cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Mirabell | Hayolot olami |

"Eshik yoʻqku kiraman qanday?" Demang aslo, nolib tun-u kun. Kutilmagan tarafdan atay, Ochiladi eshik siz uchun... "Yoʻl qolmadi"- demang betoqat, Demang: "Yetar, umidim oʻldi.." Ochiladi chin yoʻl, lek faqat. Banda qo'lin koʻtarsa boʻldi. 🤲

Больше
Рекламные посты
409
Подписчики
-124 часа
-27 дней
-2830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from N/a
Показать все...
Endi nima bo'lar ekan-a?
Показать все...
*** Uch alfa koroxonasi. — Bo'lishi mumkin emas. — inkor etishda davom etdi Tayler do'stini gaplariga ishonqiramay. — Mana isboti qarang! Siz Singapurda bo'lgan vaqtingiz Aleksus Los-anjelisda bo'lgan. Airaportning aviya ro'yxatidan o'tgan. Qarang! — Qo'lidagi hujjatlarni isbotlash uchun boshlig'ini qo'liga topshirdi so'ng planshet orqali video tasvirni qoyib berdi. — Hujjatlarga ham ishonmasangiz, kamera yozuviga ishonarsiz? Kazino ichidagi kameralardan olingan video tasmada Aleksus kepka va yuzini maska bilan yashirgan bo'lsa-da uni taniganlar bir ko'rishda u ekanini bilishar edi. Tayler tasvirga tikilib qaradi so'ng Gabrielga yuzlanib — Qayerdan olding buni? — Kazinoyimizni video kamerasidan. Bu tasmalarni ochirib tashlashgan ekan ammo men uni tiklashga harakat qildim. Janob, shuncha isbot olib keldim, nega bunchalik menga ishonmayapsiz? — Aleksus bunday qilolmaydi. Bunga ishonchim komil. Shu vaqt oralig'ida Tayler va Gabriel qamoqxonadan qutqarish operatsiyasiga bo'yicha gaplashishdi va Aleksus gumonlanuvchi ekani haqida dolzarb masalada suhbatlashayotganliklarida  Vendiy ofisga bostorib kirib dab duristdan gapira ketadi. — Xush kelibsan, Akajonim. Yaxshiroq joylashib olsang menda ajoyib shum xabar bor. Eshitgach yiqilib tushmagin tag'in — qiz mazahlagancha orindiqlardan biriga joylashib otirdi. Gabriel va Tayler uni qanday xabari bor ekaniga qiziqib savol berdilar. — Avval aytganimdek, kursingga o'tirib ol! Men biroz nafasimni rostlab olay, buyerga kelguncha hansirab qoldim. — Vendiy chuqur-chuqur nafas olib chiqarib o'zini tinchlantirib oldi. Tayler kursiga otirganini ko'rgach — Tayler, Aleksusni nima ish qilib yurganini bilasanmi? — Nima qilayotgan ekan? — Yana Aleksus haqida gap boshlangani uchun biroz jahli chiqdi Taylerni. — Hozir xotinchang qayerda ekanini bilasanmi? — savol berishda davom etdi Vendiy. — Onasining uyida, o'zim olib borganim esimda. — Yo'q! Xotining politsiya idorasidan chiqib shitat mahkamasida. Aynan hozir o'sha yerda u! — Bolishi mumkin, u politsiyada oddiy hodim bo'lib ishlaydi. — dedi Tayler o'zini bosiq tutgancha. — Nega bunchalik beg'amsan? Axir u ichimizdagi kalamush bo'lishi mumkin. Suratlarni qara! Oddiy hodim shunday bo'ladimi? Jamodagilarini boshqarayotgani ko'rinib turibdi, axir! Ko'zingni och Qo'qon! — ohiri chiday olmay maqsadga otib suratga olganlarini Taylerga ko'rsatdi qiz. Ortada yana biroz bahs bo'ldi. Gabriel olib kelgan hujjatlarni va video tasvirdan habar topgan Vendiy rostakamiga tutoqib ketdi. — Senga aytayotgan va isbotlayotgan dalillarimizga ham ishonmay qoydingmi?! Axir hazilakam ish emas bu. Sevgi o'z yo'liga, u haqiqiy ichimizdan kemirib kelayotgan kalamushni o'zi! Qara isbotga! — Unday dema. Men unga ishonaman. Meni xotinim haqida bunday deyishni bas qilinglar. Dalillarga ko'z yumib, bularni barini Aleksusni o'zidan sorashga ahd qildi Tayler. — Men isbotlayman.  Agar shunchalar sevsang, hoziroq qo'ng'iroq qil-da, qayerda, nima qilayotganini so'ra! Albatta gaplarim  to'g'ri bo'lib chiqsa, mendan hafa bo'lma. Shu uchun hoziroq qo'ng'iroq qil. — deb aytdi Vendiy jahlini jilovlay olmay. Gabriel ham uni gapini ma'qullagancha qo'ng'iroq qilishga undadilar Taylerni. * Mashinada ketayotgan Aleksusni telefoni jiringlay boshladi. Rulda ekani uchun biron joyga to'xtatib keyin kim qilayotganini ko'rdi. Bu Tayler ekan. Jamoasiga qarab "jim" ishorasini qilib go'shakni oldi. — Alo Azizim, ko'p vaqt otmay sog'indingizmi? — muloyimlik bilan go'shakni olib gapira boshladi qiz. — Ha shunday, seni sog'indim. Hozir qayeradasan? Atrofdan signal ovozi kelyapdimi? — Men onam bilan buyum do'konida ketyapman. Ko'cha juda shovqin va mashina ham ko'p. — O'zi bilmagan holda yolg'on toqishni boshladi Aleksus. Bu yolg'onlari o'ziga ziyon olib kelishini hatto o'ylayotgani ham yo'q. — Uyinda qimirlamay otir degan edim, hozir uyingga ketyapman. Kelishingizdan avval qo'ng'iroq qiling deganding shu uchun qo'ng'iroq qildim.
Показать все...
Qiz dovdirab qoldi ahir uyida emas-ku hozir. — Kelmang. Onam bilan uzoqroqdagi dokonga ketayotgan edik. O'zim boraman uyga. Mehribonlik qilishni istab qoldizmi birdan? — qiz savolini berish barobarida kulib ham oldi. — Qayerda bo'lsang ham hoziroq uyingda bo'l! O'zing olib ketishdan avval qo'ng'iroq qiling deganding. Menimcha qo'ng'irog'im bamavridga o'xshaydi. — kinoya bilan gapirdi Tayler qizni yolg'on gapirganini sezib. — Yo'q unday emas. Hozir uyga boraman, hovotir olmang. Birozgina ko'chada ishlarim bor edi shu sabab... Qiz gapini yakunlashga ulgurmasidan Tayler gapira boshladi — Bugun kechga birgalikda restaranda tushlik qilamiz. Tezroq uyga borgin, azizam. Boshqa hech nima demay go'shakni ochirib qo'ydi Tayler. Ayoli unga yolg'on gapirdi. Qayerda ekanini yo'l patrul kamerasidan kuzatib turgan holda u bilan gaplashgan edi, Tayler. — Xo'sh? Uni bizga topshirasizmi yoki O'zingiz birinchi otangizga bergan va'dani bajarasizmi!? — aloqa tugagach savol berdi Gabriel. — U bilan yaxshilab gaplashib olgach, qolganini keyin hal qilaman. — deb o'rnidan tutdi Tayler. — Ziyofatingiz yaxshi otsin, mendan "Salom" aytib qo'y kalamush xotinchangga! — deya gapirdi Vendiy, Tayler xonadan chiqib ketayotganini ko'rib. Ularni gapini eshitgach Tayler qarsilatib eshikni yopib ketdi . Davomi bor... #Mirabell
Показать все...
Bitutuvchilar bormi? 25-may oxirgi qo'ng'iroq bilan tabriklayman. Yangi hayotda o'z yolingizni topinglar♡ #Mirabell
Показать все...
Salgina jonlanamiz endi. Bugunga yetar To'rt list, aktivlikni kutganlar o'zingiz ham aktiv bo'linglar. Qolgani endi ertaga, aktivlik bo'lmasa shijoatim sonib qoladi. #Mirabell
Показать все...
Polkovnikga ularni rejasi mazur kelgani ularni quvontirdi. Endi Aleksus qoshma shitatlar bilan yordam kuchi uchun shartnoma tuzishi kerak. Politsiyachilarni ishi koringanidek oson emas. Aleksus va jamoadigilar buyruqga boysungan holda mahkamadan ketishdi. Mashinani Aleksus boshqarishini aytib rulga o'tirib oldi. Yigitlar orqaga, Eddi old orindig'iga joylashib otirdi. * Aynan shu ular mashinaga chiqib ketishayotganliklarini Vendiy ko'rib qoldi. Aslida boshqa ko'chada ish yuzasidan ketayotgan edi, tirbandlik sababli mahkama tarafdagi ko'chadan ketishga majbur bo'lganida Aleksusni va Keyl, Stiv, Jorj hamda Eddi  mahkamadan chiqib ketayotgaligini  ko'rib qoldi. Mashina haydayotgan haydovchisiga toxtatishini buyurdi.  Politsiyachilarni mashinasi qozg'aldi va boshqa mahkama manzili bo'yicha ketishdi. Ularni ortidan Vendiy kuzatib bordi. Uchta mahkamaga kirib chiqib shartnoma imzolab yurganliklarini suratga oldi Vendiy. Uzog'i bir soatdan so'ng kuzatishdan charchagan Vendiy, telefoniga olgan suratlarni ko'rib chiqa boshladi. — Yaramas Kalamush. Hali politsachiman deb shunaqa yuribsanmi, uyatsiz! —  deb Aleksusni yana ikki bora suratga olib, sotqinlik qilayotganiga ishonchi komil bo'lgach. — O'zi sen qizni tuqing yoqmasdi, bekorga emas ekan. Mana isboti, uyalmay politsiya mahkamasida yuribdi. Qani endi Akaginam nima der ekan. — deya yovuzona jilmaydi so'ng haydovchisiga qarata — Uch alfa koroxonasiga hayda. Kelinimiz shaharda ekan Demak Suyukli akajonim ham Nyu-Yorkda. Qo'limdagi suratlarni korsatsam qay ahvolga tushar ekan-a? Hahaha, ishongan xotinchang orqangdan pichoq sanchishga tayyorlanib yuribdi. Shu tariqa Vendiy har xil reja tuzib buni Taylerga qanday aytish haqida yo'l bo'yi oylab bordi.
Показать все...
— Darrov yetib keldingmi? — uni ko'rgan Tayler hayratlanib gapirdi. — Yaxshimisiz, Janob?  — Gapni nimadan boshlashni bilmay qolgan Gabriel hol-ahvol sorashdan nariga bormadi. Aytmoqchi bo'lgan gapini shaxsan Taylerga aytishga qaror qilib. — Janob, sizda gapim bor edi. Boshqa xonada gaplashib olsak bo'ladimi? — Shuyerda aytsang ham bo'ladi, yoki shu darajada jiddiy gapmi? — orindiqdan turishni istamay qozg'aldi Tayler. — Muhim xabarim bor. Hammani oldida aytish vaqti emas. Iltimos boshqa xonada gaplashib olaylik, Janob. — Qanday xabar bo'ldi-ki, bizdan xatto yashiryapsan? — shubhali koringan Gabrielga savol berdi Leo. Eljey ham shunga o'xshab savol berdi. Tayler Gabrielni ko'ziga qaradi, rostan jiddiy gap borga o'xshab koringach xonadan chiqdi. Gabriel ham uni ortidan borib boshqa xonaga kirdi. Eljey va Leo uni gapiga hayron bo'lishdi ammo loihani yakunlab bo'lishligi kerak ekani uchun ortiqcha qiziqishmadi. *** Aleksus onasini uyida mizg'ib dam oldi. Onasini taomlarini sog'ingan edi. Ovqatlanib o'tirgan vaqtida Keyl qo'ng'iroq qilib qoldi. — Eshitaman, Keyl. — Zudlik bilan mahkamaga kel. Polkovnik seni kelganing haqida habar topishi bilan seni soroqladi. Tezda kel, juda g'azabda polkovnik. — dedi-da Keyl so'ng bandligi tufayli qo'ng'iroqni ochirdi. Suhbat tugagach darrov qiz xonasiga kirib politsiyachilarning maxsus formasini kiydi-da, onasiga ishga chaqirib qolishganini aytib, mashina kalitini olib uydan chiqib ketdi. Polkovnik xonasi. — Nega Nyu-Yorkga kelishing haqida xabar bermading! Vazifani chozib yurganing yetmagandek, tayinli ma'lumotlarni yubora olmayapsan! Senga bo'lgan ishonchim kamayib bormoqda! Bitta vazifa uchun ikki yildan oshiq vaqt sariflayapsan! — oshqirgancha jahl bilan qo'lini pahsa qilib gapirar edi Polkovnik. Aleksus esa boshini yerdan kotarmay unga qaratilgan gaplarini eshitishdan nariga bormasdi. — Bir o'zimga bu katta vazifa qiyinlik qilyapdi. Axir bu jinoyatchilarni qo'lga olish oson bo'lmayapdi. Bir-necha marta hujim qilishga harakat qildim. Har safar bilib qolishmoqda. — Qiyinlik qilayotgan bo'lsa seni orningga boshqasini tayinlayman! Bu ketishda jinoyatchilar soni ko'payib ketmoqda. Sen payt poylab, mavridini kutib yurgunincha ular har narsa qilib yuribdi. Hammasini joyi qamoqda! — Polkovnik, men reja tuzish uchun o'z jamoamdan maslahat olmoqchiman. Bugun kechgacha aniq ularni qo'lga olish rejasini tuzib bo'lgan bo'lamiz. Shuncha yillik mehnatimni boshqasiga topshira olmayman. Vazifani albatta yakunlayman! — qiz jur'atini yig'ib polkovnikga javob qildi. Salkam ikki yil shu to'da haqidagi ma'lumotlar yig'ib endi qo'lga olish vaqti kelganda boshqa politsiyachi xodimga berish insofdan emas. — Bugun ohirgi muhlat, deyarli ikki yil bo'lmoqda! Ishingni bitir. Xonadan ketishing mumkin.. Ortiqcha gap aytmay xonadan ketishini buyurdi Polkovnik. Qiz shomshayib xonadan chiqdi. Jorj va Stiv ya'ni uning politsiyadagi jamodoshlari qizni bu holati sababini sorab olmoqchi bo'lishdi. — Menga reja tuzishga yordamingiz kerak. Puhta va ishonchli bo'lishi lozim. Har taraflama mukammal bo'lishi kerak. — Bu uchun ish kabinetimizga boraylik, bafurja gaplashib olamiz. — dedi Stiv. Yarim soatdan oshiq vaqt qanday usul orqali qo'lga olish haqida o'ylagancha rejala tuzishdi. Aleksusga bitta reja ma'qul keldi. Tezda bu rejasini Polkovnikga aytishga qaror qilishdi. Jamodagilar birgalikda reja haqida qisqacha Polkovnikga aytishdi. Ularni maqsadi asosiy Antonio Sentosni zaiflashtirish. Agar o'sha inson kuchdan qolsa to'dadagi barcha havotirga tushadi. Hamma vahimada bo'lgan vaqt katta qoshin bilan ularni qo'lga olishadi. Bu qisqacha reja, lekin buni yanada ikir chikirigacha tog'rilab mukammal rejaga aylantirishligini aytishdi. — Yomon emas reja. Sizlarga qoshin kerak bo'lsa, boshqa shitatlardagi mahkamakarga borib kerakli kuch uchun yordam kuchidan foydalanish haqida shartnomashinglar. Hoziroq ishni boshlanglar!
Показать все...
—  Hullas kalom shunday loiha ustida ish olib bormoqdaman. Sen yo'qliginda hamkorlar bilan bitim tuzdim. — Tayler ularni loihasini qo'llab quvatlagani Leoga haqiqiy motivtsiya bolib yanada ishiga bo'lgan shijoati ko'paya boshlagandi. — Bu yangiliklarni shaxsan o'zingdan eshitish meni yanada quvontirdi. Omad tilayman, ajoyib loiha ustida bosh qotirayotgan ekansan. Poyabzal dizayni va kerakli maxsulaotlari kerak bo'lsa aytsang, shu sohani mutaxasislari bor. Ularni bilan tanishtirib qo'yaman va maslahat olib ish qilsang yanada loiha mukammal bo'ladi. — dedi Tayler. — To'g'ri aytasiz Janob Qopqon. Asl mutaxasislardan maslahat olib ish ko'rish kerak — deya gap suqdi Eljey Taylerni gapini tasdiqlagancha. — Yaxshi, bir kun vaqt topib loiha bo'yicha mutaxasislar bilan uchrashuv tashkilashtiraman. — degancha hujjatlarni tartiblab chetga surib qoydi Leo. Shu tariqa ularni  suhbati ish bo'yicha bolib ketdi, ko'p vaqt otmay xona eshigi taqilatgancha ichkariga Gabriel kirib keladi...
Показать все...
* Mashinalar tartib bilan qator bo'lib  joylashtirilgan avtomobil turargohiga o'z mashinasini joylab bo'lgach, Tayler baland qavatli o'zing sevimli ishxonasining avtoturorgohda joylashgan liftiga chiqdi. Lift orqali tashqaridagi manzarani ko'rish mumkin edi, ishchilar doimgidek mehnat bilan band ekanini ko'rib, ishxonasini sog'inganini his qildi Qopqon. Kerakli qavatga kelganligini bilgan Tayler liftdan chiqdi-yu to'g'ri o'zining xonasi tomon  yura ketdi. Uni ko'rgan xodimlar orada salomlashib ham olishdi. Uni ko'rganlarni ellik foizi o'lik odamni korgandek baqrayib qolishar edi. Ularni tikilib  qo'rqib qarashlari Tayler o'zi noqulay his qilishiga sababchi bo'ldi.  Hullas uzun yo'lakdan o'zining ish kabineti oldiga kelib eshikga ilingan yozuvga ancha vaqt tikilib qoldi. Eshikga " Derektor Leo Arder " deb tilla yugurtirilgan yozuvlar bilan yozilgan ekan. — Avvallari buyerda mening ismim bo'lar edi. Barchasi shu darajada o'zgaribdi-ki, xatto ismimni ham olib tashlashibdi. — yigitni yuzida qandaydir tushunarsiz tabassum paydo bo'ldi. Ancha yillik umrini shu korxonasi uchun tikkani uni alam hisini totishiga majbur qilyapdimi? Eshik dastasini ushlab ichkariga qadam tashladi. Xona markazidagi stolda Leo va Eljey qandaydir muhim vazifa topshiriq bajarayotgandek jiddiy holda hujjatlarni yozib, tekshirib otirishgan ekan. Do'stlarini ko'rgach hursand bolib gap boshladi ularni chalg'itishga uringancha Tayler. — Hormanglar, ishga shong'ib ketganingzidan xonaga kirganimni ham sezmadingiz-a? Leo hujjatlardan boshini ko'tarib Taylerga qaradi so'ng jiddiy qiyofasini tezda o'zgartirish kiritib — Iya, meni qutqaruvchim kelibdi-da. — shu gaplarni aytgancha Leo o'rnidan turib Tayler tomon yaqinlashdi so'ng do'stini bag'riga bosib — Qutqar bu hujjatlardan. Eh charchadim men bechora. Bir kompaniyani, uni ustiga to'dani nazorat qilish evlab bo'lmas ish ekan. Qo'limga arqon bersangiz shu oynadan tushib ketaman, qutqar meni Tayler bu ishxonadan. — Derektor lovozimi yarashibdi desam hali ham ma'suliyatni bo'yniga olmaydigan Sirli qotiligincha qolibsan-da — yigitni yelkasiga qo'qib kulgancha aytdi Tayler. — Ma'suliyati juda og'ir ekan. Sen kelding endi barcahsini senga topshirsam bo'ladi. — Katta boshliqni gapini ikki qilib o'rningni unga berishga qanday hadding sig'di! Tezda joyingga o'tirib yangi loiha ishini bitir! Tomomlagach hohlaganingcha diy-diyo qilib otirasan Taylerga! — deya Eljey Leoni koyish orqali vazifasini eslatib kursisiga otqizdirib qoydi. — Voy -dod, qutqaringlar! Meni majburlashyapdi! Ishlashni istamayman, boshginam og'rib ketdi! Yigitlar Leoni gapini eshitgach o'zlarini tuta olmay sharaqlab kulib  yuborishdi. — Qanday loiha ustida ish olib beryapsizlar? Kompaniyaga yangi ishchilarni olibsan, boya ko'rgan edim. — dedi Tayler loihaga qiziqgancha. — Yangi zavodlar bilan hamkorlikni ortaga qo'ydim.  Ularni tajribasizligidan foydalanib mahsulotlarni arzon narxga tayorlatyapman. — Yaxshi, qanday maxsulaot ishlab chiqarasan? — Leoni loihasiga haqiqatan qiziqgancha savol berdi Tayler stol oldidagi yumshoq orindiqlardan biriga joylashib olgancha. — Poyabzal chiqaruvchi zavodlar bilan hamkorlik qilib oyoq kiyim savdosini yo'lga qoymoqchiman. Yangi Brend paydo qilib bozorga kirib bormoqchiman. Bu narx tarafdan anchagina arzon bo'lgani sababli oddiy odamlar uchun sifatli mahsulot yetqizib bermoqchiman, shu bilan birga arzon ekanligi sababli savdoyim yurishib ketadi. — Mag'rurlangancha javob berdi Leo loihasini maqsadini aytib berish barobarida. — Ajoyib, omad tilayman. To'g'risi oddiy aholi uchun qilayotganing menga juda yoqdi. Shu bilan birga zavodlarga ham katta foyda bo'lishi aniq. Aqlingga balli, Leo. — loiha haqiqatan yoqgani uchun do'stini maqtab uni shijoatlantirishga urindi. Aslida yangi zavodlar bilan ishlash juda qiyin, chunki asbob uskunalar yoki ishchilar tomonidan juda ko'p ko'ngilsizliklar paydo bo'ladi. Buni Leoga aytib loihani va zavodlar bilan ornatilgan shartnomani barbod qilmaslik uchun Tayler olqishlab unga dalda berdi.
Показать все...