cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Abdulaziz Nazirov | Blog

😊 Assalomu aleykum bu kanal Abdulaziz Nazirovning rasmiy blog kanali! Aloqa uchun: @Nazirov_Devbot

Больше
Рекламные посты
592
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-2030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
2023-yilning eng manfaatli va qaynoq loyihasi sizni kutmoqda! Sizda - yakunlanayotgan yilni munosib sarhisob qilish va 2024-yil uchun yangi maqsadlarni 7 kun davomida eng yaxshi mutaxassislar bilan qo'yish imkoniyati bor❤️‍🔥) Ushbu imkoniyatni sizga - "Mayoq" taqdim qiladi! - Loyihada ishtirok etish BEPUL. 👉🏻 Havola ustiga bosing 👈🏻
Показать все...
👍 2❤‍🔥 1
Repost from Islombek.dev
00:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
Haqiqiy aqlan va jismonan yetilganingni belgisi bu - ijtimoiy tarmoqlar, messengerlarda o'z ism-familiyang bilan yurishing kerak ekanligini tushunib yetishing. Agar isming: - "Nasa Hakir", - "Shox okeng", - "Princessa openg", - "<Angular dev/>" kabi bo'lsa bilginki deyarli hech kim seni jiddiy qabul qilmaydi. Bu ismlar bilan ishga topshirib, senga norm javob qaytishini kutmasang ham bo'laveradi :) Bu ham mayli, qanchalik krinj bo'lsang ham hech qachon profiliga anime qizlar rasmini qo'yib oladigan "yigit"larchalik krinj bo'lolmaysan. Hullas bu shunchaki maslahat. Xohlasang amal qil, xohlamasang xohla! #ozIsmingdaQol @islombekdev
Показать все...
hacker-pc.mp40.58 KB
👍 17❤‍🔥 2🔥 2🌚 2
Repost from N/a
Boykot qilingan mahsulotni qayerdan bilsam bo'ladi? Yaxshi sayt va kanal topdim. Nima uchun boykot qilinganligi sababigacha aniq va tiniq yozadi. http://boykotqildim.com https://t.me/boykot_qildim Genotsid hamma din va qonunda qoralangan! #genotsid @todaysobirjonov
Показать все...
12👍 9 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🚀 PHP va MySQL ni 0 dan bepul onlayn kursimiz orqali o’rganib, dinamik veb-ilovalarni dasturlashdagi samarali texnologiyalarni to’liq egallang. 🔗 Kurs mavzular ro’yhati 💻 Kursimizda PHP va MySQL texnologiyalarini qulay va qiziqarli tarzda egallashingiz uchun zaruriy bo’lgan barcha material, topshiriq va loyihalarni topishingiz mumkin bo'ladi. 📚 Kurs darslari video darslik formatida muntazam ravishda telegram kanalga yuklanib boriladi. Barcha darslar to'liq BEPUL o'tiladi. 🎓 Birinchi dars 2-noyabrda soat 21:00 da telegram kanalda boshlanadi. Kelajagingizni keyinga qoldirmang! Bepul kursimizga qo’shilib, veb-dasturlash sohasida o’z faoliyatingizni boshlang. Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Показать все...
🔥 9👍 5
Repost from Saud Abdulwahed
Bir joyda navbatimni kelishini kutayapman. Navbatsiz kirsam bo'ladi lekin ko'pchilik navbatda turgani uchun ularni oldida hijolat bo'lishni hohlamadim. 3 ta erkak o'tiribdi qarshimdagi stollarda. Uchchalasi ham instagram yoki tiktokda. Uchchalasiga ham qizig'i yo'q yon atrofidagi insonlarga halaqit qilayotgani. Ovozini baland qilib social mediada o'tiribdi. Bittasini kuzatib o'tirdim. Qanaqa videolar ko'rayotganini. Komediya(agar shu videolarni shunaqa atab bo'lsa), filmlardan parchalar, motivatsion so'zlar, qo'shiqlar, konsertlar, experiment, trend videolar(ashley look at me)), mashina videolari va tonnalab kategoriya. Miyyani bo'tqasi chiqib ketdi. Hamma narsani aralashmasidan tayyorlangan bo'tqa qorin og'ritadi. Hamma kategoriyani aralashmasidan qilingan "bo'tqa" esa boshni. Bir soatlardan keyin uyg'onadi, va nega hech omadim kelmaydiya deb hayotdan noliydi. Nega hech narsaga fokusimni qarata olmayapman deb o'zidan noliydi. Social mediada men ham ko'p o'tiraman. Men kun so'ngida social mediadan nima o'rgandim. Nimalarni o'zimda qo'llay olaman, ishimdan nima yangiliklar qila olaman deyman. Savol beraman. O'zingizga ko'p ko'p savol berib turing. Bugun kun so'ngida shu savolni o'zingizdan so'rang.
Показать все...
7👍 6🔥 3🥰 3
Dasturchilikda tajribangiz kammi, Kanalingizga post yozishingiz mumkin emas! Yaxshiyam shu tajribali ustozlarimiz bor, bo'lmasam miyyani ishlatib kanalga post yozishga majbur bo'lardik. 😅😂 @Nazirov_Blog
Показать все...
👍 9🔥 4
Dasturchilikda tajribangiz bir yilmi, O'qituvchilik qilish Sizga mumkin emas! Hozirgi davrda IT o'quv markazlar juda ko'p. Ular har xil sifatda dars beradilar, turli yo'nalishlarda ilm ulashishga harakat qilishadi. Ammo har bir markazning eng katta muammosi bu sifatli, ilmli Ustozni topa bilishdir. Lekin e’tiborimizni bir narsa tortdi. Hali tajribasi ikki yil bo'lmagan juda ko'p yoshlar markazlarda dars berishga oshiqishadi. Bu narsa o'ta yomon natijalarga olib borishi haqida esa deyarli hech qayerda gapirilmaydi. Joriy maqolada shu mavzularni yoritishga harakat qilamiz. Haqiqiy proyekt qanday amalga oshirilishini bilmaysiz. Tajribasi hali yo’q, yoki kam bo’lgan odam proyekt qanday yuritilishi haqida hali yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmaydi. O’rgatiluvchi har bir mavzu keyinchalik proyektda qayerda yordam bera olishini bilish — dars berishdagi eng muhim joy! Proyektni bajarishda kimlar ishtirok etadi, qanday vazifalar bajariladi — bularni bilish darsni mazmunli qilib o’tishga sababchi bo’ladi. Mijoz kimligi haqida ma’lumotingiz yo’q. Hali tajribasi kam bo’lgan odam, o’zi yozayotgan kodning mijoz qo’lida qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lmaydi. Kod soddaligi, effektivligi, katta yuklamalarga bardoshliligi tajribasi faqat mijoz uchun real proyektda ishtirok eta olgan odamda bo’ladi. Mijozning xohishlari, uning injiqliklarini ko’rmagan odam dasturlashdagi tushunchalar qanday qilib muammolarni hal qilishini bila olmaydi. Hayotiy tajriba o’lchamini o’quvchi o’ta tez ilg’ay oladi. Xohlaysizmi, yo’qmi — Sizni eshitayotgan odam Sizning tajribangizni tez ilg’aydi. Buning uchun dasturchi bo’lish shart emas. Umuman tajribasi bor odam bilan tajribasiz odam fikrlashida, gapirishida va mavzuni tushuntirib berishida juda katta farq bo’ladi va bu narsani o’quvchi birinchi darsning o’zidayoq ilg’ay oladi. Muammolar qanday hal qilinishini bilmaysiz. Istalgan dasturiy ta’minot real hayotda ishlatilganidan keyin muammolarga duch kelishi aniq — hakerlar hujumi, katta yuklamadagi murojaatlar, dasturiy ta’minot arxitekturasi o’sishga tayyormasligi yoki noto’g’ri tuzilganligi va boshqalar. Tajribasiz odam bunday muammolarni ko’rmagan bo’ladi, ularni hal qilish bo’yicha fikrga ega bo’lmaydi. Axir, o’qituvchiga borishdan aynan maqsad shu-ku — hayotiy muammolarga yechimlarni o’rganish. Dasturlash tillarini o’qituvchisiz o’rganib olsa ham bo’ladi. Onlayn kurslar buni sifatliroq ham qila oladilar. Ammo hayotiy tajriba faqat tajribali ustozdan olinadi. Haqiqiy mas’uliyat o’quvchi o’qishni bitirganida boshlanadi. Endigina dars berishni boshlaganimizda, biz dars berishni mas’uliyati yuqori ish deb bilar edik, ammo bu mas’uliyat qayerda namoyon bo’lishini bilmagan ekanmiz. Uch yil dars berib bir fikr paydo bo’lgan — O’qituvchilik mas’uliyati o’quvchi o’qishni bitirib, ishini topib o’zini ko’rsatishni boshlagan kunida boshlanar ekan. Dars jarayoni bu sun’iy jarayon. Undagi masalalar sun’iy (ya’ni dars uchun o’ylab topilgan) bo’ladi. Ustozning mahorati, o’quvchiga singdirgan ilmi faqatgina shu o’quvchining haqiqiy ishida bilandi. Agar ishxonadagi odam o’quvchingiz haqida: “Shuni ham bilmaysizmi? O’qituvchingiz kim bo’lgan o’zi?”, desa, Sizning mas’uliyatsizligingiz bilinadi. Agar o’quvchingiz zarracha bo’lsa ham Siz bergan ilmga norozilik his qilsa, biling-ki, qilayotgan ishingizda halollikka e’tibor kamaygan bo’ladi. Shuning uchun ham ustozlik og’ir kasb deyiladi. Ustoz bergan ilk ilm o’quvchining professional hayotining har bir nuqtasida bilinib turadi, shuning uchun ham Ustozman degan odam yelkasiga katta yuk olgan bo’ladi. Yakun o’rnida… Yakun o’rnida bir narsani aytib o’tish joiz — umuman istalgan kasbda Ustozlik qilish uchun katta tajriba o’ta muhim. Shundagina ushbu kasb egalari sifatli ish qila oladilar. Dasturlashda esa ayni damda dars beraman deb yonib turgan, hali yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan yoshlar ko’payib qoldi. Maslahatimiz: Dasturlashda yana bir necha yil tajriba yig’ing, zero Siz bergan ilm birovning kelajagini sindirib qo’ymasin! Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
Показать все...
5👍 4🎃 2
​​"Mohiyat menga kerak emas", yohud "ChatGPT yonimda bor, istalgan muammoyingizni hal qila olaman!" Bir qiziq savol berishdi menga: "Nima uchun aksariyat suhbatlarda ishda odatda ishlatilmaydigan narsalar so'raladi? Nima uchun ChatGPTni yaxshi bilgan va unda ma'lumot izlay olgan odam har doim ham ish topa olmaydi? U ham muammoni yechimini tez bera oladi-ku?" Oddiy bir misol keltiraman. Qaynoq choy damlangan choynak turibdi oldimizda. Agar yonimizda biror go'dak paydo bo'lsa, biz shu ondayoq bolani shu choynakdan uzoqlashtirishga harakat qilamiz. Nima uchun? Javob oddiy – Qaynoq suv bola tanasini kuydirib, shikast yetkazmasligi uchun. Biz buni o'z tajribamizdan o'tkazganimiz uchun, yoki eng kamida yaqinlarimizda ko'rganimiz uchun bilamiz. Qizig'i shundaki, aynan shu qaynoq suvning tanaga salbiy ta'siri haqida ChatGPTdan ham so'rab bilsa bo'ladi. Sizdan ko'p narsa ham talab etilmaydi, savol bersangiz bo'ldi. GPT Sizga joyida kamida 10ta gapdan iborat bir matnni ko'rsatadi va unda shu zararlar haqida bayon qiladi. Diqqat savolar: GPT buni tajribasidan kelib chiqib qildimi? U ham o'z ustiga qachondir shunday aynoq suvni to'kib yuborganmi? O'zi bayon qilayotgan narsaga u qanchalik ishonadi? Tajriba va ilmning o'rnini hech qaysi sun'iy intellekt bosa olmaydi. Bilimi chuqur inson har bir qilayotgan ishini nima uchun qilayotganini; u qilgan ish kelajakda qanday natijalarga olib kelishini; agar u qilgan ishda muammo chiqsa qanday yechim qilish kerakligini bemalol ayta oladi. ChatGPT ustingizga suv to'kib bo'lganingizdan keyin Sizga yordam bermaydi. U faqat o'qib berishni biladi, bayon qilishni biladi, ammo shu bayonotiga hech qachon javob bera olmaydi. Ilm izlashdan to'xtamang! @app_hbs
Показать все...

👍 7 2🎉 1
Qurbon hayiti muborak bo'lsin azizlar 😊
Показать все...
8 2
Repost from ustozation
02:11
Видео недоступноПоказать в Telegram
Assalaamu alaykum! Videoni MB “o’ta kotta!” Agar bir qultum mativatsiya kere bo’masa yuklamasezam bo’ladi In Shaa Allaah! BaarakAllaahu feekum) @ustozation_official
Показать все...
IMG_6584.MOV47.96 MB
🔥 5 3👍 1👎 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.