😘DARDLARIM😘
Открыть в Telegram
🕋بِسْـــــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّ حْمَنِ الرَّ حِيم🕋 Assalomu Alaykum Va Rahmatullohi Va Barokatuh ☪️ ✍She'rlar hikoyalar 🗒Aforizimlar 📽️Videolar 🎙Monologlar 🎛️New mp3lar 📸Rasmlar Rahbar:👇 @ABDULLOH666
Больше2 791
Подписчики
-1224 часа
-727 дней
-33330 день
Архив постов
2 791
Noxush tashrif
Hiyonat loyiga botmagan edim,
Ko‘chasidan hali o‘tmagan edim.
Yo‘qlab kelishini kutmagan edim,
Hayotimga kirib keldi hiyonat.
Ishq tomon yurmoqqa qadamlarim yo‘q,
Dardim aytadigan odamlarim yo‘q.
Sevish, sevilishni hohlayman, biroq
Hayotimga kirib keldi hiyonat.
O‘rganish kerakmi itdan vafoni?
Vafosizdan ko‘rsa hamki jafoni -
Sodiqligi qursin oshiq Sultonni,
Hayotimga kirib keldi hiyonat.
Keldi, vujudimga g‘ulg‘ula soldi,
Ko‘ksimga zulukday yopishib oldi.
Yuragim to‘htadi, ruhim yo‘qoldi,
Hayotimga kirib keldi hiyonat.
Jonimni sug‘urib olgan bo‘lsang ham,
Quvonchimga rahna solgan bo‘lsang ham,
Hush kelibsan, nohush kelgan bo‘lsang ham,
Hayotimga kirib keldi hiyonat.
O‘sha vafosizning diydori o‘chsin,
O‘ziga o‘hshagan zolimga ko‘chsin.
Solih Sultongachi? Muborak bo‘lsin!
Hayotimga kirib keldi hiyonat.
✍ Solih Sulton | 2021
2 791
Sevgi seni kichraytirmaydi, ulg‘aytiradi,
Qo‘rquv emas, ichingda jasorat uyg‘otadi.
Kim chin sevsа — yoningda tinchlik bo‘ladi,
Chunki haqiqiy sevgi qalbni davolaydi.
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
