cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

Больше
Рекламные посты
2 525
Подписчики
Нет данных24 часа
+197 дней
+730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

16 iyun Qurbon hayiti kuni 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Prezident qaroriga ko‘ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. Shunda 17 iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni, 18 iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

#savol ⁉️ Assalauma aleykum. Tibbiyet xodimlarini ragbatlandirish tugrisidagi nizomda oylik ustamalar kursatilgan. Savolim shuki, intizomiy jazosi bor xodimga ustama tulash mumkinmi? ‼️ Ustama to‘lanadi. Intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi xodimning mehnati bilan bog‘liq rag‘batlantirish choralarini qo‘llamaslik uchun asos bo‘lmaydi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 299-moddasi beshinchi qismiga muvofiq intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi. ☝️Qoidaning mazmuniga ko‘ra, intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan xodimlarga mehnat natijasiga asoslanmagan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Ikkinchidan, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. ✅ Yuqoridagi qoidaning mazmuniga ko‘ra, siz ustamaga bemalol da’vogarlik qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

❗️Multi-radar va ko‘chma radarlardan kelgan jarimani to‘lashga shoshilmang Hozirgi kunda mamlakatimizda zamon talabi bilan avtomobillar ko‘paydi. Uning natijasida davlat tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar va talablar buzilishi tabiiydir. Hozirda juda ko‘plab nizolar tezlikni oshirganlik va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydigan ko‘chma radar hamda mobil kompleks (multi radar)lardan tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan jarimalar bilan bog‘liq bo‘lmoqda. ❓Xo‘sh, YPX xodimi yuqoridagi qurilmalar yordamida aniqlangan huquqbuzarliklarni qanday rasmiylashtirishi kerak? Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-32-bandiga ko‘ra quyidagi talablar mavjud: 1️⃣ Moslamalarning ko‘rsatkichi (tezlikni oshirganlik fakti) bilan haydovchini tanishtirishi; 2️⃣ Haydovchining talabi bilan moslamaning sertifikatini (nusxasi) ko‘rsatishi; (sertifikati bo‘lishi lozim) 3️⃣ Huquqbuzarlik Patrul avtomobilida aniqlanganligi; 4️⃣ Belgilangan dislokatsiyada belgilangan joyda o‘rnatilganligi. ✅ Yuqoridagi qonun normalariga rioya qilmay rasmiylashtirilgan jarimalarni sud orqali bekor qilish imkoningiz bor, to‘lashga shoshilmang! Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 2
❗️VOYAGA YeTMAGAN BOLAGA "ZAGRAN" PASPORT BERILISHIDA OTA-ONA O‘RTASIDA NIZO KELIB CHIQSA U QANDAY HAL ETILADI ? 📄 Prezidentning 2018 yildagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, ➖ Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati yuzasidan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi. ❗️Ota-onaning biri o‘z bolasining xorijga chiqishiga rozi bo‘lmagan taqdirda, uning xorijga chiqish huquqini cheklash uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

#savol ⁉️ Kredit tarixi nima va u banklarda qancha vaqt saqlanadi ? ‼️ 2011 yildagi O‘RQ-301-son Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, kredit tarixi — kredit byurosi tomonidan kredit axboroti sub’yektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmui hisoblanadi. ➖ Kredit axboroti sub’yektining bajarilish sanasidan e’tiboran besh yildan ko‘p vaqt o‘tgan pul summasini to‘lash majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi. ✏️ Ya’ni, kredit olgan shaxsning qachon kredit olgan, qancha kredit olgan, kreditni qanday to‘lagan, muammosiz to‘laganmi yoki kechiktirib to‘laganmi degan va boshqa shu kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan shaxsning kredit tarixi kredit tashkilotlarida 5 yil davomida saqlanadi. Kredit olaman deb bankka borgandim Siz "Chyornыy" da ekansiz deb kredit bermadi degani xam manashu kredit tarixi yaxshi bo‘lmaganligi uchun kredit berilmadi degani. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🔥 Дунё учинчи жаҳон уруши остонасида турибди: Бу ёз дунё харитасида ва геосиёсий кўринишида катта ўзгаришлар бўлиши кутилмоқда. НАТО Россияга қарши урушга тайёрланмоқда. Ғазода ва Украинада уруш давом этмоқда. Хитой Тайванга шу ёзда ҳужум қилидими? Эрон президенти ӯлдирилдими?Дунёни 2024 йилда нималар кутиб турибди? 2025 йилдачи? Бу нимани англатади? Бу урушлар ва ўзгаришлар Ўзбекистонга ва сизга қандай таьсири бор? Тўлиқроқ маьлумотларни қаердан ўқиб бориш мумкин? Бунга яхши мисол. @jaydari_siyosat телеграм каналидир. Бу канал барча сиёсий янгиликларни биринчилардан бўлиб ёритиб боради ва содда тилда тушунтириб беради. Воқеалар содир бўлишидан олдин хабардор бўлиш ва тайёр бўлиш учун қимматли каналгa обуна бӯлинг 👉 https://t.me/jaydari_siyosat 👈
Показать все...
❗️BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK BO‘YICHA ZIYONNI O‘RNINI QOPLASH MUDDATLARI 📄Mehnat kodeksining 328-moddasiga asosan, ➖ boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni ish beruvchi tomonidan quyidagicha qoplanadi: ✅ voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to‘lguniga qadar; ✅ 18 yoshdan oshgan o‘quvchilarga — kunduzgi ta’limni tugatguniga, lekin ko‘pi bilan 23 yoshga to‘lguniga qadar; ✅ 55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod; ✅ nogironligi bo‘lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga; ✅ marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo‘lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a’zosiga — qaramog‘idagi shaxslar 14 yoshga to‘lguniga qadar. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1
❗️MA’LUMOT UCHUN: 📄 Oila kodeksining 16-moddasiga ko‘ra, ➖ quyidagi hollarda nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi: 👉 nikohlanuvchilardan bittasi boshqa nikohda turgan bo‘lsa; (Ya’ni boshqasi bilan qonuniy nikohi uzilmagan bo‘lsa) 👉 nikohlanuvchilar nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar bo‘lsa, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida nikoh tuzilayotgan bo‘lsa shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzilayotgan bo‘lsa; 👉 nikohlanuvchilardan biri ruhiy kasallik  sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 4
❗️BIROVNING SHAXSIY SIRINI TARQATGAN SHAXSLARGA JAVOBGARLIK BOR !!! 📃 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46 prim 1-moddasi, "Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish" deb nomlanib, ➖unga ko‘ra shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (3 400 000 so‘m)dan qirq baravari (13 600 000 so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi deb ko‘rsatilgan. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 2 1
Xodimning ta’tildan chaqirib olishdagi o‘zigaxosliklar, bilish muxim bo‘lgan qoidalar
Xodimda – 21 kalendar kundan iborat mehnat ta’tili mavjud. Bir hafta o‘tgach (7 kalendar kun), uning roziligi bilan ishlab chiqarish zarurati tufayli ta’tildan chaqirib olishni rasmiylashtirishdi. Ta’tilning 14 kalendar kuni qoldi, keyinchalik u ta’tildan foydalanishda davom etdi. Xodimni endi ta’tildan hatto uning roziligi bilan ham chaqirib olish mumkin emas. Unda ta’tilning faqat bo‘linmaydigan qismi qoldi – 14 kalendar kun. Xodimga 25 kalendar kunlik ta’til rasmiylashtirildi, shu jumladan 2 iyungacha. Ammo 10 iyun kuni ushbu ta’til berilgan ish yili tugaydi. Bunday holda chaqirib olish noqonuniy bo‘ladi, chunki xodim ish yili tugashidan oldin ta’tilning majburiy 14 kalendar kunidan foydalanishga ulgurmaydi. Chaqirib olish qanday rasmiylashtiriladi? 1. Xodimning yozma roziligi olinadi. Mehnat kodeksining 232-moddasida bunday rozilik qanday shaklda rasmiylashtirilishi kerakligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, mehnat nizosiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni yozma ravishda olishingizni tavsiya qilamiz. Alohida hujjat (ariza) rasmiylashtirish mumkin, unda xodim ta’tildan chaqirib olishni so‘raydi yoki chaqirib olishga rozilik bildiradi ("men ta’tildan chaqirib olishga e’tiroz bildirmayman ..."). Agar rozilik dastlab xodimdan og‘zaki qabul qilingan bo‘lsa, u keyinchalik chaqirib olish buyrug‘ida aks ettirilishi mumkin. Xodim "Qarshi emasman" deb yozadi va imzosini qo‘yadi. ❗️Xodimning ushbu roziligi asosida buyruq chiqariladi va xodimga tanishtiriladi. Buyruqda chaqirib olish sababi ko‘rsatilishi shart. ❕Agar tomonlar joriy yilda ta’tilning bir qismini berishga kelishib olishgan bo‘lsa, buyruqda undan foydalanish uchun bir oy yoki aniq bir kalendar davrni belgilash mumkin. Agar ta’tildan foydalanishning kelgusi davrini darhol belgilashning iloji bo‘lmasa, buyruqda ta’tilning foydalanilmagan qismi joriy ish yilida xodimning talabi bo‘yicha uning arizasi asosida taqdim etilishini ko‘rsatib o‘tiladi. 2. Agar tomonlar ta’tilning bir qismini keyingi ish yiliga ko‘chirishga kelishib olishgan bo‘lsa, ushbu shartni buyruqda ko‘rsatish kifoya (masalan: "foydalanilmagan ta’til kunlari keyingi ish yiliga o‘tkazilsin va ta’tillar jadvaliga muvofiq bir vaqtning o‘zida keyingi ish yili uchun taqdim qilinsin" degan mazmunda). 3. Ta’tillar jadvaliga ma’lumotlar kiritiladi: xodim ta’tildan chaqirib olinganligini ko‘rsatib, chaqirib olish sanasini, chaqirib olish haqidagi buyruqning rekvizitlarini va ta’tilning qolgan qismidan foydalanishning boshlanish vaqtini ko‘rsatib o‘tiladi. 4. Shu kabi ma’lumotlarni shaxsiy varaqaning III bo‘limiga "Navbatdagi ta’tillarni taqdim qilish" T-2 shakli bo‘yicha kiritib boriladi. ❗️E’tibor bering. Xodimning roziligi bilan uni ta’tilga chiqqan kunning ertasiga ta’tildan chaqirib olishingiz mumkin. Xodimni chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydigan uning ta’tilda bo‘lishining eng kam muddati belgilanmagan. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Показать все...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1