ru
Feedback
HR Biznesni rivojlantirish banki

HR Biznesni rivojlantirish banki

Открыть в Telegram

📍Строй будущее вместе с нами 📍Kelajak sari biz bilan 📌Для обратной связи| Aloqa uchun @HR_BRB_bot

Больше
6 523
Подписчики
+1824 часа
+417 дней
+5730 дней
Архив постов
📣 LIZING KOMPANIYASIGA BOSH DIREKTOR LAVOZIMIGA TANLOV! 🔷 TALABLAR: • Bank yoki lizing sohasida rahbarlik lavozimida 3–5 yi
📣 LIZING KOMPANIYASIGA BOSH DIREKTOR LAVOZIMIGA TANLOV! 🔷 TALABLAR: • Bank yoki lizing sohasida rahbarlik lavozimida 3–5 yillik tajriba; • Lizing biznesini tashkil etish yoki rivojlantirish tajribasi; • Lizing bozori, qonunchilik va MHXS 16 standartini bilish; • Sotuv, risklarni boshqarish va anderrayting bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar. 🔷 VAZIFALAR: • Kompaniya strategiyasi va biznes-rejasini amalga oshirish; • Lizing portfeli va rentabellik bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish; • Bank filiallari orqali sotuvlarni rivojlantirish; • Samarali jamoani shakllantirish; • Aktivlar sifati va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash. 📩 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: 👉 Vakansiyaga o‘tish #Vakansiya #BoshDirektor #Lizing #BRB

🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasiga qo‘shiling! Operatsion risklar boshqarmasi menejeri lavozimiga tajribali mut
🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasiga qo‘shiling! Operatsion risklar boshqarmasi menejeri lavozimiga tajribali mutaxassisni ishga taklif qilamiz. 🔷 ASOSIY VAZIFALAR: • Operatsion risklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish; • Risk-appetit va limitlarni nazorat qilish, stress-testlar o‘tkazish; • Risklarni boshqarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va jarayonlarni avtomatlashtirish; • Bank rahbariyati va kollegial organlar uchun hisobotlar tayyorlash. 🔶 TALABLAR: • Iqtisodiyot, moliya, matematika yoki statistika yo‘nalishida oliy ma’lumot; • Bank-moliya tizimida kamida 6 yil, shundan tegishli yo‘nalishlarda kamida 3 yil ish tajribasi; • Operatsion risklarni boshqarish va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar; • O‘zbek tilini a’lo, rus tilini yaxshi, ingliz tilini o‘rta darajada bilish; • FRM, PRM yoki CFA sertifikatlari afzallik hisoblanadi. 🔶 BIZ TAKLIF QILAMIZ: • Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi; • Do‘stona jamoa va qulay ish muhiti; • Raqobatbardosh ish haqi va natijaga bog‘liq bonuslar; • Poytaxt markazida joylashgan ofis. 📩 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: 👉 hh.uz orqali ariza topshirish

🚀 KARYERANGIZNI BRB BILAN DAVOM ETTIRING! 📍 Xiva BXM jamoasiga Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i) la
🚀 KARYERANGIZNI BRB BILAN DAVOM ETTIRING! 📍 Xiva BXM jamoasiga Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i) lavozimiga kuchli mutaxassislarni taklif qilamiz! 💼 Sizni qanday vazifalar kutmoqda? 🔹 Korporativ va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash 🔹 Yangi mijozlarni jalb qilish va hamkorlikni rivojlantirish 🔹 Kredit va bank mahsulotlarini taklif etish 🔹 Mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilish 🔹 Biznes rejalar va moliyaviy tahlillarni ishlab chiqish 🔹 Hududdagi bizneslarni rivojlantirishga ko‘maklashish 🎯 Biz izlayotgan nomzod: ✅ Oliy iqtisodiy ma’lumotli ✅ Bank sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega ✅ Kreditlash va korporativ biznes bilan ishlash ko‘nikmasiga ega ✅ Moliyaviy tahlilni yaxshi biladi ✅ Mijozlar bilan samarali muloqot qila oladi ✅ Tizimli va tanqidiy fikrlaydi ✅ MS Office va bank tizimlaridan foydalana oladi ⭐ Rus yoki ingliz tilini bilish — ustunlik beradi! 📍 Ish joyi: Xorazm viloyati, Xiva shahri 💼 Lavozim: Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i) Sizning tajribangiz — BRB rivoji uchun muhim! 📩 Bizning jamoaga qo‘shiling va yangi marralarni birga zabt eting! Ma'lumotnomalaringizni telegram orqali @HR_BRB_Recruit ga tashlashingiz mumkin Xujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 15.09.2026

photo content

🚀 Biznesni rivojlantirish banki va BRB-TECH — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da! 📍 24–25-avgust kunlari Toshkent
+5
🚀 Biznesni rivojlantirish banki va BRB-TECH — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da! 📍 24–25-avgust kunlari Toshkent shahridagi Central Asian Expo Uzbekistan majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Global Finance & Technology Network (GFTN) tomonidan tashkil etilgan ilk xalqaro Silk Road Finance & Technology Forum 2026 bo‘lib o‘tdi. 🌍 Forum 2 000 dan ortiq delegatni — markaziy banklar rahbarlari, regulyatorlar, investorlar va yetakchi texnologik kompaniyalar vakillarini bir maydonda jamladi. 🏦 «Biznesni rivojlantirish banki» ATB o‘zining texnologik kompaniyasi BRB-TECH bilan birgalikda forumda jamoamiz tomonidan tashqi vendorlarsiz, mustaqil ishlab chiqilgan fintech yechimlarini namoyish etdi. ✨ BRB stendida taqdim etilgan yechimlar: 🖐 Biometrik to‘lov tizimi — Pay by Palm / Pay by Smile Stendning asosiy eksponati — kaft yoki tabassum orqali, karta va telefonsiz to‘lov imkonini beruvchi innovatsion yechim. O‘zbekiston bank sektorida ushbu texnologiya ilk bor namoyish etildi. Mehmonlar kaftini ko‘rsatish orqali kofe uchun to‘lovni real vaqt rejimida amalga oshirib ko‘rishdi. 📊 Kredit monitoring va erta ogohlantirish tizimi Kredit portfelidagi risklarni real vaqt rejimida tahlil qiladi, aktivlar sifati yomonlashishining dastlabki belgilarini aniqlaydi hamda risk-menejment uchun tavsiyalar shakllantiradi. Forum tizimning jonli demo-versiyasi namoyish etildi. 🤖 Sun’iy intellekt asosidagi undirish tizimi Muammoli qarzlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtiradi. AI-operator mijozlar bilan telefon muzokaralarini mustaqil olib boradi. Stend mehmonlari tizim orqali amalga oshirilgan real qo‘ng‘iroq yozuvini tinglash imkoniga ega bo‘lishdi. 💼 «Biznes 24/7» Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari platformasi — to‘lovlarni yaratish, hisobotlarni shakllantirish va boshqa bank operatsiyalarini 24/7 amalga oshirish imkonini beradi. 🔗 CRM360 Bankning barcha biznes yo‘nalishlarini mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning yagona ekotizimiga birlashtiruvchi ichki CRM-platforma. 💳 «Sherdor» premium kartasi Forumda bankning flagman mahsulotlaridan biri — «Sherdor» premium kartasi ham alohida taqdim etildi. Uning nomi O‘zbekistonning boy tarixiy merosiga ishora qilib, Buyuk ipak yo‘lining innovatsion ruhi va milliy an’analarni uyg‘unlashtiradi. 💡 BRB va BRB-TECH — milliy bank texnologiyalarini yangi bosqichga olib chiqayotgan jamoa! 🏦 @HR_BRB

Repost from BRB Info
#BRB #YoshIqtidorlari #Yoshlar #Trening #Rivojlanish #KelajakLiderlari 📽 “BRB Yosh iqtidorlari” klubining 2-mavsumidan tayyorlangan videorolik. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube

Repost from BRB Info
#BRBZakovat 🧠 “BRB Zakovat” III mavsumi 1-turining hayajonli va qiziqarli lahzalaridan fotolavhalar📸 Sayt | Telegram | Face
+9
#BRBZakovat 🧠 “BRB Zakovat” III mavsumi 1-turining hayajonli va qiziqarli lahzalaridan fotolavhalar📸 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Repost from BRB Info
#BRBZakovat 🧠 “BRB Zakovat”ning III mavsumiga start berildi! Bankimiz xodimlari o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish
+9
#BRBZakovat 🧠 “BRB Zakovat”ning III mavsumiga start berildi! Bankimiz xodimlari o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan “BRB Zakovat” o‘yinining III mavsum 1-turi bo‘lib o‘tdi. 🏢 Bosh bank (Korporativ BHO), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar vakillaridan iborat 17 jamoa bellashuvi nihoyatda qizg‘in va murosasiz kechdi. 👥 Olti oy davom etadigan bilimlar marafoni yakunida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan va eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoalar bank Boshqaruvi tomonidan taqdirlanadi.
🧠Jamoalarga keyingi turlarda omad tilaymiz!⚡️
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Repost from BRB Info
#BRBZakovat 🧠 “BRB Zakovat” III mavsumi 1-turining hayajonli lahzalari haqida videorolik 📹 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Bank kartalarini faol emissiya qilish orqali bankimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shayotgan professional hamkasblarimiz bilan tanishing! 🏆2026-yil 2-chorak davomida eng ko'p bank kartalarini emissiya qilgan servis menejerlar 🥇Tongotarova Sevara Ko'kdala BXM, servis menejer 🥈Rajapova Go'zal Beruniy BXM, servis menejer 🥉Niyazova Marifat Yakkasaroy BXM, servis menejer 🥉Xolboyeva Nargiza Xo'jaobod BXM, servis menejer 🏦@HR_BRB

🏆2026-yil 2-chorak davomida Tijorat mikroqarzlari ajratib, Bankning strategik maqsadlari yoʻlida fidokorona mehnat qilib, chakana biznes rivojida yuqori natijadorlik va professional mahorat namunasini koʻrsatgan hamkasblarimiz ! 🥇Suyunbekov Islombek Yunusobod BXM, mijoz menejeri; 🥈Tajenova Genjegul Nukus BXO, mijoz menejeri; 🥉Kurbanova Venera Nukus BXO, mijoz menejeri. 🏦@HR_BRB

🏆2026-yil 2-chorak davomida Ipoteka kreditlari yoʻnalishida tengsiz natijalarni zabt etgan hamkasblarimiz! Sizning saʼy-harakatlaringiz tufayli minglab hamyurtlarimiz oʻz shaxsiy uyiga ega boʻlmoqda. Aynan mana shu yuksak mahorat va gʻayratingiz chakana biznes yo‘nalishining eng mustahkam ustunidir!!! 🥇G'aybullayev Umid Jizzax BXO, mijoz menejeri; 🥈Abdurahmonov Ismoil Namangan BXO, mijoz menejeri; 🥉Abdullayev Anvar Termiz BXO, mijoz menejeri. 🏦@HR_BRB

Kelajak mutaxassislari bilan uchrashuv: "Bank sohasidagi karyera kuni" yarmarkasida faol ishtirok etdik! 💼🏦 "Hyatt Regency
+2
Kelajak mutaxassislari bilan uchrashuv: "Bank sohasidagi karyera kuni" yarmarkasida faol ishtirok etdik! 💼🏦 "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Markaziy bank hamkorligida o'tkazilgan muhim forum doirasida "Bank sohasidagi karyera kuni" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi bo'lib o'tdi. "Biznesni rivojlantirish banki" jamoasi ushbu nufuzli tadbirda o'zining maxsus va zamonaviy stendi bilan faol ishtirok etdi. Yarmarka davomida: • Nomzodlar va yosh iqtidorlar bilan yuzma-yuz suhbatlar o'tkazdik va ularning rezyumelarini qabul qildik. • Bankimizdagi eng so'nggi vakansiyalar, ajoyib ish sharoitlari hamda kasbiy o'sish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berdik. • Yoshlarni bank sohasiga jalb qilish, ularga to'g'ri yo'nalish berish va bank tizimi uchun kuchli kadrlar zaxirasini shakllantirish bo'yicha muhim qadam tashladik. Sizning muvaffaqiyatli karyerangiz aynan "Biznesni rivojlantirish banki" bilan boshlanishi mumkin! 🏦@HR_BRB

🏆"Xalqaro pul oʻtkazmalari orqali olisdagi vatandoshlarimizning oʻz oilalariga yoʻllagan mehr va madad omonatlarini tezkor yetkazib, 2-chorak davomida eng koʻp operatsiyalarni amalga oshirgan hamkasblarimiz! 🥇Abdullayeva Yulduz Qumqo'rg'on BXM, servis menejer 🥈Normamatova Nafisa Jarqo'rg'on BXM, servis menejer 🥉Pardayeva Gulxayo Yakkabog' BXM, servis menejer 🏦@HR_BRB

Har bir tashrif buyuruvchi mijozni yuksak madaniyat, samimiy tabassum va professional xizmat bilan qarshi olib, bankimizning haqiqiy "yuzi" hamda ko‘zgusi bo‘lib kelayotgan fidoyi hamkasblarimiz bilan tanishing! 🏆2026-yil 2-chorak davomida mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatgan holda, eng ko'p reyting ballariga ega bo'lgan ofis menejerlar !!! 🥇Tajimuratov Jaxanger Nukus BXO, ofis menejer 🥈Alisherova Marina Nukus BXO, ofis menejer 🥉Masharipova Ilmira Xiva BXM, ofis menejer 🏦@HR_BRB

Средний и крупный бизнес в Узбекистане растёт, а вместе с ним меняются и требования к банковскому обслуживанию. Директор депа
Средний и крупный бизнес в Узбекистане растёт, а вместе с ним меняются и требования к банковскому обслуживанию. Директор департамента корпоративного бизнеса BRB Диёр Номозов рассказал, как банк переходит от классического кредитования к комплексным решениям для корпоративных клиентов (реклама). https://www.gazeta.uz/ru/2026/07/17/brb/

Valyuta operatsiyalarida yangi rekordlar 📈 Mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatib, valyuta ayirboshlash yo‘nalishida eng yuqori natija qayd etgan Top-3 hamkasbimiz bilan tanishing: 🥇Dilafruz Xamrayeva — Yakkasaroy BXM (47,2 mlrd so'm) 🥈Dilnavoz Kutliyeva — Xiva BXM (39,5 mlrd so'm) 🥉Nigora Yuldasheva — Sergeli BXM (38,8 mlrd so'm) 🏆Fidoyilik ва yuksak professionallik uchun tashakkur! Yetakchi jamoalarimizni samimiy tabriklaymiz va yangi zafarlar tilaymiz! 🏦@HR_BRB

Muvaffaqiyat kaliti — hamjihat jamoa va aniq maqsadlarda!💼✨ 🥇62,0 mlrd so'm — Yakkasaroy BXM 🥈32,1 mlrd so'm — Toshkent BXO 🥉22,2 mlrd so'm — Andijon BXO Har bir natija ortida jamoaviy mehnat, professionallik va mijozlar ishonchi turadi. 🏆Avtokredit yo'nalishida bu oy eng yuqori natijani qayd etgan Top-3 jamoa bilan tanishing. 👏Yetakchi jamoalarni samimiy tabriklaymiz! Erishilgan natijalar yangi marralar sari barchamiz uchun ilhom manbai bo'lsin. 🏦@HR_BRB

Repost from BRB Info
#yoshlar_kuni #uchrashuv ⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan "Biznesni rivojlantirish banki" ATB rahbariyati hamda yos
+8
#yoshlar_kuni #uchrashuv ⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan "Biznesni rivojlantirish banki" ATB rahbariyati hamda yosh xodimlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. 🏦Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, kasbiy rivojlanishi, zamonaviy bank tizimidagi o‘rni va kelgusidagi maqsadlari yuzasidan samimiy fikr almashildi. Tadbirda Bank Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Yusupov ishtirok etib, yoshlarni yangi marralarni zabt etishga undadi. 😎 Shuningdek, "Eng faol yosh xodim" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Respublika bo‘ylab hududlardan saralangan 30 nafar yosh xodim turli nominatsiyalar bo‘yicha e'tirof etilib, esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan mukofotlandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR