cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Hududiy FHDY arxivi

Namangan viloyat Adliya boshqarmasi HUDUDIY FHDY ARXIVI Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani "I.Karimov" ko'chasi HUDUDIY FHDY ARXIVI murojaat raqami: +998692321587 Respublika ishonch raqami: 1008 Elektron manzil: [email protected]

Больше
Рекламные посты
23 385
Подписчики
-1724 часа
-2067 дней
-1 37230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Ramazon oyi barchamizga xayrli bólsin E'tibor kóp narsa emas, E'tibor hamma narsa❗ Telegramdagi rasmiy kanal t.me/namanganfhdyarxivi
Показать все...
"Yangi O‘zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish- eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi" deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ushbu so‘zlar isbotini jamiyatimizning va har bir sohadasida faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar faoliyatida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabat bilan bugun, 7-mart kuni Adliya Vazirligi tizimidagi Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Hududiy FXDY Arxivi faol ayol-qizlari Xalqaro xotin- qizlari Adliya vaziri o‘rinbosari Meliyev Xudoyor Xurramovich tomonidan e’tirof etilib, Adliya vazirligi tizimida o‘z mexnat faoliyati davomida ma’suliyatni xis etib, axoliga huquqiy xizmat ko‘rsatishda o‘zining namunali va munosib hissasini qo‘shayotganligi hamda "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasidagi faol ishtiroki uchun FHDY Arxivi jamoasi tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Marosim davomida, Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Hududiy FXDY Arxivi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan video lavhalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Namangan viloyati HUDUDIY FHDY ARXIVI Telegramdagi rasmiy kanal t.me/namanganfhdyarxivi
Показать все...
Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Hududiy FHDY arxivi

Namangan viloyat Adliya boshqarmasi HUDUDIY FHDY ARXIVI Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani "I.Karimov" ko'chasi HUDUDIY FHDY ARXIVI murojaat raqami: +998692321587 Respublika ishonch raqami: 1008 Elektron manzil: [email protected]

“Yuksalish” harakatining Namangan viloyat bo‘linmasi viloyatning boshqaruvdagi rahbar ayollari TOP-20 reytingini e’lon qilmoqda. Reytingni shakllantirishda 40 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilindi. Ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgani inobatga olindi. Reytingga kiritilgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi, jumladan, xokimlikda - 4 nafar, idoralar va markazlarda – 10 nafar, ta’lim sohasida – 4 nafar, sog‘liqni saqlash tizimida-1 nafar, yozuvchilar uyushmasi tizimida-1 nafar. Reytingdagi rahbar ayollar tanlagan kasbida endigina faoliyatini boshlab, kelajagini yuqori lavozimlarda ko‘rayotgan yoshlar uchun namunadir.
Показать все...
Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin! Odatda, ayolni bahorga-bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o'lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan Xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go'zaldir. O'zbekistonimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidlab o'tishimiz joiz. Demak, Siz hamisha el-yurt ardog‘idasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, sha’n va huquqingiz biz uchun ko‘z qorachig‘idek azizdir. Aziz va muxtaram opa-singillar! Barchangizni yer kurramizda keng miqyosda nishonlanib kelinayotgan 8–mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu- hurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilayman. Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi, Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin! Namangan viloyati HUDUDIY FHDY ARXIVI Telegramdagi rasmiy kanal t.me/namanganfhdyarxivi
Показать все...
Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Hududiy FHDY arxivi

Namangan viloyat Adliya boshqarmasi HUDUDIY FHDY ARXIVI Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani "I.Karimov" ko'chasi HUDUDIY FHDY ARXIVI murojaat raqami: +998692321587 Respublika ishonch raqami: 1008 Elektron manzil: [email protected]

Наманганда "Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди" акцияси ўтказилди. @yangidavr_rasmiy
Показать все...
Ахборот 24 | «Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди» ҳуқуқий акцияси #25feb #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Показать все...
Joriy yilning 17-fevral kuni Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Hududiy FHDY ARXIVI tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida "ADLIYA VA YOSHLAR" uchrashuvi va shu bilan bir qatordar "Ziyo ulash" hamda "Kitob hadya et" aksiyalari Namangan viloyati, Davlatobod tumani markazidagi zamonaviy va muhtasham "YANGI O'ZBEKISTON-YOSHLAR ZIYO MASKANIDA" bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Davlatobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 24 ta umum ta'lim maktablarining 1200 nafardan ziyod bitiruvchi o'quvchilar, ularning ota-onalari hamda ustoz-murabbiylari ishtirok etishdi. Aksiya avvalida, Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, xususan, yoshlar siyosati, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so'z bordi. Alohida ta'kidlash joiz-ki aksiyada ishtirok etgan bitiruvchi sinf o'quvchilar o'rtasida ularning huquqiy savodxonligini sinovdan o'tkazish maqsadida savol-javoblar tashkil etildi. Savol-javoblarda faol ishtirok etgan 20 nafar bitiruvchi o'quvchilarga milliy adabiyot kitoblaridan hadya etildi. Shu bilan bir qatorda aksiya davomida bitiruvchi sinf o'quvchilarining shaxsga doir ma'lumotlaridagi noaniqliklar bartaraf etilib, raqamlashtirish jarayonlari amalga oshirildi. Qolaversa, "ADLIYA VA YOSHLAR" uchrashuvida yil davomida o'zining namunali xulqi, bilim va salohiyati jihatdan barchaga o'rnak ko'rsatgan bir necha bitiruvchi o'quvchilarning ota-onalari hamda ustozlariga maxsus minnatdorchilik TASHAKKURNOMALARI topshirildi. Namangan Ixtisoslashtirilgan San'at maktabining yosh rassom o'quvchilari tomonidan uchrashuv jonli tarzda tasvirlanib borildi. Telegramdagi rasmiy kanal t.me/namanganfhdyarxivi
Показать все...