cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Bonita Vida Psychology

🕊️https://t.me/PsychologyBonitaVida Oliy ma'lumotli Psixolog Guzal Zohidovaning telegram kanali. Psixologik bilimlar va kurslar haqida ma'lumot berib boramiz. Savollarga bot orqali javob beriladi👇 https://t.me/PsixologBonitaVida_bot

Больше
Рекламные посты
206
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Pul borasida hozir nima qilishim kerak? ❓Ko'proq yig'ib qo'yaymi? ❓Maza qilib sochib ishlataymi? ❓Ko'proq pul topishga e'tiborni qarataymi? ❓Bor pulimni ko'paytirish yo'llarini topaymi? ❓Kattaroq mulk sotib olaymi? Bunday savollarga javob topishdan oldin, u insonning hozirgi holatini o'rganish kerak. Oilaviy holati, hozirgi daromadi, ikkilamchi kirim qiymati, sog'ligi va yoshi, psixologik holati kabilardan kelib chiqib inson o'zi uchun qaror qabul qilishi kerak. - misol uchun ruhan toliqqan insonga, o'z energiyasini tiklash uchun: - topganingizni o'zingizni hursand qilish uchun sarflang, zavqlaning deyish mumkin, lekin hozirda katta pul topib, hammasini o'yin kulguga sarflab yuborayotgan insonga, hozirgi holatga ishonma, albatta "mulk olib qo'y" degan maslahat ish beradi. Hullas inson o'zi o'z holatidan kelib chiqib qaror qiladi. Lekin hamma uchun birdek yordam beradigan usul bor👍. Har qanday moliyaviy holatda bo'lmang bu sizning foydangizga ishlaydi. Bu ehson berish.💸
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
💶❌Bizning jamiyatda pul mavzusi o'ta yopiq mavzu hisoblanadi, hatto uyat mavzudek qaraladi. 🤯Aslida buning tagida qo'rquv bor. Ajdodlardan qolgan qo'rquv. Qatag'on davrlarda boylarni surgin qilinishi, mol mulki musodara qilinishi, o'zlari esa qiynoqqa solinishi oqibatida pul haqida gaplashish o'ta mahfiy va qo'rqinchli mavzuga aylangan. 💶😇Albatta madaniyatli jamiyatda insonlar bir birlaridan qancha pul topishini so'rash odob doirasiga kirmaydi. Lekin pulni topish yo'llari, to'g'ri joyga sarflash va undan to'g'ri foydalanish haqida maslahatlashish bu uyat emas. Lekin Sobiq ittifoq tizimi 70 yilda bizni jamiyatga kuchli qo'rquvni singdirishga ulgurgan, 1000 yillar davomida ajdodlarimiz savdogar bo'lishlariga qaramay. Nima deb o'ylaysiz, siz uchun ham pul mavzusi UYAT va bachkanz mavzulardanmi? Pul psixologiyasi haqida yozishni davom ettiraymi yoki to'htataymi?
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Psixologiya pul mavzularini o'rganadimi? Albatta, pul va moliya hayotimizning ajralmas bo'lagi bo'lgani uchun, boylar va kambag'allar fikrlash tarzlari o'rtasidagi farq nimada ekani, psixologik qo'rquvlar insonning yetarli pul topishiga to'sqinlik qilishi yoki qilmasligi kabi mavzularda psixologlar izlanish olib boradilar. Insonlarning moliyaviy inqirozlarining bir psixologik sababi bu - impulsiv haridlar hisoblanadi. Ya'ni emotsiyaga asoslangan haridlar, hissiyotlar aqldan ustun kelganda umuman kerak bo'lmagan narsalarni sotib olish odatlariga impulsiv harid deyiladi. Reklama ta'sirida yoki do'konda tugab qoladi, hamma sotib olayapti degan qo'rquvlar ta'sirida ham impulsiv haridlar amalga oshiriladi. Ba'zi insonlar- uy olishim kerak deb uzoq yillar orzu qiladi, lekin ozgina pul yig'ilishi bilan o'zi bilmagan holda impulsiv haridlar tufayli yig'ilgan pulini yo'qotadi. Buning psixologik sabablari nimada? Mavzu qiziq bo'lsa like va kommetnatiya qoldiring.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
💸⏩😍😢 Moliyaviy holatingiz emotsiyalaringizga ta'sir qiladimi? 😢😍⏩💸💶Yoki emotsiyalarimiz moliyaviy holatimizga ta'sir qiladimi? Har ikkisi ham bir biriga ta'sir o'tkaza oladi. Qarzga kirgan yokida moliyaviy muammoga uchragan, yokida doimiy yetishmovchilikdan siqilgan inson tabiiyki tushkun kayfiyatda yuradi, va ularning ba'zilari moliyaviy barqaror insonlarga nisbatan negativ emotsiyalar his qiladi: ko'rolmaslik, muhokama qilish, hasad, yomonlik tilash kabi. Ya'ni moliyaviy holat- emotsiyanal holatga ta'sir qildi. O'z o'rnida bunday g'arazli fikrlar uni yanada kambag'allik tomon yetaklaydi. Bunda emotsiya - moliyaviy holatga ta'sir qiladi. Doimiy ko'tarinki kayfiyatda yuradigan inson, hafa kayfiyatdagi insonga nisbatan ko'proq omadliroq bo'lishi va sotuvda ko'proq muvaffaqiyatga erishishi ta'kidlanadi. Chunki insonlar bahtiyor va kulib turgan insondan ko'proq narsa sotib oladilar. Serzarda sotuvchidan esa hamma uzoqlashadi. Bu albatta emotsiyaning moliyaga ta'siriga misol bo'la oladi.
Показать все...
👆👆👆👆👆 Qarang qanchalar boysiz. Eng kamida 1mln $ ga teng boyligiz bor. Baribir kam shukr qilamiz-dee... Yuragimiz o'zi 119.000 $ turarkan, a uning funksiyasichi, 1 martta urishi nechpul? Alloh ko'rsatmasinu agar yurak 1 martta urmay qolsa nima bo'ladi. Shunchaki esidan chiqib qolsa? Biz esa oylab, yillab shukr aytishni esdan chiqarib qo'yamiz.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Одам аъзоларининг қора бозордаги нархи қанча? Статистик маълумотларга кўра донор аъзолар баҳоси қуйидагича:буйрак (2 дона) - 15.000 - 60.000 $ • юрак - 119.000 $ • ўпка (2 дона) - $200 000 доллар • бир жуфт кўз (косаси билан) - $ 1525 • бош териси - $ 607 • жигар - 157.000 $ • тери - квадрат сантиметр учун $ 10 • ошқозон - $ 607 • бир пинт 200мл қон - $ 30 - $ 400 ❗️Яқинларга Ҳам Улашинг 👉🏼 https://t.me/+g_uVfal6mXIxNTVi
Показать все...
Siz hozir qanchalar boysiz. Sizda hozir kamida 100.000$ borligini isbotlab beraymi?Anonymous voting
  • 🙄 olaa
  • 😏 qani isbotlenchi
0 votes
​​MAGNIY YETISHMAGANDA... 🍃Inson organizmda magniy yetishmasa ishtaha yo‘qolib, ruhiy siqilish, asabiylik hamda tomirlar tortishishi ro‘y beradi. Bu mikroelementning kamligi, ayni chog‘da, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, qorin damlashi, erta qarish, kamqonlik va asab bilan bog‘liq muammolarga ham sabab bo‘ladi. 🫀Magniyning yetishmasligi yurak-qon tomir tizimi ishiga ta’sir ko‘rsatadi. Aynan magniy yurak ritmining buzilish xavfini kamaytiradi, lipidlar almashinuvini yaxshilaydi, tomirlarda qon ivishining oldini oladi. Bundan tashqari, yurak va qon tomirlar ishini me’yorga solib turadi. 🍔Organizmda magniyga ehtiyoj ortishi ko‘p hollarda noto‘g‘ri va samarasiz ovqatlanish tufayli kelib chiqadi. Magniy qo‘shimcha ravishda ishlov berilmagan har qanday o‘simlikdan tayyorlangan taomda u mavjud. Masalan, yong‘oqlar, dukkaklilar, ishlov berilmagan boshoqli o‘simliklar, shuningdek, ko‘katlar, ismaloq, soya, no‘xat, dengiz mahsulotlari, mol go‘shti mazkur mikroelementning asosiy manbaidir. 💊Biz hozirgi paytda a’zoi badanimiz uchun zarur bo‘lgan magniy miqdorining hammasini suv va taomlar orqali ololmaymiz. Demak, bunda darmondorilar yordam beradi. Agar magniy yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, shifokor tomonidan maxsus dori preparatlari tavsiya qilinadi. Katta yoshdagi erkak va ayollar bir kunda o‘z vaznining har bir kilogrammiga taxminan 4,5 mg. miqdorida magniy qabul qilishi lozim. Homiladorlik va bola emizish davrida bu miqdor oshadi. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning suyaklari yaxshi rivojlanishi uchun ular kattalarga nisbatan ko‘proq — har bir kilogramm vazniga 6 mg. miqdorida magniy qabul qilishi darkor. 🧬Shuni unutmaslik kerakki, organizmga kaltsiy qanchalik zarur bo‘lsa, magniy ham shu qadar zarur. Ya’ni magniy kamaysa kaltsiy ham kamayadi yoki kaltsiy kamaysa magniy ham kamayadi. Shu sababli ularning nisbati o‘zaro teng muvozanatda bo‘lishi lozim. 🧬Organizmda magniyning yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash uzoq umr ko‘rish va hamisha bardam, tetik bo‘lish kafolatidir. 💪Mushaklarga ko‘p kuch tushganda ham kaltsiy va magniyning to‘g‘ri muvozanatdagi miqdori zarur bo‘ladi. Magniy organizmga tez singadi va suyaklarda kaltsiyni yaxshi saqlab turadi, uning badandan chiqib ketishiga imkon bermaydi. 👵Venaning varikoz kasalligi, uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik, grija (churra tushish), umurtqaning qiyshayishi, biriktiruvchi hujayralarning kuchsizligi magniy yetishmovchiligi bilan bog‘liqdir. 🍃Magniy ismaloqda, shuningdek, sarsabil deb ataluvchi ko‘p yillik sabzavotda, bug‘doy kepagi, yong‘oq, kungaboqar pistasida, loviya, ko‘k olma va salatlarda, achchiq bo‘lmagan ko‘k qalampirda ko‘p. 💊Magniy - Magniy B6, Magnerot kabi nomlar ostida Aptekalarda sotiladi. Shifokor retseptisiz beriladi. https://t.me/PsychologyBonitaVida
Показать все...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Agar budilnikning ovozi sizning asabingizni buzib uyg'atayotgan bo'lsa, yoki yaqinlaringiz qo'ygan budilnik ovozidan tepa sochingiz tikka bo'lsa - demak sizga katta ehtimol bilan Magniy moddasi yetishmaydi. Ovozlarga ta'sirchanlik albatta magniy yetishmasligidan sodir bo'ladi.
Показать все...
​​Inson borgan sari o'z so'zini, va o'z energiyasini behuda sarflashni istamas ekan. Avvallari kimdur menga yolg'on gapirayotganini sezsam, bilsam, buni tagiga yetmagunimcha savollarga ko'mardim, yolg'on gapirganini bilishimni bildirib, isbotlab qo'yish hohishi bo'lardi. Bu uchun asab va energiya ketardi, va uni qanchalik surbetlarcha aldashini hazm qilolmay, miyyamda aylantirardim. Hozir esa: -aha, shunaqami? Ha yahshi😊. Ichimda o'zim uchun hulosa qilaman: Sizni tushinaman, lekin siz bilan kelgusida hech qanday hamkorliklar qilmaymiz😊 hayr, yoki ehtiyod bo'lamiz.😊 Agar biror fikr meni fikrimga mos kelmasa, va bu fikrdan menga hech qanday ziyon tarafi bo'lmasa: - Ha yahshi, siz haqsiz😊 Lekin o'z fikrimda qolaman. (Bu usulni agar siz u insonni juda qadrlasangiz ishlatishingiz mumkin, ularni ranjitmaslik uchun va konfliktni oldini olish uchun masalan ota ona va yaqinlarga nisbatan. Yokida umuman sizni oldingizda 1tiyinlik qadri yo'q insonga ham ishlatish mumkin, unga o'z fikringizni aytib unga yangi g'oya berib sizga nima foyda?) Ba'zan fikrlar va argumentlar almashgan bilan hech narsa o'zgarmaydi. Ayniqsa iqlim, ekologiya, taqdir, siyosat, tarix va jamiyat kabi mavzularda. Ba'zan shunday yolg'onlar bo'ladiki bu shunchaki insonning qo'rquvlari va psixologik holatlari tufayli aytiladi. Misol uchun 40-razmer ko'ylak kiyadigan kollegam: "men 36- razmer, ba'zan XS (36dan ham kichik razmer) kiyaman " deb aytadi. O'zim yoshlikdan tikuvchiman, razmerlarni 1ta qaraganda ayta olaman, undan tashqari o'zimni razmerimni bilamanku 36 qanaqa razmer ekanini.😅 Lekin kollegamga: -😊ha siz uchun hursandman👍 deya olyapman, haqiqatni bilganim holda. Ba'zan ishonishni ham trenirovka qilish kerak. Talabalarim: ustoz darsni qilgandim, uyda qolib ketibti desa, 💯ishonib qo'ya qolaman. -qani bunga jovob berchi,🧐 deb tekshirishga harakat qilmayapman. "Hamma o'ziga o'zi javob beradi, hamma o'zi uchun o'qiydi, imtihonda namoyon bo'ladi" degan prinsipga o'tganman. Har birimizga kunlik energiya beriladi, biz uni nimalarga sarflaymiz? 🤯Uni kimlar bilandur talashib tortishishga, o'z fikrimizni qanchalik to'g'ri ekanini isbotlashga ham sarflash mumkin. 😇Yoki o'z rivojimiz uchun, rejalarimizni bajarishga ishlatishimiz ham mumkin.
Показать все...

Kanalga kirish