cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

O'qituvchi va murabbiylar – yangi O'zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir Shavkat Mirziyoyev 📥 @Davlat_tili_bot 📩 @UZBadministratorbot

Больше
Рекламные посты
4 773
Подписчики
-424 часа
-427 дней
-25830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
🗓 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, O‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat. Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir. Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan. @Davlat_tili_archives
Показать все...
👍 2🔥 1
⚡️ Бугундан касб-ҳунар мактабларига қабул бошланди 🔰 Умумий ўрта таълим мактабларининг 2024 йил 9-синф битирувчилари 100 дан ортиқ касблардан бирини эгаллашлари учун my.edu.uz электрон платформаси орқали 20-июл (шу куни ҳам) кунига қадар онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин. ▪️Платформага: ➖ туғилганлик ҳақидаги гувоҳнома ёки ID карта маълумотлари; ➖ 3х4 ҳажмидаги фотосурат киритилади. ✔️ Маълумот ўрнида, бугунги кунда республикамизда 332 та касб-ҳунар мактаблари фаолият кўрсатмоқда.
Показать все...
⚡️2024-2025 O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN TAYANCH O‘QUV REJASI. MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i. @Davlat_tili_archives
Показать все...
94-сонли 2024-2025 таянч режа.pdf1.97 KB
👍 1
YAPON NAQLLARI                                   O‘YLANIB – HAL QIL,                          HAL QILDINGMI, O‘YLANMA! Agar muammoni hal qilib bo‘lsa, u haqda qayg‘urish shart emas. Agar hal qilib bo‘lmasa, qayg‘urishga na hojat?                                                     * * * Novdaning suvratini chizmoqchi bo‘lsang, shamolning nafasini his qil.                                                     * * * Birovdan shubhalanadigan bo‘lsang, uni yetti marta sinab ko‘r.                                                     * * * Haddan ziyod haqgo‘ylik tentaklik bilan chegaralanadi.                                                     * * * Kulgi yangragan uyni baxt tark etmaydi.                                                     * * * Raqibidan yarim soat bardoshli bo‘lganga g‘alaba nasib qiladi.                                                     * * * Barg cho‘kib, tosh suzadigan paytlar ham bo‘ladi.                                                     * * * Tabassumli chehrani nishonga olmaydilar.                                                     * * * Sovugan choy yoki sovugan guruchga chidash mumkin. Ammo, sovuq nigoh va sovuq mijozga termulish azob.                                                     * * * O‘n yoshda – dono, yigirmada – daho, o‘ttizdan keyin... oddiy odam.                                                     * * * O‘ylanib – hal qil, hal qildingmi, o‘ylanma!                                                     * * * Bejirim piyola hech qachon no‘noq kulolning qo‘lidan chiqmaydi.                                                     * * * Ozgina egilishdan cho‘chima, yuztuban yiqilmaysan.                                                     * * * Cho‘ng daryolar shovqin solmay oqadi.                                                     * * * Sayohatga diling tortib yo‘lga chiqsang, ming chaqirim ham sen uchun bir qadam. Nosirjon TOSHMATOV tarjimasi @Davlat_tili_archives
Показать все...
👍 12
Nima deb, qanday o'ylasangiz ham o'ylang. Men hech qachon o'quvchimning tartib-intizomi, o'qishlari, davomati uchun uning uyiga, ota-onasining yoniga borishga majbur emasman! Telefon ham qilmayman! 25 yil bordim-uyiga, ishxonasiga. Qo'ng'iroq ham qilardim-uyiga, ishxonasiga. Birda qabul qilishsa, birda eshigini ochmasdi. Endi bormayman. Qo'ng'iroq ham qilmayman. Chunki birinchidan, bolaning tarbiyasiga uning ota-onasi mas'ul! Ikkinchidan, ilm berilmaydi, u talab qilinadi. Ya'ni ilm sening yoningga kelmaydi, aksincha, sen ilmning yoniga borasan. Afsus, bu qarorga juda kech-25 yildan keyin keldim. Aqlim endi kirdi. Shuning uchun ham jamiyatda o'qituvchining qadri hanuz past va katta ehtimol bu hol hali uzoq davom etadi. E'tibor bering, korxona, tashkilot, muassasa, davlat organlariga ishingiz tushsa siz borasiz. Ular kelishmaydi. Kredit kerakmi, bankka borasiz. Bank xodimi kelmaydi. Sog'ligingizda muammo bormi, shifoxonaga borasiz. Vrach kelmaydi. Kommunal to'lovlar uchun borasiz(yoki onlayn). Ular kelmaydi. Huquqingiz toptaldimi, borasiz. Organ xodimlari kelmaydi... **Suv-tekin, deyishardi. Dunyoda suv tanqisligi kuzatildi.** **Hisoblagichlar qo'yishdi. Qadri bilindi.** Suv bilan hisob-kitob qilishadigan bo'lishdi. Biz ham tekinmiz... Hozircha... Hali biz bilan ham hisob-kitob qilishadigan zamonlar keladi. Ungacha bizga sabr bersin, O'zi. **Tuyaga yantoq kerak bo'lsa, bo'ynini cho'zadi, deyishadi. Biz tuyalarni erinchoq qilib, kamiga yantoqlarni poymol qilib tashladik.** **Erkinjon Yarashev "Ta'lim fidokori" ko'krak nishoni sohibi.** @Davlat_tili_archives
Показать все...
👍 9💯 1
⚡️YANGI BAHOLASH MEZONIGA KO‘RA METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILINGAN ISHLARI UCHUN BERILADI. Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan. Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi. ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi. @Davlat_tili_archives
Показать все...
👍 1
🎲 “Pedagogika 2 bosqich 2024 tushganlari.” Tushgan testlar pedagogika 2024. testi 🖊 71 ta savol · ⏱ 45 soniya
Показать все...
Bu testni boshlash
Guruhda testni boshlash
Testni ulashish
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показать все...
🎲 “Pedagogik mahorat bo‘yicha EHTIMOLIY ATTESTATSIYA savollari-1.Shu kabi testlar 👉👉https://t.me/+Im95dICsmhUzNzMy” testi 🖊 20 ta savol · ⏱ 1 daqiqa
Показать все...
Bu testni boshlash
Guruhda testni boshlash
Testni ulashish
⚡️C1 даражадаги сертификат олган ёшлар БҲМнинг уч баравари миқдорида бир марталик моддий рағбатлантирилади Президент qarori (2024-yil 27-июн,ПҚ-239-сон)га асосан имтиҳон топшириш харажати қопланадиган халқаро имтиҳон тизимлари бўйича инглиз, немис, франсуз, корейс, хитой ва япон тилларидан камида C1 ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги сертификат олган ёшларни имтиҳон топшириш харажатларини компенсация қилишга қўшимча равишда Ёшлар ишлари агентлигига ажратилган маблағлар доирасида ўқиш харажатларини қоплаш учун базавий ҳисоблаш миқдорининг уч баравари миқдорида бир марталик моддий рағбатлантириш тизими жорий этилади. 2024/2025 ўқув йилидан бошлаб: ➖ота-оналар ва ўқувчилар талабидан келиб чиқиб, ихтисослаштирилган мактаблар ва касб-ҳунар мактабларида амалдаги таянч ўқув режасидаги соатлар доирасида чет тили сифатида немис, франсуз, корейс, хитой ва япон тилларини ўқитишни йўлга қўйилади; ➖таълим муассасаларининг чет тили фани бўйича дарсларида видеомаҳсулотлардан, шу жумладан “Ибрат фарзандлари” платформасидан кенг фойдаланиш йўлга қўйилади; ➖А. Авлоний номидаги педагогик маҳорат миллий институти, Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлар педагогик маҳорат марказларида инглиз тилидан ташқари бошқа хорижий тиллар бўйича ҳам босқичма-босқич педагогларни қайта тайёрлаш курслари ташкил қилинади. 📌Аввалроқ ушбу қарорга асосан, хусусий ўқув марказларига мактаблардаги хоналардан текин фойдаланишга рухсат этилиши ҳақида xabar bergan edik. @Davlat_tili_archives
Показать все...
👍 3
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.