cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab

Больше
Рекламные посты
651
Подписчики
-224 часа
Нет данных7 дней
+8330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Vazir_soati Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi. Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi. ⚡️Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi. Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi. ❗️Shuningdek, vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1640 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Repost from Hilola Umarova
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim. Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas. Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi. Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq. Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показать все...
👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Farzandim chet elda tug‘ilgan va o‘sha yerda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O‘zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o‘qishga hujjat topshira oladimi?
➖Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o‘quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo‘limidan “Chet elda olingan tug‘ilganlik haqida guvohnoma”ni tanlashi talab etiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?
➖Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.
Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?
➖Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Repost from Al-Xorazmiy vorislari
Фото недоступноПоказать в Telegram
Xorazmda informatika fanidan "Hokim olimpiadasi" o'tkaziladi
📢“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchilari, bilimlaringizni sinash uchun yana bir maydon haqida xabar qilmoqchimiz!
20-iyun kuni 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida sport dasturlash yuzasidan Olimpiada tashkil etilmoqda. Olimpiada soat 9:00 da Xorazm IT PARK binosida bo'lib o'tadi. ➡️ RO‘YXATDAN O‘TISH ⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati 16-iyun kuni soat 23:59 Olimpiadada bilimingizni sinovdan oʻtkazib, loyiha sharafini yuksalishiga hissa qoʻshing! 🚀Telegram |📷 Instagram
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Farzandim chet elda tug‘ilgan va o‘sha yerda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O‘zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o‘qishga hujjat topshira oladimi?
➖Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o‘quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo‘limidan “Chet elda olingan tug‘ilganlik haqida guvohnoma”ni tanlashi talab etiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?
➖Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.
Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?
➖Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
00:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
"Hokimi olimpiadasi" 5-turi matematika va informatika fanlaridan o‘tkaziladi!
👩‍💻 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Informatika (Sport dasturlashi) bo‘yicha 20-iyun kuni soat 9:00 da Xorazm IT PARK binosida; ➡️ INFORMATIKA UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH5-6-7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Matematika fanidan 21-iyun kuni soat 8:00 da Yangiariq tuman 29-maktab binosida ➡️ MATEMATIKA UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH ⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati Informatika uchun 16-iyun kuni soat 23:59, matematika uchun 18-iyun kuni soat 20:00. ❗️ Ro‘yxatdan o‘tmaganlar olimpiadada qatnasha olmaydi!
🌟 Matematika fanidan bu haftadagi #khiso_olimpiadasi uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. ➡️ Batafsil
🚀 Olimpiada haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun @bazarbaevs va @al_xorazmiy_vorislari telegram kanallarini muntazam kuzatib boring.
Показать все...
IMG_1235.MOV18.39 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#tabriknoma ⚜Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐧𝐢𝐧𝐠 8-"B" sinf o'quvchisi Ibragimov Ibrohimning tavallud ayyomi. 🎂 𝙄𝙗𝙧𝙤𝙝𝙞𝙢, 𝙨𝙝𝙪𝙠𝙧𝙤𝙣𝙖 𝙠𝙪𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙪𝙗𝙤𝙧𝙖𝙠 𝙗𝙤'𝙡𝙨𝙞𝙣 ! 🎁 𝘚𝘦𝘯𝘪 𝘴𝘪𝘯𝘧𝘥𝘰𝘴𝘩𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘨 𝘷𝘢 𝘣𝘶𝘵𝘶𝘯 𝘮𝘢𝘬𝘵𝘢𝘣𝘪𝘮𝘪𝘻 𝘫𝘢𝘮𝘰𝘢𝘴𝘪 𝘯𝘰𝘮𝘪𝘥𝘢𝘯 𝘵𝘢𝘣𝘳𝘪𝘬𝘭𝘢𝘺𝘮𝘪𝘻 ! 🎉🎉🎉🎉🎉 🎁Senga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilaymiz. Ota-onang, yaqinlarining va do'stlaring uchun doimo salomat bo'lgin. Orzularing armon neligini bilmasin. Kun kelib nufuzli oliygoh talabasi bo'lishdek baxt nasib qilsin. Seni biliming va iqtidoring egallamoqchi bo'lgan kasbing sari chorlasin. Muvaffaqiyatlaring o'zing kutgandan ham ziyoda bo'lsin. Unutma, sen oilang, ota-onang, Vatanimiz kelajagisan!!! ❤️Telegram            🌐 Facebook 🌐 Youtube             🌐 Instagram
Показать все...
👍 5🔥 1
#Agentlik_maktabi #qabul_2024 #Xiva_shahar_2_son_IM 𝙌𝙖𝙗𝙪𝙡 𝙟𝙖𝙧𝙖𝙮𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙙𝙖𝙫𝙤𝙢 𝙚𝙩𝙢𝙤𝙦𝙙𝙖! ⚡️Xiva shahar 2-son  ixtisoslashtirilgan maktabida ota-onalarga farzandlarining hujjatlarini topshirishda amaliy yordam berish uchun ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. ❗️Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❤️Telegram                🌐 Facebook 🌐 Youtube                 🌐 Instagram
Показать все...
👍 1
#qabul_2024 #ishchi_guruh YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablarning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda. Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahridagi 1- va 2-son, Urganch shahar 1-son hamda Xonqa, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi. Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 5🔥 2
#Agentlik_maktabi #qabul_2024 #Xiva_shahar_2_son_IM 𝙌𝙖𝙗𝙪𝙡 𝙟𝙖𝙧𝙖𝙮𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙙𝙖𝙫𝙤𝙢 𝙚𝙩𝙢𝙤𝙦𝙙𝙖! ⚡️Xiva shahar 2-son  ixtisoslashtirilgan maktabida ota-onalarga farzandlarining hujjatlarini topshirishda amaliy yordam berish uchun ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. ❗️Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❤️Telegram                🌐 Facebook 🌐 Youtube                 🌐 Instagram
Показать все...
👍 2🔥 1