saevam
Открыть в Telegram
Телеграм: https://t.me/+Ymy7KkMThb0zZmQy Инстаграм: https://www.instagram.com/rakhmanovaam1? Анонимные сообщения: t.me/questianonbot?start=1838206218p
Больше249
Подписчики
Нет данных24 часа
-17 дней
-430 дней
Архив постов
249
Haddan ziyod anglash.
Har narsani haddan ziyod anglashga urishinish bu bir hastalikdir. Bu bir voqeani shunchaki boshdan kechirish o’rniga, uni zehnan minglab bo’laklarga bo’lib tashlashdir. Bir gulning go’zalligidan zavqlanish o’rniga, uning bir kun so’lishini bilishdir. Bir tabassumning samimiyatini his qilish o’rniga, uning zamiridagi ehtimoliy sabablarini so’roqqa tutishdir. Bu qarash har bir boshlanish ortida muqarrar bir yakunni ko’rishga aylanadi. Bu dastlab bir te’ranlik va hatto boylikdek tuyilsada, hayotni to’laqonli his etish yo’lidagi bir to’siqqa aylanishi mumkin. Haqiqiy donolik har narsani hal qilishda emas. Balki, ba’zi narsalarni boricha qabul qila olishdadir. Hayot har bir tafsiloti anglab yetilishi shart bo’lgan tenglama emas. Ba’zan eng to’g’ri yo’l — chuqur tahlildan voz kechib shunchaki his qilish, yashash va ayni lahzaning o’ziga ishonishdir.
“Yer ostida maktublar”

