cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Chumchuqjar mfy yoshlari

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
217
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

«Kambag‘allikni qisqartirish – konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir» — Shavkat Mirziyoyev «Insonning mehnatga va munosib hayot sharoitlariga, ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish – konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir. Mazkur ishlar muntazam, tizimli amalga oshirilishi, ortga qaytmaydigan jarayonga aylanishi uchun mustahkam konstitutsiyaviy kafolat lozim», dedi davlat rahbari Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda. @alisher_sadullaev
Показать все...
Prezident Konstitutsiyada nogironligi bor shaxslarning huquq va kafolatlarini belgilab qoʻyishni taklif qildi «Endi nogironligi bo‘lgan insonlar – jamiyatning to‘laqonli a’zolari, degan tamoyil negizida ularning konstitusiyaviy huquq va kafolatlarini belgilab qo‘yish insoniy burchimizdir. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har qanday ajratib qo‘yish, ularning huquqlarini cheklash, ob’yektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan bosh tortish taqiqlanadi. Davlat ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni va teng imkoniyatlarni yaratadi. Alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi, degan qoidalarni kiritishni taklif qilaman», dedi Prezident. @alisher_sadullaev
Показать все...
01:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев: - Бизнинг давлат телевидениесида кўп нарса йўқ. Хусусий телеканаллар, ОАВ фаол ишлаяпти, халқимизнинг эркин фикрини, яхши таклифларини беряпти. Албатта биз очиқлик ва эркинлик йўлидаги ислоҳотларимизни давом эттирамиз. Каналга уланиш: https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Показать все...
7_SD.mp48.51 MB
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda: «Bosh qomusimizda davlat maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berishi bilan bog‘liq normalar ham bo‘lishi lozim. Ustozga bo‘lgan yuksak ehtirom Konstitusiyamizda o‘z ifodasini topishi zarur. Shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligini Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘ysak, o‘ylaymanki, adolatdan bo‘ladi». @alisher_sadullaev
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️20-iyundan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va umumta’lim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul boshlandi ➖ 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti va my.gov.uz portali orqali boshlandi. Qabul 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. ➖ 2022-2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi. ➖ 2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga my.maktab.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi. @alisher_sadullaev
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oyani mustahkamlash kerakligini taklif qildi. «Ishsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, barcha uchun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy davlatning asosiy vazifasidir», dedi davlat rahbari. @alisher_sadullaev
Показать все...
«Asosiy qonunimizda har bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini mustahkamlash, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda bo‘lishini belgilashni taklif etaman. Bosh qomusimizda homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi qat’iy belgilab qo‘yilishi shart. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik ham o‘z aksini topishi zarur», – Shavkat Mirziyoyev. @alisher_sadullaev
Показать все...
Показать все...
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida... - Alisher Sadullaev | By...

759 views, 143 likes, 8 loves, 4 comments, 5 shares, Facebook Watch Videos from Alisher Sadullaev: “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sportning yengil atletika turi bo‘yicha final...

Yengil atletika musobaqasining respublika bosqichi Xorazm viloyatida qizg’in ruhda bo'lib o'tmoqda 💥 Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yoshlar oyligi doirasida joriy yilning 15-17-iyun kunlari o'tkaziladigan sportning yengil atletika turi bo'yicha respublika bosqichi g'oliblariga 🥇 elektron yugurish yo'lakchasi; 🥈 velotrenajor; 🥉 sport inventarlari bilan mukofotlanadi. Qolgan barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi. 📍 Bugun 16-iyun kuni 19:00da Urganch shahridagi Olimpia stadionida musobaqa g'oliblarini taqdirlash marosimi hamda gala-konsert dasturi bo'lib o'tadi! #beshtashabbusolimpiadasi Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🤩 WikiStipendiya loyihasidan xabardormisiz? Qizlar ovozi hamda WikiStipendiya hamkorlikda "Ayollar vikiloyihasi"ga start beradi. 🎯 Loyihadan ko'zlangan maqsad - vikipediyada o'zbek tilida ayollar bilan bogʻliq mavzularni, xususan, ayollarning huquqlari, jamiyatdagi oʻrni hamda faoliyatini yoritish. Loyihada qatnashing va noutbuk yutib olish imkoniga ega bo'ling! O'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish uchun 17-iyun kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan suhbatda ishtirok eting. 💵 Ishtirok etish bepul 📍 Manzil: "Kitob olami" majmuasi (Toshkentdagi Yoshlar ishlari agentligi binosi yonida) Ro'yxatdan o'tish Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.