cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

𝐐𝐨'𝐫𝐪𝐢𝐭𝐦𝐚𝐬𝐝𝐚𝐧,𝐔𝐫𝐢𝐬𝐡𝐦𝐚𝐬𝐝𝐚𝐧 𝐟𝐚𝐫𝐳𝐚𝐧𝐝 𝐨'𝐬𝐭𝐢𝐫𝐢𝐬𝐡𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐮𝐬𝐮𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢🌿🌱🌿 🌈🌄✨Kanal ssilkasi orqali do'stlaringizni taklif qiling✨🌄🌈

Больше
Рекламные посты
1 270
Подписчики
-324 часа
-107 дней
-3030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

📖Qiz bola tarbiyasi haqida: 🌵Bolalikdan hamma qizlar oshxonada ivrisib nimadirlar qilishga qiziqishadi, qozon tavoqqa yopishishadi, bu albatta ayollikning go’zal bir sur’ati. Buni go’zal tarzda shakillantirishda esa ona hamda oila a’zolari ahamiyatlidir. Hamma ham yiqilib yiqilib har sohada ham asta muvaffaqiyat Va yuksak darajalarga erishadi, demak, oshxona ham shu jumladan. Qizlar dastlab kuydirishi, so’ng tuzi baland, undan keyin judda past, ba’zan umuman bemaza qilib tayyorlashi mumkin. Ro’zg’orga endi kirib kelayotgan vaqtlari. Bu albatta normal holat. Oila a’zolari ham to’g’ri qabul qilib, go’zal emotsa bilan bu qiziqshni yana ham go’zal tarzda shakillantirishlari zarur. 🤍Shu ham ovqatmi? 🎂Masalliqni isrof qilibsan! 🍓o’xshamabdi! Kabi, insonni bezdiruvchi jumlalar o’rniga halimlik ila, dastlab tayyorlagan taomiga rahmat aytib, ovqatdan so’ng yoki, keyingi safar go’zal eslatma qilish mumkin. Qo’pol jumla Va dakkilar endi qozon tavoqqa qiziqish bildirayotgan qizga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin, oshxonadan uzoqlashishiga ham sabab bo’lib qoladi, baribir tayyorlaganlarim maqul bo’lmaydi, o’xshata olmayman degan gumonda. ❤️Chunki endi kabgirni qo’liga ola boshlagan qiz, ich ichidan tayyorlagan taomi uchun chiroyli fikr kutadi, hayajonda bo’ladi. Shaxsan O’zimda ham shunday bo’lgan, ovqat qilishdan uzoqlashganman, baribir o’xshamaydi, yoqmaydi, men qila olmayman derdim, qizlik payti ishonch bu borada kamayib ketgan, kelin bo’lgach esa, mazzali taom tayyorlay olmaslik nozik nuqtamga aylangan afsuski. Vaqt o’tgach , chiroyli fikr bildirishlar olganimdan so’ng qiziqib, yana ham chiroyli tayyorlashga harakat qilganman. Shunday ekan onalar bu borada e’tiborliroq bo’ling 🏵 @Najiyya_bilan
Показать все...
👍 8
sticker.webp0.25 KB
sticker.webp0.28 KB
sticker.webp0.10 KB
✔️ Uy ishlari – tugamaydi, bolalar esa, juda tez katta boʻlib qolishadi! Qanday qilib kun davomida bolalarimiz uchun vaqt topsa boʻladi? Aslida bolalar uchun vaqt topa olmaslik kulgili eshitiladi, chunki ular bizning hayotimiz mazmuni – ishlashimiz, uy qurishimiz, nimalardir sotib olishimiz faqat farzandlarimiz kelajagi uchun, oʻzimizdan keyin yaxshi farzand, yaxshi nasl qoldirish uchun. Afsuski, baʼzida buning uchun qilinadigan mayda ishlar tufayli asosiy maqsadlarni unutib qoʻyamiz. Eng hayratlanarli tarafi shundaki, aslida bolalar uchun alohida vaqt ajratish ham shart emas. Yaʼni, bolalar hayotni oʻrganib, rivojlanishi uchun ular bilan alohida oʻtirish ham shart emas (maktab vazifalarini qilish, bundan mustasno desak boʻladi). Chunki birinchidan, bolalarning oʻzlari bir joyda uzoq oʻtira olishmaydi. Ikkinchidan, kundalik hayotdagi harakatlarimiz davomida ular bizdan hayotni, odamlarni, muomalani oʻrganib ketaveradi. Agar oʻrgatmoqchi boʻlgan narsangiz qandaydir til yoki fan boʻlsa, uni oʻyin shaklida, oz-oz, lekin doimiy tarzda olib boring. Har kuni 10 daqiqalik ingliz tili darslarining natijasi oʻzimni ham hayron qoldirgan edi. Taʼkidlab oʻtganimdek, mashgʻulotlarning doimiy boʻlgani natijaga taʼsir qiladi, shuning uchun kun davomida, bir hil vaqtda 10 daqiqani ajrating va darslarni oʻyin tariqasida oʻtkazishga harakat qiling. Hayot haqidagi saboqlarni esa, yoʻl yoʻlakay ham oʻtkazish mumkin. Masalan, ovqat tayyorlash davomida bir mavzuni tanlab, ularni ham yordamga chaqirib, shu mavzuda ish davomida gaplashish mumkin. Yoki biror joyga ketayotganda ham ular bilan gaplashishga harakat qiling. Kichkina bolalarga ranglarni, narsalar nomlarini oʻrgatib ketish mumkin, kattaroqlariga esa boshqa tilda soʻzlar yod oldirsa boʻladi. Yoki mashinada ketayotganingizda yoʻldagi narsalar haqida gapirib berishingiz mumkin. Oldingizda uy ishlarini qilish yoki farzandingiz bilan vaqt oʻtkazish tanlovi boʻlsa, albatta ikkinchisini tanlang. Ozgina koʻproq eʼtibor bolalarni anchagina eʼtiborli, aqlli boʻlishiga sabab boʻladi. Siz bilan koʻp gaplashgani sababli muammolarini, ayblarini ham sizga bemalol aytishi mumkin boʻladi. Bu esa, sizga ularni birgalikda hal qilishga yordam beradi. Eng asosiysi, qoidani unutmaymiz: “Uy ishlari – tugamaydi, bolalar esa, juda tez katta boʻlib qolishadi!” ©mezanauz
Показать все...
👍 11
sticker.webp0.27 KB
👍 1
sticker.webp0.28 KB
sticker.webp0.10 KB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.