cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

Samarqand viloyati sport boshqarmasi rasmiy telegram kanali Admin: https://t.me/isaku Ishonch telefoni: (66)233-75-30 samsportpressa@gmail. E-mail: [email protected] E-xat:[email protected] Rasmiy web-sayti https://samsport.uz

Больше
Рекламные посты
10 077
Подписчики
-2324 часа
-1887 дней
-1 07530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🇨🇳Xitoy Jismoniy tarbiya va sport bosh davlat boshqarmasi  direktori Gao Zhidan rahbarligidagi Xitoy delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov hamkorligida tarixiy va zamonaviy Samarqand shahri bilan tanishdi.
Delegatsiya a'zolari Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi. Amir Temur maqbarasi,  Registon maydoni, Mirzo Ulug‘bek madrasasi, Afrosiyo muzeyi,  tarixiy maskanlarga tashrif mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrif davomida Samarqand eshkak eshish kanalida ham bo‘lib,  bu yerda xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.  Yaqinda Triatlon va Para tiratlon bo‘yicha jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazilgani e'tirof etildi. Sport vaziri hamrohlik qilgan delegatsiya Samarqand Turizm markazidagi Boqiy shahar majmuasiga ham tashrif buyurdi. Majmuadagi hunarmandlar ustaxonasi,  Samarqand qog‘ozining tayyorlanish jarayoni bilan tanishdi. Yurtimiz tarixining bu kabi  o‘ziga xos jihatlari Xitoy madaniyati bilan bevosita uyg‘un shakllangani, ikki davlat o‘rtasida do‘stona aloqalar qadim tarixga borib taqalashidan dalolat berishi ta'kidlandi . Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показать все...
1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Sport vazirligidan yana bir ajoyib yangilik! Xabaringiz bor, hozirda Tashabbus.sport.uzsayti orqali 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda. Vazirlik tomonidan ayrim mahallalarning “Tashabbusli budjet” loyihasidagi tashabbuslardan ham ko‘proq ovoz yig‘ayotganligini inobatga olgan holda, eng faol ishtirok etayotgan mahallalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana bir yangilik qilindi.
Endilikda joylashgan tuman (shahar)dagi egallagan o‘rnidan qat’iy nazar Tashabbus.sport.uz saytida eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 ta mahallaga universal sport maydonchalari qurilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan, barchangizni mazkur tanlovda yanada faol ishtirok etishga chaqiramiz. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показать все...
👍 3
Sport ta'lim muassasasida so‘nggi qo‘ng‘iroq yangradi
Bugun, 25 may kuni Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 9-11-sinflar ishtirokida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori U.Kurbanov so‘zga chiqib,  tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabrikladi. 2023-2024-o‘quv yilida sportda erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi. Sport faxriylari ham yoshlarga ezgu tilaklarini bildirishdi.
Показать все...
👍 4
01:43
Видео недоступноПоказать в Telegram
O‘ZBEKISTON FUTZAL BO‘YICHA JAHON CHEMPIONATIGA MEZBONLIK QILADI
Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube
Показать все...
02:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
"PROKUROR KUBOGI" MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️🥇Xusniddin Norbekov – jahon chempioni! Yaponiya mezbonlik qilayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan viloyatimiz vakili Xusniddin Norbekov 16.37 metr natija ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube
Показать все...
👏 3
04:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
DXX BOSHQARMA BOSHLIG‘I KUBOGI SOHIBI ANIQLANDI Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube
Показать все...
00:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
📍 Hamma Samarqand sari yoʻl olmoqda. 2 kundan soʻng koʻhna shahar muhim tadbirga mezbonlik qiladi ☺️ ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Показать все...
👍 1
Yosh shaxmatchilar aniqlandi Shaxmat bo'yicha jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o'tkazilgan “DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi-2024” g'oliblari aniqlandi. Yakuniy natijalar yigitlar va qizlar o‘rtasida belgilandi:
1-o'rin: Shexroz Daminov , 2-o'rin: Husan Baxtiyorov , 3-o'rin: Abdulaziz Murodullayev 1-o'rin: Mohina Nasrullayeva 2-o'rin: Munisa Toshmamatova 3-o'rin: Ochiloy Mavlonova
G'olib va sovrindorlar diplom, kubok, noutbuk hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishda yaqindan ko‘mak bergan hamkor tashkilot xodimlariga ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari berildi.
Показать все...
👍 4
Sport kurashlari festivali o‘tkazildi Samarqand o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktabida Butunjahon sport kurashlari kuni munosabati festival o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar,  ishtirokchilarini bayram bilan qutladi.  Sportning erkin va yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlarga omad tiladi.
Shundan so‘ng,  sportchi yoshlar ishtirokida fleshmob uyushtirildi.
Ma'lumot uchun, 1904-yilning 23-may kuni Avstriyaning Vena shahrida sport kurashlari bo'yicha birinchi tarixiy jahon chempionati start olgan. 2013-yilning 23-mayidan esa rasman shu kunni butun dunyoda Butunjahon sport kurashlari kuni sifatida nishonlash boshlangan.
Показать все...
Перейти в архив постов