cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

HR MKBANK

Mikrokreditbank ATB HR rasmiy kanali Официальный HR канал АКБ Микрокредитбанк

Больше
Рекламные посты
2 270
Подписчики
+124 часа
+37 дней
+16430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#MKBANK  #TENNIS   #SPORT 🏓 Kuni kecha MKBANK Bosh ofis xodimlari o'rtasida Stol tennisi musobaqasi o'tkazildi. 🗣Qiziqarli va shiddatli boshlangan o'yinlarda barcha departament xodimlari faol qatnashib munosib o'rinlarni egallashdi.30 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida: 🥇1-o'rinni Risk menejment departamentidan Qurbonov Anvar; 🥈2-o'rinni Kreditlarni maʼqullash departamentidan Аbdurahmonov Jaloliddin; 🥉3-o'rinni Boshqaruv kotibiyatidan Abdullayev Azizbek; ✨ 35 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida: 🥇 1-o'rinni Budjet-kontrolling va hisobotlar departamentidan Abduhakimov Bunyod; 🥈 2-o'rinni Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish departamentidan Rajapov Mardonbek; 🥉 3-o'rinni Kasanachilar maktabi faoliyatini rivojlantirish markazi G'afforov Ravshanjonlar egalladi. 🎁 G'oliblar Boshqaruv raisi o'rinbosari I.Djumaniyazov tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Показать все...
👍 10🔥 4
📣 MKBANK jamoasi "Pepsi Zero Marathon" velomarafonida! ✨ Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi "Pepsi" homiyligi ostida Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda navbatdagi "Pepsi Zero Marathon" velomarafonini tashkil etdi. 🚴‍♂️Mazkur velomarafon profesionallar va havaskorlar uchun ochiq havoda sayr qilishning zavqi, jasorat va do‘stlikning unutilmas onlarini taqdim etdi. 👏 15 kilometrlik velomarafonning start va finishi Magic City xiyoboni bo‘ldi. Mazkur velopoygada bankimiz xodimlari ham ishtirok etib, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Показать все...
🔥 4🕊 3👍 2 1👏 1
Repost from MKBANK
02:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan MKBANK tizimidagi yoshlar uchun “MKBQuiz” tanlovi o‘tkazildi. 🔘 Bank yoshlarining bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan "aql" jangida xodimlar turli sohalar bo‘yicha tuzilgan savollar orqali o'zaro bellashishdi. 👏 Yorqin hissiyotlar va unutilmas taassurotlarga boy o‘tgan tadbirda Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A.Xamidov yoshlar bilan suhbatlashib, ularga ulkan maqsadlar sari harakat qilishdan, izlanishdan to‘xtamaslikni ta’kidladilar. Ushbu videolavha orqali tadbirning qaynoq kayfiyatini his qiling. 🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz
Показать все...
30.27 MB
👍 11🔥 2🤨 2🤓 2
🗣Islohotlar inson manfaatiga xizmat qilmoqda ✅ Bugun “Mikrokreditbank” ATB Bosh ofisida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati targʻibotiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. 🔘 Bank Boshqaruvi aʼzolari, departament direktorlari hamda hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etgan tadbirda markaz boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov hamda mutaxassisi Iskandar Oʻroqboyev “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni haqida ma’lumot berishdi. Batafsil 🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz
Показать все...
👍 3👻 3👏 1
01:03
Видео недоступноПоказать в Telegram
🗣 Welcome training bilan MKBANKni yangidan kashf eting! 🥳 Bankimizga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun yaxshi an’anaga aylangan mashg‘ulotlar dasturining navbatdagi mavsumi joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tdi. 🤩 Bu galgi "Welcome training" dasturi ham Personalni o‘qitish va rivojlantirish markazi hamda qator departamentlar hamkorligida o'tkazildi. ✔️ Mazkur treningda xodimlar korporativ standartlar, korrupsiyaga qarshi nazorat, kichik va korporativ biznesni kreditlash mavzularida bilim hamda ko’nikmalarga ega bo’lishdi, shuningdek, ish faoliyatida foydalanadigan dasturlar, axborot tizimlari va platformalar, yo'riqnomalar bilan tanishtirildi. 🔘 Qiziqarli va samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan mashg‘ulotlar yangi ma’lumotlarga boyligi bilan esda qolarli o‘tganiga ishonamiz. 👏 Jamoamizga yangi kelganlardan yangi yutuqlar va kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Показать все...
video_2024-06-26_12-00-21.mp426.37 MB
1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#MKBANK_book_challenge 🥳 “Bankir kitobxon” g‘oliblari aniqlandi! ✔️ Xabaringiz bor, may oyida “Eng yaxshi kitobxon" tanlovi uchun jahon adabiyotining eng mashhur asarlaridan biri boʻlgan Jorj Oruellning “1984” romani tanlangan edi. 🗣 Navbatdagi tanlov ham 2 bosqichda tashkil qilinib, onlayn test va savol-javob tarzida o‘tkazildi. Unda jami 300 nafardan ortiq bank xodimlari ishtirok etishdi. 1-bosqichdan jami 8 nafar xodimlar 2-bosqichga yo'l olishdi. ⭐️ Ikkala bosqichdan ham muvaffaqqiyatli o‘tgan va “Eng yaxshi kitobxon” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarimiz ballari orasida tenglik bo‘lgani uchun bitta o‘ringa ikki nafardan munosib nomzodlarni tanladik. 📌 Demak, tanlov g‘oliblari bilan tanishing: 🥇 1-o‘rin Otaboyev Gayratjon - Buloqboshi bank xizmatlari markazi Kassir-operator 🥇 1-o‘rin Abdullayev Abdulaziz - Marketing va reklama boshqarmasi Bosh mutaxassis 🥈 2-o‘rin Azizova Xosiyat - Chakana amaliyotlar kassasi Kassir-operator 🥈2-o‘rin Madraximov Sherzod - Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish boʼlimi Boʼlim boshligʼi 🥉 3-o‘rin Xudoynazarov Bekzod - Kreditlarni ma’qullash departamenti Yetakchi anderrayter G'oliblar Yoshlar kuni arafasida belgilangan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 👏 Barcha ishtirokchilarni yutuq bilan tabriklaymiz! 📚 Kitob o‘qing va o‘zingizga eng yaxshi do‘st orttiring!
Показать все...
👍 7🔥 3👏 2
#MKBANK_book_challenge 🗣2-bosqichga o‘tgan “Bankir kitobxon”lar! ✔️Xabaringiz bor, may oyida “Eng yaxshi kitobxon" tanloviga start berilgandi, unda jami 300 nafardan ortiq bank xodimlari ishtirok etishdi. 👏1-bosqichdan jami 8 nafar xodimlar 2-bosqichga o‘tishdi. 11. Saidjanova Rayxona 2. Otaboyev Gayratjon 3. Abdullayev Abdulaziz 4. Xudoynazarov Bekzod 5. Kayumova Nigina 6. Azizova Xosiyat 7. Xayitov Kamoliddin 8. Madraximov Sherzod 💫 Navbat tanlovning 2-bosqichiga! Bunda xodimlar o‘rtasida ertaga 19-iyun kuni 15:00 da savol-javob o‘tkaziladi. 🥳 G'oliblar Yoshlar kuni arafasida  quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi: 😑1-o‘rin 5 million so‘m 🥈2-o‘rin 3 million so‘m 🥉 3-o‘rin 2 million so‘m. ✨ Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Показать все...
👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
🗣Hurmatli hamkasblar! "Eng yaxshi kitobxon" tanlovining 1-bosqichi, ya’ni onlayn test sinovlari 12-iyun kuni (ertaga) soat 10:00 dan 18:00 ga qadar bankning "MKBANK ACADEMY" (training.mkb.uz) onlayn o'quv platformasida bo'lib o'tadi.  ✔️ Test savollarini eng to'g'ri va tez ishlagan xodimlar 2-bosqichga yo'l olishadi. 💫 G'oliblar Yoshlar kuni arafasida taqdirlanadi!  📌Tanlovda ishtirok etish bo'yicha batafsil - 1285 va 1235 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. 🥳 Barchaga omad tilaymiz!
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hurmatli hamkasblar, may oyida "Eng yaxshi yosh kitobxon" tanlovi boshlangani haqida xabar bergan edik. ✅ Bugun sizning kitobni qanchalik diqqat bilan o‘qiganingizni sinab ko‘ramiz va quyidagi savolimizni e’tiborungizga havola qilamiz. 💫  Diqqat, savol! 🔵 “Biz qorong‘ulik yo‘q joyda ko‘rishamiz” Ushbu gapni Uinston birinchi marta qayerda eshitadi? ⚡️ Javoblaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin! 🗣 Kitobni o'qib tugatish muddati 10-iyun. Bu safargi tanlovimizda bankimiz yoshlaridan super faollik ko'rsatishlarini so'rab qolamiz, zero, ular uchun alohida syurpriz tayyorlangan!
Показать все...
👍 3
00:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
✅ Xodimlar uchun navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi 🗣 Joriy yilning 12-22-may kunlari AQSHning Vashington shahrida tashkil etilgan “Eksport nazorati va iqtisodiy sanksiyalar sharoitida komplaens masalalari” kursida bankimizning Ichki nazorat va sanksiyaviy komplaens departamenti boshqarma boshliqlari A.Umarov va B.Alimovlar malaka oshirib qaytishdi. ✔️ Mazkur kursning yakunida maxsus sertifikatlar bilan taqdirlangan hamkasblarimiz olgan bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida joriy yilning 3-iyun kuni bank xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. 👏 O‘quv seminari qizg‘in savollarga boy bo‘lib, bu kabi tajriba almashishning bank tizimida foydali bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. Batafsil
Показать все...
19.05 MB
👍 8🔥 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.