cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Sevimli hikoyalar🦋

𝚂𝚒𝚣𝚐𝚊 𝚝𝚊𝚗𝚒𝚜𝚑 𝚟𝚊 𝚗𝚘𝚝𝚊𝚗𝚒𝚜𝚑 𝚢𝚘𝚣𝚞𝚟𝚌𝚑𝚒𝚕𝚊𝚛𝚍𝚊𝚗 𝚊𝚓𝚘𝚢𝚒𝚋 𝚑𝚒𝚔𝚘𝚢𝚊𝚕𝚊𝚛 𝚘𝚕𝚊𝚖𝚒💗 𝙺𝚊𝚗𝚊𝚕𝚐𝚊 𝚑𝚞𝚜𝚑 𝚔𝚎𝚕𝚒𝚋𝚜𝚒𝚣🥰 @Ergasheva_K_hikoyalari (bu kanal hali ham mavjud hikoyalar uchn havolani kanaldan topasiz)

Больше
Рекламные посты
556
Подписчики
-1424 часа
-97 дней
-2030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
❤️‍🔥❤️‍🔥
Показать все...
8.77 KB
2🥰 1
🇩🇪 Biz bilan Nemis tilini BEPUL o'rganing va Germaniya Oliygohlarida o'qing yoki ishlang 1-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2307 2-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2313 3-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2326 4-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2337 5-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2352 6-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2412 7-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2419 8-Dars 👉 https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2424 9-Dars 👉 https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2439 10-Dars 👉 https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2453 11-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2467 12-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2484 12-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2488 13-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2488 14-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2498 15-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2513 16-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal/2523 17-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_kanal/2528 18-Dars 👉https://t.me/Nemis_Tili_kanal/2544 Darslar intensiv ravishda  davom etmoqda... BARCHASI BEPUL Nemis tilini o'rganayotgan va/yoki o'rganmoqchi bo'lgan do'stlaringizga yuboring 🚀
Показать все...
Va Nihoyat tugadi☺️ Hikoya haqidagi umumiy fikrilani kamentga yozb qoldirila bu man uchun muhim😁 Mani sevmli bob qogan hikoyam slagayam yoqtimi? ❤️‍🔥 Koooogina fikr bldrb xursand qb tashela😌❤️
Показать все...
👍 5 1
#songgi_qism ❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 97-qism. 25-fevral... Tug'ilgan kuni bo'lsa-da, Karanning kayfiyati har doimgidek mahzun, faqatgina oq va qora ranglardan iboratdek odatiy hayot. Uyqudan ko'zini ocharkan, o'tgan yili huddi shu kuni tongda telefon orqali bo'lgan suhbat yodiga tushdi. "-Qanday sovg'a olishni istaysiz? -Go'zal bo'lsin, ko'zlari moviy. -Yaxshi, unda kelasi tug'ilgan kuningizda huddi shunday sovg'ani kuting." Beixtiyor jilmaydi. Qaniydi yana o'sha raqam telefon ekranida paydo bo'lsa, buning uchun borini berishga tayyor edi go'yo. Bugun uning uchun alohida kun bo'lsa ham, odatiylaridek o'tishini lozim topdi. Dam olmadi, suratga olish maydoniga bordi. Bu kun u suratga tushayotgan filmning ajoyib bir sahnasi suratga olinishi kerak edi. Hamma tayyor, faqatgina uni kutishayotgan edilar. Pardozchi ishini boshladi, Karan o'ynayotgan qahramonning ko'zlari ojiz va ushbu kun uning ko'zlarini operatsiya qilishlari kerak edi, amaliyotdan so'ng ko'zlari bog'lamlari ochilar va o'sha paytda u birinchi bor ko'rishni xohlagan insoni sevgilisi bo'lishini istab, uni o'z qarshisiga o'tirishini so'rardi. Syomka boshlandi, Karanning ko'zlari berk, hatto kadrdan kadrga o'tishdagi tanaffuslarda ham vaqt yo'qotishni bahona qilishib, uning ko'zini ochishmadi. Va nihoyat so'ngi sahna... Unga juda tanish bo'lgan ifor dimog'iga urildi... Hamshira rolidagi qiz uning ko'zlaridagi bog'lamni ohistalik bilan ochardi. Tushayotgan chiroq yorug'ligidan Karan biroz ko'zlarini ocholmay turdi. Keyin chinakamiga endi ko'zi ochilgan insondek asta-sekin ochib, yumib ko'zlarini harakatlantirardi. Ancha vaqt ko'zlari bog'liqlik bo'lgani bois ko'zlari pirpirab g'ira-shira qarshisidagi qizni ko'ra boshladi. Ko'zlarini ikki-uch bor yumib ochgach, tasvir tiniqlashdi. Ha, bu o'sha, biroz oldin iforini tuygani va kelasi yil shu kunda o'zini unga sovg'a qilishni va'da qilgani edi. Qarshisidagi bu go'zal unga jilmaygancha boqib turardi. Karan bir onga bu shunchaki ko'zimga ko'rinyapti deb hayolidan o'tkazdi va ko'zlarini qo'li bilan ishqalab qayta qaradi. Yana o'sha qiz, uni birinchi bor ko'rgandagi pushti harir libosida Karanning qarshisida turardi. -Nnaaz, chindan senmisan? - tili tutilib, zo'rg'a shu savolni bera oldi, ko'zlarida yosh aylanib. Nozima sekin uning qo'lidan tutib, yuziga etdi. -Agar bu tush bo'lsa, hecham uyg'onishni istamayman. -Keling, unda shu tushda birgalikda yashaymiz. Karan uni qattiq quchoqlab oldi. -Roziman, - Karan sevinchidan yig'lab yubordi, - hecham uyg'atishmasin. Atroflaridagi butun jamoa ularni ko'zlarida yosh bilan xursand holda olqishlashardi. Ayniqsa, ularga qadrdon bo'lgan, ularning g'amlaridan siqilib, quvonchli kunlarida birga kulgan do'stlari bu baxtli yakundan juda baxtiyor edilar.
Показать все...
👍 9 2
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 96-qism. -Ha, u telbani rosa sog'indim, - yuziga tabbassum yugurdi Nozimaning, - biror kun unga qo'ng'iroq qilaman albatta. Salomimni yetkazib qo'y. -Yaxshi. Nozima, endi qaytmaysanmi, o'qishingni nima qilding? -Yo'q, shu yerga ko'chiraman, bu holimda meni endi qo'yib yuborishmaydi. -Mayli, qayerda bo'lsang ham, omon bo'lsang bo'lgani. -Umida, yana qo'ng'iroq qilaman xo'p. Yaxshi qol. -Mayli, jonim, o'pib qolaman. Hayr! -Hayr! To'y juda dabdaba bilan o'tardi, Karandan boshqa barcha xursand edi. Shu tobda bu yerdan qochib ketishni qanchalar istardi u. Qani imkoni bo'lsa-yu yelkalaridan qanot chiqib, uzoqlarga uchirib olib ketsa. Ammo ko'nishga majbur, Nozimaga qilgan xiyonati uchun o'zini bu jazoga loyiq ko'rardi. Kecha yarmida yo'qolib qoldi u, ichkilik ichish uchun uyining mehmonlar bilan band bo'lmagan bir burchagini topdi. Yana har doimgidek o'zini bilmas darajada mast bo'ldi. Buni mehmonlarga sezdirishmadi. Divya go'shangada yolg'iz tunadi. Ertangi, undan keyingi tunlarda ham shunday bo'ldi. Karan unga hatto hushyorligida ham bir o'g'iz so'z demasdi, umuman gaplashmasdi. -Karan, nega menga uylandingiz o'zi? - kunlarning birida sarhushligida shu savolni berdi Divya unga. -Buni sen istading axir, shunday emasmi? -Nimalar deyapsiz? -O'sha tun haqida o'zing oyimga bildirmadingmi, axir, - zaharxanda kulib javob qaytardi u. Divya javob qaytara olmadi. -Mening rafiqam ekaningdan xursandsan deb o'ylagandim. -Ha, xursandman, ammo baxtli emasman. -Unda dardimiz bir ekan, xafa bo'lma, bari o'tadi. Ko'nikib ketasan. -Men bunday yashashni istamayman. -Qiziq, - yana kuldi u, - men esa istayman. Hatto bu darddan rohatlanyapman. -Unga xiyonat qilganingizni bilganingizda qanchalar azoblanganingizni ko'rgandim, menga uylanib, o'zingizni bu ish uchun jazoladingiz, shundaymi, va kamiga bundan rohatlanayapsiz. Divya ilgarilari boshqacha o'ylardi, u o'zining sevgisi ikkovlariga ham yetadi deb o'ylardi. Karan u bilan albatta baxtli bo'la olishiga umid qilardi. Karanning Nozimaga bo'lgan tuyg'ulari boshqalari kabi o'tkinchi deb o'ylardi. Ammo adashganini juda kech tushundi. -Ertaga ajrashish uchun ariza topshiraman... Meni kechiring... Divya aytganidek ertasi kuniyoq borib ariza topshirdi va narsalarini yig'ishtirib uyiga qaytdi. Biroz vaqtdan keyin Ritesh Karanni majburlab Mumbayga olib ketdi va aktyorlik faoliyatini davom ettirishga undadi. Shu tariqa Karan odatiy hayotiga qaytdi. Ortda qolgan so'ngi bir yil uning uchun sururbaxsh va balki qayg'uli ertakdek xotirasida saqlanib qoldi.
Показать все...
👍 5
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 95-qism. -Sen, qanday qilib, Karan, nega bunday bo'ldi axir? Sevganing bo'la turib, nega Divyaning nomusini toptading? Tushunolmayapman... Bu ish qachon bo'ldi? Divyani qanday bu haqida gapirmaslikka ko'ndirding? Otang bilsa, nimalar bo'lishini bilasanmi? Uning oilasidagilar bilishsachi? Sumatra xonim asabiylashganidan bir joyda turolmasdi, Karanning oldida uyoqdan-buyoqqa yurib, unga tinimsiz savollar berardi. Karan esa divanda o'tirib jimgina oyisining gaplarini tinglardi, to'g'rirog'i tinglayotgandek ko'rinardi-yu ammo quloqlariga biror tovush eshitilmasdi, huddi dengiz tubiga tushib ketgan-u borliqdan uzilgandek edi. -Dadam bilan ularnikiga borib, Divyaning qo'lini so'rang, unga uylanaman, - uzoq sukutdan so'ng Karan shunday dedi-yu o'rnidan turib, o'z xonasiga chiqib ketdi. Oyisi uning bu qaroridan hayratlangancha, ortidan jim qarab qolaverdi. Nozima o'ziga keldi. Yana o'sha tushni ko'rib uyg'ondi. Hali ko'zini ochmasdan Karanni chaqirardi. Uning kravati yonidagi divanda Suhaylo o'tirardi. Ovozini eshitgach, darrov o'rnidan turib yoniga keldi. Nozima sekin ko'zlarini ochib, uni ko'rdi. -Salom, go'zalim, yaxshi dam oldingmi? -Karan... qani u? Suhaylo Nozimadan ko'zini olib qochdi. -U... u ketdi... shunga majburligini aytdi... Nozimaning ko'zlari yoshlandi. Boshqa gapirmadi. Bir necha kundan so'ng, internet yangiliklari orqali uning to'y kuni belgilanganligi haqidagi ma'lumotdan xabar topdi. Divyaga uylanayotganligini bildi. Bu xabarni eshitgach, Umida ham hayron qoldi, Karanga qo'ng'iroq qildi. -Salom Karan, yaxshimisiz? -Bilmadim... ammo qo'ng'irog'ingizni kutgandim. -Yangiliklardagi gaplar... haqiqatmi? -Afsuski, ha -Karan, sizni tanimayapman, bu qadar hotirjamlik bilan javob qaytaryapsiz? Men bilmaydigan biror sababi bormi, axir? -Ha, ammo bilmay qo'ya qolganingiz ma'qul. -Qachon qaytdingiz, Nozimaning ahvoli yaxshimi, uni ham xabari bormi bundan? -Menimcha, allaqachon u ham bildi. -Kurashishdan voz kechdingizmi... Sizdan buni kutmagandim... afsus... baxtli bo'ling... Umida shu gaplarni aytdi-yu go'shakni qo'ydi. Karanning ko'nglini ezayotgan darddan bexabar edi u. O'zbekistondan qaytganidan buyon Dehlida edi, Mumbayga qaytishni istamadi. Riteshni ham shu yerga chaqirtirib olgandi. Har tun u bilan barga borar, bo'kkunicha ichardi va Ritesh uni yelkalab uyiga keltirardi. Karandan farqli o'laroq, Divya bu to'yni juda a'lo kayfiyatda, intizorlikda kutardi. Karanga qo'ng'iroq qilar, uni uchrashuvga chaqirar, ommaga ko'proq birgalikda ko'rinish berishga undardi. Karanning bunday ishlar uchun xohishi bo'lmasada, unga qarshilik qilolmasdi. To'y uchun belgilangan kunga bir hafta qolgandi. Urf-odatlar-u kechki bazmlar boshlab yuborilgandi. Umida Suhaylo orqali Nozimaga qo'ng'iroq qildi. -Nozima, sog'liging yaxshimi, meni unutib yubording shekilli, dugonajon. -Unday dema, shunchaki sen bilan gaplashgani o'zimda kuch topolmadim, sen menga beradigan savollarga javob berolmasdim, shuning uchun... -Mayli, hammasi ortda qoldi, o'tganlarni unutamiz. Ammo endi bo'ladiganlarini qabul qilish og'irlik qilayapti men uchun, nega bunday bo'ldi Nozima. -Taqdirimizga shu bitilgan ekan, ko'nishga majburmiz. -Taqdir ekan deb shunday qolaverasanmi? -Bu nima deganing, axir o'zim undan kettim... u baxtli bo'lsin deya... Kel, qo'y shularni, o'zing baxtlimisan Umida, Javed yaxshimi, Alichi... -Ha, bizda hammasi yaxshi, faqat seni o'rning juda bilinayapti... Ali sendan xafa, indamay ketganing uchun.
Показать все...
👍 3
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 94-qism. -Naaz... Naaz... Nozimaning atrofiga bir pasda odamlar to'planishdi. Karan yugurib kelib, odamlar orasidan o'tib, Nozimani quchog'iga oldi. -Naaz, ko'zingni och... Naaz, meni eshityapsanmi? Nozima holsiz ko'zlarini ochdi. -Karan... -Naaz, ahvoling yaxshimi? Suhaylo ham odamlar to'planib turganini ko'rib, Nozimaga biror korhol bo'lganini ko'ngli sezdi va o'sha tomon yugurdi. -Meni tashlab ketmaysiz-a? - zo'rg'a gapirardi Nozima. -Meni kechir, yolg'izim... Kechir... -Sizni sevaman... -Ketmayman... -Karan nima bo'ldi unga? -Hushidan ketib yiqildi. Ahvoli yaxshi emas. -Ko'taring, darhol shifoxonaga eltish kerak uni. Nozimani shifoxonaga olib kelishdi, hamshiralar uni jonlantirish bo'limiga olib kirib ketishdi. Chamasi bir soatlar o'tgandan so'ng, shifokor ularga Nozimaning ahvoli barqaror holatdaligini va biroz buyragi zo'riqib qolganini aytdi. -Buyog'iga o'zini juda ehtiyot qilishiga to'g'ri keladi. Buyrakning kuchli bosimga uchrash holati birinchi bor bo'lgani uchun uning ahvolini tezda yaxshilay oldik. Keyingilarida bunday bo'lmasligi mumkin. Shu bois o'zini asrashi lozim. Agar istasangiz uni oldiga kirishingiz mumkin. -Raxmat, doktor. Sizni tushundim. Karan Suhaylodan shifokor unga nima deganini so'radi. Suhaylo shifokor aytgan gaplarni unga qaytardi. Shundan so'ng Karan biroz tinchlandi. -Uni ko'rsam bo'ladimi? -Ha, shifokor menga ruxsat berdi, o'rnimga kiraqoling. Karan quvonib ketdi. -Raxmat, sizga. U Nozimaning yonida, uni qo'llarini ushlab, yuzlariga termulgancha biroz o'tirdi. -Naaz... meni kechir... yana qalbingni jarohatlayman... qaniydi, bari boshqacha bo'lganida, o'shanda meni tashlab ketmaganingda edi. O'sha la'natlangan tunda uyga qaytmaganimda edi... Afsus... bu haqiqat... senga xiyonat qildim... bu qilmishim uchun butun umr baxtsizlikka mahkumman. Lekin sen ham azoblanishingga chidolmayman, Naaz. Meni unut... Kechira olsang, kechir... Yoki bir umr nafratlansangda roziman. Ammo baxli yasha. Ikkimiz uchun ham baxtli yasha. Shu so'zlarni aytdi-yu uning peshonasidan o'pib chiqib ketdi. -Suheyla, men ketmasam bo'lmaydi, meni u yerda kutishyapti. Naaz o'ziga kelgach, uzrimni yetkazing. Doim uni yonida bo'ling, unga haqiqiy baxtini topishda ko'mak bering. Va yana aytingki, taqdirimda kim bilan bo'lish bitilgan bo'lmasin, qalbim va bor vujudim faqatgina unga talpinib yashaydi. -Gaplaringizga tushunolmayapman, nega bunday gapiryapsiz, endigina sizsiz yashay olmasligini tushunib yetganida, siz uni tashlab ketasizmi? -Shunday qilishga majburman, buning sababini sizga ayta olmayman. Kechiring meni. Hayr! Suhaylo uning ortidan nimalar bo'layotganiga tushunolmagan holda boqib qoldi. Hali aeroportdaligida Karanga oyisidan xabar kelgandi. Xabarda shunday yozilgan edi: -Tezda uyga qayt va Divyaga uylan. Biz barchasidan xabardormiz. Agar bizni desang, hoziroq ortingga qayt. Bu xabarni o'qigach, Nozima uni rad etgani bejizga emasligini bildi va o'z taqdiriga tan berishdan boshqa iloji yo'qligini tushundi. Bari o'z aybi bilan bo'ldi va jazoni ham yolg'iz o'zi oladi albatta. Aeroportga qaytib, chiptasini almashtirdi va yurtiga uchib ketdi.
Показать все...
👍 3
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 93-qism. "Sevgilim... Beg'ubor farishtam meni... to'g'risi, senga nima deb yozishni ham bilmayapman. Ammo yozishim kerak. So'nggi bor ko'nglimdagi hislarimni to'kishim kerak. Endi ko'zlaringga qarolmayman sening. Endi, meni har tong uyg'otishini istaganim, qo'ng'iroqdek ovozingni eshitishga haqqim yo'q. Balki meni vaqt o'tgach kechirarsan, ammo men o'zimni hech qachon kechirolmayman. O'z rohatimni o'ylab, senga qattiq ozor berdim. Buning uchun aslo o'zimni kechirmayman. Meni muhabbatim senga faqatgina, ozor berishdan boshqasiga yaramadi. Hamma-hammasi uchun meni kechir. Bu yog'iga qanday yashashimni bilmayman, ammo sen ikkimiz uchun ham baxtli yashashing kerak. Balki, taqdir bizni yana uchrashtirar, o'shanda seni juda qadrlaydigan insonning baxtli umr yo'ldoshi sifatida ko'rishni istayman... Yolg'izim, seni birinchi bor qachon ko'rganimni bilishni istaysanmi? Bu haqida senga aytmagandim... Seni ilk bor Agrada ko'rdim... Do'stlashganimizdan ikki kun o'tiboq, o'rtamizdagi kelishuvni buzgandim. O'sha edi, ilk xiyonatim... Buning uchun ham kechir... Ammo u hayotimdagi eng baxtli kunim edi. Menga shunday baxtli kunlarni hadya etganing uchun sendan minnatdorman. Endi bir umr o'sha kunlar yodi bilan yashayman, balki umuman yasholmasman ham... Buning ahamiyati yo'q endi... Adashib, aynan mening raqamimni terganing uchun raxmat senga farishtam... Alvido, sevgilim..." Yo'l bo'yi Nozimaning ko'z yoshlari tinmadi. Karandan ayro yashay olmasligini tushunib yetgandi u. Xabar kelgan raqamga qo'ng'iroq qilardi. Ammo raqam o'chirilgan. Karan unga xabarni jo'natishi bilanoq, raqamni telefondan chiqarib tashlagandi. -Iltimos, tezlikni oshir. Ular aeroportga yetib kelishdi. Nozima mashinadan tushiboq, yugurgancha ichkarga kirib ketdi. Suhaylo ham mashinadan tushib ortidan ketdi. Nozima tinmay atrofga boqar, o'ziga mutlaqo notanish bo'lgan odamlar orasidan sevgan insonini qidirardi. Aeroport hodimi oldiga borib, Toshkent - Mumbay reysi qachon uchishini so'radi. Aeroport hodimi unga ro'yxatga olish boshlanganini, o'ttiz daqiqadan so'ng ikkinchi yo'lakdan yo'lovchilarni samolyotga chiqarish boshlanishini aytdi. Nozima shoshgancha, ikkinchi yo'lak tomon yugurdi, ammo o'sha holatda ham ko'zlari yon-atrofdan uni qidirardi. Uni ko'rdi... Oyoqlari yurishdan to'xtadi. Joyida qotib qoldi. U tomon yurishga o'zida kuch topolmadi. Shu tobda yugurib borib, uni bag'riga otilishni qanchalar xohlardi. Men ham sizsiz yasholmayman, deyishni istardi. Ammo, Karan tobora undan uzoqlashib borardi. U eskalator bo'ylab yuqori qavatga ko'tarilayotgandi. Ko'ngli nimanidir sezgandek pastga qaradi va Nozimani unga qarab turganini ko'rdi. Karan yuqoriga ko'tarilguncha, bir-birlaridan ko'zlarini uza olishmay, qarab turaverishdi. Nozimaning azoyi badani og'rirdi, lekin qalb og'rig'ining zo'ridan tanadagi og'riq sezilmasdi unga. Boshqa yurolmasligini bildi, hushidan ketib yerga yiqildi.
Показать все...
👍 5
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 92-qism. Suhaylo Nozima bilan gaplashib bo'lgach, Karanga qo'ng'iroq qildi. Ularni birga emasliklarini sezdi. Ammo negadir u telefoniga javob bermasdi. Darxol kiyindi-yu qaynonasiga aytib, Nozimaning oldiga jo'nadi. Suhaylo yana bir necha bor Karanga qo'ng'iroq qildi, ammo qo'ng'iroqlari javobsiz qolaverdi. Karan nega bunday qilayotganini u hecham tushunolmasdi. -Tonging hayrli bo'lsin, go'zalim. Yaxshimisan? - Nozimaning yuzini ko'rib havotirga tushdi, - Ko'zlaringga nima bo'ldi? Yig'ladingmi? Karan qayerda? -Bilmayman. -Qanday qilib? Axir kecha o'zim seni uni oldiga jo'natgandim-ku. -Ha, biz birga edik, ammo tongda uyg'onganimda u xonada yo'q edi. Balki qilgan ishidan uyalgandir, shuning uchun mendan qochgan. -Nima qildi? Mastligida biror noma'qul ish qildimi? - havotirlandi Suhaylo. -Yo'q, aslo. Kecha nimaiki bo'lgan bo'lsa, barchasiga o'zim sababchiman. -Nima bo'ldi unda, ahvoling yaxshi emas? -Buyragim biroz zo'riqdi shekilli, kecha tunda Karanni xonasigacha olib chiqishga yordamlashgandim. -Nozima esing joyidami seni? Biror kishidan iltimos qilsang bo'lardi-yu. -Bo'ldi, havotir olma, o'tib ketdi. Hozir yaxshiman... Suhaylo seni bir masalada fikringni bilmoqchi edim. -Qulog'im senda, gapiraqol. Tinchlikmi o'zi? -Ha, gap shundaki Karanning ahvolidan juda havotirdaman. Uning menga bo'lgan hislari bu qadar kuchli deb o'ylamagandim. Vaqti kelib taqdirga tan beradi, meni tezda unutib yuboradi deb o'ylagandim. Ortimdan bu yergacha kelishi mumkinligini o'ylab ham ko'rmagandim hatto. -Ha u seni shunday sevadi. Kech bo'lsada anglaganingdan xursandman. -Kecha uning ahvoliga juda achindim, bunday holga tushishiga sababchi bo'lganimdan juda uyaldim. Kecha tunda uning menga aytgan so'zlaridan keyin, o'ylasam, men ham uningsiz yasholmas ekanman. Uni ko'rishim kerak. Yuragimdagi bor gaplarni aytib, unga bergan azoblarim uchun kechirim so'rashim kerak. Men bilan butun umr yashashga tayyormi yoki yo'q, buni bilishim kerak. Uni bu yerga chaqir, kelsin, - yig'lab yubordi Nozima. Suhayloning ham quvonchdan ko'zlari yoshlandi. -Hozir go'zalim, albatta chaqiraman. Shunday qarorga kelganingdan juda xursandman. U ham juda sevinadi, sizni Nozima chaqiryapti desam, uchib keladi hozir. Suhaylo tezda Karanga qo'ng'iroq qildi. Karan esa javob bermasdi. Suhayloning yana ikki-uch bor urinishlaridan keyin Karan raqamini o'chirib qo'ydi. Aynan shu paytda Nozimaning telefoniga bir sms xabar keldi. Raqam notanish. Xabarni ochdi, uni o'qib ko'zlari yoshlandi. -Suhaylo, u ketyapti... Meni tashlab ketyapti. -Nima, nimalar deyapsan? -Aeroportga borishimiz kerak. Shunday dedi-yu o'rnidan turib, eshik tomon yugurdi. -Nozima yugurmasangchi, yana ahvoling yomonlashadi axir. Suhaylo ham nima bo'layotganiga tushunmay uning ortidan ketdi.
Показать все...
🔥 5👍 3
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 91-qism. Karan uni o'girib, kiyimini qon tekkan joyini ko'tardi. -Yo tangrim nimalar qilib qo'ydim. Meni kechir, yolg'izim, - past ovozda shivirladi u. Karan tezda xonadan tez yordam qutichasini topdi-yu, ichidan paxta va vodorod pereksi olib, yarani yuvib, qondan tozaladi. Nozima og'riq zo'ridan oyoqlarini g'ujanak qilib oldi. Ko'zlarini chirt yumib, o'zi yotgan yostiqni kafti bilan qattiq siqib oldi. Karan yarani tozalab bo'lgach, ustini o'rab qo'ydi. -Endi ancha yaxshimi, og'rimayaptimi? Nozima yuzini yostiqqa bosgan holatda Karanga bosh irg'ab qo'ydi. Karan uning ustini ko'rpa bilan yopib, o'zi uning old tomoniga o'tib, unga qaragan holatda yoniga yotdi. Yostiqni siqib turgan qo'lini ohista ushladi. Nozima cho'chib qo'li qaltirab ketdi va yostiqdan yuzini olib unga qaradi. -O'zimni juda yomon tutdim, senga qattiq ozor berdim, meni kechir... - Karan Nozimaning qo'lini ikki kafti orasiga olib, labiga etdi. -Unda ortiq menga ozor yetkazmang. Ortingizga qayting, bu yerdan keting. Sizni ortiq ko'rishni istamayman. Nozima shu so'zlarni aytdi-yu Karanning qaynoq kaftlari orasidan qo'lini ohista tortdi va ko'zlari yumila boshladi. Karan yana biroz bo'lsa ham uning ummon kabi cheksiz va moviy ko'zlariga boqib turishni istardi. Ko'zlariga uyqu kelmasdi, sevgilisining chehrasiga termulib yotaverardi. Unga qilganlarini o'ylab, juda siqilardi. Endi nima qilishini, qanday yo'l tutishini bilmasdi. Nozimaning yonida bo'lsa, unga faqatgina ozor beradi. Undan olisda bo'lsa, o'zining qalbi vayron bo'ladi. Uning go'zal chehrasiga boqqancha, diydoriga to'yib olardi. Karan bir qarorga kelgandi. O'rnidan turib, deraza oynalaridan biroz tashqariga boqib turdi, so'ng og'ir ho'rsinib, xona telefonidan mehmonxona navbatchi menedjeri bilan bog'landi va Mumbayga uchadigan birinchi reysga o'zi uchun chipta buyurtirishini aytdi. Narsalarini yig'a boshladi, jamadonga joylab bo'lgach, divanda o'tirib, Nozimani qanday uxlashini biroz tomosha qildi. Tong otguncha qarori qanchalik to'g'ri yoki noto'g'riligi haqida o'yladi. So'ng Nozimadan nigohlarini uzolmagan holatda xonadan chiqib ketdi. Pastga tusharkan, o'zi istamagan holda ko'ziga yosh quyilib kelaverardi. Tong otdi. Nozima o'zi ko'rgan tushdan qattiq qo'rqib, baland ovozda Karanning ismini aytgancha uyg'anib ketdi. Tushida Karanni ko'rdi, u Nozimaning yuzlaridan silab, so'ng asta-sekin undan uzoqlashardi va ortidagi qorong'ulik uni o'z qariga olardi. Nozima uni chaqirardi, ammo ovozi chiqmasdi. Atrofga qaradi, u yo'q. Havotirlanib, o'zini zo'rg'a o'rnidan ko'tardi, turdi-yu balkonni, yuvinish xonasini qaradi. Uni topolmadi. Homush kayfiyatda xonadan chiqib ketdi. Kechagi ishidan uyalib, oldimda qololmagan deb o'yladi. Mexmonxonadan chiqib, piyoda yo'l yoqalab ketaverdi. Biroz o'ziga tanish ko'chalarni sayr qildi, keyin Suhayloga qo'ng'iroq qildi. -Nozi, qayerdasan dugonajon? Ahvoling yaxshimi? -Havotir olma, yaxshiman... Suhaylo oldimga kela olasanmi? -Ha albatta, qayerdasan? -O'zimizning joyda kutaman seni? -Yaxshi, hozir oyijonga aytaman-u yo'lga chiqaman, dugonajon. -Kutaman.
Показать все...
🔥 4👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.