cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Ibrohimjon's blog

if thoughts worth writing, why not put them here)

Больше
Рекламные посты
417
Подписчики
+124 часа
+47 дней
+6230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Idishlarni yuvish haqida bir qiziq narsa o'qigandim 6 7 yillar avval, esimga tushib ketdi aytib beraman). Ammo, reference keltira olmayman, qayerda o'qiganimni eslolmadim. Mashhur bir ixtirochini uyida har kuni bazm, o'yin kulgi bo'larkan, ko'p mehmonlar kelarkan. Uning xotini idishlarni har kuni yuvishdan noliyvergani uchun, o'sha ixtirochi bir martalik ishlatiladigan idishlar g'oyasini o'ylab chiqgan ekan (одноразовый). Husband bo'lsa shunaqa bo'lsinda ayolini problemalarini olamshumul ixtiro bilan hal qilib beradigan). 1902-yili New Yorkning qor gupillab yog'ayotgan ko'chalarida mashinaning ichida ketar ekan, Mary Elizabet Anderson har 5 daqiqada haydovchi mashinani to'xtatib, mashina oynasida to'planib qolgan qorlarni qo'li bilan tozalaganiga guvoh bo'ladi. Shundan so'ng injiner opamiz o'z shahriga qaytib mashina "dvernik"larini yaratadi. E'tibor bersangiz ko'plab buyuk ixtirolar insoniyatning qaysidir muammosi uchun yechim sifatida yaratilgan. Kasblarning mavjud bo'lishining eng asosiy sababi ham shu - har biri qaysidir muammoni hal qilib beradi. Taksist yo'lni yaqin qiladi, elektr injinerlar yorug'lik olib keladi, doktor sog'liqni saqlaydi. Kasb tanlashda berilishi kerak bo'lgan eng muhim savollardan biri: kelajakda insonlarni qaysi muammosini hal qilganim uchun menga pul to'lashadi? Mendagi qaysi talant va qanaqa bilimlar o'zim orzu qilgan kompaniya kamchiliklarini yopib rivojlanishiga hissa qo'shadi? Muammolarni hal qilmaydigan va insonlar hayotini rivojlantirishga hissa qo'shmaydigan kasblar bir kun kelib yo'q bo'lib ketadi, ularga talab qolmaydi. Hozirgi vaqtda inson qadri va kapitalini oshirishni (= boy bo'lish) eng yaxshi yo'li eng katta va dolzarb muammolarga innovativ, sifatli va tez yechim bera olish. Yaxshi inson, yaxshi kadr bo'lmoqchimisiz? Problem solver bo'ling. #mustread @bornleader_community
Показать все...
Bugun shunaqa short read postlar yozadigan kunimiz ekan, aybga buyurmaysizlar endi, xurmatli do'stlar)
Показать все...
Ko'z qo'rqoq, qo'l botir degan maqol - men bir uyum idish tovoqlarni ko'pligidan ularga 2 soat qarab siqilib o'tirganim, va oxirida qayerdandir matvassa topib olib hammasini 5 daqiqada yuvib tashlanganimdan keyin chiqarilgan). #humour
Показать все...
Qanchalik e'tiborli ekanligimni eshikni o'zida osilib turgan kalitni atrofdan 10 daqiqa qidirganimdan bilsa bo'ladi). #hayotiy #humour @bornleader_community
Показать все...
Mas'uliyat og'ir tosh bosadi Vanihoyat nega bundayligini tushinib yetdim. Nega inson boshqalarning yordamiga tayanishni yaxshi ko'radi? Nega biz ba'zida mas'uliyatni bo'ynimizga olishdan qochamiz va kimlardandir najot kutamiz? Chunki inson psixologiyasiga ko'ra, biz aybdorlik hissini tuyishdan qo'rqamiz. Buni men dark human traits ham deb qo'yaman. O'zini aybdor sifatida ko'rish insonga kuchli moralniy og'riq beradi. Shu sababli ko'pchilik risk qilayotgan vaqtda/birorta muhim ishni bajarishni niyat qilganda oxiridagi natija uchun kimnidir javobgar qilgisi keladi. "Writing balim past chiqib qoldi, ikki hafta qolganda ustozim qo'shimcha dars o'tib beraman degandi, shuni qilmadi-da" "Yugurishga chiqamiz deb kelishgandik, o'rtog'im kelmadida ikki kundan keyin" "Universitetga o'zimiz topshirib, grant olib beramiz deyishgandi, baribir eplasholmadi" Hayotim davomida duch kelgan 90% odamlar shunga o'xshash gaplarni gapirishdi. Nega "o'zim yetarlicha harakat qilmadim", "bu safar o'zimni omadim kelmadi", "o'zimni xatoyim edi" emas? Ha, aybdorlik hissini o'z bo'yniga olish va xatolarni o'zidan qidirish oson emas. Ego shu joyida kuchlilik qilib, oyoq tirab qarshilik qiladi. Oqibatlar uchun kimlarnidir aybdor qilib ko'rsatish miyamiz uchun taskin va komfort beradi. Ammo, holatimizni 1 gradusga bo'lsa ham o'zgartira olmaydi. Bekzod akaning sevimli iqtibosi shu yerga juda mos tushib o'tiradi: hech kim sizni qutqarib qola olmaydi. Kulgili tomoni, hech kim qutqargani kelmaydi ham. Kelishga majbur ham emas. #mustread @bornleader_community
Показать все...
Eng samimiy tavsiyam Biladiganlar biladi, o'zimni opam oliy toifali rus tili o'qituvchisi, C1 sertifikati bor. Dars berish tajribasi 6 7 yillik. Ammo, hozirgacha oddiy maktabda ishlab yuradi. Doimo ularga karyerasini kengaytirishini, Prezident maktablari yoki xususiy sektorda ishlashini maslahat berib kelaman. Yaqinda opam boshqa bir bloger rus tili o'qituvchisi kanalida admin bo'lib foydali kontent tayyorlashni boshlagandi (@russian_muhlisa). Keyin meni xursand qilib 1-iyuldan o'zining ilk onlayn darslarini boshlaganini aytdi. 3 oy davom etadigan kursda asosiy fokus speaking, erkin muloqot qilishga qaratiladi. Grammatika, dialog, lug'at va matnlar bilan ishlash o'rgatilib, rus tilida sayravoradigan darajaga chiqish maqsad qilinibdi). Siz intensiv "razgavor"ni o'rganishingiz kerak bo'lsa opam sizga yordam bera oladi, 9 yil rus maktabda ruslar bilan o'qigan. Bilimi va dars o'tish darajasi yuqori ekanligini shaxsan o'zim verify qilaman. Haftada uch kun online dars bo'ladi, narxi 200 ming ekan. Eng kamida harflar va basic maktab bilimi qo'shilish uchun yetarli bo'ladi. Qatnashmoqchi bo'lganlar opamni o'ziga bog'lanib qo'shilsangiz bo'ladi @zumrad_olimovna. Aytganimdek, bu mening holis tavsiyam. Bu blogda hech qachon reklama chiqmagan, chiqmaydi ham. P.S: Oʻzim ham qoʻshilishni oʻylab turibman. @bornleader_community
Показать все...
Any interesting events/clubs/conferences in Tashkent today happening? Will be in the city for a day before my departure in the evening. If something is happening or will happen today, please recommend me few places to visit. Vice versa, you can invite me for lunch too, I am hungry). Let me know in my DM @ibrohimjonreal, if you have something to share.
Показать все...
Shu postlarni yozib chiqish uchun Ispaniya Gruziya o'yinini chopdim. Pele ruhi haqqi hurmati, meni kechiringlar). Futbol qiroli bo'lgan bobomiz qabrida bezovta bo'lmasinda). #Midnight_thoughts #humour
Показать все...
May & June summary Qarasam iyul oyi kirib kelayotir do'stlar. An'analarim esimdan chiqib ikki oy #month_summary yozmapman. Bu menga hayotimni analiz qilishga yordam beradi. Shunga may va iyunni bitta qilib hozir yozib chiqaman. May Yangi yil boshidan beri men uchun eng productive bo'ldi. Negaki, iyun oyidagi major eventlarga kuchliroq tayyorlanishim kerak edi. Science va Programming o'rganish jarayonimda ko'p yangi mavzularni qamrab oldim. Har kuni 5 6 soat vaqtimni zerikarli bo'lgan misol masalalarga bag'ishladim). Marafon tayyorgarligi uchun umumiy hisobda 120km'ga yaqin masofani yugurib o'tdim. Kunduzi o'qish, kechasi yugurish rejimida bo'ldim. 8-may kuni Flexer do'stim Muslima bilan (opa Germaniyaga ketyaptilar) tumanimizdagi maktab o'quvchilari uchun chet elga hujjat topshirish, grantlar yutish, va FLEX bo'yicha bepul seminar o'tkazdik. Shu orqali oz bo'lsada "giving back to community"ni bajarishga harakat qildim. Keyingi kuni Surayyo opam haqidagi hikoyani yozib tugatdim. Taxminan 3000ga yaqin odam o'qidi. 14-kuni @yozuvchiblog loyihasiga asos soldim. Yozuvchilik yo'nalishdagi proyektlar bizda kamligi va o'zim muhtoj bo'lganim uchun shu ishga qo'l urdim, nasib o'ylaganlarimni tezroq amalga oshiraman. IT Community Fergana region ambassadori bo'lmoqchidim, Shavkat Karimov afsuski meni tanlamadilar). Hogwarts Research programmasidan ikkinchi bor ham o'tolmadim. Lumieredan bittada o'tganmanda, shunisi alam qiladi xolos). Aytgancha, research bo'yicha. Yozgan ilmiy ishimni nashr qilish uchun birinchi muzokaralarim mayda bo'ldi, qancha harajati bo'lsa ko'taramiz deyishdi). Endi tezroq revise qilishni tugatib, submit qilishim kerak scientific journalsga. Toshkentdagi qisqa tashrifim davomida iDare eventida bo'ldim va @satashkent'dagi qadrdonlarni ko'rib keldim. Speechlardan yangi insightlar oldim, eski qadrdonlar bilan qiziqarli mavzularda suhbat qurdim, kulishdik ham). Garvardda o'qiydigan o'zbeklardan biri Gulirano Alimurotova bilan oyning oxirida suhbatlashishga muyassar bo'ldim. Asosiy mavzu HPAIR bo'lgan bo'lsa ham, vatandosh sifatida maroqli suhbat qura oldik). Men uchun eng kutilmagan voqea esa shubhasiz, American University'da o'qish uchun full-ride US-CAEF grantini yutganim bo'ldi. Yutganimizni ham prank qilib aytishdi Zoom meetingda). Qo'llarim qaltirab, yig'ladim o'sha vaqt, 2 3 yildan beri harakat qilganimdim bu uchun. Xursandchilik, quvonch. Ammo, ertasi kuni grantni "otkaz" qilganim to'g'risidagi yakuniy qarorimni aytishimga to'g'ri keldi. Haa, dunyoni ishlari juda qiziq). Va men uchun eng muhim va eng esda qolarli voqea oyning va bahorning oxirgi kuni - 31-mayda sodir bo'ldi. Vanihoyat eng yaqin do'stlarimdan biri Dilbar bilan birinchi bor hayotda ko'risha oldim). Bir birimizga o'z hikoyalarimizni aytib berdik va ko'plab mavzularda argumentlashdik, bu kun haqida alohida telegraphda post yozaman kutinglar. Amerikadan maxsus olib kelingan kitob va Yevropadan maxsus esdalikni sovg'a sifatida olishimni bilganimda, to'g'risi sakkizta atirgul emas, katta buket olib borardim). Biroz hijolat bo'ldim. I will fix it in our next meeting. Shu asnoda may oyini Maksim Gorkiy ko'chasida yarim tunda sayr qilib tugatdim, oldimda turgan iyun haqidagi o'ylar quvontirardi... Iyun Dastlabki 10 kuni juda intense o'tdi. 1-2 Iyun Zamin UltraMarafoni bahona Jizzaxga ilk bor tashrif buyurdim va do'stlarimiz bilan marafonda qatnashdik (batafsil). 3-9 iyun kunlari esa Iqtidorly oromgohida bordim. STEM fanlari lagerida science bo'yicha kuchli 200 ga yaqin inson bilan tanishdim (batafsil). Oyni o'rtalarida Rosalie kanalidagi voice chatga taklif qildi, u yerda guest speaker bo'ldim. USCAEF va grantlar bo'yicha gaplashdik. Shundan keyin biroz miyaga dam berishga qaror qilib, qo'shimcha loyihalar va kitob o'qish bilan mashg'ul bo'ldim. 40 ga yaqin odamni Ibrat uchun yozgan 4 tadan essaylarini tekshirdim - zerikdim). Qisqa qilib aytsam, iyun insonlar bilan esda qoldi. Shunaqa do'stlar, hayot shunaqa tez davom etib ketaveradi, bizni hikoyamiz ham davom etadi). #month_summary #year_2024 #may #june @bornleader_community
Показать все...
Repost from Husan Isomiddinov
Фото недоступноПоказать в Telegram
#offer #chance May I have your attention, please?
Earlier on, we formed a running club among our friends to mostly prepare for marathons and practice a healthy lifestyle. Now, however, we want to grow bigger, shifting from an amateur and close-running club to something more impactful in the community. Our team is thus now inviting talented and hardworking individuals for the following positions:
- Social Media Specialist - Graphic Designer - Web Developer
While we cannot offer monetary compensation, we provide valuable benefits. You'll receive personal consultations with our co-founding team members (Levsha, Ozodbek, and Husan), covering topics like test preparation, writing improvement, and self-growth tips.
If this sounds intriguing, don't hesitate to reach out to us! ❗️Deadline: July 7, 11:59 PM Tashkent time Dm: @hida_115 Warm regards, Husan, Ozodbek, & Levsha
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.