Basic English
Открыть в Telegram
Ingliz tilini noldan oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun - Har kuni reja asosida oʻrganib borasiz - Hozirda lugʻat boyligi uchun Essantial kitobini test ishlamoqdamiz! https://bio.link/basiceng
Больше4 096
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней
Архив постов
4 096
Ingliz tilida gap bo'laklari mosligi (parallel structure)
✳️ Ma'lumki, bog'lovchilarning gapdagi vazifasi bir vazifadagi gap bo'laklarini bog'lab kelishdir. Bog'lovchilarning bunday holatlarda ishlatilishi ingliz tilida 'parallel structure' deb nomlanadi. Mazkur bog'lovchilarga and, but, or yoki nor bog'lovchilari kiritish mumkin.
⚠️ Sodda qilib aytganda, bu bog'lovchilar bilan kelgan gap bo'laklari gapda bir xil vazifada bo'lishi lozim, ya'ni fe'l bilan fe'l, sifat bilan sifat qo'llanishi lozim.
🔸Steve and his friend are coming to dinner. (ot+'and'+ot)
🔸Susan raised her hand and snapped her fingers. (fe'l 'and'+fe'l)
🔸He is waving his arms and (is) shouting at us. (fe'l 'and'+fe'l - ikkinchi yordamchi fe'l tushirib qoldirilishi mumkin)
🔸These shoes are old but comfortable. (sifat+'but'+sifat)
🔸He wants to watch TV or (to) listen to some music. (infinitiv+'or'+infinitiv)
✳️ Mazkur mavzu nima uchun kerakligini yana bir marta tushuntirib beraman. Ba'zan biz ingliz tilida yozganimizda quyidagicha gapni yozishimiz mumkin.
🔸Kate studies by listening to music and sings at the same time.
Bir qarashda gapimizda xatolik yoq, mazmun bor. Lekin bu yerda gap bo'laklari mosligi (parallel structure) qoidasiga amal qilinmagan. Aslida 'and' bog'lovchisidan keyin 'sings' emas, 'listening' ga mos ravishda 'singing' so'zi qo'llanishi lozim.
✅ Kate studies by listening to music and singing at the same time.
✳️ Ingliz tilida yuqoridagi bog'lovchilardan tashqari juft qo'llaniladigan bog'lovchilar ham mavjud. Bularga both...and; not only...but also; either...or; neither...nor bog'lovchilari kiradi.
🔸Both my mother and my sister are here. ('both...and' bilan bog'langan otlar ko'plikdagi fe'l oladi)
🔸Not only my mother but also my sister is* here.
🔸Not only my sister but also my parents are* here.
🔸Neither my mother nor my sister is* here.
🔸Neither my sister nor my parents are* here.
*'not only...but also; either...or; neither...nor' bilan bog'langan otlarning qaysi biri fe'lga yaqin bo'lsa, fe'l shunga moslashadi.
✳️ Endi mazkur bog'lovchilarning 'parallel structure'da ishlatilishini ko'rib chiqamiz.
🔸The research project will take both time and money.(both+ot+ and+ot)
🔸Sue saw not only a fox in the woods but also a bear. (not only+noun but also+noun)
🔸I'll take either chemistry or physics next quarter.(either+noun+or+noun)
🔸That book is neither interesting nor accurate.(neither+sifat+nor+sifat)
#grammar
@grammar_ingliz
4 096
📚Raymond Murphy 5th edition 2019
Haqiqatdan juda zo'r kitob o'zimga ham yoqadi mavzular sodda berilgan...
@grammar_ingliz
4 096
Countable / uncountable (2)
Farqiga e'tibor bering:
1) a cake - bir butun tort
2) some cakes - bir nechta tort
3) some cake - bir bo'lak tort
4) a piece of cake - bir bo'lak tort.
1-gapda "a" bo'lgani uchun bitta deb tushunamiz.
2-gapda "cakes" ko'plikda kelgani uchun butun tortlardan bir nechtasini tushunamiz.
3-gapda "some"dan so'ng "cake" birlikda kelgani uchun bitta tortning qanchadir qismini tushunamiz.
4-gapning ma'nosi 3-gap bilan bir xil.
Quyidagi gaplar inglizchada hech qachon ko'plik shaklda kelmaydi: bread (non), weather (ob-havo), information (ma'lumot), advice (maslahat), hair (soch), furniture (mebel), paper (qog'oz), news (yangilik).
Masalan, breads, hairs, papers deyish noto'g'ri, some bread, some paper, some hair kabi yoziladi. Bu so'zlar odatda sanalmasligi uchun a/an qo'yilmaydi.Ammo "a newspaper" (gazeta) so'zida a/an ishlatsa bo'ladi.
I bought a pen, some bread and some cheese - Men ruchka, qanchadir non va pishloq xarid qildim.
#Grammar
@grammar_ingliz
4 096
⛔️Test yakunlandi.
Test muallifi:
Qòshmurodov Sultonbek
Test kodi: 21443
Savollar soni: 20 ta
✅ Natijalar:
1. student_inshaallah - 20 ta 🥇
2. Odilova Ozoda - 20 ta 🥇
3. Sodiqova Matluba - 14 ta 🥈
4. Mukhtorova Mohinur - 13 ta 🥉
5. Otaniyazova Barno - 13 ta 🥉
6. Otaniyazova Dinora - 12 ta
7. Madaliyeva Nozigul - 12 ta
8. Nargiza Bekkulova - 11 ta
9. Otaboyev Dilxushbek - 5 ta
To`g`ri javoblar:
1.b 2.d 3.b 4.c 5.c 6.d 7.a 8.d 9.c 10.d 11.d 12.b 13.c 14.a 15.c 16.b 17.c 18.b 19.c 20.cTestda qatnashganlarga rahmat... 😊😊😊
4 096
Bugun testimiz!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🕗 Boshlanadi: 20:00
🕙 Yakunlanadi: 22:00
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🧮 Savollar soni: 20 ta
🔓 Test kodi 21443
📰 Fan: Ingliz tili
📈 Darajasi: DTM darajasida
💰Qatnashish: Bepul
🌐 Til: Ingliz tili
📝 Qatnashuvchilar soni: Chegaralanmagan
🔐Test javoblarini shu botga yuboring @e_test1_bot
21443*abcacb shaklida yoki
21443*1a2b3c shaklida yuboring❗️
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Testda hammaga omad tilayman.
Testga do'stlaringizni ham taklif eting.
👉 @grammar_ingliz
4 096
❗️ BUGUN SOAT 20:00 DA❗️
✍️Ingliz tili 20 talik blok test
🕐Test vaqti 20:00 dan 22:00 gacha
🛑 Abiturentlarga ajoyib imkoniyat☑️
📚Qatnashish uchun soat 20:00 da online bo'ling❗️
📌Do'stlaringizni ham taklif qiling "Kanalimiz ma'muriyati📯
TEST Manzili 👉 @Grammar_ingliz
Imkoningiz boricha hammaga tarqating guruhlarga, tanishlarga va do'stlarga qancha ko'p odam qatnashsa O'zbekiston bo'ylab o'rningizni aniqlash oson bo'ladi👍
(Test bepul)
#Online_3
@grammar_ingliz
4 096
📹 Learn English with Encanto
- "Encanto 2021" multfilmidagi sizga notanish bo'lgan iboralarni birga o'rganamiz...
#movie_time
@grammar_ingliz
4 096
✅Speaking time
IELTS Speaking test in Uzbekistan - September 2019
💠 Part 1️⃣
Interview
🔸 What is your full name?
🔸 Can I see your ID?
🔸 Where are you from?
🔸 Do you work or study?
🔸 What is the meaning of your name?
🔸 What are popular names in your country?
🔸 Do you like to travel? Why?
💠 Part 2️⃣
Cue Card
Talk about a memorable journey that you had. Please say
🔸 Where and when did you go?
🔸 Who did you go with?
🔸 Why did you go on that journey?
💠 Part 3️⃣
Discussion
🔸 What happened during the journey?
🔸 What transport is available in your country?
🔸 What is the most popular transport in your country?
🔸 Compare public and private transport.
🔸 What is the future of transport, in your opinion?
A Friendly Reminder 🤝
Try to speak at least more than the examiner. If you are asked a question using one sentence, respond with two or more. Never give short, uncommunicative replies and never use fillers. Typically, you will be asked about everyday topics, such as work, studies, sport, family and so on. So you should try answering IELTS Speaking questions before the exam. You will be surprised how simple they are! You just need to learn appropriate vocabulary and understand what answers you will give 🤓
Record your answers in order to check your pronunciation and work on it, if you made pronuncing errors 😉
My posts are so helpful in preparing for the official IELTS test. I believe you guys aslo will take incredibly high score from IELTS! By the way, I always try to send really useful posts to my channel! If you like them, then share them☢️
#speaking
#copyright reserved
@grammar_ingliz
4 096
✅ Most common American idioms ( part 13 )
❗️Let's call it a day.
▪️That's enough work for today.
❗️Let's call it quits.
▪️Let's stop for now.
❗️You call the shots.
▪️You make the decisions.
❗️It's a can of worms.
▪️That is a big bunch of problems.
❗️I ride in a car pool.
▪️A group of us ride to work together.
❗️Don't chicken out on us.
▪️Don't get scared and leave.
❗️He's a chip off the old block.
▪️He is just like his dad.
❗️We need to cut our losses.
▪️We must withdraw form a losing situation.
❗️You've cooked your own goose.
▪️You are in a problem of your own making.
❗️You make me crack up.
▪️I find you extremely funny.
❗️You need to crack a book.
▪️Open up a book and learn something.
❗️You need to crack a joke.
▪️Don't be so serious all the time.
❗️It cramps my style.
▪️You have put too many limits on me.
❗️He's the cream of the crop.
▪️He is the best there is.
#vocabulary
@grammar_ingliz
4 096
Ingliz tilida fe'l shakllari
▪️Keyingi mavzularga oʻtishdan oldin ingliz tilidagi asosiy fe’l shakllarini koʻrib chiqish lozim, chunki keyingi mavzularda fe'lning turli shakllari qo'llaniladi. Grammatik qoidalarda fe’lning ❗️4 ta shakli qoʻllaniladi.
1️⃣ Fe'lning noaniq shakli (Infinitive) fe’lning asosiy shakli boʻlib, zamonni va shaxsni koʻrsatmaydi, ya'ni hech qanday o'zgarish yoki qo'shimcha bo'lmaydi.
🔸to play, to eat, to go, to think, to work
2️⃣ Past simple (verb II) fe’l shakli faqat oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.
🔸played, ate, went, thought, worked
3️⃣ Past participle (verb III) - fe’lning oʻtgan zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va qoʻllanadigan zamonlar va vaziyatlar juda koʻp.
🔸played, eaten, gone, thought, worked
4️⃣ Present participle - fe’lining hozirgi zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va davomiy zamonlarda qoʻllaniladi.
🔸playing, eating, going, thinking, working
💡Endi ingliz tilida eng muhim qoidalardan biri - fe'llarning to'g'ri (Regular) yoki noto'g'ri (Irregular) fe'llarga bo'linishini ko'rib chiqamiz.
▪️Umumiy qoidaga koʻra, toʻg’ri fe’llar zamonlarda shu zamonga xos boʻlgan qoʻshimchalarni oladi, ya'ni❗️ ularga qo'shimcha qo'shilishning bitta to'g'ri shakli bor. Masalan, oʻtgan (Past Simple) va hozirgi tugallangan zamonlarda (Present Perfect Simple) toʻg’ri fe’llarga “–ed” qoʻshimchasi qoʻshiladi. (worked, played, washed, wanted, dusted)
▪️Notoʻg’ri fellar esa qaysi zamonda qoʻllanishiga qarab shakli oʻzgarib turadigan fe’llardir. Bu fe’llarning qanday qo'shimcha yoki shakl olishining ❗️yagona qoidasi yoʻq. Ularni faqatgina yodlash yoʻli🤪 bilan oʻzlashtirish mumkin. (drive - drove - driven, eat - ate - eaten, do - did - done)
Kanalimizni kuzatib boring, yaqin kunlarda ingliz tilida eng mashhur noto'g'ri fe'llarning ro'yxatini 📜sizga yetkazamiz.
#grammar
@grammar_ingliz
4 096
What's the difference between OTHER | OTHERS| THE OTHER | and ANOTHER |
#grammar #time
@grammar_ingliz
4 096
❗️ BUGUN SOAT 20:00 DA❗️
✍️Ingliz tili 20 talik blok test
🕐Test vaqti 20:00 dan 22:00 gacha
🛑 Abiturentlarga ajoyib imkoniyat☑️
📚Qatnashish uchun soat 20:00 da online bo'ling❗️
📌Do'stlaringizni ham taklif qiling "Kanalimiz ma'muriyati📯
TEST Manzili 👉 @Grammar_ingliz
Imkoningiz boricha hammaga tarqating guruhlarga, tanishlarga va do'stlarga qancha ko'p odam qatnashsa O'zbekiston bo'ylab o'rningizni aniqlash oson bo'ladi👍
(Test bepul)
#Online_3
@grammar_ingliz
4 096
Umumiy sózlar qatori
Quyidagi sózlarni yunon va ingliz tilida qandayligini bilib oling
!!!Yangi sózlarni yod oling!
Water 💦- suv
Book 📚-kitob
Time - vaqt
Earth 🌍- yer
Light 🕯️-yorug'lik
Hear-eshitmoq
Round-aylana
Law - qonun
Hand -qól
Peace-tinchlik
😊Post yoqqan bo‘lsa kanalimizga do‘stlaringizni taklif qiling !
@grammar_ingliz
