cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Agroxizmatlar.uz

Qishloq xo'jaligi Vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi

Больше
Рекламные посты
345
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
+1530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

✔️Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida joylashgan "GRAPES AND GARDENS INVESTMENT" AJ loyihasi doirasida tashkil etilgan bog'ning umumiy maydoni 107,7 gektarga teng boʻlib, shundan oʻrik bog'i 70 gektarni, gilos bog'i esa 37,7 gektarni egallagan. Bugungi kunda bog'da oʻrik va gilos mevalari, hosilga kirish jarayonida boʻlib, yuqori samaradorlikka erishish kutilmoqda. Telegram 💬| YouTube 🌐| Instagram 🌐|  Facebook🌐 | Web🌐
Показать все...
👍 6🔥 1🎉 1
#konferensiya 🔺Joriy yilning 3-may kuni Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligida 2024-yil aprel oyida bajarilgan topshiriqlar va may oyida bajarilishi kerak boʻlgan topshiriqlar yuzasidan agentlik direktori N.Abdullayev boshchiligida, direktor oʻrinbosari, markaziy apparat boʻlim boshliqlari va viloyat hududiy boʻlim rahbarlari oʻrtasida Zoom konferensiyasi oʻtkazildi.
🔺Yigʻilish doirasida mevali bogʻ va uzumzor maydonlarini "ArcGIS" elektron tizimga kiritish ishlari holati yuzasidan, bahor mavsumida barpo etilgan mevali bogʻ va uzumzorlar shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish ishlari toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtildi.
Telegram 💬| YouTube 🌐| Instagram 🌐|  Facebook🌐 | Web🌐
Показать все...
👍 5👏 1
⚡️Joriy yilning 3-may kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktor oʻrinbosari Otajon Pirmonov “Indorama” kompaniyasi rahbari Sri Prakash Lohia va “Wilmar” kompaniyasi rahbari Kuok Hong Konglarni investitsion forum bilan qutlab, bugungi kunda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan agrar tarmoqni yuksaltirishga qaratilgan loyihalarda ishtiroki muhim oʻrin tutishi haqida eʼtirof etib oʻtdilar.
🔺 Uchrashuv doirasida aynan sara urug‘larni yetishtirish, “Wilmar” kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shinjon provinsiyasida paxtachilikda erishilgan yutuqlar tahliliga nazar tashlandi.
✍️Vaziri o‘z navbatida hamkorlarga bo‘layotgan loyihalarni amalda ko‘rsatish uchun istiqbolli yo‘nalishlarni ishlab chiqish taklifini o‘rtaga tashladi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda, kelgusidagi istiqbolli hamkorlik loyihalari ustida muhokama qilindi. Telegram 💬| YouTube 🌐| Instagram 🌐|  Facebook🌐 | Web🌐
Показать все...
👍 3👏 3🎉 1
#live ▶️ Ayni damda Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi xodimlari Toshkent Cityda joylashgan Holiday Inn mehmonxonasining konferensiyalar zalida "Sanoatda barqaror ishlab chiqarish va isteʼmol" mavzusi ostida boʻlib oʻtayotgan davra suhbatida ishtirok etishmoqda. Telegram 💬| YouTube 🌐| Instagram 🌐|  Facebook🌐 | Web🌐
Показать все...
👍 3👏 3
Ўтган йилнинг ўзида хорижий инвестициялар ҳажми қарийб икки баробар кўпайди. Энергетика соҳасида “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren”, “Voltalia”, “Ҫalɩk” ва “Aksa”; кимё саноатида “Air Products”, “Indorama” ва “Камсе”, тоғ-кон ва металлургияда – “Orano” ва “DANIELI”, автомобилсозлик ва электротехника йўналишларида “BYD”, “Kia” ва “Samsung”, қурилиш соҳасида “Коҫ” ва “KNAUF” каби дунёнинг етакчи компаниялари ҳамда йирик брендлари билан 300 дан ортиқ инвестиция ва саноат лойиҳалари ишга туширилгани ва юз минглаб янги иш ўринлари яратилгани катта мамнуният билан таъкидланди. Бугунги форум доирасида дунёнинг илғор компаниялари ҳисобланган “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PASHA holding” ва бошқа шериклар иштирокида янги йирик лойиҳаларга старт берилади. Фурсатдан фойдаланиб, давлатимиз раҳбари бу ишга ўзининг муносиб ҳиссасини қўшаётган хорижий инвесторларга, барча ҳамкорларга чуқур ва самимий миннатдорлик изҳор этди. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Мамлакатимизда инвестиция ва бизнес муҳитини тубдан яхшилаш, бу йўлдаги тўсиқларни босқичма-босқич бартараф этиш учун қатъий қадамлар ташлангани қайд этилди. Ҳар бир сармоядор ўзини эркин ва ишончли ҳис қилиши учун кенг кўламли ислоҳотлар амалга оширилмоқда. Сўнгги йилларда иқтисодиётимиз қарийб икки баробар ўсди. Ўтган йил якуни бўйича бу ўсиш 6 фоизни ташкил қилди. Инфляция 9 фоизгача пасайди. Савдо айланмаси кўрсаткичлари муттасил ошмоқда. Валюта бозори ва олтин-валюта захиралари барқарорлиги сақлаб қолинмоқда. Охирги йилларда мамлакатимизда 60 миллиард доллардан зиёд хорижий инвестициялар ўзлаштирилди. Халқаро молия институтларининг 14 миллиард доллардан ортиқ маблағлари ижтимоий ва инфратузилма соҳаларига жалб қилинди. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланди. Форумнинг ялпи сессиясида БМТ Бош котиби ўринбосари Татяна Молчан, Қирғизистон Вазирлар Маҳкамаси Раиси Ақилбек Жапаров, Туркия вице-президенти Жавдат Йилмаз, Саудия Арабистони энергетика вазири Абдулазиз бин Салмон Ол Сауд, Сингапур Парламенти Спикери Сиа Киан Пенг, Европа тикланиш ва тараққиёт банки президенти Одиль Рено-Бассо, ОПЕК Халқаро тараққиёт жамғармаси президенти Абдулҳамид Ал-Халифа ҳам қатнашмоқда. Сессияга CNN телеканали журналисти Ричард Квест модераторлик қилмоқда. Айни дақиқаларда ялпи сессияда Президентимиз нутқ сўзламоқда. Facebook|Instagram|X
Показать все...
#inson_uchun ✔️Joriy yilning 1-may kuni Oʻzekspomarkaz koʻrgazmalar majmuida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi hodimlari "Inson uchun" loyihasi doirasida tashkil etilgan nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar koʻrgazmasida faol ishtirok etib, bir qancha qoʻl mehnati buyumlarini sotib olishdi. Koʻrgazma joriy yilning 2-may kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
❗️Jamiyatning dolzarb, e'tibor qaratilishi kerak bo‘lgan muhim taraf – nogironligi bo‘lgan shaxslarga e'tibor, ularning hayotga boʻlgan qarashlarini hurmat qilish, izlanishlardan toʻxtamasliklari uchun yetarlicha qoʻllab quvvatlashdir.
Telegram 💬| YouTube 🌐| Instagram 🌐|  Facebook🌐 | Web🌐
Показать все...
👍 7🎉 4👏 1
#live ⚡️Ayni damda Qishloq xoʻjaligi vazirligida «AIR PRODUCTS» Yevropa va Afrika Prezidenti Ibo Bols bilan bo'lib o'tkan uchrashuvda, Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Qishloq xo'jaligida xizmatlar ko'rsatish agentligi direktor o'rinbosari Pirmonov Otajon ishtirok etishdi.
🔺Muloqot davomida Air Products O'zbekistondagi issiqxona majmualari uchun karbonat angidridni yetkazib berish taklifini bildirdi, kompaniya mahsulotlarning saqlash muddatini uzaytirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini gaz muhitida qadoqlash bo'yicha yechimlarni taklif qilib, chorvachilik fermalarining ishlab chiqarish zanjiri uchun sanoat gazlarini yetkazib berish bilan texnologik yechimlar ustida koʻrsatmalar berishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 
🔺Qishloq xo‘jaligi vazirligi sanoat gazlaridan foydalanish bo‘yicha “Havo mahsulotlari” taklifini o‘rganib, tarmoq korxonalari uchun O‘zbekiston bozorida Air Products texnologiyalarini qo‘llashda ko‘mak berish niyatida kelishuv imzolashga erishildi. Telegram 💬| YouTube 🌐| Instagram 🌐|  Facebook🌐 | Web🌐
Показать все...
🔥 8👍 2👏 1
✔️Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent Davlat Agrar universiteti talabalari bilan “Rahbar va yosh xodimlar” uchrashuvi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktor oʻrinbosari Pirmonov Otajon tomonidan tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar tomonidan bildirilgan takliflar va muammolar hamda ularning yechimlari bilan bog‘liq bir qancha masalalar oʻrtaga tashlandi. #toshkent #qishloq_xojaligida_xizmatlar_korsatish_agentligi #davra_suhbati #yoshlar #rahbar_xodimlar Telegram 💬| YouTube 🌐| Instagram 🌐|  Facebook🌐 | Web🌐
Показать все...
👍 4👏 1🎉 1