cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Nurbuloq yangiliklari

Izlan, intil, o‘rgan, isbotla...!

Больше
Рекламные посты
247
Подписчики
Нет данных24 часа
+107 дней
+1430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from N/a
Yosh shaxmatchilar aniqlandi Bugungi qizg'in va murosasiz kechgan shaxmat bo'yicha jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o'tkazilayotgan ushbu o‘yinda “DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi-2024” g'oliblari aniqlandi. Yakuniy natijalar yigitlar va qizlar o‘rtasida belgilandi:
1-o'rin: Daminov Shexroz, 2-o'rin: Baxtiyorov Husan, 3-o'rin: Murodullayev Abdulaziz 1-o'rin: Nasrullayeva Mohina 2-o'rin: Toshmamatova Munisa 3-o'rin: Mavlonova Ochiloy.
G'olib va sovrindorlarni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov va viloyat hokimi o'rinbosari H.Tuxtayev tantanali ravishda taqdirlab, kubok, noutbuk hamda esdalik sovg'alarini topshirdi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishda yaqindan ko‘mak bergan hamkor tashkilot xodimlariga ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari berildi.
DXXkubogi2024
You tube | Instagram | Telegram | Facebook
Показать все...
Nurobod tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi barcha iste'molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan monitoring olib borish vazifasini bajaruvchi nodavlat-notijorat tashkiloti hisoblanadi. Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Tuman rahbari tomonidan jamiyatning yanada samaraliroq faoliyat ko'rsatishi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish yuzasidan mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi. ©️ @nur_press
Показать все...
Yosh avlodning jismonan barkamol, sog'lom bo'lib ulg'ayishini ta'minlash maqsadida turli sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, Samarqand viloyati Urgut tumanida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 8-10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha "Yoshlik sport jamoalari" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada tumanimiz qizlar jamoasi ham munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Murosasiz va qizg'in bahslar yakunida Nurobod tumani qizlar jamoasi faxrli II o'rinni egallab, musobaqaning kumush medallariga sazovor bo'lishdi. Shuningdek, barcha g'olib va sovrindor jamoalarga O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Yosh va umidli sportchi qizlarimizga kelgusidagi sport musobaqalarida omad va zafarlar, ulkan yutuqlar tilaymiz. ©️ @nur_press
Показать все...
Yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kundagi eng muhim va ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Ayni shu ezgu maqsadlarni ko'zlagan holda Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” sinflari tashkil etilmoqda. Xususan, bugun Nurobod tumanidagi 61-umumtaʼlim maktabida ham “Yosh gvardiyachilar” sinfi ochildi. Tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan mutasaddilar bugungi kunda yoshlarning sifatli ta'lim olishlari, jismonan barkamol bo'lib ulg'ayishlari uchun keg imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, yoshlar bu kabi imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda kelajakda munosib yurt vorislari boʻlib ulgʻayishlari kerakligi to'g'risida o'z tavsiya va maslahatlarini berishdi. Shuningdek, “Yosh gvardiyachilar” sinfida oʻqiydigan o'quvchilar o'z odob-axloqlari, bilim olishi, yurtga sadoqat, vatanga yuksak muhabbati kabi xislatlari bilan tengqurlariga o'rnak boʻlishlari lozimligi alohida ta'kidlandi. © @nur_press
Показать все...
09:44
Видео недоступноПоказать в Telegram
Nurobod tumanida tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlanmoqda ©️ @nur_press
Показать все...
Repost from N/a
02:38
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Тезкор "Сени ва болаларингни бу ердан Андижонга олиб кетамиз, қарзларингга ҳам ёрдам қиламиз" Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов айни вақтларда Россияда бўлиб турибди ва Иркутск кўчаларида ёлғиз она билан учрашиб қолибди. Вилоят ҳокимининг Россия бўйлаб сафари давом этмоқда. http://t.me/andijonpressa
Показать все...
Yangi hamkorlik kelishuvlariga erishilmoqda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlik, do'stona aloqalar ko'lami tobora kengayib, mustahkamlanib bormoqda. Bugun Nurobod tuman hokimligida investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish, qo'ychilik, echkichilik, tuyachilik, sutni qayta ishlash kabi loyihalar yuzasidan xitoylik ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov va xitoylik investorlar o'rtasida hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Tuman rahbari kelishuv doirasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilishini alohida ta'kidlab o'tdi. © @nur_press
Показать все...
👍 2
Azaldan o'zbek xonadonlarida har bir qarich yer muqaddas bilinib, yuksak qadrlab kelinadi. Tomorqa esa eng yaxshi daromad manbai hisoblanadi, chunki u nafaqat oila ro'zg'origa baraka, daromad qo‘shadi, balki el-yurt farovonligini ta’minlashda ham muhim omillardan biri sanaladi. Nurobod tumanida ham o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, oilasi farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan tumandoshlarimiz juda ko‘p. Ayniqsa, tumanning “Buloqboshi” mahallasida yashovchi fuqarolar o‘z tomorqasidan unumli foydalanish hadisini olgan. Bugungi kunda ushbu mahallada yashovchi Surayyo Baratova halol mehnati va peshona teri bilan hovlisidagi 3 sotixli issiqxonasidan daromad ola boshladi. “Tomorqa madaniyatiga e’tibor farovonlik demakdir. Keyingi paytlarda bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan targ‘ibot ishlari o‘z samarasini bermoqda. Masalan, mahallamizdagi ko‘pchilik oilalar issiqxonalar barpo etib, yaxshi daromad olib kelishyapti” – deydi qahramonimiz. S.Baratovaning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda issiqxonada yetishtirilgan pomidorlar pishib, bozorlarimiz savdo rastalarida munosib o‘rin egallamoqda. @nur_press
Показать все...
👍 1
Перейти в архив постов