cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SamDUKF||ARM

Samarqand davlat universitetining Kattaqoʼrgʼon filiali Axborot-resurs markazining elektron kutubxonasi ✔️Veb-sayt http://www.library-samdukf.uz Buyurtma, talab va takliflar uchun: (darslik,o‘quv qo‘llanma,badiiy adabiyotlar) @samdukf_mening_hissam

Больше
Рекламные посты
399
Подписчики
+124 часа
+27 дней
+430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#МАЪРИФАТ_УЛАШИБ #САМДУКФ Мақсуд Жонихонов: Шеър эшитгим келса, Каттақўрғонга бораман! Бир гўзал ташаббус — "Маърифат улашиб" лойиҳаси доирасида мамлакатимиз шоир ёзувчилари, таниқли журналистлар университетларда бўлишиб, талабалар билан учрашмоқда. Биз ҳам Самарқанд давлат университетининг Каттақўрғон филиалига бордик. Оддий филиалчадирда деб борувдик, маҳобатли бинони кўриб, бу ер филиалми ё асосий биноми дея ҳайратга тушдик. Кейин залга кириб, ўзимизча ёшларни лол қолдирмоқчи бўлдик, аммо акси бўлди. Бу ернинг қалби эзгуликка тўлиб-тошган йигит-қизлари ўз шеърлари, саҳна кўринишлари билан бизни ҳайратда қолдирди. Сўфи Оллоёр ҳазратдан тортиб қанча азизлар, Баҳодир Йўлдошевдек улуғ санъаткор, Guljamol Asqarovaдек оловнафас шоираларни тарбиялаган заминда сўз айтмоққа қийналдим... Республикамизнинг саноқли туманидагина театр фаолияти сақланиб қолинган. Шулардан бири Каттақўрғон туманидаги Мажидий театри жамоаси эса ҳамон баланд ва муносиб саҳна асарлари қўйишда давом этмоқда. Ўй хаёли пул топишда бўлганлар онда-сонда шу театрга бориб туришса, олам-жаҳон таассурот олиши шубҳасиз. Ва, бу дунё фақат қорин ғами, бойлик орттиришдан иборат эмаслигини англаб етармидилар... Талабалар ҳузурида сўз айтмоққа қийналганим рост. Аммо шу қийналиб айтганларим ҳам уларга хуш келди шекилли, гулдурос қарсак бўлди. Бу қарсак балки мезбонлик илтифотидир. Ҳар не бўлганда ҳам, ёшларимиз китобга, адабиётга, ижодга, илм фанга ошно бўлаётгани нақадар гўзал. Кўплар Каттақўрғонга балиқ ейиш учун боришаркан, бораверсин, камина эса шеър эшитгим келса, энди ўша манзилга йўл оламан... https://www.facebook.com/share/S8nSAwqodiSG2SUN/?mibextid=oFDknk
Показать все...
🥰 1
«ЖАМИЯТ» газетасининг 2024 йил 23 май кунги 22 (893)-сони мутолаа учун ҳавола қилинади. ©️ Газета таҳририят томонидан тақдим этилди. 〰️〰️〰️〰️〰️ Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/gazetalar_sharhi 👨‍⚕️ Salomatligingizga e'tiborli bo‘ling!
Показать все...
«Халқ сўзи» газетасининг 2024 йил 23 май кунги 10 (8723)-сони мутолаа учун ҳавола қилинмоқда. ©️ Газета таҳририят томонидан тақдим этилди. Шунингдек, газетанинг интернетдаги http://xs.uz веб-сайтини ҳам кузатиб боришингиз мумкин. 〰️〰️〰️〰️〰️ Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/gazetalar_sharhi https://t.me/xs_uz
Показать все...
🔍 Eng mashhur detektiv yozuvchilar top o‘ntaligi Mazkur elementlarni badiiylikka ustalik bilan uyg‘unlashtirgan va butun dunyoda asarlari tan olingan eng mashhur yozuvchilar top o‘nlikka quyidagi tartibda kiritilgan: 🔟-o‘rin: Den Braun Mashhur asarlari: “Da Vinchi siri”, “Farishtalar va iblislar”, “Inferno”. 9️⃣-o‘rin: Remond Chandler Mashhur asarlari: “Chuqur uyqu”, “Xayr, azizim”, “Ikki karra sug‘urta”. 8️⃣-o‘rin: Jon Grishem Mashhur asarlari: “O‘ldirish vaqti keldi”, “Firma”. 7️⃣-o‘rin: Yan Fleming Mashhur asarlari: “Kazino Royal”, “Rossiyadan sevgi ila”. 6️⃣-o‘rin: Erl Stenli Gardner Mashhur asarlari: “Qayg‘uli qiz ishi”, “Baxmal mushuk ishi”. 5️⃣-o‘rin: Boris Akunin Mashhur asarlari: “Azazel”, “Turk gambiti”. 4️⃣-o‘rin: Jeyms Xedli Cheyz Mashhur asarlari: “Blendish xonimga orxideyalar yo‘q”, “O‘liklar tishlamaydi”, “Qo‘g‘irchoqdan noxush xabarlar”. 3️⃣-o‘rin: Reks Staut Mashhur asarlari: “Cho‘chigan erkaklar ligasi”, “Yana o‘ldirish”, “Qora orxideyalar”. 2️⃣-o‘rin: Agata Kristi Mashhur asarlari: “O‘nta negr bolasi”, “Jigarrang kostyumdagi odam”, “Golf maydonidagi qotillik”. 1️⃣-o‘rin: Artur Konan Doyl Mashhur asarlari: “To‘rtlar belgisi”, “Baskervillar iti”, “Dahshatlar vodiysi”, “Sherlok Xolms sarguzashtlari”.📗📗
Показать все...
👀 📚 Koʻzga koʻrinmaydigan kitob bormi? 🖋 Eng koʻp tilga tarjima qilingan adabiy asarlar mashhur detektiv yozuvchi Agata Kristiga tegishli. Adiba kitoblari yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan va toʻrt milliarddan ortiq nusxada chop etilgan. 🖋 Zamonaviy adiblar ichida eng sermahsuli braziliyalik yozuvchi Joze Karlos Inuedir. U 1046 ta ilmiy-fantastik, sarguzasht romanlar muallifidir. Qizigʻi, u shuncha asarni oʻn yil ichida 1986–1996-yillar oraligʻida qogʻozga tushirgan. 🖋 Eng uzun roman fransuz yozuvchisi Jyul Romen (asl ismi Luyi Anri Farigul)ga tegishli. Uning “Ixtiyori oʻzida odamlar” romani 1932–1946-yillar oraligʻida 27 jildda nashr etilgan. 🖋 Eng keksa mualliflar – amerikalik Sara va Elizabet Delenilardir. Ular 1994-yili “Opa-singil Delenilarning kundalik hikmatlari” nomli kitob eʼlon qiladi. Bu paytda opa 105, singil 103 yoshda edi. 1997-yili esa Sara Deleni kitobning davomini yozib, “Oʻzimning 107 yoshimda” nomi bilan chop ettiradi. 🖋 Eng katta ensiklopediya “Evro-amerika universal bezakli ensiklopediyasi”dir. 105 ming sahifadan iborat bu kitob 104 jildga jo boʻlgan. 🖋 Hozircha eng mitti kitob Yaponiyada bosilgan “Har mavsumga gullar” kitobi boʻlib turibdi. 0,75 millimetrli bu sanʼat asarini oddiy koʻz bilan tugul, koʻzoynak taqib ham koʻra olmaysiz. 🖋 Eng koʻp sotilgan kitob – “Ginnesning rekordlar kitobi”dir. U AQSH kutubxonalaridan oʻgʻirlanishi boʻyicha ham rekord qayd etgan. Bu toʻplam ilk bor 1955-yili chop etilgan. 🖋 Eng qadimgi kitob doʻkoni Portugaliyadagi “Livraria Bertrane”dir. U 1732-yildan beri faoliyat yuritib ketadi.
Показать все...

🇻🇦Vatikan kutubxonasi dunyodagi eng himoyalangan ob’yektlardan biridir: uning muhofazasi mavjud atom elektr stansiyalarining har qandayiga qaraganda jiddiyroqdir. 📖 Ko‘p sonli shveysariyalik qo‘riqchilarga qo‘shimcha ravishda, kutubxona bir nechta himoya darajalarini tashkil etuvchi zamonaviy avtomatik tizimlar bilan qo‘riqlanadi. 🔑 Vatikanning maxfiy arxivlari 1611-yilda Rim papasi Pavel V davrida ma’lum bo‘ldi. U yerga cheklangan odamlar doirasi kirishi mumkin. Tavsiya maktubi bo‘lgan ba’zi olimlar muqaddas manbalarning muqaddas ma’lumotlariga kirishlari mumkin, ammo kirish tartibga solinadi va har yili ikki kishiga tashrif buyurishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, arxivga kirish erkin harakatlanish va biron bir hujjatga kirishni nazarda tutmaydi. Tashrifchi uni qiziqtirgan mavzuni ko‘rsatadi va u uchun tegishli adabiyotlar tanlanadi. Bunday maxfiylik savollarni tug‘diradi va Vatikan arxivida saqlanayotgan narsalarga nisbatan qiziqish uyg‘otishi tabiiy.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Фото недоступноПоказать в Telegram
📔 Oyiga 10 ta kitobni qanday oʻqish mumkin? 📆 Haftaning qaysi kunlarida biron kitobni oʻqishingizga qaror qiling. Haftada atigi 7 kun va 10 ta kitob oʻqish kerakligi sababli, siz 2 ta kitobni qachon oʻqishingizni hal qilishingiz kerak. Qisqa asarlarni juma, shanba, yakshanba kunlari qoldirishni maslahat beramiz. 📖 Sahifalar sonini kunlar soniga ajrating. 1 oyda 4 hafta bor, yaʼni 1 kitobni 4 kun oʻqiysiz. Masalan: Bir kitobda 250 sahifa mavjud. Bu degani 250:4 =59 sahifa kuniga (14 hali ham qolmoqda). 🕰 Vaqtingizni taqsimlang. Siz oʻqiydigan soatni taqsimlashingiz kerak. Oʻqing! Oʻqishni unutmang. Esda tuting, kitob sizning eng yaxshi doʻstingizdir.https://t.me/onlinesearchbook
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📌📔 Kitob o‘qish “kasalligiga” chalingan odamlar hayotning ko‘plab qiyinchiliklariga bardoshli bo‘ladilar. ✍️ Somerset Moem
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
❓Хусусий университетларнинг лицензияси ҳақиқийлигини қаердан текширса бўлади?
✅ Жавоб: Одатда олийгоҳлар лицензияларини бинонинг кириши қисмига илиб қўйишади. Консалтинглар эса сизга электрон (PDF) қилиб ташлаб беришлари ёки офлайн кўрсатишлари мумкин. Сиз лицензиядаги QR кодни сканер қилиш орқали ҳужжат маълумотларини текширишингиз мумкин.
Энг афзал йўли – license.gov.uz сайтига кириб, сайтнинг "Реестр" бўлимида “Ҳужжат рақами”га лицензия рақами (масалан, 123456) киритилса чиқиб келади. Каналга уланиш @ILM_NUR_2020
Показать все...