cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

Рекламные посты
5 935
Подписчики
+2 67124 часа
-2 2917 дней
-2 31230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:09
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_hikmati Go‘zallik har yerda intiq kutilgan mehmondir. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Facebook | 🌐 Web-sayt
Показать все...
IMG_1981.MP41.79 MB
🥰 3 1💯 1
00:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kun_hikmati O‘zgalardan afzal bo‘lish uchun chiranmang. Lekin, o‘zingizning oldingi holatingizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishga jiddu - jahd qiling! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Facebook | 🌐 Web-sayt
Показать все...
IMG_1975.MP41.94 MB
👍 3👏 2 1
#taqdirlash 12 iyun – "Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni"ga bag‘ishlab “Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostida o'tkazilgan tadbir yakunida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida shaxmat, shashka, stol tennisi sport musobaqalari, shuningdek, “Mening bo‘lajak kasbim” mavzusidagi rasmlar tanlovi, “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” mavzusida asfaltga rasm chizish tanlovi hamda "Mohir qo'llar" to'garagi a'zolari o'rtasida o'tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan bolajonlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medallar, sport anjomlari jamlanmalari va esdalik sovgʻalari topshirildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Facebook | 🌐 Web-sayt
Показать все...
👍 4 2 1🥰 1
#jarayon O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi “Nihol” oromgohida “Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostidagi tadbir davomida faoliyati davomida katta muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlar hamda bolajonlar uchrashuvi tashkil etildi. "Mard o‘g‘lon" Davlat mukofoti sovrindori, Boks bo‘yicha jahon chempioni Elnur Abduraimov, Toekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Asadbek Toirov, Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Zoidjon Toshtamboyev ishtirokida bolajonlar bilan samimiy davra suhbati o'tkazildi. Yosh shoiralar uchun esa Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, "Ohangaron hayoti" gazetasi bosh muharriri, bir qancha she'riy va nasriy asarlar muallifi Shoira To'laganova ishtirokida "Mahorat darsi" tashkil etildi. Shuningdek, bolajonlarga "Shirintoy" qo'g'irchiq teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan "Quyonchaning do'stlari" nomli ertak spektakl namoyish etildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Facebook | 🌐 Web-sayt
Показать все...
👍 3 2🤩 1😍 1
#jarayon O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi “Nihol” oromgohida “Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostidagi tadbir davomida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi musobaqalar va tanlovlar bo'lib o'tdi. Jumladan, sportning shaxmat, shashka, stol tennisi yo'nalishlari bo'yicha bolalar o'zaro kuch sinashishdi. Shuningdek, “Mening bo‘lajak kasbim” mavzusida rasmlar tanlovi, “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” mavzusida asfaltga rasmlar chizish tanlovi hamda "Mohir qo‘llar" to‘garagi a’zolari o'rtasida tanlovlar o'tkazildi. Ushbu musobaqa va tanlovlar ishtirokchi bolalarga bayramona, ko'tarinki kayfiyat ulashish bilan bir qatorda, ularning dunyoqarashlarini kengaytirish, mehnat huquqiga oid boshlag'ich bilimlarga ega bo'lish, ularda Vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Facebook | 🌐 Web-sayt
Показать все...
3👍 1
#jarayon O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi “Nihol” oromgohida “Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostidagi tadbir davomida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi musobaqalar va tanlovlar bo'lib o'tdi. Jumladan, sportning shaxmat, shashka, stol tennisi yo'nalishlari bo'yicha bolalar o'zaro kuch sinashishdi. Shuningdek, “Mening bo‘lajak kasbim” mavzusida rasmlar tanlovi, “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” mavzusida asfaltga rasmlar chizish tanlovi hamda "Mohir qo‘llar" to‘garagi a’zolari o'rtasida tanlovlar o'tkazildi. Ushbu musobaqa va tanlovlar ishtirokchi bolalarga bayramona, ko'tarinki kayfiyat ulashish bilan bir qatorda, ularning dunyoqarashlarini kengaytirish, mehnat huquqiga oid boshlag'ich bilimlarga ega bo'lish, ularda Vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Facebook | 🌐 Web-sayt
Показать все...
Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan har yili 12-iyun kuni dunyoning barcha mamlakatlarida “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” keng nishonlanib kelinadi. Kecha - 12-iyun kuni Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida joylashgan “Nihol” bolalar sog’lomlashtirish oromgohida ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Bolalar mehnatiga barham berish bo’yicha o’z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostida tadbir bo’lib o’tmoqda. Tadbirning ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Oltinoy Mamirova, Madina Bartova, Xalqaro mehnat tashkilotining “Better Work” dasturi koordinatori Mirazim Mirsaidov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Nodira Gaibnazarova ishtirok etdi. Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva kirish so'zi bilan ochib, O‘zbekiston rahbarining bevosita tashabbusi bilan, so‘nggi yillarda yurtimizda bolalar mehnatiga chek qo'yish borasida jiddiy qadamlar tashlangani, bolalar mehnatining har qanday ko‘rinishlariga tamomila barham berishga davlat siyosati darajasida jiddiy e’tibor qaratilayotgani, yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani to'g'risida atroflicha fikr yuritdi. Shundan so‘ng, mehmonlar ham so‘z olib, tadbirning bolalar mehnatidan foydalanishga berham berishdagi amaliy ahamiyatini e’tirof etdilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bu boradagi qonunchilik normalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Tadbir bolajonlar uchun quvnoq musiqa sadolari ostidagi sport mashqlari bilan davom ettirildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Facebook | 🌐 Web-sayt
Показать все...
🔥 3👍 1 1😍 1
Перейти в архив постов