193
Подписчики
Нет данных24 часа
-17 дней
-430 дней
Архив постов
193
Inson shirin so'z gadosi.
Tilingizdan doimo gul ifori barq urib tursin. Go'zal muomala bilan xursand qilishga qalblarni gullatishga urining. Birovning qalbini og'ritishdan qo'rqing. Yaqinlaringizni eslab turing, hech bo'lmaganda sog'inganingizni, ahvolini so'rab hursand qilib turing. Go'zal xulqda bo'la olmasangizda unda bo'lishga qattiq harakat qiling. Zero qalbimizda neki bor bo'lsa u tillarimizga yoyiladi.
Jismimiz o'lar ammo xotirimiz, ruhimiz qalblarda muhrlanib qoladi...
193
-Biz nega duo qilamiz? Chunki Robbimiz bizni har on ko'rib turganuni, hamma narsa U zotning irodasi bilan bo'lishini ko'pincha unutib qo'yamiz. Duoda bo'lganimizda unutgan ushbu narsalarimiz qayta esga keladi. "Meni ko'rib turgan, meni eshitib turgan Zot bor". Duo shu haqiqatning ifodasidir. Ulug'larda yaqiyn holi bo'lgani uchun duoda ham ana o'sha hol davom etadi. Ularning har lahzasi duodir. Ular har bir ishni, har nafasni U Zotdan bilib, Uning O'zidan istaydilar.
193
Sen Allohga ishon. Umidlar hech kutilmagan vaqtda gullaydi
Hech qachon umidsizlikka tushma! Eng yomon paytingda ham kichik bir umiding bo'lsin. Muammolar har birimizning hayotimizda bor.
193
Ҳар қандай ҳолатда ҳам бир инсонга содиқ қолмоқ ҳар қандай юракнинг қўлидан келмайди ❤️🩹
193
Ayni duolar ijobat bo'ladigan payt yomg'ir yog'ayotganda..
اللَّهمَّ صَيِّبًا نافِعًا
"Allohumma soyyiban naafiaʼn"
