cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

QASHQADARYO VILOYATI BOJXONA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI

QASHQADARYO VILOYATI BOJXONA BOSHQARMASINING TELEGRAM KANALIGA A`ZO BO`LING https://t.me/qashqadaryobojxona

Больше
Рекламные посты
447
Подписчики
Нет данных24 часа
+27 дней
+830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Бухорода вилоят божхона масъуллари томонидан озиқ-овқат ишлаб чиқарувчи корхоналар фаолиятини ўрганишга қаратилган сайёр учрашувлар давом этмоқда. Навоий вилоятида озиқ-овқат саноатини ривожлантириш ва мавжуд муаммоларни бартараф этиш ишларига алоҳида эътибор қаратилган. Наманган вилояти божхона бошқармаси бошлиғи бошчилигидаги Ишчи гуруҳнинг навбатдаги сайёр учрашуви “CHORTOQ MINERAL WATER” МЧЖ ҚКда бўлди. Фарғона вилояти божхона бошқармаси бошлиғи Қувасой шаҳридаги “Кварц” АЖда олиб борилаётган ишлар ва янги лойиҳа билан танишди. Самарқанд вилоятидаги “Ideal Elektro Lyuks” МЧЖ томонидан ишлаб чиқарилган газ плита ва мини печлар хорижга экспорт қилинмоқда. Божхона масъуллари ушбу корхонада бўлишди. Қашқадарё вилояти божхона бошқармаси бошлиғининг Шаҳрисабз туманида навбатдаги сайёр қабули бўлиб ўтди.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📲Kanalga ulaning ➡️https://t.me/qashqadaryobojxona
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2024 - yilning yanvar-iyun oylari davomida 209,7 mln. AQSh dollari qiymatida tovarlarning eksport bojxona rejimiga rasmiylashtiruvi amalga oshirildi. Eksport ko'rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 73,0 mln. AQSh dollariga yoki 53,4 foizga oshgan. 🟢 Eksportga rasmiylashtirilgan tovarlar asosan: 🛢📈 Neft va neft mahsulotlari – 93,8 mln. AQSh dollar yoki 44,7%; 🏮 💈 Kalava ip – 57,5 mln. AQSh dollar yoki 27,4%; 🍇🍒 Meva-sabzavot mahsulotlari – 25,4 mln. AQSh dollar yoki 12,1%; 👕👖 To‘qimachilik mahsulotlari – 14,7 mln. AQSh dollar yoki 7,0%; ⛰🗻 Mineral o'g'itlar - 11,3 mln. AQSh dollar yoki 5,4%; 🧊💎 Tabiiy qazilmalar - 2,8 mln. AQSh dollar yoki 1,3%; 🍶🎁 Oziq-ovqat mahsulotlari – 1,9 mln. AQSh dollar yoki 0,9%; 🖥💻 Elektro texnika va uning qismlari – 1,2 mln. AQSh dollar yoki 0,6%; 🍶🥡 Plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, plenka – 0,15 mln. AQSh dollar yoki 0,1%;
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2024 - yilning yanvar-iyun oylari davomida 209,7 mln. AQSh dollari qiymatida tovarlarning eksport bojxona rejimiga rasmiylashtiruvi amalga oshirildi. Eksport ko'rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 73,0 mln. AQSh dollariga yoki 53,4 foizga oshgan. 🟢 Eksportga rasmiylashtirilgan tovarlar asosan: 🛢📈 Neft va neft mahsulotlari – 93,8 mln. AQSh dollar yoki 44,7%; 🏮 💈 Kalava ip – 57,5 mln. AQSh dollar yoki 27,4%; 🍇🍒 Meva-sabzavot mahsulotlari – 25,4 mln. AQSh dollar yoki 12,1%; 👕👖 To‘qimachilik mahsulotlari – 14,7 mln. AQSh dollar yoki 7,0%; ⛰🗻 Mineral o'g'itlar - 11,3 mln. AQSh dollar yoki 5,4%; 🧊💎 Tabiiy qazilmalar - 2,8 mln. AQSh dollar yoki 1,3%; 🍶🎁 Oziq-ovqat mahsulotlari – 1,9 mln. AQSh dollar yoki 0,9%; 🖥💻 Elektro texnika va uning qismlari – 1,2 mln. AQSh dollar yoki 0,6%; 🍶🥡 Plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, plenka – 0,15 mln. AQSh dollar yoki 0,1%;
Показать все...
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʼi J.Fayzullaevning Shahrisabz tumanida navbatdagi sayyor qabuli boʼlib oʼtdi. ⚡️ Sayyor qabul Shahrisabz tumani hokimligi binosida tashkil etildi. ⚡️ Unda Shahrisabz, Kitob va Yakkabogʼ tumanlarida faoliyat koʼrsatadigan tashqi iqtisodiy faoliyat subʼektlari, tuman hokimliklari masʼullari va bojxona xodimlari ishtirok etdi. ⚡️ Qayd etilganidek, bugungi kunda bojxona organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha koʼplab yengilliklar amaliyotga joriy etilgan. ⚡️ Xususan, “Eksport uch qadamda” loyihasi, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdagi imtiyozlar shular jumlasidan boʼlib, hozirda koʼplab tadbirkorlar ushbu tartiblardan samarali foydalanmoqda. ⚡️ Uchrashuvda boshqarma xodimlari ushbu tizimlar haqidagi maʼlumotlarni yetkazishdi. ⚡️ Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan yoʼllangan savollarga batafsil javoblar qaytarishdi. ⚡️ Tadbir yakunida mavzuga oid buklet va tarqatma materiallar tarqatildi. ✍️ Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Аxborot xizmati.
Показать все...
👍 3
👍 3
Самарқанд вилоятининг Тойлоқ туманида тадбиркорлар муаммолари ва уларнинг ечимларига бағишланган сайёр қабул бўлиб ўтди. Тошкент шаҳар божхона бошқармаси бошлиғи Яшнобод туманидаги корхона вакиллари билан навбатдаги сайёр учрашув ўтказди. Жиззахда навбатдаги инвестициявий лойиҳанинг ўзлаштириш ҳолати ўрганилди. Наманган вилоятининг Поп туманидаги "KHONOBOD SOLAR ENERGY" МЧЖнинг фотоэлектр станциясини қуриш лойиҳаси ўрганилди. Қашқадарё вилояти божхона бошқармаси раҳбарияти “Саховат” ва “Мурувват” уйларида бўлишди.
Показать все...
👍 3
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati va masʼullar viloyatdagi “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida boʼlishdi. ⚡️ Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi ““Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda urush va mehnat fahriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 365-son qaroriga binoan mazkur muassasalar bojxona organlariga biriktirilgan. ⚡️ Shunga koʼra, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʼi J.Fayzullaev va masʼul xodimlar viloyatimizdagi “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga tashrif buyurishdi. ⚡️ Dastlabki tashrif Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogironligi boʼlgan bolalar internat uyida boʼldi. U yerda bolajonlarga yaratilgan sharoitlar koʼzdan kechirildi. ⚡️ Mazkur internat uyida 283 nafar bola vasiylikka olingan, 300 nafardan ziyod tarbiyachi, tibbiyot va ishchi xodimlar mehnat qilishmoqda. ⚡️ Uchrashuvda muassasa rahbariyati hududni koʼkalamzorlashtirishda hamda koʼrsatilayotgan xomiylik yordamlari uchun Bojxona qoʼmitasiga minnatdorchilik bildirishdi. ⚡️ Masʼullarning keyingi tashrifi Shahrisabz “Muruvvat” nogironligi boʼlgan shaxslar uchun ayollar internat uyida boʼldi. Muassasada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan suhbatlashildi, mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berildi. ⚡️ Shuningdek, hudud koʼzdan kechirilib, mavjud muammo va takliflar haqida fikrlar almashildi. ✍️ Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Аxborot xizmati.
Показать все...
👍 2
Жиззах вилояти божхона бошқармаси бошлиғи бошчилигидаги Ишчи гуруҳ электромобиллар ишлаб чиқариладиган “BYD Uzbekistan Factory” қўшма корхонаси фаолияти билан танишишди. Андижонда навбатдаги инвестицион лойиҳа ўрганилди! Бухорода тадбиркорлик субъектларининг божхона соҳасига оид муаммоларини ўрганишга қаратилган яна бир сайёр учрашув ташкил этилди. Тошкент шаҳар божхона бошқармаси бошлиғи Яшнобод туманидаги Технопарк фаолияти билан танишди. Самарқанд вилоятининг Ургут туманида тадбиркорлар муаммолари ва уларнинг ечими юзасидан сайёр қабул ўтказилди. Қашқадарё вилоятида ёшларнинг спорт билан шуғулланишлари учун спорт мажмуаларида яратилган шароитлар кўздан кечирилди. Наманган вилоятида озиқ-овқат саноатини ривожлантириш соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган лойиҳалар ўрганилди. Пойтахтимиздаги Ўзбекистон Давлат Драма театрига ўрнатилган қуёш панеллари ҳолати ўрганилди. Батафсил...
Показать все...
BYD 1.mp415.58 MB
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.