qiroat bn Mulk surasini o‘qiy boshladi. Malak judayam shirali ovozda surani o‘qiy boshladi. Imron ko‘zlarini ochib Malakga qarab eshitib yotdi. Malak Mulk surasini o‘qib bo‘lgach kitobni yopib shkafni tepasini ochib olib qo‘ydi. Endi o‘ziga joy solib yotmoqchi edi. Imronni uyg‘oqligini ko‘rib qoldi. ....uxlamadingizmi? ....uyqim kelmadi. Ovozing kitob o‘qishing judayam chiroyli ekan. Qanday surani o‘qiding. ..rahmat. Mulk surasini o‘qidim. Mulk surasi qabr azobidan bizga panoh bo‘ladi. Har kuni uyqudan oldin o‘qishlikni savobi katta. ....ha eshitgandekman. Seni kuzatib turgandim. Qo‘lingda kitob bo‘lsada ko‘zlaringni yumib o‘qiding. Bu nimaga shunday. ..sababi men Mulk surasini yoddan bilaman. Har kuni o‘qiganim uchun yod bo‘lib ketgan. Faqat adashib ketib qolmay deb har ehtimolga qarshi kitobni ushlab olaman. ...yaxshi iliming yanada ziyoda bo‘lsin. ...InshaAlloh. yaxshi dam oling. ....uhlamoqchimisan? ...kech bo‘ldiku. Siz uhlamaysizmi? ...bugun asr vaqtigacha uxlabman. Endi uyqu kelmayaptidaaa. ...voybo‘ endi nima qilasiz. Uxlashga harakat qiling ertaga ishga boraman degandingiz. ...ha shunaqa. Senga qiziq emasmi? Man qanday qizni yoqtirishim u haqda bilishni hohlamaysanmi?. ...manga unchalik qiziq emas. Hozir to‘g‘risi menga uyqu judayam qiziq. ....men senga Laylo haqida aytib bermoqchidim. Lekin charchagan ko‘rinasan. Yaxshisi kelasi safar aytib beraman. Uxlay qol. ..rahmat yaxshi dam oling...deya hijolat bo‘lib sekingina yerdagi joyiga yotib zumda uxlab qoldi. Imron uxlab qolgan Malakga qarab .....to‘g‘risi sen bn gaplashgim kelgandi, negadur...deya unga termulib yotib, anchadan keyin uxlab qoldi #adminka_dilsoz
Показать все...
🥀 Malagim 🥀 No 15. Muallif: Gulinur. ...bu gaping bn onam pul berib majburladi demoqchimisan. ...yo‘q aslo unday demoqchimasman. Oyijon bo‘lmagandan boshqasiga bermoqchidi. Ulardan ko‘ra oyijondan ko‘proq pul oldi. Gap shundaki meni kim ko‘p pul bersa o‘shanga degandek narxladi. Malakni gaplaridan Imronni jahli chiqdi. Imron o‘zi qalbi toza mehribon yigit. Onasi sevgan qizini yoqtirmadi. Shuning uchun Malakni olib berdi. ...lanati jin urgur shunaqayam ayol bo‘ladimi? O‘zini ham farzandi borku. Qanday yer ko‘tarib yuradi bunaqa insonlarni. Imron asabiylashib gapirardi. Malak esa yarasi yangilangani sabab indamay yig‘lab turardi. Imron Malakga qarab unga achinib ketdi. ...Malak menga qara. Seni o‘zim himoya qilaman. Dadang kelguncha meni himoyamda bo‘lasan tushindingmi? Malak tasdiq ma‘nosida bosh irg‘ab qo‘yda. Keyin. ....bu og‘riq qoldiruvchi dori, ichib oling boshingiz og‘riyotgandi...deb dori bn suvni Imronga berdi. Imron indamay olib ichib oldi. ....men boya o‘zimga ko‘rpacha olib kirib qo‘ygandim. Yerga joy solib uxlayman maylimi? Boshqa xonada yotsam oyijon bilib qoladilar....deya Imronga mo‘ltillab qaradi. ...mayli hohishing. Kinolarda bizdakalar joy talashishardi. Qiz ayyorlik qilib yotog‘ni ovolardi. Sen indamay taslim bo‘lasanmi? ...meni haydamaganingizni o‘zi men uchun judayam katta yaxshilik bo‘ldi. Dadam kelguncha yashashimga ruhsat bersangiz bo‘ldi. Men uvadada yotishgayam roziman...dedi Malak. Imron unga biroz qarab turdida. ....so‘rasang ham bermasdim. Men yotog‘imdan boshqa joyda yaxshi uxlolmayman....dedi kulib. Uni bu gapidan Malak ham piq etib kulib yubordi. Imron Malakga qarab turib. ...mittivoy juda shirin kular ekansan... dedi #adminka_dilsoz
Показать все...
🥀 Malagim 🥀 No 14. Muallif: Gulinur Malak xonaga kirganida Imron yo‘q edi. Hayron bo‘ldida qo‘lidagi dori va suvni tumba ustiga qo‘ydi. Yotoq chetiga o‘tirib Imronni kuta boshladi. "" Qayerda ekana yana ketdimikan. Boshim og‘riyapti degandi"" deya o‘ylanib turganda. Yuvinish xonasini eshigi ochilib chiroyli uy kiyimida Imron chiqib keldi. Imron Malakni ko‘rib hayron bo‘ldi. ....bu yerda nima qilyapsan? ...sizga dori olib kelgandim. ...sen nimaga menga dori olib kelding. Xonamga kirishlarini yoqtirmayman. Chiqib ket. ....haligi menga kecha o‘zingiz. ....nima o‘zim. Menga qara ro‘mol o‘rab olib oilali erkakni oldiga kirgani uyalmaysanmi? Bilsang men kecha uylanganman. O‘zim hohlamasam ham. Ro‘molinga yarasha bo‘l. ...deya qiz tomon yura boshladi. ( Ahmoq o‘zicha Malakni qo‘rqitmoqchi bo‘ldi ) ....ro‘molingga mos qiz bo‘lganingda meni xonamga kirib yana yotog‘imga o‘tirmagan bo‘larding. O‘zing bir mitti qiz ekansankuuu....deb qizga juda yaqindan qarab turardi. Bu qarashdan Malakda ham hayajon dir dir titrardi. ....haya yoshing nechchida. Bir do‘stim ukasiga so‘ragandi. Judayam chiroyli qiz ekansan. Gapirasanmi?....dedi hijolat bo‘lib turgan qizga qarab. "" qiziq ko‘zimga tik qaramayapti. Bu mittivoy bunchayam shirin qiz ekana. Ali aytgandek Parilarga o‘xshaydi. Yuzidan nur yog‘ilib turadiya. Nega avval bunaqa qarindoshimiz borligini bilmaganman. Bilganimdayam nima o‘zgarardi. Meni sevgan qizim bor. Bo‘lmagan taqdirdayam, bu mittivoy ko‘rinishidan mendan ancha kichik. Baribir menga berishmasdi.""""" Yigit hayolida shularni o‘ylarkan. Qarshisidan yerdan ko‘zini uzmay turgan qizga qarab gapirdi.. ....yerda nima ko‘rding mittivoy? Savolimga javob berasanmi?. ....haligi Imron aka meeennn Malakman. ...qaysi Malak? Nimaaaaa? ....avvaligi anglamadi, keyin kecha uylangan qizini ismi Malak ekani esiga tushib baqirib yubordi o‘ziyam. ....seni shu jussengga turmushga berishdimi? Nima esini yeganmi ular? Mittivoy hali juda kichiksanku. Qanday ko‘zlari qiydi seni. Malak unsiz yig‘lardi. ....meni turmushga uzatmadi. Meni oyijonga pulga sotdi...deb yig‘lab yubordi. Imron qarshisida turgan qizga achinib qaradi. Ko‘zlarini pir piratib yig‘lashiyam o‘ziga yarashib turardi. #adminka_dilsoz
Показать все...
🥀 Malagim 🥀 No 13. Muallif: Gulinur Yigitlar bog‘dagi qizga qarab qarab uy ichiga kirib ketishdi. Imron onamdan rosa gap eshitaman deb o‘ylagandi, ammo Farida xola so‘kmadi. Yigitlar Farida xola bn salomlashishdi. Ali kelin muborak bo‘lsin deya qo‘yiq tabrikladi. Ali bundan uch yil oldin uylangan. Ikki yoshli qizalog‘i bor. Imron bn yoshi teng. Ukasi Amir ham hozirda 22 yoshda. Arab davlatlaridan birida o‘qiydi. Bir yildan so‘ng ortiga qaytadi. Hijobli qizga uylanaman degani uchun. Oila a‘zolari kelishiga hijobli qizlarni mo‘ljallab turishibdi. Imronga oyisi bomdoddan avval hech kim uyg‘onmay chiqib ketibsan kechgacha Ali bn miding? .degan savoliga ha deb qo‘ydiyu. Kechasi chiqib ketganini sotib qo‘ymagani uchun ichida Malakga rahmat aytdi. Ali ketdi hech qancha o‘tmay kechki ovqat dasturxoni tayyor bo‘ldi. Imonani eri kelib olib ketib qoldi. Uyda Imron, Malak, va Imronni ota onasi qoldi. Kechki ovqat qilib o‘tirishganda Imronni hayoliga Malak keldiyu yana uyalib chiqmagandur deb o‘yladi. Keyin hali choy damlab hali ovqat suzib yurgan qizni ko‘rib, Alini gapi esiga tushib ketdi. ...onajon ..xa o‘g‘lim. Biron gaping bormi? ...xa bu qiz kim ...dedi o‘ziga choy uzatayotgan qizni ko‘rsatib....qarindoshingizmi? Avvaliga hamma hayratlandi. Keyin avvaldan vaqti kelganda biroz hazilkash bo‘lgan yigitni yana hazil qilyapti deb o‘ylashib ota onasi bu gapiniyam hazilga yo‘yishdi. ...ha bu meni jiyanim mehmonga kelgan...dedi Farida xola Malakga hazil degandek ishora qilib. Ammo Malak bu hazil emasligini bilardi. Axir kecha bu yigit uni yuzini ochib ko‘rmagandida. Lekin indamadi. Kechki ovqatni tezgina qilgan Imron boshi og‘riyotganini aytib xonasiga chiqib ketdi. Hamma ishlarini qilib bo‘lgan Malakga qaynonasi. ...qizim oshxonada dori qutisi bor. Undan og‘riq qoldiruvchi olib Imronjonga olib boring. Keyin o‘zingiz ham damingizni oling hayrli tun... deya xonasi tomon yurib ketdi. ...xo‘p bo‘ladi oyijon..deya Malak ham dori olib xonasiga ketdi #adminka_dilsoz
Показать все...
🥀 Malagim 🥀 No 12. Muallif: Gulinur. Malak mehribon dugonasi borligidan, quvonib yig‘lab yubordi. ...Malaak men seni ko‘rgani kelsam sen yig‘laysanmiyaa? ...seni mehribonligingdan yig‘layapmanda Dilso‘zim. ...balki uyinga taklif qilarsan dugonajon. ...voy esim qursin kiraqol. Ular uy ichiga kirishdi. Malak Dilso‘zni qoynonasi va Imonaga tanishtirdi. ....juda baxtli ekansiz. Shunday mehribon dugonangiz bor ekan. ....ha opajon bu dunyodagi eng yaqinim shu Dilso‘zim. ...doim shunday bo‘lilar qizim. Oqibatilarga ko‘z tegmasin. ...rahmat oyijon. ....rahmat xolajon aytganingiz kelsin. ...siz bemalol dugonangiz bn gaplashib o‘tiring men biroz dam olaman qizim. Siz ham sog‘ bo‘ling qizim. ...xo‘p bo‘ladi oyijon. Yaxshi dam oling. ...mayli xolajon yaxshi dam olvoling. Kechagi to‘y charchoqlaridurda. ...xa qizim shunaqa. Qaynonasi kirib ketdi. Imona, Dilso‘z, Malak dildan suhbatlashishdi. Birga tushlik qilishdi. Keyin Dilso‘z ular bn hayrlashib uyiga ketdi. Imona bolasi bn ovvora bo‘lib qoldi. Malak kechga nima taom qilay deb Imonadan so‘radi. Kechga chiroyli taom tayyorladi. Kecha do‘stlari bn uchrashgan Imron, ular majburlagani uchun bir ikki qadah spirtli ichimlik ichdi. Avvaldan ichib yurmagani uchun ko‘tarolmadi. Tezda mast bo‘lib qoldi. Bir do‘sti uni o‘z uyiga olib ketdi. Uyqudan uyg‘ongan Imron soatga qarab ko‘zi chiqib ketay dedi. Asr vaqti bo‘lgandi. "" ey hudo onamga nima deyman. Mendan hafa bo‘ladilar endi. Tonggacha qaytib boraman degandim yo‘qligimni bilishib nimalar qilishdi ekana"" shularni o‘ylab boshini ushlab tashqariga chiqdi. Do‘stiga uyiga tashlab qo‘yishini aytgandi do‘sti ham rozi bo‘ldi. Malak asr namozini o‘qib bo‘lib, tashqarida gulzordagi gullarga suv quyarkan eshik ochilib ikki yigit kirib keldi. Imronni do‘sti Ali Farida xolani tabriklab qo‘yay deb Imron bn ichkariga kirdi. Ikki yigit kirib gulzorda gullarga suv quyayotgan, qizga qarab qolishdi. ...Imron anavi qizcha kim? ...bilmadim qarindoshimizdurda. ...nima tanimaysanmi? Uyingda yuribdiyu. Lekin juda chiroyli qiz ekan. Nechi yosh ekana parini o‘ziku. ...ha rosdan ham juda chiroyli qiz ekan. Yuzlari nurli. ..hoy ko‘p qarama hotining, sevgiling bor uchinchisi shartmas. Yaxshisi menga surishtirib ber. Kelasi yil ukamni uylantiramiz shunaqa hijobli, muslima qizga uylanaman deyapti. ...hazilingni olasanda uchinchisimish. Men shunchaki haqiqatni aytdim. Rosdan chiroyli qiz ekan. Amir yaxshi yigit agar oyimni qarindoshlaridan bo‘lsa surishtirib beraman. #adminka_dilsoz
Показать все...
Hikoya o‘zi yoqyaptimi.?🙄🙄 Kimdur o‘qiyaptimi?🤔🤔
Показать все...
🥀 Malagim 🥀 No 11. Muallif: Gulinur Erta tong eshik taqqilashidan Malak uyg‘onib tezda o‘rnidan turdi. Ust boshiyam o‘zgarmagan hatto boshidagi ro‘moli ham olinmagandi. Shoshib borib eshikni ochdi. Eshik oldida bir ayol turardi. ....qizim uyg‘ondingizmi?. ....assalomu alaykum. Uyg‘ondim rahmat. Yaxshi dam oldingizmi? ...vaalaykum assalom qizim Imronjon qani? ....h.h.ha.allliiigi tongda chiqib ketgandi. ...qaysi tong qizim endi bomdod mahali bo‘lyaptiku. ....m.meenn sal avval dddeemoqchidim. ...ha yaxshi, qizim Imron bn ancha chiqishib oldingizmi?. ...hha yaxshi inson ekanlar. ...yaxshi siz ibodatingizni qilib pastga tushing xo‘pmi? ...xo‘p bo‘ladi xolajon. Ayol tushib ketdi. Malak Imronniku sal bo‘lsayam tanib oldi. Ammo Imron Malakni yuzini ochmagandi. Shu sababli uni ko‘rgani ham yo‘q. Malak bomdod namozini o‘qib barcha amallarni bajarib, uyga kiyishga qulay bo‘lgan sarposidagi chiroyli bir libosni kiydi. Shunga mos ro‘mol o‘rab pastga tushdi. Hammaga salom berib ko‘rishdi. Hammalari birga nonushta qilishib ketadigonlar ketdi. Imronni opasi Malakga tikilib turdi. Bu nigoh ortida nima borligini Malak anglolmadi. Opasi bugun eri bn Germaniyaga uchib ketishi kerakligini aytib ketdi. Imronni singlisi ochiq ko‘ngil qiz edi. Ismi Imona yoshi 22 da. ....Malak. sizni Malak desam maylimi? ....bemalol opajon axir mendan kattasizku. ....akamni hurmatidan kelinoyi dey desam juda yoshsiz. Mendan naqt besh yosh kichik ekansiz. ...bemalol opajon. O‘zingizga qaysi qulay bo‘lsa shunday chaqiravering. ...mayli unda Malak deb chaqiraman. ..xo‘p mayli. Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Malak borib eshikni ochdi. Eshik oldida tog‘ora ko‘targancha Dilso‘z turardi. ....Dilso‘z dugonajoooon. ...bilaman kech qoldim. Ammo mehribon oyijoning hech kimni yubormaydi bilaman. Shunga qovurdoqni o‘zim olib keldim. Dedi samimiy jilmayib #adminka_dilsoz
Показать все...
🥀 Malagim 🥀 No 10. Muallif: Gulinur ....mayli yig‘lama men roziman. Faqat meniyam opam singlim bor. Ketguningcha ular kelganda chiroyli kutib olib. Hizmatini qilasan. Keyin meni so‘roq qilmaysan. Onamni ko‘nglini olasan. Boshqalar oldida biroz er hotin rolini o‘ynaymiz. Keyin kelisholmadik deb ayrilamiz tushundingmi?. Deb o‘rtadagi shartlarni aytdi. Malak hursand bo‘ldi. Agar hozir uyiga qaytib borsa boshiga nima kunlar tushishini o‘ylagisiyam kelmaydi. Undan ko‘ra biroz vaqt shu yerda yashab tursa nomi yomonga chiqmaydi. ...rahmat sizga. Alloh rozi bo‘lsin. ...dedi mayin ovozda shu payt Imronni teliga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. ....alo ha do‘stim yaxshimisan?. .... ....ha o‘tiribman xonada. Yangalar sudrab olib kirib qo‘yishdi...deb kulib kim bn dur gaplashayapti. ..... ....bu nima deganing hech kim meni uyda majburlab olib o‘tirolmaydi. ..... ....hozir boraman shu gaplaringga pushaymon bo‘lasan. ..... ....hazillashmadim rosdan boraman. Manzilni jo‘natib yubor ho‘pmi?. Telefon o‘chdi. ....Malak menga qara men hozir ketaman. Birovga aytma tushundingmi? ...xo‘p aytmayman. ....mayli men katdim...deya sekingina chiqib ketdi. "" Hudoga shukur. Xolida xolani o‘g‘liga bervoradi hozir qaytib borsam. Biroz shu yerda yashab tursam dadam keladi. Keyin ketishim mumkin. """ Deya o‘ylab keyin yotib uxladi #adminka_dilsoz
Показать все...
Shuni o'qib turila ulgursam yozishga yana 2 qism tashlab beraman 11 30 gacha yozib tashleman hozir ozgina ishlarim bor reaksiya va koment kutaman
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.