cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Feruza Tog'ayeva ijodi va faoliyati

Bu kanalda siz ijodkor Feruza Tog'ayevaning mehnat faoliyati va ijodi bilan yaqindan tanishib borasiz

Больше
Рекламные посты
194
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Bugun 16-iyun - akajonim, hududiy elektr tarmoqlarining yetuk mutaxassisi , 3 farzandning otasi, bir nabiraning buvasi Dilmurod Tog'ayev tug'ilgan kun. Akajonimni barcha sulolamiz vakillari nomidan chin dildan tabriklayman.Ilohim o'zi yorlaqasin!!! @Feruza_Togayeva_ijodi
Показать все...
👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
AKAM Masofalar olismas aslo, Ko'ngil yaqin, mehrlar bekam. Sovuq qishda, saraton yozda Singillarin yo'qlagan akam. Turmush yuki yelkada zambil, Muammolar tugamas hecham. Qay manzilga topolmasak yo'l Barisiga ko'ndalang akam. Aloqani qo'ymay holiga Ko'ngil so'rab sim qoqqan har dam. Sezmasak ham dardin, mayliga Mushtipar deb dil yoqqan akam. Ota-onam belin quvvati, Ukam uchun tog'dir mustahkam. Oilasin ulug' davlati, Singillarga xazinam-akam. Hayotimning ulug' rishtasi, Siz tufayli meni yiqmas g'am. Burch tuyg'usin vojib hammasi, Savoblari savlatim akam- Orim, borim, davlatim akam! Feruza Tog'ayeva @Feruza_Togayeva_ijodi
Показать все...
👍 4🔥 4 2
01:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
Otaqulov Kamronbekning ijrosida "OTAJONIM" she'ri.Muallif Otaqulova Farangiz. @Feruza_Togayeva_ijodi
Показать все...
7.36 MB
👍 8
1:06:20
Видео недоступноПоказать в Telegram
MM_QAQNUS_XOSIYAT_BOBOMURODOVA_26_05_2024.mp4624.82 MB
👍 9
Фото недоступноПоказать в Telegram
👏 13👍 8
Assalomu alaykum. Bugun Ishtixon ijod maktabining eng nuroniy va purziyosi boʻlgan aziz ustozimiz Oʻta Muhammad xonadonida toʻrt besh ijodkorlar mehmonda boʻldik. Ikki kam toʻqson yoshli shoir bizni koʻrib juda mamnun boʻldi, toʻlib toʻlib duolar qildi va yangi yozgan sheʼrlaridan oʻqidi. Toʻqqiz nafar farzandlarni tarbiyalsb el xizmatiga qoʻygan Oʻta Muhammadning har bir gapini eshitsangiz hayot darsini olasiz, har bir nafasida, har bir harakatida tozalik, asillik bor, hayot qonunlarini buzmay yashashning saboqlarini oʻzingizga yuqtirasiz. Avvalo xotirasi tiniqligiga tahsinlar oʻqiysiz. Feruzani bundan ikki yil avval tanishtirganman, oʻrtada qudachilik aloqalari ham bor ekan. Feruzani singlisi Shahnoza ustozning aqrabolariga kelin boʻlgan. Ishonasizmi, yoʻqmi, bugun ustoz shularni aniq tiniq esladi. Mening otam va bobom haqida, ularning bir vaqtlar Mitanda xoʻjalik magazinida ishlagani, otamning sovgʻaga xitoy chinnisidan boʻlgan choynak piyola bergani, hammasini ertakday aytib berib oʻtirdi. Muqaddam opani ayniqsa koʻp soʻradi, kelmadimi, men uni juda hurmat qilaman, qalami oʻtkir jurnalist, oʻzi ham gʻoyatda samimiy va jonga yaqin deya koʻpgina ijodkorlarni eslab eslab oʻtirdi. Ayniqsa hokim boboni, u kishining enalari Asalxon buvini ham juda noyob xislatlarini, mehnatkash insonligini maqtab maqtab esga oldi. Bizga qoʻlidagi daftar va gazetalardan sheʼrlar oʻqir ekan, hayron boʻldik, koʻziga koʻzoynak taqmas ekan, buni kuzatib oʻtirib qoyil demasdan ilojingiz yoʻq. Sababini soʻradik. Koʻz faqat goʻzallik va yaxshilikka qarasa va siz hech kimni yomon koʻrmasangiz, insonlarga, kelajakka ishonsangiz koʻzingizda muammo boʻlmaydi dedi bobo komil ishonch bilan.
Показать все...
🔥 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
👍 12
Bolalik. Bolalikning beg'ubor oni Har lahzasi kezar jonsarak. Hosil bilan to'lar xirmoni, Ilm-u odob bilan mushtarak. Shodon o'tar uning kunlari, Non oqizib ariq labida. Hayollarga cho'mib tunlari Uxlaysan oy belanchagida. Kitob bilan do'st tutinganda Aqling ildiz otar, sezasan. Bilim degan ulkan ummonda Oltin baliq bo'lib suzasan. Bu damlarning qadriga yetgin, Undan hayot lazzatini ol. Boladay pok qalbing bilan sen Mayli, doim bola bo'lib qol. Farangiz Otaqulova @Feruza_Togayeva_ijodi
Показать все...
👍 7🕊 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
👍 9 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.