cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Ozodaxon blogi

— NSP holder (3x) — Master's student at TSUULL — International Student at Comenius University (2022); — Translator and Copywriter at Grantlar.uz and @grantlar_namuna — Engaged ) Aloqa uchun: @Ozodaxonga_bot

Больше
Рекламные посты
1 027
Подписчики
-124 часа
+167 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Quvonchli xabarlar to’plami Yaqin bir hafta quvonchli xabarlarga to’la bo’ldi, Xudoga shukr. 1. GKS bo’yicha Kamola Hamidova bilan birgalikda tashkil qilingan kursimizda ishtirokchilarga natijalar kela boshladi. Hozircha 1 nafar ishtirokchimiz GKS grantini mutlaq g’olibi bo’ldi. 2. Magistrlik disstertatsiyamni yoqladim. Juda katta maqtanishli ish emas. Lekin shu bosqichgacha yetib kelolganimdan xursandman. 93 ball bilan baholashdi ishimizni. 3. NSP natijalari e’lon qilindi. Natijalar har mavsumda chiqqan kun telegramim portlab ketadi. Ko’pchilikni quvonchiga sababchi qilayotganiga shukr. Yutganlar ko’p, sanab chiqa olmadim:) Shu o’rinda eng ko’p berilgan savolga oydinlik kiritaman. Keyingi mavsum uchun NSP mentorlik kursimiz avgust oyida e’lon qilinadi. Ungacha sabr qilib turasizlar. Yaxshi yangiliklar ko’p bo’lsin. Izohda odamlarni quvonchlaridan bir shingil ulashaman.
Показать все...
❤‍🔥 34👍 14 7
NSP natijalari e’lon qilinibdi. Yutganlar qanchaligi qizimi? Batafsil: https://www.scholarships.sk/en/main/list-of-scholarship-holders/
Показать все...
👍 11 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
#natija Yana bir talabamiz Italiyaning Padua universiteti magistraturasiga qabul qilindi. Zilola Klimentova bilan NSP uchun individual tayyorlanganmiz. O’qishini yakunlab kelgach Italiyaga ham individual harakat qildik. Hozirda valid til sertifikati mavjud bo’lmasa ham, Padua universitetiga qabul qilindi. Farqli ravishda Zilolaga aynan grant dasturiga topshirganmiz. Qabul qilinsa, avtomatik yillik 7000 yevro stipendiya beriladi. O’qish kontrakti to’liq qoplanadi. Oldinda hali birgalikda qiladigan ishlarimiz ko’p, yutuq bilan Zilolani tabriklaymiz😊
Показать все...
👍 34❤‍🔥 18🥰 3👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#news Italiya universitetiga topshirish uchun avvalroq harakat boshlagandik. Vaqtimiz kamligi uchun konsaltinglardan foydalanmoqchi bo’ldik. Bir kishiga eng arzoni $1000 dan bo’larkan xizmatlar. Narxini kelishib ish boshlagandik, ishimiz juda kechikib ketdi. Yozilgan xabarlarimizga agentlik javob bermay qo’yardi. Xullas, agentlikdan foydalanmaslikka qaror qildik. Shu $2000 borganda xarajatlarga ishlatamiz, deb:) Bizga o’qishdan ko’proq ketish muhim bo’lgani, qolaversa, harakatni juda kech boshlaganimiz, yaxshi universitetlarda qabullar tugab bo’lgani uchun mosroq universitetga topshiraverdik. Endi Italiyaga ketmoqchi bo’lganlarga ham yordam berishni boshlayman, nasib qilsa. Messinada imkoniyatlar: — Bepul o’qish; — Yillik €3000; — Bepul nonushta va tushlik; — Bepul turar joy.
Показать все...
❤‍🔥 25👍 13🥰 4🕊 1
Bratislavadagi xalqdosh qiz o’zbek qizlari bilan suhbatlashmoqchi Comenius yotoqxonasi yonida supermarketda bir o’zbeklarga o’xshaydigan (juda chiroyli va yoqimtoy) qiz oldimga kelib men umuman tushunmaydigan tilda menga gapirib ketgan, muomalasi juda go’zal edi. Eshitim kulib quchoqlashib ko’rishaverganman, oxirigacha indamay turib keyin inglizchalab umuman bu qiznj nima deganini tushunmaganimni aytganman. Meni afg’on deb o’ylagan ekan. Afg’onlar u yerda til kursida o’qiydi. Keyinroq to’liq ta’limni ham davom ettirishni reja qilishgan. Judayam samimiy qizlar edi. Shu qiz o’zbek qizlari bilan suhbatlashib, birga sayohat qilib turmoqchi. Shunchaki osh-posh qilib gaplashishga, foosball o’ynab tursangizam bo’ladi. Instagramdan bog’lanishingiz mumkin, Yevropadagi qizlar♥️
Показать все...
27👍 7
Yevropada sizga yoqmaydigan culture-shock Burun qoqish ko’p davlatlarda, Yevropada birinchi guvoh bo’lgan narsamiz normal holat ekanligi bo’lgan. Ya’ni siz darsdamisiz, restorandamj yoki avtobusda — istalgan jamoat joyida burun qoqayotgan (qattiq qoqish😤) odamlarga guvoh bo’lasiz. Exchange davrimiz qish atrofi bo’lgani uchun burun qoquvchilar darsni eshitishga bermas ham edi. Tasavvur qilyapsizmi, naqadar jirkanch?:) Fiziologik jihatdan esa oqayotgan burunni joyida qutilish kerak ekan. Baribir qanchalik meditsina buni qo’llab-quvvatlasa ham, omma oldida burun qoqishni oqlamasdim. Marhamat, jamoani tark etib, qoqib keling burningizni) Yevropaga borganlar, sizga nima ko’proq yoqmagan?
Показать все...
😁 26😐 9👍 7
Vakansiya 7 yoshli koreys qizchaga ingliz tilidan (to’liq ingliz tilida) dars o’tishga o’qituvchi kerak. Talablari: — Ingliz tilini kamida C1 darajada bilishi; — Dars o’tish bo’yicha 2 yillik tajriba; — Chet el tajribasi ustunlik beradi. — Zamonaviy dars o’tish metodlari va individual dars o’tish tajribasi yuqori bo’lishi kerak. Dars vaqti va oylik maosh kelishiladi. Sonyaning onasiga Toshkentdagi juda ko’p o’qituvchilar va o’quv markazlari yoqmagan, koreys qizchaning darajasi B1-B2 orasida. Toshkent city dagi uyiga borib dars o’tish kerak. Qiziquvchi va rostan ishlashga o’zini munosib deb biluvchilar @Ozodaxonga_bot orqali aloqaga chiqinglar. Dedlayn bugun ASAP😅
Показать все...
👍 22🤓 5🤔 2 1
Bugundan Yevropa bilan oramizdagi vaqt farqi 3 soatga (endi 4 soat emas) o’zgardi. Bilasizlar, Yevropada Daytime saving degan narsa bor. Tunlar uzunroq bo’lgan vaqtda 1 soatga vaqt o’zgaradi. Ha, butun Yevropada shunday, avomatik o’zgaradi. Qo’l soatlar, devorga osilgan mexanik soatlar odamlar tomonidan burab qo’yiladi. Bu voqeaga Yevropada vaqtim o’z ko’zim bilan guvoh bo’lganim haqida aytgandim. NSP ga topshirayotganlar, endi email yuborib minimum 4 soat emas, 3 soat kutaverasizlar:)
Показать все...
Ozodaxon blogi

Qiziq voqea. 3 soatmi yoki 4 soat? Ertalabki soat 2:31, Bratislava, Slovakiya. Dars qilib o'tiribman. Kompyuterda haliyam O'zbekiston vaqti bilan yuribman. Ularda tong otibdi (5:31). Ozroq turib gaplashaman deb niyat qildim. 1 soatdan keyin soatga qaradim - hamon 2:31. What?! How?! Ishonmasdan qo'l soatimga qaradim, O'zbekistondan kelganimdan beri taqmaganim uchun vaqti o'zgarmagandi. Lekin O'zbekistonda endi 5:31 emas, 6:31. Shunday qilib, O'zbekiston vaqti bilan farqimiz 4 soatga aylandi. Buni o'z ko'zim bilan ko'rib, 1 soat qayoqqa ketib qoldi deb hamon o'ylanyapman. Ha, qishki vaqt, yozgi vaqt haqida eshitganman. Lekin 1 soat nimadir qilsang, soatga qarasang, hamon o'sha vaqtni ko'rsang, hayron qolar ekansan. Vaqtni qadrlaylik, azizlar!

👍 21 4 2❤‍🔥 2
Ish, o’qish, hayot balansi yoxud bu yil ham hujjat tekshirish xizmati mavjudmi? Ertalab 9 dan kechki 6 gacha ishlaydiganlarga men shu yaqin 1 oy ichi hayron qoldim. Yoki menda bir emas, ko’proq ishim borligi uchun boshqacha ta’sir qildi. Menga frilanser ishlarim (tarjimonlik, kopirayterlik, mentorlik, teaching) yaxshi ekan: uydan ishlash mumkin. Oldingizga kofe damlab, xohlagancha sharoit yaratib olasiz. Kun tartibini o’zingiz belgilaysiz (xohlagan paytingiz dam olasiz. Ishga borish-qaytish uchun vaqt sarflamaysiz. Tushlik (ba’zilar uchun kechki ovqat ham) va yo’l xarajatlarini tejaysiz. Yaqinlaringiz yonida bo’lasiz va hkz. Kanalimga yozishga ham vaqtim bo’lmayapti. Lekin ko’pchilikni savoliga javob beraman. Ha, NSP grant dasturi uchun hujjatlarni tekshirib berish xizmatimiz ishlayapti va allaqachon nomzodlar hujjatlarini tekshirgizib olishmoqda. Hozirda ayrim sabablarga ko’ra, faqat shanba-yakshanba kunlari hujjatlarni ko’rib berolaman. Bu degani hujjatingiz haftaning juma kunigacha yuborilgan bo’lishi kerak degani. Bu mavsumda C kategoriya (PhD va universitet o’qituvchilari) uchun ham individual yordam beryapmiz. Xizmat haqida ko’p yozolmayman, savollaringizni @GN_work akkountiga yozing. Grantlar haqidagi savollarga @Ozodaxonga_bot orqali javob berishga harakat qilyapman.
Показать все...
👍 11 7❤‍🔥 5👎 3🥰 3😁 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#taqvim Barchaga Ramazon oyi muborak!
Показать все...
😇 27👍 10❤‍🔥 5 2🔥 2🕊 2 1🥰 1👏 1🍓 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.