cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

KÓRGAZMALAR OLAMI.SHOFIRKON.

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM. Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi muassasalarida faoliyat yurituvchi ustozlar uchun.

Больше
Рекламные посты
305
Подписчики
-124 часа
-77 дней
-830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

U goh eshon-u muridlar, goh so'fi-yu darveshlar, goh ko'knor-yu bangilar - hammasi bilan suhbatlashgan. Biror asar yozsa, tugatmasa , uning yonidan turib ketmagan. Badiiy - publisistik asarlarida xuddi shu qiyofadagilarni aks ettirgan, shu bilan birga, ularning salbiy tomonlarini hajv bilan qattiq tanqib ostiga olib, jamiyat kelajagiga bolta uruvchi illatlarni fosh etgan. Uning muxlislari bo'lgan kitobxonlar, mushtumchilar, adib asarlarini to'zimsizlanib, intiq bo'lib kutgan. 20-yillarda "Mushtum" jurnalining obunachilari shu qadar ko'paygan ediki, bunga sabab Julqunboyning o'tkir qalami edi, - deydi "Farg'ona" gazetasining 1924-yilgi 181-sonida L. Olimiy. Hamkasb do'stlari "Mushtum"ning sahifalariga Qodiriyning karikatura-hazil o'rtoqlik surati chiziladi va ostiga "Feletonlar qiroli", " Julqunboy kuldirib yig'latadi, yig'latib kuldiradi" deb yozishgan. Bir so'z bilan shuni aytish mumkinki, adib maqolalari asosan jiddiy va hajviy yo'nalishda bo'lib, asarlarida kyndalik hayotning turli-tuman muammolari tahlil qilinib, undan to'g'ri va haqqoniy xulosalar chiqarish mumkin, matnlaridan umuminsoniy real g'oyalar aks etganini ko'ramiz. Uning iste'dodi va qali tug'ma edi... 🙏Mutolaa ushun tashakkur!
Показать все...
👍 2
.✍✍✍maqola Shofirkon tumani. 52-maktab o'qituvchisi Saidova Xurshida O'ktamovna Abdulla Qodiriy - o'tkir publisist (Bugun jamiyatimizda ma'rifatni keng tarqib etgan bu adibni yod etmasam, tun beorom, uyqu harom bo'lgay). Yozaman. Bir paytlar "bo'lsa bo'lar, bo'lmasa g'ovlab ketar zamonida tug'ilgan, yevropaliklar o'zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtani 25 tiyinga sotgan, dumba sotib , chandir chaynagan, qaymoqni berib, sut oshab, non o'rniga kechak chaynagan ota-bobolar zamonida dunyoga kelgan, uyg'onmoqni dunyo bilan barobar yurishga tenglashtirgan o'sha Julqunboy haqida yozaman. Bilmadim, qalb isyonimi yoki ijodkorning milliy ruh aks etgan targ'ibot g'oyalari, chaqiriqlarimi, adib xotirasini yod etmoqqa chorladi. Tavalludi kunida uni xotirlash ma'rifatparvar ziyolilar uchun ham farz, ham qarz. Bizning ijodkorlar ichidagi qo'rquvni mavh etib, istiqlolga erishganimiz bilan hamon haqiqatni emas, chala haqiqatlarni yozadi, maqtaydi. Dadil aytgan gaplari haqida o'ylab, endi nima bo'larkin, deya ich-etini yeydi Hozirda ,nazarimda, ko'pgina ijodkorlar, jurnalistlar maddohlik yo'liga o'tib olgan. Ular faqat hayotimiznung nurli tomonlarini hayajonlanib , maqtab olqishlagani-olqishlagan. O'qisang hayot kunda bayram, kunda to'y. Go'yo hayot hurliqo parivashlarning yoqimli nag'masi, raqqosalarning mahliyo etuvchi raqsiday. Ammo dehqonning hosilidan ortganini tortib oluvchi, tadbirkorning ishiga g'ov bo'luvchi, qora ishchining mehnatiga haq bermayotgan to'ralar, yoki oddiy odam bir jinoyat qilsa uni OAVlari orqali xalq oldida oshkor qiladigan, oyog'ini yerga tekkizmay yo'q qilib yuboradigan, aksincha, biror mansabdor birovni urib, mayib qilib qo'yadiganlarga yoki butun boshli millat haqqiga xiyonat qiladiganlarga ko'z yumib ketadigan " himoyachilar" yo'q deb o'ylaysizmi? Qonunni oyoq osti qiladigan ko'zi bir siqim tuproqdan ortig'ini ko'tara olmaydigan och ofatdek nafsi hakalak otgan poraxo'r rahbarlarni kim tanqid qilishga jur'at eta oladi? Abdulla Qodiriy jamiyatning anashu kabi illarlarini fosh etgan o'tkir publisist ekanligini u yaratgan ijtimoiy maqolalar orqali bilishimiz mumkin. U yashagan zamonlarda ham haromdan hazar qilmaydigan, g'ayri muttahamlar talaygina bo'lgan ekan. Qodiriy Oktabr inqilobigacha bir havaskor yozuvchi edi. Iqilobdan so'ng jasorat, so'z erkinligini oladi. Matbuot idoralaroda bevosita ishlay boshlaydi( bizning zamonda unday emas), rahbarlik qiladi. Ko'nglini ko'pdan band qilgan niyat -tilaklarini endi baralla ifodalab, ilgari ayta olmagan jasoratlanmagan fikrlarini matbuatda baralla so'zlay boshlaydi. Bu davr uchun ma'rifat bilan yo'qsil ko'ngil, ojiz bo'lib qolgan, uyqudagi ko'zlarni ochmoq ilinjidan boshqa maqsad ko'rmaysiz va bu o'chib borayotga millatni o'zligini tanitish uchun ayni muddao edi. Jasorat qafaslanga, til kesilgan jamiyatga oktabr inqilobi go'yo ro'shnolik olib kirdi. Bu davrda adibimiz Lenindan ruh olib, Marksdan ilhomlanganini aytadi. Zamondoshlaridan bo'lgan qalamkash do'sti Abdulahad Qahhorov(tojik) shunday deydi: " Biz adabiyotda 2ta Abdulla Qodiriyni bilamiz: biri mashhur romanchi A. Qodiriy, ikkinchisi o'z zamonasida kundalik sovet voqeligini, siyosatini keng afkor ommaga tarqatishda, tashviq qilishda faol Julqunboy laqabli Abdulla Qodiriydir". Chindan ham, adib ijodida shu ikki yo'nalish ko'ringani uchun avval jurnalist, keyin nosir sifatida dovruq qozondi. Birgina "Mushtum"jurnalida kitobxonlarni keng jalb qilish shu yo'sin bilan kundalik ahvol, siyosatdan ommani xabardor qilish maqsadida obunachilarni ko'paytirgan.Abdulla Qodiriy har narsaga tanqidiy nazar bilan qarar, eski xurofot narsalarga g'oyatda dushman edi. Uning har bir so'zida hajviy hikoya aks etgan achchiq haqiqatlar aks etib turar edi. Ijodkor sifatida favqulodda zakovat va jasoratga ega bo'lgan yozuvchilardan bo'lib, u turli shaxslar orasida yurar, xoh mulla bo'lsin, xoh qimorboz, xoh bedanavoz chapani bo'lsin, xoh o'g'ri kazzob bo'lsin - hammasi bilan uchrashar,, fikr-mulohazalarini tinglardi.
Показать все...
Erta tongda choyniyam òzi tayyorlab, xotinini nonushtaga taklif etdi: Marhamat qilsinlar, Genderxonim! Oradan 2 kun òtib Genderxonimning navbati yetdi. Eri shu kuni mast holda uyga kirib keldi. Xotiniga: Men qilgan ishni sen qilasan bir butilka ichdim, sen ham ich, axir gender tengligi, Genderxonim, -deb piching qildi. Genderxonim bayram kuni emasmi, tansiq taomlar tayyorlagan edi. Erining shartiga ilojsiz, sòz bergan, axir, kòndi. Ikki piyola ichgan edi, maymun naĝmasiga tushib mads bòldi. Oyoğida yurolmay, bòyi barobar gum etib yiqildi. Pechonasi stolga tegib, erta tongda momataloq bòlib turibdi-da. Eri: - Assalomu alaykym Genderxonim òzingizga keldingizmi, och qoringa ichibsiz, kamina qulingiz, tonggacha beshik tebratdi shu ahvolda, siz esa, tònkaday qotdingiz, kòzinggizga surtmoqchi bòlgan bòyoqni peshonangizga surtibsizmi, bugun òzingiz navbatchi, marhamat qilib, kir yuving , non pishiring, bolaga qarang,- dedi. Julqunboy qizi òzini yerga mixlanganday his etdi. Òrnidan turdi, boshi aylandi. Oynaga qarasa basharasi ĝishtni eslatdi.Julqunboy qizining sabr-u irodasi juda kuchli, bilagida ikki erkak kuchi bor, òyladi oynaga tikilib. Shartta òrnidan tirib 4 bolasiga choy-poy tayyorlab, xamir qordi, kir yuvdi, non pishirdi, dazmolladi, bolalariga qaradi, tushlik tayyorladi, eri ayolidagi quvvatni kòrib hayratda. Ichida òyladi: Shoshmay tur, "plan- b"ga òtay , tavbangga tayanasan, qani genderga kim chidaydi: senmi, menmi? Shu zaylda bahor keldi. Dam olish kuni hamma ishlarini tinchitgan Julqunboy qizi gózallik saloniga borib, bayramga borishga tayyorgarlik kórdi. Eriga gapirib ham ótirmadi. Axir U jamiyatning eng oldi ayollaridan, haqqi bor ziyofatlarga yurishga. Bashang kiyinib kafega chiqib ketdi. Kech qaytdi. Shu kuni eri navbatchi, kechki ovqatga xotinni kutar, xotindan esa xabar yo'q. Va nihoyat Julqunboy qizi a'lo kayfiyat bilan sovg'a salomlar bilan bayramdan qaytdi. Bir sumka xarid qilgan shirinliklarini bolalarga ulashdi. Er hech nima demadi, bugun Genderning bayrami, chidash kerak, deb qoydi ichiga. Dam olish kuni Julqunboy qiziga eri gender tengligidagi ishni bajarish topshirig'ini berdi: -Xotinboy, bugun yerni ichiga goʻng tashiymiz, marhamat qiling, men bilan teng huquqlisiz, uning ustiga shartnoma qoidalariga amal qilishingiz lozim. Genderxonim óziga yuz karra ishonib: " -Nima , mening kuch-quvvatimga shubha bilan qarayapsizmi- deb burnini jiyirdi. Juda soz! Sarimsoq xotiniga dami chiqqan g'altak va qiyshaygan ótmas belkurakni berdi. -G'altakka góngni yuklang, xandak ichida uyub chiqing. Men ózim ertaga yoyib ağdaraman, dedi. Sarimsoq aka 2 ğaltak yuklab, yergan agʻdarib keldi. Julqunboy qizi bir ğaltak ortgancha tili bir vaqtlar raislar taqib yuradigan keng galstukdek osildi qoldi. Hansirab koʻzlari olaydi, quloği bita boshladi, peshonasidan ter chiqdi. Ğaltakni boʻshatib kelgan eri: Ha nima bóldi xotinjon, axir teng huquqlimiz, qani ğayrat qiling, gender tengligi ,axir ,- deb yana bir ğaltak yuklab , xandakka góngni agʻdarib keldi. Erining gaplari xotinining qulogʻiga xira-shira kirdi. Ğaltakni ikki kuchanib, xandak tomon surdi. Shoʻrlik Julqunboy qizi baland supadan xandak ichiga qoʻyish uchun qoʻyilgan taxtani toʻgʻri móljallamagan ekan, ğaltak tixirlik qilgandek ğildiragi notoʻgʻri yurib, uni tortib, sudrab ketdi-yu, uyib qoʻyilgan goʻng ustiga alchaytirib qulatdi. Bechora xotin balq etib, togʻday uyib qoʻyilgan goʻng ustiga yiqildi. Turolmay uvvos solib yigʻladi. Sarimsoq aka poyezdday orqasiga qaytib, xotinning oldiga kelib, uning ustidan kulib: -Ha Genderxonim , Togʻga chiqqan alpinistdek buncha qichqirasiz, ahvolingiz yaxshimi?- deya unga turishida yordamlashdi. Julqunboy qizi tavbasiga tayanib:- Dadasi Gender tengligiga chidab boʻlmas ekan, men erkaklar ishini qilmayman, siz ayollar ishini qilmang, kechiring, charchadim hammasidan ,- deb yum-yum yigʻlar edi...
Показать все...
.✍Saidova Xurshida Gender ( hajviy hikoya) Julqunboy qizi televizordan Tanzilaxon opaning ayollarga berilgan imtiyozlar va haq-huquqlar haqidagi ma'ruzasini tinglab, tajangligi tutdi. Yuvvoshgina xotin qaysar ajinaga aylandi-qoldi. Eriga: " Kòrdingizmi, er bilan xotin jamiyatda teng huquqli, bildingizmi, menga past nazar bilan qaramang, behurmatlik qilmang, bu - jinoyat!" - deya uqtirdi. Er miyig'ida kulib: "E xotin, man sanga zulm qilmasam, urmasam , sòkmasam, xòrlamasam, yeganing oldingda, yemaganing ketingda. Bola-chaqaga qarab, pishirib-kuydirib òtiribsan-da, xizmatimni qilib, baxtimga soğ bòl!" -dedi. Bu gap Julqunboy qiziga erish tuyuldi, shekilli, jazavaga tushib: - E meni ustimdan kulyapsizmi, uy ishlari jonimga tegdi, bolalar òzini eplar. Men ham biror joyga ishlay, chiroyli kiyinay, salonlarga kirib, òzimga qarayin, bayram kunlari òrtoqlar bilan bazmlarga ishtirok etay, har holda otam Julqunboy kontrakt bilan 4 yil òqitdi. Òtiramanmi jamiyatning qoloq odami bòlib, ertaga ish izlayman, zerikdim bunaqa hayotdan, - deb janjal chiqardi. Er shòrlik xotinimning jinniligi tutdi deb, indamadi. Erta tong otdi. Na salom, na alik, qovoq-tumshuq bilan eriga: " Menga ish toping, men ham siz bilan teng huquqliman, ishlayman, zerikdim bunaqa turmushdan",- dedi. Yuvvosh er o'zini koyidi, -Qaydanam shu axborotni tingladim, ming la'nat, gender tengligingga,- deb tònini teskari kiydi. Endi nima qilsin kuyov? Qizini gapi yerda qolsa, Julqunboy va xotini kelib kuyoviga iddao qilishi aniq. Shunday qilish kerakki, xotinini urmay, sòkmay haddidan tushirib, pushaymon qildirishi kerak. Miyasiga bir fikr keldi. Kòzlari quvnab, tirjayib ishga ketish oldidan xotinini bir quchoqladi- da: "Mayli onajonisi, ish izla, men ham senbop ish surishtiraman, gender tengligi axir, sening ham jamiyatga foydang tegishi kerak, ishla, maosh ol, yaxshi kiyin, òzingga qara", - dedi-da tez jònab ketdi. Julqunboy qizi🤗 xursandligidan kòylagiga siĝmadi: "Voy, kimni-kimni eri bu, mening -mening erim shu, aylanay-aylanay , tuf-tuf, kòz tegmasin dadasiga" ,- deb qo'ydi orqasidan. Zudlik bilan ishlarini qilib, u yoq, bu yoq dugonalari bilan boĝlanib, ish surishtirdi, bir soatda topdi. Darrov eriga qònğiroq qilib, suyunchi oldi. Hujjatlarini tòĝrilashga shoshildi. Ertasi kundan òziga oro berib, ishga shoshildi. Ikki kunda buqalamun tisiga kirgan xotinning avzoyi eriga yoqmadi. Chunki oshxona bir ahvol, yuvinish xonasi besaranjom, ovqatlar maza-matrasiz bòldi. Gapirsa, "Ishli odamman, nima qilay ortga yòl yòq, yozuv-chizuvim kòp",- deydi xotin. 10 kun òtib erning kiyimi ğijim, uyga kirsa na boshini, na oyoğini topib bòladi. - - -Baxtimizga kòz tegdi, òqibat yòqoldi, endi dòst-dushman ichida gap-sòzga qolmasam yaxshi,- deb òyladi er. Kechga yaqin ishdan qaytsa, hali bir yoshga yetmagan bolachasi chirqirab yíğlab yotibdi. Julqunboy qizi kompyuterda yozish bilan band. Erining bolaga rahmi kelib, uni kòtarib oldi. - Qaramaysanmi, tagini nam qilibdi. Bòldi jonim, yiğlama, polvonim mani, bu och qolgan , qara bolaga,- desa, xotin: Ozgina qarang, dadasi, hozir shu hujjatni tugatay, baza yopiladi bólmasa, ishtonini almashtiring, - deb yalingannamo gapirdi kompyuterdan kòz uzmay. Er: Balki emizib ham qòyarman- a, turee.. bazanggayam, genderinggayam,- deb òshqirdi. Qara bolaga , yiğishtir ishingni. Oshxonaga qarab bòlmaydi, ovqatingda maza yóq, paypoq qayerga, botinka qayerga, uni ustiga bolaga ham qaramay qòyyapsan, haddingni bil ey xotin,-desa, xotin: - Ana aytdim-a gender tengligiga chiday olmaysiz, sizni kum aytadi ziyoli deb, bola bir meniki emas, ortimdan olib kelganim yòq, bola sizniki ham, zarari yóq , ozgina qarab , sutini tayyorlab bersangiz. Men ham siz bilan bab-barobar ishlayapman, deya yiĝlashga tushdi. Baland ovozda gapirishni òziga or bilgan er, taslim bòldi qoldi. Endi u "Plan-A" va "Plan-B" rejalarini qòllashga tushdi.Shunday qilib, Julqunboy kuyovi Sarimsoq aka bir kecha uxlamay bolaga sutini berib, beshik tebratib, alla aytib, allasida gender tengligini chiqarganga la'nat aytib, maqom ijro etib , tong ottirdi.
Показать все...
ASSALOMU ALAYKUM, AHLI DINDOSH ZAMONDOSHLARIM HAMMA SALOMATMI? MADANIY HORDIQ OLIN. KANALIMDA TURKUM MAQOLALLARIMNI SIZ UCHUN ULASHAMAN.
Показать все...
💥БУГУН 12➖ ИЮНЬ. ЧОРШАНБА КУНИНГИЗ МУБОРАК АЗИЗЛАР ! 🕊🌸🕊 ☕️ Тун бағрини ёриб чиқди нур! 🌹 Ибодатга шайланди тиллар! ☕️ Дуолар - ла, бўлинг сиз омон! 🌹 Хайрли тонг, дилга яқинлар! 😊Бахтиёр бўлиш учун: ➖қўлни - меҳнат; ➖қалбни – меҳру муҳаббат; ➖ақлни – мақсад; ➖хотирани – фойдали илм; ➖келажакни – умид билан тўлдириш лозим. 🏞 Ҳайрли тонг янги кун, янги имкониятлар муборак Азизлар!!
Показать все...
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
24.16 MB
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
"Maktab" mavzusini bitirib,"Qishda baham koʻramiz" mavzusidagi ijodni boshladik😄🙈
Показать все...
👏 4👍 1😁 1
Yana bir oʻrtogʻimning ilgʻor ish tajribasi viloyatda ommalashdi. Xursandman!!!🥰
Показать все...
  • Файл недоступен
  • Файл недоступен
  • Файл недоступен
  • Файл недоступен
  • Файл недоступен
  • Файл недоступен
19. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror.pps10.72 MB
20. Bobur. Ruboiylar.pps7.65 MB
21. Muqimiy. Sayohatnoma.pps5.80 MB
23. Erkin Vohidov. Nido.pps8.59 MB
25. Abdulla Oripov. O`zbekiston.pps4.45 MB
26. Nodar Dumbadze. Hellados.pps2.71 MB