cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Luna_Moon

Mening kanalim: Yozganlarim o'zimga yoqadi😊 Hammasi kitoblarim haqida I'm bookworm 🥰📚📚📚📖 11.11.2021. Murojaat uchun @Moonn_books_bot

Больше
Рекламные посты
208
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

​​#men_tugatgan_kitob Mo'ynali mantodagi madonna Sabahaddin Ali Har birimiz uchun faqat birgina inson kerak. Sabahaddin Alining ushbu asari 1943-yilda ilk bor nashr etilgan. Mo'ynali mantodagi Madonna-hayotda qo'ldan boy berilgan imkoniyatning yorqin namunasi. Asar turkiyalik Raif afandi haqida hikoya qiladi. Hikoya qiluvchining ismi asarda tilga olinmagan. Ishsiz qolgan bizning hikoya qiluvchimiz, bankka ishga kiradi va qahramonimiz Raif afandini uchratadi. Hammadan ajrab olgan, sodda bu insonni hayotiga qiziqishni boshlaydi va sekinlik bilan uning yoshligidagi voqealarni bilib oladi. Voqealar rivoji esa Raif afandining sevgi qissasi bilan davom etadi. Mariyani uchratgach hayotiga mazmun kirgan Raif afandi unga oshiq bo'lib qoladi. Mariya obrazini hali asar yakuniga yetmasdanoq negadir "Uch og'ayni" dagi Patga o'xshataverdim, asar oxirida hayron qoldim. Judayam o'xshash obrazlar. Ushbu qissa yana butun insoniyatning sevgi tajribasi borasidagi takrorlanmas hikoyasidir. Sabahaddin Alining eng mashhur romani meni o'ziga chiroyli iqtiboslari, hayotning achchiq-shirin damlarini haqiqiy tasvirlar ila yozilganligini bilan bog'lab qo'ydi. Bu shunchaki melanholiyaga boy sevgi qissasi emas, bu haqiqiy qalbi bor insonlarning faryodi. Santuagara of library irodasiz deya ta'riflagan Raif afandini holatini men juda yaxshi tushundim. Tushunishimga sabab balki menda ham iroda yetishmas, bilmadim. Kundalikka yozayotgan paytida oldida bo'ldim, birga dardlariga hamdard bo'ldim, yana yana ko'proq yozishni xohlaganida hammasini menga aytishi mumkinligini aytdim, uni tushunishimni bilishini va menga ishonishini juda xohladim. Agar ushbu turk klassikasini hali o'qib ulgurmagan bo'lsangiz, kutubxonangiz eng yaxshi asarlar biridan bebahra ekan.
Показать все...

👍
👎
Abeddan keyin esa Mo'ynali mantodagi Madonna asarini tugatdim. Bir so'z bilan ta'riflash mumkin bo'lsa bu asarni umrbod esimda qoladigan asar deya olaman(shundayam bir so'z bo'lmadi). Asar juda juda yoqdi. Taqriz ham yozdim. Kitob haqida hammasi yaxshi faqat kitob o'qishga juda noqulay ya'ni ochib turishga, kichik bo'lsa ham menga shunisi halaqit berdi. Iqtiboslari ham juda yoqdi o'zimga qo'limdan kelgancha yoritib yozishga harakat qildim. @oyjamol_books
Показать все...
Bugun Tafsiri Hiloldan abedgacha ikki kunlik rejamni bajardim. Kecha qolib ketgan edi. Qiziqqanlarga instagramda istoriyada kunlik o'qiganlarimdan test tuzib boryapman. Bugun judayam qiziq joyida to'xtadim. @oyjamol_books
Показать все...
Repost from Asaxiy Books
Bolaligimda va o'smirligimda o'qigan kitoblardan farqli o'laroq, bu kitoblarda har kungi hodisalar, meni qurshab olgan odamlar haqida so'z borardi. Bunday kitoblarni o'qib, shu paytgacha o'zim bilmagan va ko'rmagan narsalarni payqay boshladim, ularning asl ma'nosiga yanada chuqurroq kirib borardim. Rus yozuvchilari menda eng ko'p taassurot qoldirishdi. Turgenevning qissalarini bir o'tirishda o'qib chiqardim. Ushbu qissalardan biri(Klara Milich) meni bir necha kun o'ziga maftun qilib qo'ydi. Uning qahramoni Klara Milich sodda talabani yaxshi ko'rib qoladi, biroq bu hislarini hammadan puxtalik bilan yashiradi. Shu tarzda u tentaknamo kishining aqlsiz xushtorligu qurboniga aylanib qoladi va nomus azoblari qiynaydi. Bu qiz menga ruhiy jihatdan juda yaqin edi. O'z tashvishlarini oshkor etmaslik uchun u rashk va ishonchsizlik bilan eng go'zal, eng teran his-tuyg'ularini bo'g'ib tashlashga tayyor bo'ladi. Men ham shunday emasmanmi? Mo'ynali mantodagi Madonna P/s aynan shu muqovasi juda yoqdi @oyjamol_books
Показать все...
Men bilan baravar o'qimoqchi bo'lganlar uchun. Kunlik reja 20bet. Mo'ynali mantodagi madonna asarini esa elektron varianti mavjud emas. @oyjamol_books
Показать все...
Tafsiri Hilol_1.pdf4.78 MB
Birinchi marta ikkita kitobni teng o'qiyapman. Sababi bor. Bular esa kitobdan olingan iqtiboslar. @oyjamol_books
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Mutolaadagi kitob. @oyjamol_books
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
14-fevral @oyjamol_books
Показать все...
Repost from Asaxiy Books
14-fevral kuni haqida: kun tarixi, qachon va nima sabab paydo boʻlgani hamda bayramdan maqsad haqida batafsil. @asaxiybooks
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.